“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
268
XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA XOTIRA
JARAYONINING AHAMIYATI
Djuraeva Muxayyo To‘raevna
- Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi dotsent v.b.
Annotatsiya:
Maqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirishda yordam beruvchi bilish
jarayonlaridan xotiraning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor berishga qaratilgan.
Shuningdek, turli yosh vakillari uchun ham umumiy bo‘lgan xotirani mustahkamlash
qonunlari batafsil bayon etilgan. Unga amal qilish esa xotiraning mustahkamligi va
tillarni o‘zlashtiriliga erishishga olib keladi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim oluvchi, professor-o‘qituvchi, xotira qonunlari, faollik,
o‘zlashtirish, uslub, o‘qitish, malaka.
Bugungi kunda respublikamizda ta’lim sifatini yanada oshirishga alohida
ahamiyat qaratilmoqda. Mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida” gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish
doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan,
o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon
hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.
Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin co‘zlasha oladigan
mutaxassislarni tayyorlash va shu bilan birga barcha ta’lim muassasalarida bosqichma-
bosqich chet tillarini mukammal o‘qitilishiga erishish ko‘zda tutilgan. Barcha ta’lim
muassasalari ta’lim oluvchi va professor-o‘qituvchilari ham ushbu talabning ijrosini
amalga oshirishlari talab etilmoqda. Shu bois masalaning amaliy yechimini topish
barobarida, har bir shaxsning xotira jarayonini o‘rganib, unga monand xorijiy tilni
o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Xotira - bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda
saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday
tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir. Inson xotirasining yaxshi
bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgan - kechirganlarimizning mazmuni to‘laroq
miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog‘liq:
-esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;-
shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘lik qiziqish bildirayotganligi va shu
ishga
moyilligiga;-shaxsning
bevosita
faoliyat
mazmuni
va
ahamiyatiga
munosabatining qandayligiga;
- shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
269
- iroda kuchi va intilishlariga.
Xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi, esda saqlashning
davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi. Demak, odamlar ham aynan
shu sifatlarga ko‘ra ham farqlanadilar:
- materialni tezda eslab qoladiganlar;
- materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar;
- istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.
Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish omillariga quyidagilar kiradi:
- ma’mulotning anglanganligi;
- kutilmagan ma’lumot;
- ma’lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi;
- esda saqlash vaqti bilan esga tushirish vaqti o‘rtasidagi farq.
Shunday qilib, xotira faol jarayon bo‘lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar
bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur
qilishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan
ma’lumotining 10 % , eshitgan va ko‘rgan narsasining 50 % gachasini, o‘zi faol
bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Shaxsning o‘zi o‘ylab topib, o‘zi
bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Hattoki, kattalarni qisqa fursatda
o‘qitish va malakalarini oshirishda ham turli xil amaliy o‘yinlardan, treninglardan
foydalanishning ma’nosi ham shunda - yaxshi va tez eslab qolish hamda samarali esga
tushirish. Ayniqsa barchaga til o‘rgatishda ham ushbu omillarga amal qilish muhimdir.
Shaxs xotirasining mustahkam bo‘lishi uchun quyidagi qonunlarni bilish lozim:
1.Anglanganlik qonuni.
2.Qiziqish qonuni.
3.Ilgarigi bilimlar qonuni.
4.Eslab qolishga tayyorlik qonuni.
5.Assotsiatsiyalar qonuni.
6.Birin - ketinlik qonuni.
7.Kuchli taassurotlar qonuni.
8.Tormozlanish qonuni.
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi - axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan
takrorlashlar soni;
- unutish tezligi - esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi - insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir
bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi - insonning zarur axborotni
ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
270
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash,
asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi - talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning
saqlanish joyi - bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan
ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati
uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi.
Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini
bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit
miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi.
Xotira - shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati
o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech
qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik
aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab
qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning
rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning
tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya
po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq
vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning
zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar
deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
Shunday qilib, xotira - bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish,
saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni
beqiyosdir.
Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo‘lish uchun har qanday mutaxassis har bir
fanning mavzularini o‘ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini
ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Bugungi kun talabi darajasida xorijiy tillarni tezroq,
qulayroq va osonroq o‘zlashtirish uchun xotira qonunlariga amal qilish maqsadga
muvofiqdir. Zero, kelajakda yoshlarimiz o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib,
xorijiy tengqurlaridan kam bo‘lmagan holda ular bilan erkin muloqot qila olishsin va
jamiyatimizning yuksak kelajagiga mas’ul bo‘lishsin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi QL-1181-sonli O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni loyihasi. Toshkent. 2024 yil.24 iyn. 4470-IV-son.
2. Tillashayxova X.A., Jo’rayeva S.N., Abdullayeva R.M. “Umumiy psixologiya”.
Darslik. T. 2023.TDPU. 415 b.
3. Abdullayeva R.M. “Umumiy psixologiya”. Darslik. T.2024. TDPU. 517 b.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
271
4. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
5. Djuraeva M.T. Oliy ta’limda faollashtiruvchi metodlardan foydalanish
samaradorligi. Inter edigation & global studi. Ilmiy nazariy va metodik jurnal.
ISSN 2992-9024 (online). 2025 №4. 287-296.
6.
Abdullayeva R.M. Umumiy psixologiya fanidan talabalarning mustaqil ta’limini
tashkil etish. Uslubiy qo’llanma. TDPU, 2024 - 234 b.
7.
Abdullayeva R.M. REQUIREMENTS FOR CHOOSING A PROFESSION.
International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)
DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.269 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022.
2150-2153.
8.
Khimmataliev D.O., Olmov K.T., Ergashev B.B., Chulponova Kh.T.,
Abdullayeva R.M. Mechanisms of Professional Competence Development in
Future Teachers based on Pedagogical and Technical Knowledge. Annals of the
Romanian Society for Cell Biology. ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 2, 2021,
Pages. 2950-2958 Received 20 January 2021; Accepted 08 February 2021.