Mualliflar

  • Musayeva Shahnoza Jalol qizi
  • I.Yoqubov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.93036

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: leksema qiyosiy tahlil rang qora qizil oq milliy leksik birlik

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek va turk tillaridagi rang bildiruvchi leksemalar qiyoslab o’rganiladi. Rang bildiruvchi so’zlarning semantikasi qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi, o’xshash va farqli tomonlari haqida fikr bildiriladi. “O’zbek tilining izohli lug’ati”, “O’zbek tilining ensilopedik lug’ati” va “Türkçe sözlük”dagi rang leksemasining turli xil ma’nolariga munosabat bildiriladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

87

O’ZBEK VA TURK TILLARIDAGI RANG

LEKSEMASINING QIYOSIY TAHLILI

Musayeva Shahnoza

Jalol qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: PhD.

I.Yoqubov


Annotatsiya:

Ushbu maqolada o’zbek va turk tillaridagi rang bildiruvchi

leksemalar qiyoslab o’rganiladi. Rang bildiruvchi so’zlarning semantikasi qiyosiy
nuqtai nazardan tahlil qilinadi, o’xshash va farqli tomonlari haqida fikr bildiriladi.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”, “O’zbek tilining ensilopedik lug’ati” va “Türkçe
sözlük”dagi rang leksemasining turli xil ma’nolariga munosabat bildiriladi.

Kalit soʻzlar:

leksema,

qiyosiy tahlil, rang, qora, qizil, oq, milliy leksik birlik

Inson til orqali olamni bilish, anglash jarayonida uni tartibga solish, obyektiv

borliq hodisalarini nomlashga intiladi. U o’zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi
organlari yordamida his qiladi, boshqalarga solishtiradi, farqli va o’xshash belgilarini
aniqlaydi, so’ngra muayyan xulosaga keladi [1; 448]. Shu tariqa olam haqida til
egalarining bilimlari to’planadi, insonni o’rab turgan olamning tasviri, qiyofasi
yaratiladi. Bunda turli fan sohalari bo’yicha yetuk mutaxassislar, olimlar tinimsiz
izlanishlar olib boradilar, tajriba-sinovlar o’tkazadilar va shu asosda voqelikning
umumiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari haqida o’zlarining yaxlit g’oyalar tizimini
yaratadilar. Ya’ni har bir fan insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning
natijasida paydo bo’ladi. Til insonni o’rab turgan olamning turli xil – tabiiy, ilmiy,
e’tiqodiy (diniy), estetik kabi manzaralarini ifodalaydi. Olamning tabiiy tasvirining
muhim qismini tildagi rang nomlari tashkil qiladi. Rang ko’rish vositasida
o’zlashtiriladigan ma’lumotlarning eng muhim tarkibiy qismidir. Biz yashab turgan
olamda barcha ranglarning umumiyligi tilda olamning rangin tasviri sifatida
ifodalangan rang maydonini aks ettiradi [2: 82-87].

Rang

(ingl. сolour, rus. цвет, frans. сouleur, nem. farbe va hk.) tor ma’noda fizik

hodisa – moddiy jismlar tarqatgan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda
yorug’likning muayyan ko’rish tuyg’usini hosil qilish xossasi, keng ma’noda o’zida
emotsional-ekspressiv,

mantiqiy-semantik,

ramziy,

estetik,

milliy-madaniy

axborotlarni saqlaydigan, insonning his-tuyg’ulariga keskin ta’sir eta oladigan
tushunchani anglatadi. U insonning tashqi va ichki olamini jonlantiradigan,
to’ldiradigan, ruhlantiradigan, boyitadigan keng qirrali hodisadir. Lingvistik nuqtai
nazardan rang mental lingvomadaniy fenomen hisoblanadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

88

Ma’lumki, bizni o’rab turgan olam turfa ranglardan tashkil topgan.

Ma’lumotlarga ko’ra inson 2 millionga yaqin rang turlarini ajratish layoqatiga ega
bo’lib [3: 216], umri davomida atrofidagi olam bilan bog’liq o’zlashtiradigan
axborotlarning qariyb 80 foizini ranglar vositasida anglaydi [4: 35-40]. Biroq shunga
qaramay, dunyo tillarining birortasida faol ishlatiladigan rang nomlari ikki yuzga ham
yaqinlashmas ekan. Manbalarda keltirilishicha, zamonaviy rus tilida 130 atrofida,
ingliz tilida 154, nemis tilida 120 atrofida rang nomi mavjud [5:1-14]. O’zbek tilida
faol qo’llanadigan rang nomlari 50ga ham yetmaydi. Vaholangki, ‘‘O’zbek tilining
izohli lug’ati’’da 130 ga yaqin rang nomi keltirilgan bo’lib ularning aksariyati hozirgi
yoshlar uchun tushunarli emas.

Turk tilida esa 11 ta asosiy rang nomi va alohida nomlangan 249 ta nomlangan

rang nomi bor. Birer yetişkin olarak renkleri dilimize ve içinde bulunduğumuz baskın
kültüre göre kategorize ederiz. Şaşırtıcı olsa da, bazı diller örneğin yeşil ve mavi
arasındaki tüm renkleri tek bir kategoriye sokarken diğerlerinde ayrı ayrı
isimlendirmeler var. Türkçedeyse, isim verdiğimiz toplam 249 ayrı renk bulunuyor.(5:
102) Hayratlanarli tomoni shundaki, butun dunyo tillari bo’yicha eng ko’p rang termini
turk tilida mavjut. Masalan, turk tilidagi ‘‘mor’’ so’zining o’zbek tilida muqobil variant
yo’q. Bu so’z yashil va ko’k ranglarining o’rtasida turuvchi rangga nisbatan ishlatiladi.
Biz esa tarjimada uni ko’k rang sifatida tarjima qilamiz. Yoki bo’lmasa, quyidagi
ranglarning aksariyati o’zbek tilida bir rang miqyosida ishlatilishining guvohi
bo’lamiz.

Har bir millat, har bir inson olamni o’zicha, o’z imkoniyatidan kelib chiqib

anglaydi. Shu bois muayyan rangning ham turli millat vakillarida, turli sohalarda, hatto
bir millatga mansub turli kishilarda tushunilishi, anglanishi, tanilishi va ta’siri turlicha
bo’ladi. Ya’ni muayyan rang kimgadir yoqimli bo’lsa, kimgadir yoqimsiz, noxush; kim
uchundir tinchlantiruvchi, kayfiyatni ko’taruvchi bo’lsa, kim uchundir diqqatni
tortuvchi, asabga teguvchi bo’lishi mumkin [5: 18]. Hatto insonlar orasida rang
turlarini farqlashda ham o’ziga xos sezgi organlariga ega bo’lganlar (daltoniklar)
uchraydi. Shuningdek, turli sohalarda ranglarning tushunilishi ham o’ziga xos.
Masalan, yashil rang –psixologiyada eng tinchlantiruvchi, sokin rang (stress holatidagi
yoki ruhiy zo’riqqan odamga yashil tabiat qo’ynida bo’lish tavsiya etiladi); tibbiyotda
tanani dam oldiradigan, tetiklashtiradigan, hayotbaxsh rang (tayanch-harakat sistemasi
faolligini oshirish, qon bosimini tartibga solish, qon tomirlarini kengaytirish, bo’g’im
va bosh og’rig’ini qoldirish xususiyatiga ega); marketologiyada omad keltiradigan,
jiddiy odamlarning diqqatini tortadigan sokin rang sifatida talqin etiladi. Rang o’zida
hissiy, semantik, ramziy, estetik, madaniy axborotni saqlaydigan fenomen bo’lib, turli
fan sohalari − fizika, estetika, dizayn, psixologiya, fiziologiya, marketologiya,
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik, san’atshunoslik va
boshqa sohalarning tadqiq obyekti hisoblanadi. Shuning o’ziyoq rang tushunchasining


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

89

naqadar murakkabligi, ko’p qirraligidan dalolat beradi va ikki tilda ham turli sohalar
nuqtai nazaridan keng qo’llaniladi.

Har bir fan sohasi rangga turlicha izoh beradi. Masalan, fizika rang talqinida optik

diapazondagi elektromagnit nurlanishning fiziologik ko’rish sezgisi asosida fizik,
fiziologik va psixologik omillarga bog’liq holda hosil bo’lgan subyektiv baho nazarda
tutilsa, lingvokulturologiya rangga moddiy olamdagi mavjudliklarning o’ziga xos
xususiyatlarini tavsiflaydigan, ko’rish vositasida idrok etiladigan va muayyan nomlar
orqali tilda ifodalanadigan universal mental kategoriya [6; 24] deb qaraydi.

“O’zbek tilining izohli lug’ati”da rang leksemasining 7 ta ma’nosiga izoh beriladi.

Lug’at maqolada rang vokabulasi bosh ma’nosi talqinida “bo’yash uchun ishlatiladigan
modda, bo’yoq” semasi yetakchilik qiladi:

RANG [f. - tus, rang, bo’yoq] 1 Bo’yash uchun ishlatiladigan modda; bo’yoq.

Quruq rang. Ipak bo’yaydigan rang. Rang bermoq. Stadion remont qilina boshlagan,
panjaralar qizil, sariq rangga bo’yalgan. “Yoshlik”.

San’atga oid termin ekaniga ishora qiluvchi snt. pometasi bilan berilgan 2-ma’no

talqinida “rangtasvir vositasi” semasiga tayaniladi:

2 snt. Rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi.
3-, 4-ma’nolarda narsa, buyumning o’ziga xos bo’yog’i, rangi nazarda tutiladi:
3 Narsalarga surtilgan yoki singdirilgan bo’yoq, sir. Shipi sharqcha naqshdor uy,

naqshlari eskirib, rangi xiralangan, lekin hali diqqatni tortarlik holda.

4 Biror narsaning o’ziga xos bo’yog’i; tus. Rangi sariq ro’mol. Hayvonlarning

muhitga moslashadigan rangi. Olmaga rang kirib qoldi. G’o’zalarning rangini ko’rgan
sari, ichginam tuzday achiydi. N.Safarov, Jasoratning davomi. Ovqat pishdi.
Qozonning zangi chiqib qoraygan go’jaga qatiq ham rang kirgizolmadi. A.Qahhor,
Anor.

5. Kishining yuzidagi qizillik darajasi. Uning rangida qoni yo’q. Uning rangi qip-

qizil. Rang ko’r, xol so’r. Maqol. Tursunoy bilan Sharofashning rangi bo’zday oqardi.
Oybek, Tanlangan asarlar.

Rangi ketib qolmoq – Yuzida dard, og’riq, uyqusizlik azobi namoyon bo’lmoq;

ozib, to’zib ketmoq. − Ranging ketib qolibdi, − dedi u Dilfuzaning ko’zlariga tikilib.
O’. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

Rangi siniqmoq- dardli,g’amgin ahvolga tushmoq. Yodgor uning rangi siniqib,

ko’zlari kirtayib qolganini sezar, iztirob chekib yurganini bilar, yugurib borib, qo’lidan
tutgisi, “men seni sog’inib ketdim axir”, degisi kelar, ammo jur’ati yetmas, bunday
qilishga o’zini haqsiz deb bilar edi. O’. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

Rangi o‘chib ketmoq 1) rangi oqarib, bo’zarib ketmoq. -Haqorat qildi! − dedi

Iskandarov anchadan keyin tilga kirib. U rangi o’chib, o’rnidan turib ketdi: − Nega
meni haqorat qilding, iflos! O’. Hoshimov, Qalbingga quloq sol; 2) ko’chma ozayib


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

90

qolmoq, barakasi uchib ketmoq. Ikki-uch olishdayoq laganning rangi o’chib ketdi. G’.
G’ulom, Shum bola.

Lug’atda 6- va 7-raqamli izohlar ko’chma pometasi bilan berilib, metafora asosida

hosil bo’lgan kontekstual ma’nolar talqiniga bag’ishlanadi:

6. Ko’chma Gap, nutq, ohang va sh.k. dagi nozik bo’yoq, tus; ko’rinish, jilva. Bir

zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Ammo o’zga maqomda.. ko’ngilni yana
qattiqroq sehrlovchi.. ranglar bilan. Oybek, Tanlangan asarlar. Bir-ikki kun
miyonasidagi kechinmalar turli rang bilan uning uyquli dimog’ida akslana boshladilar.
A.Qodiriy, “O’tgan kunlar”. Eng yaqin kishilaridan ham yashirib yurgan, allaqachon
o’tmish daftarlarida rangi xiralashib ketgan xotiralar birdan tug’yon urdi.
O’.Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”

Rangi ham, tusi ham namoyon dunyo,
Qirqmi ellik bu, umr o’rtasi. A.Oripov, Yillar armoni.
7. Ko’chma Jonlilik, fayz. Toshkentlik mashhur bir boyning xasisligi haqida eng

keyingi, hali hech kimning qulog’iga chatilmagan latifalar suhbatga “rang” berib turar
edi. Oybek, Tanlangan asarlar[10; 688].

Izohli lug’atda rang leksemasi talqini o’ta umumiy bo’lib, asosan, uning bo’yash

uchun ishlatiladigan modda, rangtasvir vositasi, shuningdek, narsa, predmet, inson
tanasi rangiga nisbatan ishlatilishiga diqqat qaratilgan. Xuddi shuningdek,
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”da ham rang leksemasi ikkita alohida tushuncha,
alohida leksema sifatida keltirilib, birinchisida uning fizik xususiyati “moddalar
chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorug’likning muayyan
ko’rish tuyg’usini hosil qilish xossasi”, ikkinchisida tasviriy san’atda tushunilishi −
“rang-tasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi. Rang orqali rassom mavjud borliqni
o’ziga xos xususiyatlari bilan haqqoniy aks ettiradi” [11; 62] nazarda tutiladi.

“Türkçe sözlük”da esa, rang termini quyidagicha izohlangan:

1. ışığın, kendi öz yapısına ya da cisimlerden yansımasına bağlı olarak gözde

oluşturduğu duyum.

2. nitelik. “Suçlanınca işin renginin değiştiğini anladı”

Yuqorida ko’rib o’tgan lug’atlarimizda rang so’zining uslubiy tomondan

keng talqin qila olishi bu termin juda kata leksik ma’no ifodalay olishini ko’rib
o’tdik.Rang nomlarining emotsional ekspressiv, mantiqiy-semantik, ramziy-metaforik,
estetik ta’sir etish, milliy-madaniy axborotlarni tashish bilan aloqador funksional-
semantik xususiyatlari haqida qaydlar deyarli uchramaydi. Zero, rang tushunchasi
ham, uning nomi ham milliy-madaniy, etnik xususiyatga ega bo’lib, tilshunoslarni
uning fizik hossasi, ranglar spektridagi o’rni emas, balki rang semantik maydonidagi
o’rni, leksik-semantik munosabatlari (sinonim, antonim, graduonim va hk), rang
semali atov birliklarining struktur-grammatik tuzilishi, derivatsiyasi, yasalish qoliplari,
qarindosh va boshqa genetik asosli tillardagi muqobillari qiyosiy nuqtai nazardan,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

91

hamda ularning izohli, tarjima lug’atlarda leksikografik talqin qilish masalalari
qiziqtiradi.

Jahon tilshunosligidada rang nomlarichalik tadqiqotchilarning diqqatini ko’p jalb

qilgan soha bo’lmasa kerak. Hozirgi qadar rang nomlari, ularning tasnifi, semantikasi,
nomlanish prinsiplari, rang komponentli terminlar, nomenlar lingvosemiotik,
lingvomadaniy, psixolingvistik, lingvopoetik, lingvokognitiv, konseptologik va
boshqa nuqtayi nazarlardan turli aspektlarda atroflicha o’rganilgan [12; 210]. Rang
nomlarini o’rganishning o’ziga xos an’anasi, metodologiyasi va tarixi yuzaga kelgan
bo’lib, bu tilshunoslikda rang lingvistikasi degan yo’nalishning yuzaga kelishiga sabab
bo’lgan.

Xulosa o’rnida suni ta’kidlab o’tish joizki, inson borliqdagi sanoqsiz ranglarni

ajratish imkoniga ega ekan, ularni o’z nomi bilan atashga ham ehtiyoj sezadi. Ushbu
ehtiyoj boshqa tillardan bo’lsa-da, ko’plab rang nomlarining o’zlashtirilishiga sabab
bo’ladi. Bu esa mavjud lug’atlar, xususan, “O’zbek tilining izohli lug’ati” hamda
‘‘Ensiklopedik lug’at’’da qayd qilinmagan, shevalarda uchraydigan mental-
lingvomadaniy fenomen hisoblangan rang nomlarini aniqlash, qarindosh va boshqa
genetik asosli tillardagi muqobillari bilan qiyoslash hamda ularni maxsus izohli,
tarjima lug’atlarda zamonaviy leksikografik tamoyillar asosida talqin qilish vazifasini
oldimizga qo’ymoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. А.Нурмонов. Танланган асарлар, III жилдлик. I жилд. − Тошкент:

Akademnashr, 2012 йил, 448 б.

2. Н.Н.Козлова. Цветовая картина мира в языке // Н.Н.Козлова // Ученые

записки Забайкальского государственного университета. Серия: Филология,
история, востоковедение. - 2010. - №3. - С. 82-88.

3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi A.

(Madvaliyev tahriri ostida), Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy
nashriyoti, 2006-2008 yil.

4. Л.Р.Гатауллина. Лингвоцветовая картина мира: аспекты изучения //.

Семантические категории в разных лингвистических парадигмах: Сб. науч. ст.
Уфа, 2005.

5. T.Gülensoy. Türkçe renk adları kılavuzu. Ankara: TDEK Yayınları 1995. 618

s.

6.

Eltazarov J., Koç K., Yoqubov I. Özbekçe öğreniyoruz (O‘zbekcha

o‘rganamiz). Istanbul: Kesit nashriyoti, 2021.

6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати (5 жилдли) Тошкент: “Ўзбекистон миллий

энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. 2006. -688 б.

Bibliografik manbalar

А.Нурмонов. Танланган асарлар, III жилдлик. I жилд. − Тошкент: Akademnashr, 2012 йил, 448 б.

Н.Н.Козлова. Цветовая картина мира в языке // Н.Н.Козлова // Ученые записки Забайкальского государственного университета. Серия: Филология, история, востоковедение. - 2010. - №3. - С. 82-88.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi A. (Madvaliyev tahriri ostida), Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008 yil.

Л.Р.Гатауллина. Лингвоцветовая картина мира: аспекты изучения //. Семантические категории в разных лингвистических парадигмах: Сб. науч. ст. Уфа, 2005.

T.Gülensoy. Türkçe renk adları kılavuzu. Ankara: TDEK Yayınları 1995. 618 s.

Eltazarov J., Koç K., Yoqubov I. Özbekçe öğreniyoruz (O‘zbekcha o‘rganamiz). Istanbul: Kesit nashriyoti, 2021.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати (5 жилдли) Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. 2006. -688 б.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари