“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
218
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKSIDA FUQAROLIK HUQUQI VA
HIMOYA QILINISH VOSITALARI HAQIDA
ABOUT CIVIL RIGHTS AND MEANS OF PROTECTION
IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
О ПРАВАХ ГРАЖДАН И СПОСОБАХ ИХ ЗАЩИТЫ
В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Norimonova Gulmira
Andijon davlat pedagogika instituti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi
shaxsning huquqiy mavqeini, erkinliklarini va mulk huquqlarini himoya qilishni
ta’minlab kelmoqda. Fuqarolik huquqi, shuningdek, shaxslar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga soladi va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish uchun bir
qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik huquqini
himoya qilishga doir bir qancha yangiliklar amalga oshirilgan. O‘zbekistonda fuqarolik
huquqi va uning himoya qilish vositalari shaxslarning huquq va erkinliklarini
ta’minlash, adolatli ijtimoiy hayot tartibini yaratish uchun juda muhim sanaladi.
Annotation:
Current in the Republic of Uzbekistan, civil rights are provided with
the protection of the legal status, freedoms and property of the person.Civil law, as well
as a number of activities of persons regulate relations and are working to protect the
rights of citizens.In the Republic of Uzbekistan, a number of innovations have been
made to protect civil law.Civil law and its protection in Uzbekistan are very important
for ensuring the rights and freedoms of individuals, creating the order of fair social life.
Аннотация:
действующее в Республике Узбекистан, гражданские права
обеспечиваются защитой правового статуса, свобод и имущества лица.
Гражданское право, а также ряд деятельности лиц регулируют отношения и
работают над защитой прав граждан. В Республике Узбекистан был сделан ряд
инноваций для защиты гражданского права. Гражданское право и его защита в
Узбекистане очень важны для обеспечения прав и свобод отдельных лиц,
создавая порядок справедливой социальной жизни.
Kalit so‘zlar:
Fuqarolik, huquq, kodeks, erkinlik, mulk huquqi, adolat, abritraj,
meditatsiya.
Keywords
: Citizenship, law, code, freedom, property rights, justice, arbitration,
meditation.
Ключевые слова:
Гражданский, закон, кодекс, флейенс, право
собственности, справедливость, Абритра, Медитация.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
219
Kirish:
O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik huquqi shaxslar, yuridik
shaxslar hamda davlat o‘rtasidagi mulkiy va nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolik huquqi- shaxslarning bir biri bilan va davlat bilan bo‘lgan
munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy tizimning muhim qismlaridan biri
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida har bir fuqaro fuqarolik huquqi orqali o‘z
mulkiga egalik qilish hamda uni boshqarish, shu bilan birga undan foydalanish
huquqlariga ega bo‘ladilar. Bu kabi huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi va
asosiy qonunlar orqali mustahkamlanadi. Fuqarolar ya’ni jismoniy shaxslar va yuridik
shaxlar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu
huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z
huquq va burchlarini belgilashda va qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday
shartnoma shartlarini aniqlashda erkin bo‘ladilar. Masalan, tovarlar, xizmatlar va
moliyaviy mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda
bo‘ladi.
Asosiy qism:
Fuqarolik huquqi tizimi O‘zbekiston Respublikasida quyidagi
tamoyillarga tayanadi:
1.
Fuqarolik huquqi barcha shaxslar uchun teng va adolatli bo‘lishi kerak;
2.
Fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirishda erkinlikka ega bo‘lishi kerak.
Lekin, bu erkinlik boshqa shaxslarning huquqlariga zarar yetkazmasligi kerak bo‘ladi;
3.
Har bir shaxs o‘z huquqlarini qonuniy tarzda amalga oshirish huquqiga
egadirlar;
4.
Har bir shaxs o‘z mulkiga ega bo‘lishi va undan foydalanish huquqiga ega
bo‘ladi.
Agarda, Fuqarolik huquqi buzilgan holatlarda, shaxslar o‘z huquqlarini himoya
qilishi uchun bir nechta vositalarda murojaat qilishi ham mumkin. Ular quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
1.Sudga murojaat qilish huquqi;
2.Ma’lumot olish huquqi;
3.Fuqarolik javobgarligi;
4.Ijtimoiy himoya vositalari orqali;
5.Arbitraj va Meditatsiya orqali bo‘ladi. Ya’ni, fuqarolik nizolarini hal
qilishda, sudga murojaat qilishdan oldin tomonlar o‘rtasida arbitraj yoki meditatsiya
orqali nizolarni hal qilishi mumkin. Bu tizimlar ko‘pincha iqtisodiy nizolar,
shartnomavit masalalar yoki ish haqidagi nizolarni hal qilishda qo‘llaniladi. Arbitraj
va meditatsiya fuqarolik huquqini tezroq va arzonroq amalga oshirishga imkon beradi.
Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda fuqarolik huquqini himoya qilishga doir
bir qancha yangiliklar amalga oshirilgan bo‘lib, ulardan biri bu raqamli huquqlarni
himoya qilish hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar va internetning keng tarqalishi bilan
shaxsiy huquqlarni himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada maxfiylik,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
220
shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash ham tarqatish bilan bog‘liq qonunlar orqali
mustahkamlab borilmoqda. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ayniqsa, sud
tizimi, ijtimoiy himoya vositasi va zamonaviy qonunlarni doimiy ravishda
takomillashtirish orqali amalga oshirib kelinmoqda. Shaxslar o‘z huquqlarini himoya
qilishlarida zamonaviy yondashuvlardan foydalanib sudga murojaat qilishlari va
huquqiy vositalardan foydalanishlari mumkin.
Fuqarolik huquqining manbalari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlar, Fuqarolik kodeksi va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi
2 ta qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi 1995-yil 21-dekabrda, ikkinchi qismi
esa 1996-yil 29- avgustda qabul qilingan. Faqat ikkala qismi ham bir vatda- 1997-yil
1-martda kuchga kirgan. Shuningdek, Fuqarolik huquqining norasmiy manbalari:1) Ish
muomalasi odatlari; 2)Mahalliy urf-odat va an’analar .
Xulosa:
Mening fikrimcha, zamonaviy dunyodan shaxsiy hayot fuqarolik-
huquqiy huhofaza obyektiga aylanib ulgargan deyishimiz mumkin bo‘ladi. Xulosa
qilib aytganda, fuqarolik huquqi shaxsninh huquqiy holatini va erkinliklarini muhofaza
qilishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, huquqiy nizolarni hal qilishda muhim ahamiyatga
egadir. Bular orqaligina fuqarolarning qonun oldida tengligini va adolatni ta’minlashga
yordam beradi deb o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2. O‘zbekiston Respubliksi Fuqarolik kodeksi;
3.https://lex.uz;
4.https://arxiv.uz;
5.https://uz.wikipedia.org.