Mualliflar

  • Djuraeva Muxayyo To‘raevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.106194

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: muloqot emotsional holatlar maqsad tinglash shaxs psixologik ta’sir munosabat.

Annotasiya

Annotatsiya: Bugungi kunda barcha faoliyat egalarida eng muhim bo’lgan muomala jarayoni tahlil qilingan. Uning o’ziga xos xususiyatlati, vazifalari va psixologik ta’sir vositalari keng tarzda tahlil qilingan. Bu esa har qanday insonni shaxslararo munosabatda o’z o’rniga ega bo’lishiga yordam beradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

272

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MUOMALANING O’RNI

Djuraeva Muxayyo To‘raevna

- Toshkent davlat iqtisodiyot

universiteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi dotsent v.b.

Annotatsiya:

Bugungi kunda barcha faoliyat egalarida eng muhim

bo’lgan muomala jarayoni tahlil qilingan. Uning o’ziga xos xususiyatlati,
vazifalari va psixologik ta’sir vositalari keng tarzda tahlil qilingan. Bu esa
har qanday insonni shaxslararo munosabatda o’z o’rniga ega bo’lishiga
yordam beradi.

Kalit so’zlar:

muloqot, emotsional holatlar, maqsad, tinglash, shaxs,

psixologik ta’sir, tinglash, munosabat.

Muloqot mazmuni - bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan

ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki
motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot
orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga
kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab,
qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot
odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat
qiladi.

Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki

azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan
boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan
yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi
haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni
hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi
bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan
almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Muloqot maqsadi - bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab.

Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash,
u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi
mumkin. Masalan, ona oz tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi
mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib
kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.

Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab

o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va
tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi,
shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

273

boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb
bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli:
ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi
ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.

Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv

va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.

Muloqotning shaxslararo

tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa

odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks
ettiradi.

Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan

nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.

Muloqotning

kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar,

hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan
iborat.

Muloqotning

emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular,

kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq.

Muloqotning

konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki

va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga

etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari
sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:

1. Til - muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda

qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli
ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va
saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli,
lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.

2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga

qodir.

3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi

ibora ma’nosini kuchaytirishi,

to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.

4. Imo-ishoralar

muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni,

belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada
oshirishi mumkin.

5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga,

suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi

kashfiyotchiligi bo‘yicha er sayyorasida bizga ma’lum tirik mavjudotlarni ancha quvib
o‘tdi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

274

Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
- muloqotga bo‘lga ehtiyoj (axborotni etkazish yoki undan xabardor bo‘lish,

suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish zarur, va h.k.) Boshqa odamlar bilan aloqaga kirishishga
undaydi;

- muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‘g‘ri belgilash;
- suhbatdosh shaxsini belgilash;
- o‘z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‘z yuritishini

tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda);

- inson ongsiz ravishda (ba’zan ongli) foydalanishi mumkin bo‘lgan aniq

vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‘zini qanday tutishini o‘ylab
qo‘yadi;

- suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qaytar aloqa

o‘rnatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish;

- muloqot yo‘nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.
Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‘lsa, so‘zlovchi

muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi.

Shaxs - ijtimoiy munosabatlar

mahsulii deyilishining eng asosiy sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan
o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli
faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Muloqotning turi va shakllari
turlichadir. masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik
vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror
professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli
(diologik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin. insoniy
munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar
shakllanadi va namoyon bo’ladi. bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y
beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar almashinuvini nazarda
tutadi. odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi
ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo
bo’ladiki, ular bir - birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham
fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning
tig’izligi teskari reaksiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi
kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana
shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari
o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona - bola, qaynona -
kelin va x-zo).

O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan

asosiy maqsadlari - o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning
murakkabligi, kerak bo’lsa, “jozibasi”, betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish
yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

275

shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng
beta’sir bo’lgan bo’lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan
do’stingizni ko’rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni
sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday
muloqot juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha
rasman salom - alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot
faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi,
bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va shunisi bilan u
insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.

Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan,

ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi
suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. XX1 asrda yashar
ekanmiz, odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan habardor
bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi va
buning qator sabablari bor. Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga
o’tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador
ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi. Axborot
XXI asrda eng nodir kapitalga aylandi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar
uzatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida
ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaninng
dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional,
bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar
asri deb, bashorat qilgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning o’zaro til
topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida
gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p xollarda bevosita
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar - uyali aloqa, fakslar, elektron
pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lunda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu
ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sosionomik
guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini
belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis),
marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab
muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsuliini belgilaydi.

Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga

o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning ham
jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi. Shaxslararo munosabatlarni o’rganish
psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining
eng nufuzli va yetakchi faoliyatlaridan biri bo’lgan muloqot va u orqali o’zaro
munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik kabi sifatlar paydo


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

276

bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning,
chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o’ziga xos tomonlari
shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday
ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ularning turli
psixologik xususiyatlarini o’rganish masalasi ijtimoiy psixologiya fanida muhim va
dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki,

uning yordamida odamlar o’zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar,
o’zaro axborot almashinadilar, ta’sir o’tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok
etadilar, tushunish va baxolash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun
muomala ijtimoiy psixologik xodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy
turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, xamkorlik
faoliyatining moddiy, ma’naviy, emosional, kognitiv, motivasi on,
regulyativ qirralarini aks ettiruvchi obyektiv va subyektiv ehtiyoj sifatida
vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini bajaradi.

Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan jarayon tuzilmasi:

1.

Muloqotning kommunikativ tomoni, ya’ni o’zaro munosabat yoki

muloqotga kirishuvchilarning o’rtasida ma’lumotlar almashinuvi jarayoni
sifatida;

2.

Muloqotning

interaktiv

tomoni,

ya’ni

muloqotga

kirishuvchilarning xulq atvorlariga ta’sir jarayoni sifatida;

3.

Muloqotning

perseptiv

tomoni,

ya’ni

muloqotga

kirishuvchilarning bir birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog’liq
jarayon sifatida.

Muloqot shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida

quyidagilar kiradi:

A) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;

B) individlar o’rtasida axborot almashinuvi jarayoni;

V) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;

G) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;

D) bir biriga xamdardlik bildirish imkoniyati;

Ye) shaxslarning bir birini tushunishi jarayoni”.

Demak, shaxslararo munosabatlar, ya’ni muloqot jarayoni odamlar

amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko’p qirraliligi
bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib borilgan jahon
psixologlarining juda ko’p tadqiqotlari shu fenomenni shaxs uchun ham
zarur, ham oddiy, ham ta’sirchan deb qaraydi.

Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy

kiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuksonlari ham muloqot jarayonlarining


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

277

mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyati dan mahrum
bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u
shaxs bo’lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi
ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning vazifalarini tahlil qilish lozim.

Har qanday muloqotning

eng asosiy vazifasi

- suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini

tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan
kutib olishdan boshlanadi. O’zbek halkining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham
shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi,
so’rashadi, xol-axvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham ana
shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa
millat va halklarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o’ziga xoslikka ega. Uning

ikkinchi

muhim vazifasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida
ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining
yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi, so’ng ma’lum muddatdan keyin
yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni ko’rsatganki, «mauglilar» biologik
mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan
tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik
eksperimentlarda o’z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni
u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular
nazaridan qolgan odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas,
balki faqat o’zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab
tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishning uning ruhiyatiga ta’siri
o’rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur,
xotira, hissiy holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi
bilan yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini
band etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar
o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi
odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o’ziga
ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka
mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu
avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik
nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan.

Shaxsning muloqotga bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi uning ish faoliyatiga

ham ta’sir ko’rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o’zaro gaplashish
imkoniyatining mavjudligi fakti ko’pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan,
ayniqsa, gaplashib o’tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan
operasiyalarda odamlar o’z oldida turgan hamkasbiga qarab ko’proq, tezroq ishlashga
kuch va qo’shimcha iroda topadi.

Insoniyatning muomala quroli til bo’lib, odamlar bir-birlari bilan bo’ladigan


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

278

barcha munosabat va muloqotlarini so’zlashish yordamida amalga oshiradilar. Dono
xalqimizda so’zlashish qoidasi, tilga ehtiyotkor bo’lish, har bir so’z, har bir jumlani
o’ylab gapirish, qisqasi - so’zlash odobi va muloqot madaniyati haqida juda ko’p ibratli
hikmatlar bor. Ulardan birida keltirilishicha, odamning sharafi va iftixori uning
madaniy so’zlashishida ko’rinadi. Kimda-ki so’zlashish odobiga rioya qilmasa, unda
insoniylik ham ko’rinmaydi. Gap o’rinli va ma’noli aytilgan bo’lsa, uni jim turib
tinglamoq foydalidir. Bu borada so’zlashishning sakkizta qoidasi keltiriladi:

-bemavrid gapirmaslik;
-lutf ila yumshoqlik bilan so’zlashish;
-ochiq chehra bilan gapirib, yuzda samimiylikni saqlay olish;
-eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish;
-faqat foydali gaplarni gapirish.
-o’ylab, andisha bilan so’zlash, o’ylamay aytilgan gap pushaymonlik keltirishini

yodda tutish;

-kishilar gapirayotganda oraga gap qo’shmaslik, so’zini bo’lmaslik;
-ko’p gapirmaslik, zero, bu yaxshilik alomati emas.
Har bir odam kishilarga zarar keltiradigan so’zlardan o’zini saqlashi lozim.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o’zaro hamkorlikdagi

faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda
emas, balki jamoaviy - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo’lganligini hisobga olib,
odamlarning muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat unumdorligi va
samaradorlikning muhim omillaridan deb hisoblash mumkin.

Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan

maqsadlaridan biri - o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr-g’oyalariga
ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taassurot
qoldirishdir.

Psixologik ta’sir

- bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari,

hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.

Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
1.

Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi

asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni
bo’lib, uning vositasi - so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda
ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni
topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.

2.

Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni

kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda
ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan
amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.

3.

Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz” dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

279

bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika,
pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan
chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi.

Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta’sir

ko’rsatmoqchi bo’lishganda, dastavval nima deyish, qanday so’zlar vositasida ta’sir
etishni o’ylar ekan. Aslida esa, o’sha so’zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol
o’ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi
marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan
gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir
qilarkan.

Shuning uchun ham katta yoshli odamlarni kommunikativ bilimdonlikka

o’rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat
berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi
menejer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, boshqaruvchilarni
psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o’rgatish muammosini chetlab o’tolmaydi.
Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis - vrach, muhandis, o’qituvchi,
iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar ham
kommunikativ malakalarga ega bo’lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda
jamoaga kirishib, ko’pchilik bilan til topishib, o’z professional mahoratini ko’rsata
olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga
ega bo’lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o’rgatishni har
qachongidan ham dolzarb qilib qo’ymoqda. To’g’ri, muloqotga kirishish -
ijtimoiylashuv jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan,
u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv
muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki,
yillar o’tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini uylab gapiradigan, har bir qadamini
uylab bosadigan bo’lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqyesini belgilovchi vositadir.
Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini
taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati
shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o’rganish, guruhlarda to’g’ri
munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqotga o’rgatish muammosi
bugungi kundagi muhim masalalaridandir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.

2.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

3.

Karimova V.M., va boshqalar. “Pedagogika. Psixologiya . O’quv qo’llanma.
Toshkent. TDIU, 2015 yil.

4.

Abdullayeva R.M., Yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash zarurati. O‘zbekistonda
oila masalalarini ilmiy tadqiq etish: muammo va yechimlar. Respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasi.Toshkent. 2020.145-148 b.

Bibliografik manbalar

G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

Karimova V.M., va boshqalar. “Pedagogika. Psixologiya . O’quv qo’llanma. Toshkent. TDIU, 2015 yil.

Abdullayeva R.M., Yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash zarurati. O‘zbekistonda oila masalalarini ilmiy tadqiq etish: muammo va yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.Toshkent. 2020.145-148 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари