DISEASES OF THE PERIPHERAL NERVOUS SYSTEM AND THEIR TREATMENT METHODS

Abstract

Ushbu maqolada “Periferik nerv tizimi kasalliklari”da ko’p tarqalgan. Zararlanish pereferik asab tizimining hamma qisimlarida sodir bo’ladi; orqa miya nerv ildizlarining zaralanishi- radikulit, orqa miya orqa tugunlarining zararlanishi- ganglionit, nerv chigallarining zararlanishi-pleksit, bir necha periferik nervlarning zaralanishi-polinevrit, bitta periferik nervning zaralanishi- mononevrit yoki nevrit deb atalaluvchi kasalliklar va ularning davolashda qo’llaniladigan davo muolajalari muhokama qilinadi. Periferik asab tizimi kasalliklari orasida nevritlar va radikulitlar juda ko’p uchraydi. Bularni keltirib chiqaradigan  sabalari  turli xil:

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14553300
CC BY f
342-345
27

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Radjabova , G., Muxiddinov , X., & Avlakulov , U. (2024). DISEASES OF THE PERIPHERAL NERVOUS SYSTEM AND THEIR TREATMENT METHODS. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(12), 342–345. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/60518
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada “Periferik nerv tizimi kasalliklari”da ko’p tarqalgan. Zararlanish pereferik asab tizimining hamma qisimlarida sodir bo’ladi; orqa miya nerv ildizlarining zaralanishi- radikulit, orqa miya orqa tugunlarining zararlanishi- ganglionit, nerv chigallarining zararlanishi-pleksit, bir necha periferik nervlarning zaralanishi-polinevrit, bitta periferik nervning zaralanishi- mononevrit yoki nevrit deb atalaluvchi kasalliklar va ularning davolashda qo’llaniladigan davo muolajalari muhokama qilinadi. Periferik asab tizimi kasalliklari orasida nevritlar va radikulitlar juda ko’p uchraydi. Bularni keltirib chiqaradigan  sabalari  turli xil:


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

342

https://universalpublishings.com

PERIFERIK NERV TIZIMI KASALLIKLARI VA ULARNING DAVO

USLULLARI.

Radjabova Gulnora Islomovna.

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi

Muxiddinov Xusniddin Muxiddinovich

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi

Avlakulov Ulug’bek Maxmudovich

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi katta o’qituvchisi

Annotasiya:

Ushbu maqolada “Periferik nerv tizimi kasalliklari”da ko’p

tarqalgan. Zararlanish pereferik asab tizimining hamma qisimlarida sodir bo’ladi; orqa
miya nerv ildizlarining zaralanishi-

radikulit,

orqa miya orqa tugunlarining

zararlanishi-

ganglionit

, nerv chigallarining zararlanishi-

pleksit,

bir necha periferik

nervlarning zaralanishi-

polinevrit,

bitta periferik nervning zaralanishi- mononevrit

yoki nevrit deb atalaluvchi kasalliklar va ularning davolashda qo’llaniladigan davo
muolajalari muhokama qilinadi. Periferik asab tizimi kasalliklari orasida nevritlar va
radikulitlar juda ko’p uchraydi. Bularni keltirib chiqaradigan sabalari turli xil:

1.Yuqumli va boshqa kasalliklardan keyin (gripp, sil, difteriya, brutselyoz,

revmatizm, diabet va boshqalar)

2.Toksik sabablar. Alkagol va boshqa turli xil zaharli kimyoviy moddalar
3.Turli xil jarohatlardan, nerv tolalarining qisilishidan keyin ham paydo bo’ladigan

kasalliklar ekanligi maqolada tahlil qilinadi. Shuningdek “Periferik nerv
tizimi”kasalliklarini qanday klinik belgilari mavjud va aholi o’rtasida bu kabi
kasalliklarni oldini olish va davo muolajarini olib borish mumkinligi bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

Periferik nerv, radikulit

,

ganglionit

,

pleksit, polinevrit.

Kirish:

Ushbu maqolada

“Periferik nerv tizimi”kaslliklari yani nevritning

asosiy belgilari: nerv yo’li bo’ylab og’riq paydo bo’lishi, asab tizimini
harakatlantiruvchi va sezuvchi vazifalarining yo’qolishi - perriferik nerv falaji
boshlanib mushaklar atoniyasi va atrofiyasi paydo bo’lishi, arefleksiya, og’riq
sezgisining pasayishi yoki yo’qolishi, terida trofik o’zgarishlar; terining yupqa tortib
quruq bo’lib qolishi, sochlarning to’kilib ketishi, teri rangining o’zgarishi,
tirnoqlarning mo’rt bo’lib qolish kabi klinik belgilari va usbu kasalliklar davo
muolajalari haqida so’z yuritiladi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

343

https://universalpublishings.com

Materiallar va usullar:

Tadqiqotlar metodikasi:Zamonaviy ilmiy maqolalar,kasallik holatlari va

zamonaviy tadqiqot ishlari tahlil qilindi.Periferik nerv tizimi kasalliklari mavzusida gi
so’ngi innovasion davo usullari haqidagi oxirgi yillarda chop etilgan ilmiy manbalar
o’rganildi.

Nazariy asos:

Periferik nerv tizimi kasalliklarida qo’llanilayotgan zamonaviy davo muolaja

usullari va periferik nerv tizimi kasalliklari yani nevrit bilan kasallanishni oldini
olishga qaratilgan chora tadbirlar muhokama qilindi.Asosiy e’tibor kasallikni oldini
olish va davo muolajalarini o’z vaqtida samarali qo’llashga qaratildi.

Har bitta nerv ma’lum joyda yotadi va suyak hamda tog’ay oralig’idan o’tadi.

Bu suyak va tog’aylarda o’zgarishlar bo’lib, ular o’sadi va periferik nervlarni bosib
qisilishga olib keladi. Radikulitlarni keltirib chiqaradigan jarayonlar umutqa
pog’onasidagi birlamchi o’zgarishlardir. Bu o’zgarishlar umurtqa pog’onasida
kuzatiladigan moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Osteoxondroz umurtqalar orasidagi tog’ay to’qimalarning o’zgarishi natijasida
namoyon bo’ladi.

Spina bifida

–umurtqalar orasidagi oraliqning bitmay qolishi. Ko’p

noto’g’ri, qaltis harakatlar vaqtida og’ir yuk ko’targanda umurtqalararo disk joyidan
siljiydi. Natijada asab tolalarini qisib qo’yadi.

Amaliy tadqiqotlar:

”Periferik nerv tizimi” kasalliklarida davo muolajalari

usullari o’rganildi.Kasalllik xavf omillarini aniqlash va davo samaradorligini oshirish
maqsadida zamonaviy tibbiyot texnologiyalarning qo’llanilishi tahlil qilindi.
Natijalar:

Klinik belgilari,diagnostikasi va davosi. Nevralgiyalarda asosan

kuzatiladigan biror nerv yo’li bo’ylab og’riq paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Bel dumg’aza radikuliti.

Bel dumg’aza radikuliti juda ko’p uchraydi, bunga bel

dumg’aza sohasiga og’ilikning ko’p tushishi sabab bo’ladi. Odamzot kechayu kunduz
harakatda bo’ladi, o’tiradi, turadi, yuradi.

Klinik manzarasi.

Bemorlar, odatda, qattiq bel og’rig’idan, oyoqlarda sonning

old va orqa tomonidagi og’riqdan shikoyat qiladilar. Og’riq harakat qilganda, ish
qilganda, yo’talganda, aksa urganda kuchayadi. Ko’pincha bemorlar oyoqlari sovuq
qotishi uvishishidan shikoyat qiladilar.

Tirsak nervining nerviti.

Bemor to’rtinchi va beshinchi barmoqlar sohasida

uvishish va jimirlashishdan shikoyat qiladi.Tekshirganda bemor barmoqlarni buka
olmaydi, qo’l barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtira olamydi.Gipotenor sohasida


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

344

https://universalpublishings.com

atrofiya, IV-V barmoqlarining ichki va tashqi qismida sezgi pasayadi.Bemorning qo’l
panjasi “qush panjasi”ga o’xshab qoladi.

Bilak nervi nevriti.

Odam qattiq uxlaganda, qo’lini boshi ostiga qo’yib yotganda

yoki tana tagiga qolib ketishi natijasida, qattiq charchab uxlab qolgandan, spirtli
ichimliklar ichgandan keyin paydo bo’ladi.Bu falajlikka “uyqudagi falajlik” deb
ataladi.

Klinik manzarasi. Bemor qo’l panjasi osilib qolganligidan, uvishishidan, og’riqdan

shikoyat qiladi.Tekshirilganda qo’l panjasi osilib qolgan, shu mushaklarda gipotoniya
va atrofiya bo’ladi.Tirsakni yozuvchi reflekslar yo’qoladi.

Yuz nervining nevriti.

Sabablari.

Yuz nervining zararlanishi ko’pincha yuqumli

kasalliklar natijasida, quloqning yiringli kasalliklaridan keyin, sovqotish, shamollash,
bosh miya jarohatlari, yuz nervining qisib qolisji, harxil allergic holatlardan keyin
paydo bo’ladi. Klinik manzarasi.

Yuz nervining nervitida yuzning qaysi tomonidagi

nerv zararlangan bo’lsa shu yuzning yarim tomonidagi mimik mushaklarning
falajlanishi kuzatiladi. Bunda bemorning yuzi assimetrik bo’ladi. Masalan, o’ng
tomondagi yuz nervining periferik nervi zararlansa, shu tomondagi yuz nervining
periferik falaji sodir bo’ladi. Bunda tinch holatda kuzatganimizda o’ng tomonda yuz
assimetriyasi, yani yuz bir xil emas, o’ng tomonda peshana ajinlari silliqlashgan, qosh
biro z pastda, ko’z oralig’i kengaygan burun lab qatlami silliqlashgan va og’iz burchagi
pastga tushgan boladi. Mimik sinovlarda bemor o’ng tomondagi qoshini ko’tara
olmaydi, achchiqlana olmaydi, ko’zini yuma olmaydi, qovoqlari to’liq yumilmaydi
(Bella) belgisi, tirjayganda burun-lab qatlami tashqariga ketmaydi, og’iz burchagi sog’
tomonga tortib ketadi, unjini shishira olmaydi, hushtak chala olmaydi

Davosi.

Yuz nervining nevriti kelib chiqish sabablariga qarab antibiotiklar, shishlarni

kamaytirish uchun diakarb, laziks buyurilakdi.Mimik mushak belgilarining birinchi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

345

https://universalpublishings.com

belgilari paydo bo’lishi bilan uqalash, paraffin, shifobaxsh badantarbiya mashqlari
tavsiya etiladi.Asab o’tkazuvchanligini yaxshilash uchun prozerin, galantamin,
oksazil, kalimin, dibazol 0,02 gdan kuniga 3 mahal, kasallik boshlanganidan bir hafta
keyin beriladi.Agar yuz mushaklarida kontraktura boshlansa finlepsin yoki tegretol
buyuriladi.

.

Ichish uchun analgetiklar B guruh vitaminlar, ensa sohasidagi kaliy yodid

bilan elektroforez, refleksoteraiya uqalash yaxshi natija beradi.

Munozara:

Zamonaviy davolash usullarining samaradorligi:Tadqiqot natijalari shuni

ko’rsatdiki “Periferik nerv tizimi” kasalliklarida o’z vaqtida ko’rsatilgan tibbiy
yordam va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va zamonaviy davo
usullarini qo’llash ko’plab asoratlarni oldini olishga imkon beradi.Xususan davo
usullariga fizioterapevtik muolajalar va refleksoterapiya ham tavsiya etiladi.

Xulosa:

”Periferik nerv tizimi”kasalliklariga sababchi bo’luvchi omillarni oldini

olish va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini to’g’ri shakllantirish va bemorlarga
o’z vaqtida to’g’ri tashxis qo’yish davo muolajalar kursini o’ vaqtida o’tkazish muhim
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Shodmonov X.Q., Eshmuradova X.Sh., Tursunov O.T. “Asab va ruhiy

kasalliklar”. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2009 yil.

2. Po‘latova Sh.A., Saidova X.X. “Kattalarda hamshiralik parvarishi” II qism,

Toshkent “Cho‘lpon” nashriyoti, 2014 yil.

3.Abdullaeva V.K., Sharipova F.K., Babaraximova S.B., Iskandarova J.M. Xususiy

psixiatriya. O`quv qo`llanma. – Toshkent. Navro`z. 2015 y.

4.Xodjaeva N.I., Shoyusupova A.U. Psixiatriya: tibbiyot institutlari talabalari

uchun. Darslik. – Toshkent. Mehridaryo. 2011 y.

5.Z.S.Yunusdjonova, S.A.Mirzayeva, E.I.Bositxonova Psixologik parvarish

Toshkent 2014y

6.Umumiy va tibbiy psixologiya. Y. M. Fayziyev, E. h. Eshboyev. Toshkent 2009

Internet saytlari

1.www.ziyonet.uz;
2.www. lex.uz;
3.www.bilim.uz

References

Shodmonov X.Q., Eshmuradova X.Sh., Tursunov O.T. “Asab va ruhiy kasalliklar”. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2009 yil.

Po‘latova Sh.A., Saidova X.X. “Kattalarda hamshiralik parvarishi” II qism, Toshkent “Cho‘lpon” nashriyoti, 2014 yil.

Abdullaeva V.K., Sharipova F.K., Babaraximova S.B., Iskandarova J.M. Xususiy psixiatriya. O`quv qo`llanma. – Toshkent. Navro`z. 2015 y.

Xodjaeva N.I., Shoyusupova A.U. Psixiatriya: tibbiyot institutlari talabalari uchun. Darslik. – Toshkent. Mehridaryo. 2011 y.

Z.S.Yunusdjonova, S.A.Mirzayeva, E.I.Bositxonova Psixologik parvarish Toshkent 2014y

Umumiy va tibbiy psixologiya. Y. M. Fayziyev, E. h. Eshboyev. Toshkent 2009