Jahon miqyosidagi globallashuv jarayoni natijasida yuzaga kelgan davlatlararo iqtisodiy va madaniy integratsiya mamlakatimizning soliq va bojxona sohalarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Bozor iqtisodiyoti hamda raqamli iqtisodiyotga yo‘naltirilgan huquqiy dcmokratik jamiyat qurish uchun tub islohotlar olib borilayotgan bugungi kunda iqtisodiyot sohasining tarkibiy qatlami hisoblangan soliq-bojxona leksikasi bilan bog‘liq yangi avlod darsliklarini hamda monografiyalarni yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida kun tartibida turibdi. Chunki, mazkur sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar tilini va terminlarining o‘ziga xos xususiyatlarini lingvistik jihatdan o‘rganish alohida c’tiborni talab qiladi.
0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jahonning ko‘plab davlatlari bilan teng huquqli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy va diplomatik aloqalar o‘rnatildi, xorijiy investorlar uchun imtiyozli soliq stavkalari belgilandi. Shu bois, o‘tgan 29 yillik davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ishtiroki va hissasi tobora ortib bormoqda. Respublikamizga ko'plab xorijlik tadbirkor va ishbilarmonlarning tashrif buyurishi va ular bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi soliq va bojxona tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishni talab qiladi. Bu o‘z navbatida soliq va bojxona sohalari amaliyoti uchun bir necha xorijiy tillarda erkin muloqot qila oladigan malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni ham taqozo ctadi. Shuning uchun, mazkur sohalarga oid terminlarni chuqur tadqiq qilishga bo‘lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Binobarin, turli sohalarda “ona tilimizning qoMlanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va katcgoriyalarni ishlab chiqish, ...bir so‘z bilan aytganda, o‘zbck tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish, ...farzandlarimiz uchun chet-tillami puxta egallash borasida qulay imkoniyatlar yaratish kabi bir-biridan muhim vazifalarni hal etish ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasizdir” [ 1; 87-b.].
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy tilimizni taraqqiy ettirish haqida so‘z yuritib: “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar. o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ayniqsa, davlat tilining xalqaro miqyosida ham faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani c’tiborlidir. Xususan, xorijiy mamlakatlar rahbarlari bilan boMadigan uchrashuv va suhbatlar, muzokaralar, tegishli hujjatlarni imzolash marosimlarida, nufuzli sammitlarda, rasmiy matbuot anjumanlarida o*zbek tilining o‘rni va ahamiyati ortib borayotgani hammamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. Shu borada o‘zbek tilining kompyutcr va internet, aniq fan 1 ar, tibbiyot, iqtisodiyot kabi maxsus termin va tushunchalarni talab qiladigan sohalarda ham keng qo‘llana boshlagani uning imkoniyatlari nechogliq katta ekanini ko‘rsatadi”- deb ta’kidlagan edilar [1; 86-b.].
O‘zbckiston Rcspublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va ijtimoiy-iqtisodiy terminlarni ishlab chiqish va ulardan ommaviy axborot vositalarida, darsliklar hamda qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanish masalalarini tartibga solish to*g‘risida”gi 1994 yil 5 avgustdagi Qarori hamda boshqa turli rasmiy hujjatlarda, ilmiy-amaliy adabiyotlar va lug‘atlarda qoMlanayotgan terminlar uyg‘unligiga erishish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi [158; 15-b.].
Soliq-bojxona (SB)1 terminologiyasini ingliz va o‘zbck tillarida qiyosiy-chog‘ishtirib o‘rganish bugungi kunda soliq va bojxona sohalarida xalqaro hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga muayyan darajada qulaylik yaratilishiga olib kelishi bilan alohida dolzarblik kasb ctadi. Tarjima qilinayotgan ko‘pqatlamli leksemalar, tcrminologik birliklarning lingvistik xususiyatlariga xos yetakchi tamoyillami tilshunoslik, tarjimashunoslik nazariyasi nuqtai nazaridan ishlab chiqish, ularni ilmiy asosda tahlil va tadqiq etish bugungi kunda dolzarb va muhim muammolardan biri hisoblanadi. Soliq-bojxona terminlarining Icksik-semantik, funktsional-strukturaviy, konnotativ va denotativ xususiyatlarini ochib berish tarjima adekvatligini ta’minlaydi. Bunday tadqiqot natijalari jainiyat a’zolari uchun soliq va boshqa majburiy toMovlarning aniq va qisqa terminlar asosida amalga oshirilishi, barchaga bir xilda tuShunilishiga, fuqarolarning mazkur sohaga doir huquqiy ong va madaniyatining yanada oshishiga xizmat qilishi mumkin.
SB leksikasini tashkil etuvehi tcrminologik birliklarni chuqur va atroflicha tadqiq etish, til materiallarida qo‘llanilgan SB terminlarining lisoniy xususiyatlarini qiyosiy yo‘sinda ilmiy o‘rganish hozirgi filologik, xususan, terminologik va tarjimashunoslik tadqiqotlarining ustuvor ilmiy-nazariy yo*nalishlaridan biriga aylangan. Shunday ekan, ayni paytda, bunday qiyosiy-tipologik tadqiqotlanii german va turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan ingliz-o‘zbek tillari materiali asosida keng qamrovli tarzda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahon mamlakatlarida terminlarning ikki tilli va izohli lug‘atlarini yaratishga bag‘ishlangan tadqiqotlar salmog‘i ancha ko‘paydi. O‘z navbatida iqtisodiyot, bank-moliya, tijorat, soliq va bojxona kabi sohalarga oid terminlarning ikki tilli, izohli lug‘atlari chop etildi. Mazkur lug‘atlar soha terminologiyasini lingvistik tamoyillar ncgizida muayyan tartibga solish, ularning terminologiyadagi o‘z mavqeini, o‘rnini ko‘rsatish singari muhim vazifalarni bajaradi. Demak, terminologik lug‘atlar muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda, terminlarni aslida quyidagi ikki xil yo‘sinda o‘rganish alohida dolzarblik kasb etmoqda:
1) Lug‘atlar nuqtai nazaridan o‘rganish.
2) Matniy holati nuqtai nazaridan o‘rganish.
Umuman, lug‘atlar va matniy materiallar soha terminologiyasining tildagi faolligini, tizimliligini ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. SB lug‘atlari soha terminologiyasi yaxlitligini, tartibga solinganligi, muayyan nazariy qoidalar asosida me’yorlashtirilganini va lining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash, tasniflash imkonini bcradi.
Monografiyaning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati yuqorida sanalgan muhim jihatlarni hamda iqtisodiyot tarmoqlaridan biri hisoblangan soliq va bojxona terminlarining lingvistik yo‘sinda tadqiq qilish yo*lidagi ilk qadam ekanligi bilan izohlanadi. Umuman, mazkur monografiyada soliq va bojxona amaliyotida keng qo‘llaniladigan terminlarni ikki til materiali asosida tarjima qilish masalalari o‘rganilibgina qolmay, terminologik birliklarning ingliz va o‘zbek tillari kesimida leksik-semantik, strukturaviy-funktsional, grammatik va fonetik jihatlari bilan bog*liq muammolar yechimida uzviy uyg‘unlikni ta’minlash masalalari o‘z aksini topgan.
Muallif ushbu monografiyani nashr etishga va lining ilmiy mazmunini yanada boyitishga, mukammallashishiga o‘z hissalarini qo‘shgan, qimmatli maslahatlarini ayamagan mas’ul muharrir, filologiya fanlari doktori, professor A.E. Mamatovga va rasmiy taqrizchilar filologiya fanlari doktori, professor A.A. Nosirovga hamda filologiya boficha falsafa doktori (PhD) A.A.Xudaybergenovga o‘zining samimiy va chuqur minnatdorchiligini bildiradi.
Umumiy xulosalar
Bugungi kungacha qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar terminologiyasi turli aspcktlar nuqtai nazaridan tadqiq etilgan boMishiga qaramay, terminlarni tarjimashunoslik nuqtai nazaridan o‘rgangan tadqiqotlar oz.
Monografiyada terminlarning ikki tilga xos bo‘lgan (integral) va xos bo‘lmagan (differentsial) xususiyatlari, leksik-semantik sathi chog‘ishtirma aspekt nuqtai nazaridan va lisoniy tarjimashunoslik aspcktida tutgan fundamental o‘rni va masalalari belgilanib, tarjimada unifikatsiya qilish tamoyillari ishlab chiqildi.
1. Ilmiy manbalami ijodiy 0‘zlashtirish jarayonida SB terminlarini nafaqat iqtisodiyot katcgoriyasi xususiyatlari nuqtai nazaridan, balki tilshunoslikning qiyosiy-tipologik aspektidan turib, tarjimashunoslik tabiatlari jihatidan milliy til bilan qiyoslab o‘rganish talab etiladi.
2. SB terminologiyasini tarjimashunoslik aspcktida qiyosiy o‘rganish jarayonida insoniyat jamiyatiga azal-azaldan daxldor bo'lib kelgan bilimlar majmuiga tayanib SB teiminologiyasiga yondashuv ikki til terminlarining tarjimada berilishidagi integral va differentsial xususiyatlarini belgilash bilan birga har ikki soha terminologik tizirnini chuqur. atroflicha tadqiq etish imkoniyatini bcradi.
3. SB terminologiyasi yaxlit sistema sifatida mavzu jihatidan bir nechta muhim leksik-semantik guruhlardan tarkib topadi: 1) SB tizim subyektlari nomlarini ifodalovchi terminlar; 2) SB to‘lov majburiyatlari undiriladigan obyckt hamda hujjat nomlarini ifodalovchi terminlar; 3) SB amaliyoti jarayonida funktsionallikni ifodalovchi terminlar; 4) tizim amaliyoti jarayonida sodir boMadigan, noqonuniy hatti-harakatlar natijasida qo‘llaniladigan terminlar.
4. SB terminlarining hosil bo‘lishi va shakllanishining asosiy manbalari tilning ichki va tashqi resurslari hisobiga vujudga keladi. SB terminologiyasida boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish yuqori darajada. Chunki mazkur leksik qatlam iqtisodiyot sohasining tarkibiy qismidir. Iqtisodiyot sohasi csa bcvosita jahon intcgratsiyalashuv jarayoniga qo‘shilib ketganligi bilan izohlanadi. Mazkur leksikada so‘zlarni kal'ka yordamida o‘zlashtirishning turli usullari mavjud bo’lib, boshqa tildagi so‘zni aslicha o‘zlashtirish, to‘liq kal’kalash, yarim kal'kalash orqali amalga oshadi. Ikkala tilda ham o‘zlashma terminlardan tashqari, baynalmilal xarakterga ega bo‘lgan terminlar ham alohida o‘rin egallaydi. Ular nafaqat yunon yoki lotin tillaridan kelib chiqqan leksemalar, balki italyan (7%), nemis (9%), frantsuz (19%), rus (slavyan) (21%) tillari asosida shakllanib borayotgan o‘ziga xos til qatlamidir.
5. Ingliz va o‘zbek tillari SB tenninologik birliklarining yasalish jarayoni bir nechta usullar orqali amalga oshadi: 1) afTiksatsiya yo‘li orqali; 2) leksik-semantik usulda; 3)kompozitsiya (sintaktik) usulida; 4) konvcrsiya vositasida; 5) akronim va abbrcviaturalar orqali.
6. Qiyoslanayotgan tillarda terminlar ikki asosiy turga bo‘linadi. Ular, yakka tarkibli hamda ko‘p (qo‘shma va so‘z birikmali) tarkibli terminlardir. Har ikki tilda ham birikmali, ya’ni, ko*p tarkibli terminlar miqdor jihatdan ustunlikka ega (ingliz tilida 61,7%, o‘zbek tilida - 78%) bo‘lib, soha leksikasining yadrosini tashkil etadi.
7. Ingliz va o‘zbek tillari SB terminologik tizimida sinonimik, omonimik, polisemantik, giponimik, gipcronimik va antonimik munosabatlar keng tarqalgan. Sinonimik, omonimik, polisemantik munosabatlaming terminlarni tarjima qilish jarayonida muayyan qiyinchiliklar tug’dirishi hamda to‘sqinlik qilishi terminologiyada yuz bcradigan «dcterminologizatsiya hamda tcrminologizatsiya (transtcrminlashuv)» hodisalarining natijalari bilan bevosita bog‘liq. Tarjimada terminlaming ikki tilga xos bo‘lgan integral va xos bo‘lmagan differentsial xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Integral xususiyatga ega bo'lgan terminlarni “kaTka” usulida, differentsial xususiyatga ega bo‘lgan terminlarni csa turli “transformatsion (leksik, semantik, grammatik, pragmatik)” usullarda tarjima qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
8. SB sohasiga oid matnlarni xorijiy tillardan milliy tilga, milliy tildan xorijiy tillarga adekvat tarjima qilish, dastavval, o‘zbck tili SB terminologiyasi boshqa tillar bilan qiyosiy-tipologik yo‘sinda o‘rganilishi zarur. Bu jarayon ikkita muhim masalani ijobiy hal qilish imkonini beradi: 1) xorijiy tillardagi SB sohalariga doir manbalami ijodiy o'rganish va o‘zlashtirish; 2) milliy til maxsus leksikalarining istiqbolli, strategik yo‘nalishlarini rivojlantirish mezonlarini belgilash.
9. Mamlakatimizning istiqlol yillarida mustahkam bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonining jadallashuvi va iqtisodiy ishlab chiqarish, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyatining tez sura’tlar bilan rivojlanib borishi soliq va bojxona terminlarini tartibga solish muammosini dolzarb qilib qo‘ydi. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
- Barcha soha terminologiyalari singari soliq va bojxona terminologiyasini tartibga solish masalasiga ilmiy-amaliy yondashish;
- SB terminologiyasini tartibga solish va terminologik birliklarni to‘g‘ri qo‘llash mczoniga kun tartibidagi dolzarb masala sifatida qarash, bu ishni doimiy nazoratda olib borish;
- SB sohasi terminlarini to*la qamrab olgan hamda terminlar tarjimasining mohiyatini to‘g‘ri va aniq ifodalovchi ikki tilli (inglizcha-o‘zbekcha) izohli lug‘at yaratish.
10. SB terminologiyasini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish jamiyat a'zolari uchun SB to‘lov huquq va majburiyatlarini aniq va qisqa, barchaga bir xilda tuShuniladigan darajaga olib kclishni ta’minlashga xizmat qiladi.
11. SB tcrminologiyasining ilmiy jahatdan o‘rganilishi kishilaming mazkur sohaga doir huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga muhim turtki bo‘ladi. SHu ma’noda, SB terminlarini faqat ingliz va o'zbek tillari misolida emas, balki boshqa jahon lillari mavqeiga ega bo‘lgan tillar misolida ham o‘rganib, xorijiy olimlar bilan hamkorlik qilish muhim vazifalardan hisoblanadi.