Mualliflar

  • Musayeva Shahnoza Jalol qizi
  • Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.93038

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Abduqayum Yo‘ldoshev evfemizm soʻzning oʻz va koʻchma ma’nolari leksik ma’no.

Annotasiya

Annotatsiya:  O‘zbek nasrining yetuk namoyondalaridan biri kitoblari kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelayot Abduqayum Yo‘ldoshev bugungi kunga qadar ko‘plab asarlari bilan keng jamoatchilikka tanishdir. Yozuvchi asarlarini o’qiganimizda jonli so‘zlashuv xalq tiliga yaqin yozilganligini, shevalardan oziqlanganligi, asarlarida qo‘llanilgan jumlalarning lingvistik xususiyatlarining jozibadirligi yuksak ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu maqolada yozuvchi asarlarida qo‘llanilgan turli evfemizmlar va disfemizmlarning leksik ma’nolari hamda ular orqali ifodalangan uslubiy ma’nolarni lingvistik jihatdan tahlilga tortiladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

75

ABDULQAYUM YOʻLDOSHEVNING ASARLARIDA

EVFEMIZM VA DISFEMIZLARNING QO‘LLANISHI

Musayeva Shahnoza

Jalol qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar:

Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich


Annotatsiya:

O‘zbek nasrining yetuk namoyondalaridan biri kitoblari

kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelayot Abduqayum Yo‘ldoshev bugungi kunga qadar
ko‘plab asarlari bilan keng jamoatchilikka tanishdir. Yozuvchi asarlarini
o’qiganimizda jonli so‘zlashuv xalq tiliga yaqin yozilganligini, shevalardan
oziqlanganligi, asarlarida qo‘llanilgan jumlalarning lingvistik xususiyatlarining
jozibadirligi yuksak ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu maqolada yozuvchi asarlarida
qo‘llanilgan turli evfemizmlar va disfemizmlarning leksik ma’nolari hamda ular orqali
ifodalangan uslubiy ma’nolarni lingvistik jihatdan tahlilga tortiladi.

Kalit soʻzlar:

Abduqayum Yo‘ldoshev, evfemizm, soʻzning oʻz va koʻchma

ma’nolari, leksik ma’no.


Oʻzbek milliy tilimizda kishilarning koʻngliga tegmaslik uchun qoʻllaniladigan

nozik yumshoq madaniyatli ifodalar hamda lingvistik "umuman ochiq aytilishi nooʻrin,
noqulay madaniyatsizlik, maʼnaviyatsizlik, odobsizlik, axloqsizlik hisoblangan soʻz
ibora (tabu, disfemizm, kokofemizm, varvarizm, vulgarizm)larning xotirada salbiy
taʼsirini yumshatish, susaytirish, kamaytirish, yopish, mumkin qadar beozorroq tusga
kiritish, tasviriy-evfonik tarzda bayon etish va shu bilan birga nutqiy mukammallikka
goʻzallik-til madaniyatiga erishish maqsadida ishlatiladigan vositalar juda koʻplab
uchraydi

1

. Shunday tilning, nutqning lingvomadaniy birliklaridan biri bu evfemizm

sanaladi. Tilimizdagi nozik madaniyatli soʻzlar qoʻllanishi soʻzlarning leksik manosi
oʻzgarishiga olib keladi.

O‘zbek xalqining beqiyos yozuvchisi Abduqayum Yoʻldoshev asarlarini kuzatar

ekanmiz, unda tilimizning beqiyos jilvasiga guvoh bo‘lamiz. Bugungi kunda adibning
bir qator sara qissalari, hikoyalari nashr qilindi. A.Yoʻldoshevning har bir asari
matbuot yuzini koʻrar ekan, ijodkor oʻz uslubi bilan ko‘plab kitobxonlar yuragidan joy
oldi asarlar tilining xalq tiliga yaqin ekanligi, tilning go‘zalliklarini ochib berganligi
bilan maqtovga sazovordir.Asarlarida qo‘llanilgan xalqona iboralar so‘z o‘yinlari
tilimizda yangi evfemik ma’noning paydo bo‘lishi uchun zamin bo‘lgan. Biz

ularning

ba’zilarini tahlilga tortamiz:

1

Omonturdiyev.A.J. Oʻzbek tilining qisqacha evfemik lugʻati. Toshkent Oʻzbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi

"Fan" nashriyoti.2006.134 bet,3-bet


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

76

Soʻngminan, ovul-jamoatning oldida uyalaman, kenjatoyim oltiga kirib

soʻlaqmonday bola boʻlgan boʻlsayam qoʻlini haliga dovur halollab ololganim yoʻq.
Shu ertaga raisdan qarz soʻrasammi deb turib edim; soʻngminan, bu yoqda kattasiyam
yaqinda maktabni bitirdi, uning boshini ikkita qilib qoʻyish tashvishi bor

2

.

Qoʻlini

halollab olmoq

- evfemizm sifatida qo‘llaniladi

.

Halollamoq soʻzi oʻzbek tiling izohli

lugʻatida quyidagicha keltirilgan

:

1)

Din. halol qilmoq, shariat qonun qoidalarga muvofiq yesa ichsa boʻladigan.

2) Koʻchma. Biron narsani oqlaydigan, unga arziydigan munosib ish qilmoq. Yegan
tuzingni halolla

Insof ham kerak-da! Nonni halollab yeyish kerak. N.Safarov, Hadicha Ahrorova.

Urushda oʻgʻlim sutimni halollabdi. Bolalarimdan roziman

. N.Safarov Qahramonning

tugʻilishi

3

.

Yuqoridagi misolda esa

qoʻlini halollamoq

– sunnat qilmoq ma’nosida

kelganligini koʻrishimiz mumkin. Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida bu kabi

koʻplab

evfemalarni koʻrishimiz mumkin. Yuqoridagi jumlada boshini ikkita qilib qoʻymoq –
uylantirmoq manosida kelgan. Keyingi gapga etiborimizni qarataylik:

Bu yoqda qaynogʻamizning toʻyi boʻynimizda turibdi, oʻzbekchilik tuzukroq

toʻyona olib bormasak uyat boʻlar

4

.

Boʻynida turmoq

lugʻaviy jihatdan tana bilan boshning tutashgan joyida turmoq

degan maʼnoni anglatadi. Bu yerda esa u toʻyona qilmoq xarajatli harakat manosini
ifodalab kelmoqda. Hikoyalarda oʻziga xos boʻlgan evfemalar ham uchrab turadi

.

Olqishlardan shishib ketgan oqsoqol bungayam qanoat hosil qilmay, koʻpchilik
hovlida paytini koʻzlab turib toʻladan ikki yashik "tentak suv"ni olib chiqib oʻrtaga
qoʻyarkan, soxta bepisandlik ila ilova qilib oʻtib ketdiki, bu zormandaning urugʻi
serob, qoʻrqmasdan olaveringlar, magazinda mening nomimga yozilgan yana ikkita
yashigi turibdi, birortalaring koʻngling boʻlsa, hozir borib olib kelib qoʻysalaring ham
boʻladi, boʻlmasa soʻngroq borarsizlar

5

.

Tentak suv

– evfemizm. Tentak soʻzi kishilarga nisbatan ishlatiladigan xususiyat

sifatidir. Yuqorida esa u suv soʻziga qoʻshilib (alkagol) spirtli ichimliklar manosini
ifodalab kelganganini ko‘rishimiz mumkin. Boshqa bir misolga e’tibor qarataylik:

Doʻstning xohlagan-pohlagani bormikan, agar boʻlmasa, bir ikki koʻz ostimga olib
qoʻygan joylarim bor, bari tagli tugli odamlar, xudo xohlasa, yil boshida ikki oyoqli
moshin olib beraman

2

Yoʻldoshev Abduqayum. Mashaqqatlar osha yulduzlar sari. Hikoyalar . Toshkent yangi asr avlodi, 2021. 224 bet. 10-

bet

3

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi. // A. Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent.

"Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008..592 bet. 494-bet.

4

Yoʻldoshev Abduqayum. "Mashaqqatlar osha yulduzlar sari.Hikoyalar.Toshkent yangi asr avlodi.2021.224 bet 10- bet

5

Yoʻldoshev Abduqayum."Mashaqqatlar osha yulduzlar sari. Hikoylar. Toshkent. Yangi asr avlodi.2021. 224 bet 15-bet


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

77

Bu yerda

‘‘Do‘stning xohlagani’’

– sevgani ma’nosida,

‘‘ko‘z ostimga olib

qo‘ygan joylarim’’

– avvaldan niyat qilib qo‘ygan insonlarim ma’nosida, ‘‘ikki oyoqli

moshin’’- kelin ma’nosida kelganini ko‘rishimiz mumkin. Yumshoqroq gapirish
oʻzbek xalqining azaliy odatlaridandir. V.A.Maslova “Lingvokultorologik tadqiqot
obyektlari madaniyatda ramziy mos yozuvlar majoziy-metaforik ma’noga ega boʻlgan
va inson ongining natijalarink toʻgʻri umumlashtiradigan vositalar boʻlishi kerak” deb
hisoblaydi. Shunga koʻra evfemizmlarni lingvokulturologiyaning birliklari deb atash
va hisoblash mumkin. Chunki ularda oʻziga xos madaniy birliklar ifodalangan boʻladi.

Jamiyatimizda axloqiy qarashlar qanchalik yaxshi va toʻgʻri boʻlsa, rivojlansa

jamiyatning madaniy darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, saviyada boʻlsa, unda tilda
nozik odobli ifodalar yaratilgan evfemizmlar shunchalik namoyon boʻlaveradi.
Abduqayum Yoʻldoshev hikoyalaridan olingan quyidagi parchaga qaraylik:

“Doʻstboy

joʻra dedim darrov nasihatomuz ohangda,- qorning toʻq usting but boʻlsa, ovul
jamoatning oldida boʻlsang, ayoling qoʻzilay deb turgan boʻlsa, yana nima kerak
odamga

6

?”

Toʻgʻridan toʻgʻri xotining deb aytish oʻrniga ayoling deb aytish ham evfemizm.

Oʻzbek tilida turmush oʻrtoqqa nisbatan ishlatiladigan evfemizmlar talaygina. Bu
yerda yana qoʻzilamoq- soʻzi ham evfemizm sifatida kelgan. Nutqda evfemizmlarni
nutq sohibi toʻgʻridan toʻgʻri odamlarning oʻlimi kasalligi aqliy zaifliklarini
nomlamaslikka, tana va gavdaning nooʻxshovliklari, fiziologiyas, bola tugʻilishi, jins,
kabi hodisalarga murojaat qilmaslikka hamda ehtiyotkorlik bilan yondashishga harakat
qiladi. Yuqorida koʻrib oʻtgan gapimizdagi

Qoʻzilamoq

soʻzi Oʻzbek tilining izohli

lugʻatida quyidagicha izohlangan:

1. Tugʻmoq toʻllamoq. (q.toʻl) (qoʻy haqida).
Qoʻzilagan qoʻylarni parvarishlash. Qoʻylar qoʻzilaydigan payt.
2.Donador holga kelmoq; dona-dona qumoq-qumoq boʻlib turmoq.

Qoʻzilab

turgan tuproq

.

Katta tarelkada qoʻzilab turgan oltinday sarimoyni oʻz oldiga tortdi.

Oybek. “Oltin vodiydan shabadalar”

(Qovun) qars etib yorilib ketdi - eti oppoq

qoʻzilab turibdi, urugʻi boʻlsa sap-sariq.

S.Anorboyev. “Hamsuhbatlar”

7

.

Bu gapda esa

“qoʻzilay deb turgan boʻlsa”

tugʻish arafasida degan manoni

ifodalagan Evfemizmlar insonlarni suhbatdoshini koʻngliga ozor bermaslik uchun ham
qʼllaniladi. Xalqimiz milliy madaniyatida bu holat yaqqol koʻzga tashlanadi. Yana bir
misol:

6

Abdulqayum Yoʻldoshev, "Mashaqqatlar osha yulduzlar sari". "Yangi asr avlodi". 2021.-224 bet 22-bet

7

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 ortiq soʻz va soʻz birikmasi. // A. Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent. "Oʻzbekiston

milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

78

“Kutmagandim. Uni sariq kasalligi olib ketishini kutmagandim

8

.

Tilimizda oʻlim manosini ifodalovchi evfemizmlar talaygina. Biz oʻlmoq

oʻldirmoq soʻzi oʻrniga olib ketmoq soʻzini qoʻllab oʻtgan. Yoki boʻlmasa keyingi
parchaga etibor qaratadigan boʻlsak,

“Doʻstboy xafaqonlik kasalligiga yoʻliqqanligini,

ikki marta yurak ogʻrigʻi bilan shifoxonaga tushib chiqanligini bilardim

9

” Bu gapda

esa biz oʻziga xos evfemizmlarning qoʻllanishini koʻramiz. Xafaqonlik soʻzining asosi
boʻlgan hafaqon soʻzi oʻzbek tilining izohli lugʻatida quyidagicha izohlab oʻtilgan:

1.Mungli, gʻamgin, xafahol.

Unga oʻz oʻylari chigilini yozib olishga yolgʻizlik, xafaqon qalbiga orom, nafasi

boʻgʻilayotgan oʻpkasiga havo kerak edi

. (H.Gʻulom “Mash’al”)

Teatrga borganingizda, birorta xafaqon aktyorrni uchratib qolsangiz, uning

dardi rol ustida boʻladi

. (Shukur Xolmirzayev. “Ogʻir tosh koʻchsa”)

2.Dilsiyohlik bilan oʻtadigan.

Xafaqon chalkash kunlarning birida Isfandiyorning yana ikkita katta amoldori

qochdi.

(Mirmuhsin “Choʻri”)

3.Yurakning tez yoki notekis urish holatini aniqlash
Xafaqonni davolash va oldini olish kasallikni keltirib chiqargan sabablarga

bogʻliq. (OʻzME)

4. Tib. Qon bosimining ortishi tufayli yuz beradigan kasallik, gipertoniya.
Bazi kishilarning aytishiga qaraganda onam, xafaqon kasalligiga yoʻliqqan

emishlar. (M.Muhammadjonov, Turmush urunishlari.)

Bemorlarning biri xafaqon, boshqasi sil kasalligiga mubtalo, kimgadir chipqon

chiqibdi.

(M.Qoriyev Ibn Sino)

Bemor insonlar oldida ularning koʻngliga tegmaslik uchun ham evfemizmlar

qoʻllaniladi. Bir soʻz bilan insonni yashatish yoki oʻldirish mumkin.Shuning uchun
ham koʻpgina hollarda insonlar kasalligi bilan boʻgʻliq soʻzlar va iboralar
yumshatiladi. Abu Ali Ibn Sino tabibning kasalni davolashda uch tayanch quroli soʻz,
giyoh, tigʻ orasidan soʻzni birinchi oʻringa qoʻygan holda, shifokorning koʻzi
burgutniki kabi oʻtkir, qoʻllari qizning qoʻli kabi nozik, yuragi shernikidek dovyurak
va aqli ilon kabi oʻtkir boʻlishi etirof etilganligi diqqatga sazovordir. Biz yuqorida
koʻrib oʻtgan gapimizda qoʻllangan xafaqonlik soʻzi ham yurak kasal soʻzini
yumshoqroq aytilgan variantidir.

Jamiyatimizdagi axloqiy qarashlar qanchalik yaxshi va toʻgʻri boʻlsa, u rivojlansa,

jamiyatning madaniy saviyasi qanchalik yuqori boʻlsa, unda til odobi yumshoq va
sodda ifodalar koʻpayib boraveradi. Evfemizmlar va desfemizmlar bevosita xalqning

8

Abdulqayum Yoʻldoshev, "Mashaqqatlar osha yulduzlar sari". "Yangi asr avlodi". 2021.-224 bet 23-bet

9

Abdulqayum Yoʻldoshev, "Mashaqqatlar osha yulduzlar sari". "Yangi asr avlodi". 2021.-224 bet 23-bet.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

79

urf-odati, madaniy saviyasining darajasini estetik did va etnik me’yorlarning
ko‘zgusidir. Bunday ifodalarning koʻpayishini taʼminlash va kelajak avlodlarga
yetkazish bizning vazifamiz hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.A.J.Omomturdiyev Oʻzbek tilining qisqa evfemik lugʻati. Oʻzbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi, fan nashriyoti, –Toshkent, 2006. 134 bet.

2.A.Yoʻldoshev, “Mashaqqatlar osha yulduzlar sari”. Yangi asr avlodi nashriyoti,

–Toshkent, 2021. 224 bet

3.Oʻzbek tilining izohli lugʻati (80 000 ortiq soʻz va soʻz birikmasi).

A.Madvaliyev tahriri ostida. Oʻzbekiston nashriyoti, –Toshkent, 2021. V jild

4.https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=3bp

t6QUAAAAJ&citation_for_view=3bpt6QUAAAAJ:WF5omc3nYNoC

5.https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=3bp

t6QUAAAAJ&citation_for_view=3bpt6QUAAAAJ:roLk4NBRz8UC




Bibliografik manbalar

A.J.Omomturdiyev Oʻzbek tilining qisqa evfemik lugʻati. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, fan nashriyoti, –Toshkent, 2006. 134 bet.

A.Yoʻldoshev, “Mashaqqatlar osha yulduzlar sari”. Yangi asr avlodi nashriyoti, –Toshkent, 2021. 224 bet

Oʻzbek tilining izohli lugʻati (80 000 ortiq soʻz va soʻz birikmasi). A.Madvaliyev tahriri ostida. Oʻzbekiston nashriyoti, –Toshkent, 2021. V jild

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари