“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
258
TRANSFORMATOR, ISHLASH PRINSIPI VA
UNING TURLARI
Fayzullayev Islombek Bahodir o’g’li
Toshkent tuman 1-son politexnikumining
ishlab chiqarish ta’lim ustasi
Annotatsiya:
Chastotasini o’zgartirmasdan kuchlanishini pasaytirib yoki ko’tarib
beruvchi elektrostatik qurilmaga Transformator deyiladi. Transformatorlar 5 turga
bo’linadi. (kuch,o’lchov,maxsus,avto,payvand transformatorlari). Kuch transformatori
2xil moyli va quruq bo’ladi. Quruq transformatorlar keng qamrovli binolarda va aholi
zich
joylashgan
hududlarda
ishlatiladi.
Moyli
transformatorlar
tashqi
elektrenergiyadan vaqtincha foydalanishda ishlatiladi.
Kalit so’zlar:
transformator, chastota, magnit o’zak , chulg’am, gaz relesi’ moy
baki’ gaz chiqaruvchi truba, kengaytiruvchi bak, fosforli izolyator, ferromagnit o’zak,
EYuK,
salt,
yuklama,
qisqa
tutashuv,
silikon
kauchuk,
chinni
vtulka,“Egeytrafo”kompany.
Kirish.
Transformator-o’zgaruvchan
tokni chastotasini o’zgartirmasdan,
kuchlanishni va tok kuchini o’zgartirib beruvchi elektrostatik apparat. Elektr
tarmoqlarida elektrenergiyasini ma’lum masofaga uzatishda (kuchlanishni oshirish
uchun) hamda uni iste’molchilarga taqsimlashda(kuchlanishni pasaytirish uchun)
transformatorlar keng foydalaniladi.Transformatorni 1876- yilda rus elektrotexnigi
P.N.Yablochkov ixtiro qilgan. Transformtorni yanada takomillashtirishda rus
ixtirochisi I.F.Usagin ham o’zining tadqiqotlarini olib borgan. Transformator
2qismdan: asosiy va qo’shimcha qismdan tashkil topgan. Asosiy qism- magnit o’zak
va chulg’amlardan, qo’shimcha qism- moy baki, gaz relesi, gaz chiqaruvchi truba,
kengaytiruvchi bak, fosforli izolyatorlardan tashkil topgan. Transformator faqat
o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulanganda ishlaydi. Chunki birlamchi chulg’am
o’zgarmas tok tarmog’iga ulangandaundan o’tadigan o’zgarmas tok ferromagnit
o’zakda o’zgarmas magnit oqimini hosil qiladi. Magnit oqimi vaqt birligi ichida
o’zgarmaganligi sababli chulg’amlarda EYuK hosil bo’lmaydi. Biroq zanjirda elektr
tokining har qanday o’zgarishi chulg’amlarda EYuKning hosil bo’lishiga sabab
bo’ladi. O’zgarmas tok tarmog’iga ulangan transformator chulg’amlarida EYuK hosil
bo’lishi, transformator tarmoqqa ulanayotganda yoki uzilayotganda yaxshi seziladi.
Bunga sabab transformator tarmoqqa ulanganda uning chulg’amida tok noldan biror
qiymatgacha ortadi yoki tarmoqdan uzilganda tok kuchi biror qiymatdan nolgacha
kamayib boradi. Transformatorlar 3 xil rejimda:
Salt(yuklamasiz) ishlashi; Normal sharoitda yuklama bilan ishlashi;
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
259
Ishlab turgan transformatorning chulg’amlari qisqa tutashib qolganda yoki elektr
tarmog’i qisqa tutashganda qisqa tutashuv rejimi;
Kuch transformatorlari doimo yuklama bilan ishlaydi. Transformatorlar
ishlatilishiga qarab bir necha turga bo’linadi:
Kuch transformatorlari elektr energiyasini kuchlanishini o’zgartirib uzoq
masofaga uzatishda, iste’molchilar orasida taqsimlashda, umuman olganda
iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishltiladi.
Avtotransformatorlar kuchlanish qiymatini biroz o’zgartirish yoki kuchlanish
qiymatini noldan boshlab oshirish, hamda katta Asinxron dvigatellarini yurgizishda
ishlatiladi.
O’lchov transformatorlari elektr sxemalarida, laboratoriyalarda ishlatiladi.
Maxsus transformatorlar radio, televideniya, aloqa, avtomatika qurilmalarida
ishlatiladigan transformatorla: o’zgaruvchan tokni fazalar sonini yoki chastotasini
o’zgartiruvchi transformatorlar maxsus transfotmatorlardir.
Muammo. Ikkilamchi chulg’am kuchlanishini 5% ga pasaytirish uchun, birlamchi
chulg’am o’ramlar sonini 5% ga ko’paytirish kerak. Transformatsiyalash
koeffitsientini ham yuqoridagi usullar yordamida o’zgartiriladi, u xolda transformator
elektr tarmoqidan o’zib, keyin chulg’am o’ramlar soni o’zgartiriladi. Agar birlamchi
va ikkilamchi chulg’amlar bir xil yo’nalishda o’ralgan bo’lsa, hamda ularning bosh va
oxirgi uchlari bir xilda ifodalansa E1 va E2 vektorlari bir tomonga yo’nalgan, ya’ni
ular orasidagi siljish burchagi nolga teng bo’ladi.
Agar transformatorning past kuchlanish chulg’ami yuqori kuch-lanish
chulg’amiga nisbatan teskari yo’nalishda o’ralsa yoki shu chulg’amning bosh va oxirgi
uchlarining ifodalari o’zgartirilsa, E1 va E2 vektorlari orasidagi siljish burchagi 180o
ga teng. Birlamchi va ikkilamchi chulg’am EYuK vektorlari orasidagi siljish
burchagiga qarab chulg’amlarning ulanish guruxlari aniqlanadi.
Uch fazali transformatorda bu siljish burchagi 0 dan 360o gacha o’zgaradi.
Odatda siljish burchagini 30o ga bo’lganda chiqqan son bilan guruh ifodalanadi va
chulg’amlarning ulanish har bir guruxini 1 dan 12 gacha bo’lgan raqam bilan ifodalash
qabul qilingan. Ulanish gruppasini aniqlashda transformatorning yuqori kuchlanish
chulg’ami uning birlamchi chulg’ami, past kuchlanish chulg’ami esa uning
ikkilamchyai chulg’ami hisoblanadi. EYuK vektorlari orasidagi siljish burchagini
graduslar bilan emas, balki shu graduslarga mos keladigan soat tsiferblatidagi sonlar
(12) bilan ifodalash chulg’amlarning ulanish guruhini aniqlashga yordam beradi.
Bunda birlamchi chulg’am EYuK ning vektori soatning katta (ya’ni minut) mili
bilan ifodalanadi va bu mil doim 12 raqamda turadi deb qabul qilinadi. Ikkilamchi
chulg’am EYuK vektori esa soatning kichik (ya’ni soat) mili bilan ifodalanadi va
chulg’amlarning ulanish guruxlariga qarab, bu mil 1 dan 12 gacha bo’lgan turli
raqamlarni ko’rsatadi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
260
Xulosa
Kuch transformatorlari tuzilishi bo’yicha ikki turga bo’linadi: Moyli va Quruq
transformatorlar. Moyli transformatorlarda magnit o’zak va chulg’amlar yaxshi
izolyator va sovituvchi modda hisoblangan transformator moyi bilan to’ldirilgan
idishga joylashtiriladi. Transformator moyi chulg’am izolyatsiyalarini zararli ta’sirdan
himoyalaydi. Transformatsiyalsh koeffitsiyentlarini o’zgartirish uchun chulg’amlarida
maxsus ulamalari bo’lgan transformatorlarga ulamali transformatorlar deyiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Radjabov.A. Muratov X.M. Elektrotexnologiya.Toshkent: Fan, 2001.-80 b
2.
Raxmatov A. Toshpo’latov N. N/Elektrotexnik materiallar va elektr uskunalar
montaji fanidan darslik. Toshkent 2012 y.
3.
Majidov Taxir Shadmonovich “Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya
manbalari” Toshkent 2014 y.
4.
Zokirjon o’g’li, M. B., & Davronbek o’g’li, M. S. (2022). Using Android Mobile
Application for Controlling Green House. Texas Journal of Engineering and
Technology, 9, 33-40. https://zienjournals.com/index.php/tjet/article/view/1873