Mualliflar

  • Fayzullayev Islombek Bahodir o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114634

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Zichlik temperatura o’tkazuvchanlik o’ta o’tkazgichlar elektr o’tkazuvchi materiallar.

Annotasiya

Annotatsiya: Elektr o’tkazuvchi materiallar deb o’zidan elektr tokini o’tkazuvchi materiallarga aytiladi. Bu materiallar turli xil sohalarda har xil maqsadlarda ishlatiladi ayniqsa ishlab chiqarish sohalarida.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

261

ELEKTR O‘TKAZUVCHI, O‘TA O‘TKAZUVCHAN VA

KRIOO‘TKAZGICH MATERIALLAR

Fayzullayev Islombek Bahodir o’g’li

Toshkent tuman 1-son politexnikumining

ishlab chiqarish ta’lim ustasi


Annotatsiya:

Elektr o’tkazuvchi materiallar deb o’zidan elektr tokini o’tkazuvchi

materiallarga aytiladi. Bu materiallar turli xil sohalarda har xil maqsadlarda ishlatiladi
ayniqsa ishlab chiqarish sohalarida.

Kalit so’zlar:

Zichlik, temperatura, o’tkazuvchanlik, o’ta o’tkazgichlar, elektr

o’tkazuvchi materiallar.


Elektr o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lganligidan EM lari va transformatorlarda

yaxshi tozalangan MO (99,5 % Cu) va Ml (99,9 % Cu) markali mis va aralashmalardan
tozalangan AE (99,5 % At) markali aluminiy keng qo‘llanilmoqda. Zichligining
kamligi, erish temperaturasining pastligi, yuqori egiluvchanligi hamda zanglashdan
himoya qiluvchi mustahkam va juda yupqa oksid pardasiga egaligi aluminiyning
muhim xossalari hisoblanib, uning mexanik jihatdan mustahkamligi misnikiga
nisbatan ancha yomonligi uning kamchiligidir. Misning elektr o‘tkazuvchanligi
aluminiynikiga nisbatan taxminan 1,6 marta yuqori bo‘lganligi uchun mis materiali
chulg'amlarni tayyorlashda keng ishlatiladi. Yuqori qizishga chidamli o‘rov simlariga
ularning PNSDK va PNSDKT markalari kiradi. Temperaturaga bog‘liq holda bu simlar
izolatsiyasining xizmat muddati o‘zgaradi. Masalan, 250°C da xizmat muddati
15000+20000 soatlargacha, 400°C da esa, u 200+500 soatlargacha yetadi, xolos.
Temperaturaning o‘sishi bilan mis va aluminiy solishtirma elektr qarshiliklarining
oshishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Asinxron motoming rotor pazlariga qisqa
tutashgan chulg‘amni quyish uchun qarshiligi oshirilgan AKZ, AKM, AKTs
qotishmalari qo'llaniladi. O T mashinasining kollektor plastinalarini tayyorlash uchun
tarkibiga kadmiy qotishtirilgan qattiq holda jo‘valanib tortilgan mis qo'llaniladi. Bunda
misning mexanik mustahkamligi oshadi va kollektorning yeyilishi kamayadi. Asinxron
motor rotorining qisqa tutashgan chulg‘amini va sinxron mashinaning so‘ndirgich
(dempfer) chulg‘amini tayyorlash uchun latun (misning rux bilan qotishmasi) va
bronza (misning qalay, kadmiy, berilliy va fosforlar bilan qotishmasi) qo‘llaniladi.

O’ta o‘tkazgichlar

— o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasi tufayli, absolut nolga yaqin

(4,2 K) temperaturagacha sovitilganda o‘ta o‘tkazgich materialning o'zgarmas tokka
nisbatan qarshiligi va materialdan tok o‘tganda ichki magnit maydonni siqib chiqarish
xususiyatlariga ega bo‘lgan holatiga asoslangan elektr o‘tkazgichdir. Kelajakda niobiy-
qalay (Nb—Sn) qotishmasidan tayyorlangan o‘ta o‘tkazgichni amalda qo‘llash


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

262

istiqbolli hisoblanadi, chunki uni ancha kuchli magnit maydonlarda ham ishlatish
mumkin.

Krioo‘tkazgichlar

— bu tozalangan tnetalldan yasalgan o'tkazgichlar chuqur

sovitilgan holatda foydalanilganda yuksak elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa ham
o‘ta o‘tkazuvchanlik holatga o‘tmaydi. 0 ‘ta o‘tkazgich va krioo‘tkazgichlarni elektr
mashinasozlikda qo'llash odatdagi EM lariga va transformatorlarga nisbatan (bir xil
quwatda) ularning gabaritlari va massasini keskin kamaytirishga hamda ularning FI K
ni oshirishga imkon beradi. Bu esa katta iqtisodiy samaradir.

Xulosa.

Ayrim mamlakatlar (Shveysariya, Yaponiya, AQSH, Xitoy va Rossiya) da

azotning suyuqlikka aylanish temperaturasi (— 196)°C dan oshgan qiymatlarda ham
o‘ta o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘lgan materiallar ixtiro qilingan. 0 ‘ta
o'tkazuvchan materialni olish uchun suyuqlantirilgan geliyning o‘rniga suyuq azot
ishlatilsa, kriogen davri (tsikli)ning samarasi 10 martadan ham ko‘p oshadi. Agar
azotni havodan olib suyuqlantirish suyuq geliyni olishga nisbatan 20 marta arzón
ekanligi hisobga olinsa, bu samaraning salmogd yana ham anchaga oshadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A lla y e v Q.R. Elektromexanik o ‘tkinchi jarayonlar. 0 ‘quv qo‘Ilanma. — “

M o liy a ” nashriyoti, 2007 y. - 272 b.

2.

Герман-Галкин С.Г., Кардонов Г.А. Электрические машины:

Лабораторные работы на П К . — С П б.: К О Р О Н А принт, 2003. — 256 с.

3. Ib ra g im o v U. Elektr mashinalari. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. — T.:

0 ‘qituvchi, 200L - 408 b.

4. Кацман М .М . Э лектрические машины. Учеб, для студентов среди, проф.

учебных заведений. — М .: Высш. ш к., 2000. - 463 с.

5. Кацман М .М . Справочник по электрическим машинам. Учеб, пособие

для студ. образоват. учреждений сред. проф. образования. — М .: Издательский
центр «Академия», 2005. — 480 с

Bibliografik manbalar

A lla y e v Q.R. Elektromexanik o ‘tkinchi jarayonlar. 0 ‘quv qo‘Ilanma. — “ M o liy a ” nashriyoti, 2007 y. - 272 b.

Герман-Галкин С.Г., Кардонов Г.А. Электрические машины: Лабораторные работы на П К . — С П б.: К О Р О Н А принт, 2003. — 256 с.

Ib ra g im o v U. Elektr mashinalari. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. — T.: 0 ‘qituvchi, 200L - 408 b.

Кацман М .М . Э лектрические машины. Учеб, для студентов среди, проф. учебных заведений. — М .: Высш. ш к., 2000. - 463 с.

Кацман М .М . Справочник по электрическим машинам. Учеб, пособие для студ. образоват. учреждений сред. проф. образования. — М .: Издательский центр «Академия», 2005. — 480 с

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари