МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12,
31
Декабрь
320
https://universalpublishings.com
YENGIL VAZNLI OLOVBARDOSH SHAMOT G‘ISHTNI TEXNIK
PARAMETRLARINI ANIQLASH
Bozorov Sarvar Turg‘un o‘g‘li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Abstract.
Olovbardosh mahsulotlarning sifatini yaxshilash, turini ko‘paytirish,
mexanik va boshqa xossalarini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan olovbardosh mahsulotlarning yengil vaznli turini olish hozirgi
sanoatda keng qamrovda olinayotgan sohalardan hisoblanadi. Kaolin asosidagi xom
ashyolarga yengil vaznni berish uchun turli yog‘och qirindilari va ko‘mir kukunlaridan
foydalanish shu sohada qilinayotgan ishlar sirasiga kiradi. Qo‘shimchalarni turli
nisbatlarda qo’shish orqali bir qator tajribalar amalga oshirildi va natijalar olindi.
Kalit so‘zlar
: olovbardosh, shamot, yengil vaznli, yog‘och qipig‘i, ko‘mir
kukuni
Yonuvchan qo‘shimchalar usuli bilan yengil vaznli olovbardosh g‘isht olishda koks va
ko‘mir eng ko‘p ishlatiladigan qo‘shimchalardan ikkitasidir. Ularning partiya
tarkibidagi hissasi 20 – 30 % gacha yеtishi mumkin. Ushbu materiallarning narxi 2-4
marta farq qiladi. Shu munosabat bilan bu komponentlar yordamida ishlab chiqarilgan
mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatini baholash, ularning xususiyatlarining
o‘zgarishini hisobga olgan holda yengil materiallar xossalarini qiyosiy tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir. [1]
Yog‘och qipiqlari issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlari yaxshilangan g‘isht ishlab
chiqarish uchun sinovdan oʻtkazilayotgan organik chiqindilardan biridir. Agar Biz har
yili kesiladigan daraxtlarning hajmini hisobga olsak, yoqilg‘i uchun o‘tin ishlab
chiqarishda, arralangan yog‘och, shponlar, sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarishda
arralash paytida hosil bo‘lgan organik chiqindilarning miqdori nihoyatda ko‘pdir.
Kimyoviy nuqtai nazardan, yog‘och qipiqlari taxminan 60% uglerod, 34% kislorod,
5% vodorod va 1% azotdan iborat [2].
Quyida yog‘och qipig‘i yonishidan hosil bo‘lgan qurum va ko‘mir tarkibi roentgen
fluoresansiyali spektrometr orqali olingan natijani ko‘rishimiz mumkin:
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12,
31
Декабрь
321
https://universalpublishings.com
1-
rasm. Yog‘ochsozlik sanoati yog‘och qipig‘i qoldig‘i tarkibi
2-rasm. Ko‘mir kukuni tarkibi
Tajribamizda kaolin va shamotni 60:40 nisbatda aralashtirib unga ko‘mir va yog‘och
qipig‘ini 2 markali elakdan o‘tgan o‘lchamdagi fraksiyalarini aralashtirib, unga 12 %
namlik berib presslab oldik. Tuzilgan tarkiblar 1-jadvalda ko‘rsatilgan:
1-jadval
Xom ashyolar
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12,
31
Декабрь
322
https://universalpublishings.com
T/r
Kaolin, %
Shamot, %
Ko‘mir, %
Yog‘och qipig‘i,
%
1
54
36
-
10
2
51
34
-
15
3
51
34
15
-
4
48
32
20
-
5
42
28
30
-
6
36
24
40
-
Namunani 1200
o
C haroratda kuydirib oldik. Olingan mahsulotlardagi massa
kamayishi, suv yutuvchanligi, g‘ovakligi, kimyoviy tarkibi tekshirildi.
2-jadval
Tartib
raqami
Qo‘shimchalar turi va
miqdori
Massa
kamayishi,
%
Suv
yutuvchanligi,
%
Termik
qisqarishi,
%
1
10 % yog‘och qipig‘i
27,3
31
10
2
15 % yog‘och qipig‘i
26,3
28
11
3
15 % ko‘mir
19,6
20,8
9
4
20 % ko‘mir
23,7
28
8,5
5
30 % ko‘mir
33,4
36,6
10
6
40 % ko‘mir
40,8
51
9
Tayyor namunalarning kimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida rentgen floresansiyali
spektrometridan foydalandik va undan quyidagi natijani oldik.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12,
31
Декабрь
323
https://universalpublishings.com
3-rasm. 15 % yog‘och qipiqli shamot g‘isht tarkibi
4-rasm. 40 % ko‘mirli shamot g‘isht tarkibi
Olingan natijalar 10 % yog’och qirindisi qo’shilgan tarkibning nisbiy qaraganda
yaxshiroq effekt berganligini ko’rsatdi.
Foydalailgan adabiyotlar
1.
B. V. Seden, “Effect of the type of burnout additive on the properties of ceramic
material,” Vest. Tuvinskogo Gos. Univ., Tekh. Fiz.-Mat. Nauki, No. 3, 18 – 21 (2015);
2.
B. Chemani, H. Chemani, Effect of adding sawdust on mechanical-physical
properties of ceramic bricks to obtain lightweight building material, Int. J. Mech.
Mechatr. Eng. 6 (2012) 2521–2525.
