Mualliflar

  • Norimonova Gulmira

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.93012

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Gender Yangi O‘zbekiston ijtimoiy huquqiy oila ayollar falsafiy jamiyat stereotip.

Annotasiya

     Annotatsiya: Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston jamiyatida ayollarni gender tengligi masalasi dolzarb va muhim ijtimoiy masalalardan biriga aylanib ulgurgani sir emas. Gender tengligi faqat ayollar uchun emas, balki butun bir jamiyatning barqarorligi va rivojlanishi uchun zaruriy omil hisoblanadi. Ayollarning huquqlari va imkoniyatlari teng bo‘lishi, jamiyatda adolatli va demokratik muhitni yaratishga yordam beradi, albatta. Ushbu maqolada, O‘zbekiston ayollarining gender tengligi masalasiga ijtimoiy va falsafiy yondashuvlar orqali yoritish bilan birga ushbu masalalarrning jamiyatdagi roli va rivojlanishidagi ahamiyatini ko‘rib chiqamiz.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

221

YANGI O‘ZBEKISTONDA AYOLLARNI GENDER TENGLIGI

MASALASIGA IJTIMOIY-FALSAFIY YONDASHUV

A SOCIAL APPROACH TO GENDER EQUALITY IN

UZBEKISTAN IN UZBEKISTAN

СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЙ ПОДХОД К ПРОБЛЕМЕ ГЕНДЕРНОГО

РАВЕНСТВА ЖЕНЩИН В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Norimonova Gulmira

Andijon davlat pedagogika instituti

Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston jamiyatida ayollarni gender

tengligi masalasi dolzarb va muhim ijtimoiy masalalardan biriga aylanib ulgurgani sir
emas. Gender tengligi faqat ayollar uchun emas, balki butun bir jamiyatning
barqarorligi va rivojlanishi uchun zaruriy omil hisoblanadi. Ayollarning huquqlari va
imkoniyatlari teng bo‘lishi, jamiyatda adolatli va demokratik muhitni yaratishga
yordam beradi, albatta. Ushbu maqolada, O‘zbekiston ayollarining gender tengligi
masalasiga ijtimoiy va falsafiy yondashuvlar orqali yoritish bilan birga ushbu
masalalarrning jamiyatdagi roli va rivojlanishidagi ahamiyatini ko‘rib chiqamiz.

Annotation:

Today, the issue of women gender equality in the new Uzbek

society has become one of the most important and important social issues. Gender
equality is a necessary factor for the stability and development of a whole whole
society, not for women. Of course, the rights and capabilities of women will help create
a just and democratic environment in society, of course. In this article,, along with the
lighting of the women of Uzbekistan through social and philosophical approaches to
the issue of gender equality, we will consider the importance of these issues in society.

Аннотация:

Сегодня проблема женского гендерного равенства в новом

Узбекском обществе стала одной из самых важных и важных социальных
проблем. Гендерное равенство является необходимым фактором для
стабильности и развития целого всего общества, а не для женщин. Конечно,
права и возможности женщин помогут создать справедливую и
демократическую среду в обществе, конечно. В этой статье, наряду с
освещением женщин Узбекистана с помощью социальных и философских
подходов к вопросу о гендерном равенстве, мы рассмотрим важность этих
вопросов в обществе.

Kalit so’zlar:

Gender

,

Yangi O‘zbekiston, ijtimoiy, huquqiy, oila, ayollar,

falsafiy, jamiyat, stereotip.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

222

Keywords:

Gender, New Uzbekistan, Social, Legal, Family, Women,

Philosophical, Society, Stereotype.

Ключевые слова:

пол, новый Узбекистан, Социальный, Юридический,

Семья, Женщины, Философский, Общество, Стереотип.


Kirish:

Yangi O‘zbekistonning rivojlanish yo’lida gender tengligi masalasi

muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Hozirgi kunda jamiyatda ayollarni teng huquqli va
faol fuqaro sifatida tan olish, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda
faolligini oshirish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylanib ulgurgan.
Ayollarni gender tengligi masalasi nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-falsafiy nuqtai
nazaridan ham keng tahlil qilinishi kerak. Har bir jamiyatda gender tengligi nafaqat
adolatni ta’minlash, balki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim
hisoblanadi. Yangi O‘zbekiston davlatining gender tengligi bo’yicha amalga
oshirayotgan islohotlari, mamlakatda ayollarning jamiyatdagi faolligini kuchaytirishga
qaratilgan ijtimoiy va siyosiy yangiliklarni o‘zida aks ettiradi. Bu kabi islohotlar
ayollarning o‘z-o‘zini anglash, o‘z huquqlarini himoya qilish va zamonaviy jamiyatda
faol ishtirok etishlari uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Mazkur
maqolada, Yangi O‘zbekistonda ayollarning gender tengligi masalasi ijtimoiy-falsafiy
jihatdan qanday baholanishi, jamiyatda bu kabi masalalar qanday o‘zgaryotganligi va
bu o‘zgarishlarning kelajakdagi rivojlanishiga qanday ta’sir etishi yoritiladi.

Asosiy qism:

Yangi O‘zbekistonning gender tengligi masalasi ijtimoiy-

falsafiy yondashuvida ko’plab omillarni o‘z ichiga oladi. Gender tengligi jamiyatning
ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega.
O‘zbekistonning gender tengligi bo‘yicha amalga oshirgan islohotlari va qarorlarining
falsafiy asoslari, ayniqsa, zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlar tufayli ko‘plab maqsadlarni
ko‘zlaydi. Barchamizga ma’lumki, 2019-yil 2-sentyabrda ,,Xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida‘‘ O‘zbekiston
Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy
kafolat sifatida ma’qullandi. Ushbu qonunnig 1-moddasida qayd etilganidek,
qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni
ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Ushbu qonunda
gender tushunchasi ham qayd etilgan bo’lib, gender- xotin-qizlar va erkaklar
o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayotida va faoliyatining barcha jabhalarida, shu
jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi
ijtimoiy jihatlari ko‘rsatilgan. Hozirgi kunda rivojlangan jamiyatning talablaridan biri
bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta’minlanishida deb o‘ylayman.

Qadimgi yunon olimlari Suqrot, Arastu, Aflotunlar eng yahshi davlat sifatida

jamiyatda tenglik va adolat hukm surgan shaharlarni nazarda tutishgan. Sharq olimi
Abu Nasr Farobiy ‘‘Fozil odamlar shahri’’ asarida tenglik hukm surgan davlatni


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

223

fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan. Shuningdek, 1791-yilda Olimpiya De Guj
tomonidan tayyorlangan ‘‘Fuqarolik va ayol huquqi Deklaratsiyasi’’da ilk bor
ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi ta’kidiklangan.
BMT Bosh Assambleysi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson
huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida erkak va ayollarming tengligi alohida e’tirof
etilgan bo‘lib, Deklaratsiyaning 1-moddasida ‘‘Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati
hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan,
binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak ’’ deb
ta’rif berilgan. BMT tomonidan 1966-yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat
‘‘Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida’’ Xalqaro Paktning 3-moddasida
aytilishicha, ‘‘Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun
ushbu Paktda ko‘rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda
foydalanishini ta’minlash majburiyatini oladi’’. Yana bir huquqiy asosi kafolatlangan
qonun hujjati bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ‘‘Xotin-
qizlar va erkaklar tengdirlar’’, deb belgilanganligidir. Mening fikrimcha, Gender
tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi.Gender tengligi ijtimoiy tizimda erkaklar va
ayollarning huquqlari, imkoniyatlari va majburiyatlari tengligini ta’minlashni nazarda
tutadi.

Ijtimoiy-falsafiy jihatdan, gender tengligi ko‘pincha adolat, inson huquqlari

va erkinliklarining amalga oshirilishi bilan bog‘lanadi.O‘zbekistonda gender tengligi
siyosati- patriarxal tizimning an’anaviy qadriyatlarga qarshi kurashish orqali ayollarga
nisbatan stereotiplarga asoslangan kamsitishlarni kamaytirishga qaratilgan. Ayollarni
ijtimoiy hayotga kengroq jalb qilish, ularning iqtisodiy faoliyatda, siysatda va boshqa
sohalarda ishtirokini ta’minlash-bu nafaqat gender tengligi, balki jamiyatning barqaror
rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi, albatta. O‘zbekistonda 2016-yilda gender
tengligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, ayollarning siyosoy va
iqtisodiy faoliyatda ishtirokini oshirishga katta e’tibor qaratildi. Ayollarni ta’lim olish
va sog‘liqni saqlash kabi asosiy sohalarda imkoniyatlarini kengaytirish, ularni
ishbilarmonlikda va tadbirkorlikda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash orqaligina
jamiyatning umumiy faravonligini oshirish mumkin. Ayniqsa, o‘zbek ayollari tarixan
kuchli oilaviy va ijtimoiy rolga ega bo‘lishgan bo‘lsalarda , ularni yanada yuksaltirish
uchun ko‘proq e’tibor berish kerak.Yangi O‘zbekistonning gender tengligi siyosatida
din va an’anaviy qadriyatlarning roli ham muhimdir. Din va an’analar ko‘pincha
ayollarga nisbatan ijtimoiy xulq-atvorni belgilashda muhim. Fikrimcha, ayollar
ishtirokini kengaytirish orqali, din bilan uyg‘unlashgan holda gender tengligini
ta’minlash, ijtimoiy adolatni va barqarorlikni ta’minlash lozim hisoblanadi.

Xulosa:

Xulosa qilganda, gender tengligi nafaqat ayollar huquqlari va

imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan masala, balki butun jamiyatning barqaror
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Ayollarni teng huquqlarga ega


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

224

bo‘lishi jamiyatning barcga sohalarida rivojlanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida
O‘zbekistonda yanada barqaror, adolatli va faravon jamiyatni shahllantirishga hissa
qo‘shadi. Mening fikrimcha, Yangi O‘zbekistonda gender tengligi masalasi fsaqat
ayollarning o‘ziga xo huquqiy tenglini ta’minlash emas,balki butun jamiyatimizning
rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-falsafiy jarayon sifatida bo‘lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2. O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida’’gi qonuni.2019-yil, 2-sentabr.
3.Jamoliddinova O., Egamberdiyeva T., Solixxo‘jayevad.Oliy ta’lim tizimida gender
yondashuv. Uslubiy qo‘llanma-Toshkent,2022.-79 b.
4.https://yuz.uz;
5.https://davlat.uz;


Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida’’gi qonuni.2019-yil, 2-sentabr.

Jamoliddinova O., Egamberdiyeva T., Solixxo‘jayevad.Oliy ta’lim tizimida gender yondashuv. Uslubiy qo‘llanma-Toshkent,2022.-79 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари