Mualliflar

  • Abdumusayeva Zilola

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114618

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: polisemantik frazeologizm lingvomadaniyat frazeologiya milliy mentalitet qiyosiy tahlil.

Annotasiya

Anotatsiya: Ushbu tadqiqotda o‘zbek tilidagi polisemantik frazeologizmlarning lingvomadaniy jihatlari o‘rganilgan. Frazeologik birliklarning ko‘p ma’nolilik xususiyati, ularning xalqning milliy mentaliteti, qadriyatlari va tarixiy-madaniy tajribasi bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda polisemantik frazeologizmlarning nutqdagi qo‘llanishi, ularning madaniy kod sifatidagi o‘rni va boshqa tillardagi (ingliz va rus) mos birliklar bilan qiyosiy tahlili yoritilgan. Olingan natijalar lingvomadaniyatshunoslik, tarjima nazariyasi va frazeologiya sohalarida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

312

O’ZBEK TILIDA POLISEMANTIK FRAZEOLOGIZMLARNING

LINGVOMADANIY TADQIQI

Abdumusayeva Zilola

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Lingivistika o’zbek tili yo’nalishi magistranti


Anotatsiya:

Ushbu tadqiqotda o‘zbek tilidagi polisemantik frazeologizmlarning

lingvomadaniy jihatlari o‘rganilgan. Frazeologik birliklarning ko‘p ma’nolilik
xususiyati, ularning xalqning milliy mentaliteti, qadriyatlari va tarixiy-madaniy
tajribasi bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda polisemantik frazeologizmlarning
nutqdagi qo‘llanishi, ularning madaniy kod sifatidagi o‘rni va boshqa tillardagi (ingliz
va rus) mos birliklar bilan qiyosiy tahlili yoritilgan. Olingan natijalar
lingvomadaniyatshunoslik, tarjima nazariyasi va frazeologiya sohalarida ilmiy va
amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar

: polisemantik frazeologizm, lingvomadaniyat, frazeologiya, milliy

mentalitet, qiyosiy tahlil.

Annotation:

This research examines the linguocultural aspects of polysemantic

phraseological units in the Uzbek language. It analyzes the polysemy of phraseological
expressions and their connection to the national mentality, values, and historical-
cultural experience of the people. The study explores the usage of polysemantic
phraseologisms in speech, their role as cultural codes, and provides a comparative
analysis with their English and Russian equivalents. The findings are scientifically and
practically significant for linguocultural studies, translation theory, and phraseology.

Keywords

: polysemantic phraseologism, linguoculture, phraseology, national

mentality, comparative analysis.

Аннотация:

В данном исследовании рассмотрены лингвокультурные

аспекты полисемантичных фразеологизмов узбекского языка. Анализируется
многозначность фразеологических единиц, их связь с национальным
менталитетом, ценностями и историко-культурным опытом народа.
Исследование освещает использование полисемантичных фразеологизмов в
речи, их роль как культурного кода, а также проводит сопоставительный анализ
с эквивалентами в английском и русском языках. Полученные результаты имеют
научное и практическое значение для лингвокультурологии, теории перевода и
фразеологии.

Ключевые слова

: полисемантичный фразеологизм, лингвокультура,

фразеология, национальный менталитет, сопоставительный анализ.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

313

Polisemantik frazeologizmlarning lingvomadaniy tadqiqi mavzusi frazeologik

birliklarning ma’no jihatdan ko’p qirraliligini o’rganishga qaratilganilmiy

yo’nalishdir.

Frazeologizm

deb nimaga aytiladi frazeologizm o’zi nima degan shu o’rinda

savol tug’iladi. Frazeologizm -bu xalqning madaniyati, tarixi va dunyoqarashi bilan
uzviy bog’liq bo’lgan til birligi bo’lib ko’pincha bir vaqtning o’zida bir nechta ma’noni
ifodalaydi. Frazeologizimlarda kki yoki undan ortiq so’zning barqaror birikmasidan
iborat bo’lib nutqgacha tayyor holda bo’lishi lozim va tarkibidagi so’zlar o’z
ma’nosida ifodalanmagan leksema kabi bir hodisaniatay olishi kerak.

Frazeologizmlarda qat’iy tartibda bo’ladi va ularni o’zgartirib yoki almashtirib

bo’lmaydi.

Masalan ,’’ko’z quloq bo’lmoq’’

bu yerda so’z tartibini yoki so’zlar

o’rniga boshqa so’zlarni qo’llasak ma’no o’zgaradi.

Polisema-bu

bitta so’zning bir nechta ma’noga ega bo’lish hodisasidir. Bu hodisa

o0o0u.l,lo

Masalan ‘’yo’l’’

so’zini misol qilib olsak bu yerda to’g’ridan to’g’ri o’z ma’nosi

harakatlanish uchun mo’ljallangan maydon ko’chma ma’noda esa hayotdagi yo’nalish
yoki qaror , hayotda o’z yo’lingni top ma’nolarida qo’llangan.

Endi

polisemantik frazeologizmlarga

kelsak -bu ma’no jihatidan ko’p qirrali

turli gaplarda birdan ortiq ma;noni ifodalay oladigan gaplarda qo’llanilganda o’z
ma’nosi va ko’chma manosini ega ko’pincha turli vaziyatlarda bir -biridan farq
qiluvchi yoki o’zaro bog’liq bo’lgan bir nechta ma’noni bildirishi bilan ajralib turadi.

Polisemantik frazeologizimlarning ahamiyatli jihati shundaki

tilni boyitib

ifodalilikni kuchaytiradi madaniyat va dunyoqarashni aks ettiradi frazeologizmlarning
ma’nolari xalqning urf-odati qadryatlari va hayot tarzi bilan bog’liq.

Polisemantik frazeologizmlarni yuzaga chiqishi

turli madaniy va ijtimoiy

narsalarga bog’liq ulartilning rivojlanishi tarixning rivojlanishi xalqning dunyoqarashi
ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar natijasida polisemantik frazeologizmlar yuzagaa
chiqadi.

Masalan

lingvomadaniy tahlil qiladigan bo’lsak xalqning turmush tarzi urf-

odatlaridan kelib chiqib

‘’Dasturxoni keng’’

bunda o’sha xalqqa tegishli bo’lgan va

aholisi uchun tushunarli bo’lgani uchun ham quyidagi ma’nolarda keladi. Balki ushbu
misolni yani ‘’dasturxoni keng ‘’ misolini boshqa bir tilda boshqa bir davlatta
lingvomadaniy jihatdan yondashsa umuman mazmun mohiyati o’zgarib ketishi
mumkun.


asosiy ma’no; dasturxonning o’lchami
ko’chma ma’no ;mehmondo’stlik ma;nosida qo’llaniladi.
Misol uchun

‘’Boshi aylandi’’

frazeologizmi O’zbek tilida ko’p qirrali ya’ni

polisemantik ma’noga ega bo’lgan iboralar qatoriga kiradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

314

’’Boshi aylandi’’

iborasining

polisemantik ma’nolarini

ko’rib tahlil qilib

chiqamiz;

1.Jismoniy ya’ni fizialogik holatni ifodalash bu holat o’z ma’noda qo’llangan

qolganlari esa ko’chma ma’noda qo’llangan.


Ma’nosi;

boshning aylanishi yoki tananing o’z muvozanatini yo’qotishi

Misol;

’’U shunchalik yo’lda charchadiki ostonada boshi aylanib o’tirib qoldi.’’

2.Ruhiy hayajonlanish yoki qattiq ta’sirlanish;
Ma’nosi;

biror voqea yoki habar natijasida hayratlanish yoki tasirlanganda.

Misol;’’

Yangi xushxabarni eshitib, uning boshi aylanib ketdi.

’’

3.Manmanlik yoki o’zidan ketish holatida
Ma’nosi;

kibirli bo’lib qolish yoki haddan ziyod o’ziga bino qo’yish

mensimaslik.

Misol;’’

Mansabi ko’tarilgandan keyin boshi aylanib hech kimni tanimay qoldi.

’’

4.Chalkashlik yoki hayratlanish holatida.
Ma’nosi;

ko’p yangiliklardan hayratlanish yoki boshqaruvni yo’qotish.

Misol;’’

To’y tayyorgarliklaridan boshi aylanib ketdi.

’’

Mana ko’rishimiz mumkunki bitta frazeologizmning to’rt xil ma’noda ya’ni

polisemantik frazeologizm ekanligiga amin bo’ldik bunday polisemantik
frazeologizimlar juda ko’p har birini ichiga kirib ularni polisemantik tomonini
o’rganilsa juda ko’p ma’nolari kelib chiqadi.










Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари