Mualliflar

  • Muxtarov Utkirjon Mutalibjonovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97720

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Sharq allomalari gender tengligi ijtimoiy-falsafiy qarashlar ayol va erkak huquqlari Farobiy Ibn Sino Alisher Navoiy axloqiy qadriyatlar tarixiy meros ma’naviy tenglik Sharq falsafasi diniy-ma’rifiy tafakkur madaniy qadriyat.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqola Sharq allomalari tafakkurida gender tengligi masalasining ijtimoiy-falsafiy mazmunini ochib berishga qaratilgan hisoblanadi. Maqolada qadimiy va o‘rta asr Sharq mutafakkirlarining inson, ayniqsa, ayol va erkak o‘rtasidagi tabbiy, ma’naviy va ijtimoiy munosabatlarga bergan falsafiy yondashuvlar haqida so‘z boradi. Bular orqali ularning fikrlarida gender tengligi masalasining dolzarb va chuqur ildizlarga ega ekanligi haqida bo‘ladi. Maqolada Farobiy, Ibn Sino, Al-G‘azzoliy, Navoiy, Abdurauf Fitrat kabi allomalarning asarlari asosida ayol shaxsining qadri, bilimga, tarbiyaga va jamiyatdagi faollikka bo‘lgan huquqlari yoritiladi. Ayol va erkak o‘rtasidagi tenglik masalasi faqat ijtimoiy tenglik doirasida emas, balki ma’naviy yuksaklik, axloqiy mukammallik va komillik sari intilish mezonlari bilan ham bog‘liq ekanligi sir emas. Maqolaning asosiy maqsadi-qadimiy va o‘rta asr Sharq mutafakkirlarining ayol va erkakning huquqiy, axloqiy va ma’naviy tengligi haqidagi qarashlarini aniqlash hamda ularning bugungi zamonaviy gender muammolari bilan qanday uyg‘unlashishini tahlil qilishdan iborat, albatta.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

143

SHARQ ALLOMALARINING GENDER TENGLIGIGA

OID IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARI

Muxtarov Utkirjon Mutalibjonovich

Andijon davlat pedagogika instituti

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti milliy g‘oya,

ma’naviyat asoslari vahuquq ta’limi yo‘nalishi talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqola Sharq allomalari tafakkurida gender tengligi

masalasining ijtimoiy-falsafiy mazmunini ochib berishga qaratilgan hisoblanadi.
Maqolada qadimiy va o‘rta asr Sharq mutafakkirlarining inson, ayniqsa, ayol va erkak
o‘rtasidagi tabbiy, ma’naviy va ijtimoiy munosabatlarga bergan falsafiy yondashuvlar
haqida so‘z boradi. Bular orqali ularning fikrlarida gender tengligi masalasining
dolzarb va chuqur ildizlarga ega ekanligi haqida bo‘ladi. Maqolada Farobiy, Ibn Sino,
Al-G‘azzoliy, Navoiy, Abdurauf Fitrat kabi allomalarning asarlari asosida ayol
shaxsining qadri, bilimga, tarbiyaga va jamiyatdagi faollikka bo‘lgan huquqlari
yoritiladi. Ayol va erkak o‘rtasidagi tenglik masalasi faqat ijtimoiy tenglik doirasida
emas, balki ma’naviy yuksaklik, axloqiy mukammallik va komillik sari intilish
mezonlari bilan ham bog‘liq ekanligi sir emas. Maqolaning asosiy maqsadi-qadimiy
va o‘rta asr Sharq mutafakkirlarining ayol va erkakning huquqiy, axloqiy va ma’naviy
tengligi haqidagi qarashlarini aniqlash hamda ularning bugungi zamonaviy gender
muammolari bilan qanday uyg‘unlashishini tahlil qilishdan iborat, albatta.

Kalit so‘zlar:

Sharq allomalari, gender tengligi, ijtimoiy-falsafiy qarashlar, ayol

va erkak huquqlari, Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, axloqiy qadriyatlar, tarixiy
meros, ma’naviy tenglik, Sharq falsafasi, diniy-ma’rifiy tafakkur, madaniy qadriyat.

Abstract:

This article is aimed at revealing the socio-philosophical content of the

issue of gender equality in the thinking of Eastern scholars. The article discusses the
philosophical approaches of ancient and medieval Eastern thinkers to the natural,
spiritual and social relations between man and woman. Through this, it is shown that
the issue of gender equality has urgent and deep roots in their thoughts. The article
sheds light on the value of the female person, her rights to knowledge, education and
activity in society, based on the works of such scholars as Al-Farabi, Ibn Sina, Al-
Ghazali, Navoi, Abdurauf Fitrat. It is no secret that the issue of equality between
women and men is not only related to social equality, but also to the criteria of striving
for spiritual elevation, moral perfection and perfection. The main goal of the article is
to identify the views of ancient and medieval Eastern thinkers on the legal, moral, and


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

144

spiritual equality of women and men, and to analyze how they fit into today's modern
gender issues.

Keywords:

Eastern scholars, gender equality, socio-philosophical views,

women's and men's rights, Farooqi, Ibn Sina, Alisher Navoi, moral values, historical
heritage, spiritual equality, Eastern philosophy, religious-enlightenment thought,
cultural value.

Аннотация:

Целью данной статьи является раскрытие социально-

философского содержания проблемы гендерного равенства в мышлении
восточных ученых. В статье рассматриваются философские подходы древних и
средневековых мыслителей Востока к естественным, духовным и социальным
отношениям между людьми, особенно между женщинами и мужчинами.
Благодаря этому они поймут, что проблема гендерного равенства актуальна и
имеет глубокие корни в их сознании. В статье подчеркивается ценность женщин,
их права на знания, образование и общественную деятельность на основе трудов
таких ученых, как Аль-Фараби, Ибн Сина, Аль-Газали, Навои и Абдурауф
Фитрат. Не секрет, что вопрос равенства женщин и мужчин связан не только с
социальным равенством, но и с критериями стремления к духовному
возвышению, нравственному совершенству и совершенству. Основная цель
статьи — выявить взгляды древних и средневековых мыслителей Востока на
правовое, моральное и духовное равенство женщин и мужчин, а также
проанализировать, как они вписываются в современную гендерную
проблематику.

Ключевые слова:

восточные ученые, гендерное равенство, социально-

философские взгляды, права женщин и мужчин, Фаруки, Ибн Сина, Алишер
Навои, моральные ценности, историческое наследие, духовное равенство,
восточная философия, религиозно-просветительская мысль, культурные
ценности.


Kirish:

Insoniyat taraqqiyoti davomida gender tengligi masalasi ijtimoiy adolat,

axloqiy qadriyatlar va huquqiy tamoyillar bilan chambarchars bog‘liq hisoblanadi.
Ayniqsa, ayol va erkak o‘rtasidagi tenglik masalasi jamiyatning ma’naviy, madaniy va
intellektual salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Zamonaviy ijtimoiy-falsafiy tafakkurda gender tengligi atamasi keng qo‘llanilayotgan
bo‘lsa-da, bu tushuncha Sharq tamaddunida o‘ziga xos shaklda qadimdan mavjud
bo‘lgan. Shuningdek, Sharq allomalari tomonidan inson kamoloti, axloqiy yetuklik,
adolat va ijtimoiy ma’sulyat bilan bog‘liq holda gender tengligiga oid muhim falsafiy
qarashlar mavjud. O‘rta asr Sharq mutafakkirlarining asarlari tahlil qilinganda, ularda
ayol shaxsi va uning aqliy salohiyati, ijtimoiy mavqei va ilmga bo‘lgan intilishi
qadrlangan, albatta. Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Al-G‘azzoliy, Navoiy, Rumiy kabi


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

145

allomalar o‘z davrining ijtimoiy tuzilmasidan kelib chiqqan holda hamda erkak va ayol
o‘rtasidagi tabiiy va ijtimoiy munosabatlarga chuqur falsafiy yondashuv namoyon
qilishgan. Ularning qarashlarida gender tengligi masalasi shunchaki, huquqiy tenglik
emas, balki axloqiy-ruhiy barkamollikka erishish yo‘lida erkak va ayolning teng
ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.

Sharq allomalari tafakkurida erkak va ayol- bu ikki mavjudot bir-birining

to‘ldiruvchisi va jamiyat hayotining ajralmas hamkorlari sifatida qaraladi. Ularning
bir-biriga hurmati, e’tibori va ma’sulyatli munosabatda bo‘lishi jamiyatning barqaror
va sog‘lim rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, Farobiy ‘‘Fozil odamlar
shahri’’ asarida ayollarni jamiyatning faol a’zolari sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, Ibn Sino
o‘z falsafiy-axloqiy qarashlarida ayollarning aqliy va ma’naviy yetukligiga katta baho
bergan,albatta. Alisher Navoiy esa o‘z asarlarida ayol obrazini go‘zallik va sadoqat
timsoli, balki donolik, halollik va fidoyilik timsoli sifatida tasvirlab beradi.

Gender tengligi masalasining Sharq mutafakkirlari asarlarida ramziy va falsafiy

tarzda bayon qilingani bu mavzuning zamonaviy tahlilini murakkablashtiradi deb
o‘ylayman. Ularning asarlarida, ijtimoiy rol tengligi, ma’naviy huquqlar barqarorligi
va ilm-fan orqali o‘zini anglash g‘oyalari aniq ravshan ko‘zga tashlanadi. Aynan shu
kabilar zamonaviy jamiyatda gender muammolarini hal qilishda va ayollarning
ijtimoiy faolligini oshirishda hamda tenglik prinsiplarini amalda qaror toptitishda katta
ahamiyatga ega.

Metod:

Ushbu tadqiqotda Sharq allomalarining gender tengligiga oid ijtimoiy-

falsafiy qarashlari ko‘q qirrali ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganib chiqiladi.
Maqolada nazariy-falsafiy tadqiqot turiga mansub oid bo‘lib, inda ijtimoiy g‘oyalar
tarixiy jarayonlar kontrkstida tahlil qilamiz. Tadqiqotning asosiy metodologik
yondashuvlari quyidagilardan iborat:

Birinchidan tarixiy-falsafit tahlil. Ushbu metod yordamida har bir

mutafakkirning qarashlari u yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va
mafkuraviy holati bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Sharq allomalari o‘z asarlarida
gender rollarini ko‘proq axloqiy, ijtimoiy ma’sulyat, adolat va ma’naviy yuksaklik
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqqanliklari sababli ularning qarashlari zamonaviy ijtimoiy
fanlar tizimida o‘rganiladi.

Ikkinchidan, taqqoslovchi metod yordamida turli davr va makonlarda yashagan

allomalarning gender masalasiga doir qarashlari o‘rganiladi. Jumladan, Farobiy, Ibn
Sino, Navoiy, Rumiy kabi mutafakkirlarning fikrlari o‘zaro tahlil qilinib, umumiylik
va farqlar aniqlashtiriladi. Bu esa ularning genderga oid yondashuvlarida mavjud
bo‘lgan konseptual uyg‘unlik va tafovutlarni aniqlashga xizmat qiladi, albatta.

Uchinchidan, mazmuniy tahlil asosida tanlab olingan asarlardagi genderga oid

tushunchalar, ijtimoiy rollar, ayol va erkakning jamiyatdagi o‘rni, huquq va burchlar
darajasi va kontekstual mazmuni statistik jihatdan baholanadi, albatta.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

146

To‘rtinchidan, normativ-falsafiy tahlilda allomalar tomonidan ilgari surilgan

qadriyatlar asosida ideal jamiyat modeli va undagi gender rollarining adolatli taqsimoti
va tenglik mezonlari yuzasidan ilmiy xulosalarga kelinadi.

Metodologik asos sifatida gender tengligi bo‘yicha BMT, YUNESKO va boshqa

xalqaro tashkilotlarning ilmiy-nazariy hujjatlari, shuningdek, zamonaviy gender
sotsiologiyasi va falsafasiga oid adabiyotlar ham tahliliy tarzda o‘rganiladi. Natijada,
qadimiy manbalar bilan zamonaviy nazariyalar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash
imkoniyati yuzaga keladi deb o‘ylayman.

Natijalar:

Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, Sharq allomalari tomonidan ilgari

surilgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar gender tengligi masalasida boy ma’naviy, axloqiy
va nazariy asoslar yaratganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Quyida tadqiqot davomida
aniqlangan asosiy natijalar tizimli tarzda yoritiladi;

1.

Gender tengligi g‘oyasi qadimiy-falsafiy asoslarga ega. Gender tengligi

zamonaviy tushuncha bo‘lishiga qaramay, uning asoslari Sharq mutafakkirlarining
asarlarida ilgari surilgan. Jumladan Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy, Navoiy, Rumiy kabi
allomalar asarlarida arkak va ayolning jamiyatdagi vazifalar, axloqiy maqomi,
intellektual salohiyatining tengligi kabi masalalari bevosita yoki bilvosita yoritilgan.

2.

Sharq allomlari gender tengligini axloqiy-ijtimoiy muvozanat doirasida

asoslashgan. Ular uchun tenglik nafaqat huquqiy yoki tashqi shakllarda, balki
ma’naviy barkamollik, fazilat, bilimga intilish, axloqiy yetuklik orqali ifodalanadi.
Shuningdek, Farobiy ‘‘fazilatli jamiyat” konsepsiyasida ayollarni jamiyatning faol
a’zosi sifatida ko‘radi, Ibn Sino esa insoniy kamolotda jnsiy tafovutga e’tibor
bermagan.

3.

Ayol obrazi ramziy va ijtimoiy qadriyatlar bilan uyg‘un holda talqin

qilingan. Navoiy va Rumiy singari adib va mutasavviflar asarlarida ayol obraziga
yuksak tarzda baho berilgan. Ayol- go‘zallik, mehr, ma’rifat, aql, fidoyilik va ruhiy
poklik timsoli sifatida tasvirlashadi.

4.

Allomlarning

qarashlari

zamonaviy

gender

nazariyalari

bilan

uyg‘unlashuvchi jihatlarga ega. Sharq mutafakkirlarining g‘oyalari hozirgi zamonaviy
liberal, ijtimoiy-konstruktiv va axloqiy gender yondashuvlari bilan kesishadi albatta.
Ularning qarashlarida xotin-qizlarning ta’limi, huquqlari va jamiyatdagi faolligi
g‘oyat muhim deb qaraladi va bu esa zamonaviy gender siyosati bilan hamohangdir.

5.

Gender tengligiga oid qarashlar ijtimoiy adolat va umumiy taraqqiyot

bilan bog‘langan. Sharq allomalarining fikricha, jamiyatning ma’naviy va madaniy
taraqqiyoti faqat erkaklar bilan emas, balki ayollarning ham faol ishtiroki orqali
ta’minlanadi, albatta. Bu tamoyil bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlashda
dolzarb ahamiyatga ega.

6.

Zamonaviy gender siyosatini boyitish uchun tarixiy-falsafiy asoslar

yetarli bo‘ladi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bugungi gender siyosati va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

147

ijtimoiy islohotlar jarayonida Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qadriyatlar,
axloqiy tamoyillar va jamiyatt modeli muhim nazariy asos bo‘ib xizmat qiladi.

Tahlil:

Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy qarashlari

insoniylik, adolat, axloq va bilim singari umumiy qadriyatlar asosida shakllangan. Bu
qarashlarda gender tengligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilinmasa-da, ayol va
erkakning jamiyatdagi o‘rni va ularning huquqiy va ma’naviy maqomi hamda teng
imkoniyatlar prinsipi kabi masalalar bilvosita aniq holda ifoda qilingan. Tahlilda
asosan, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy va Ahmad
Yassaviy singari mutafakkirlarning qarashlari asos bo‘ladi:

1.

Abu Nasr Farobiy-ideal jamiyat va ayolning roli. Farobiy o‘zining ‘‘Fozil

odamlar shahri” asarida jamiyatdagi adolat va bilim asosida tashkil topgan tuzumni
ideal deb hisoblaydi. U jamiyat a’zolarining qobiliyat va axloqiy kamolotiga qarab
baholanishi lavozimligini aytadi. Farobiyning fikricha, shaxsning jinsiy mansubligi
emas, balki aql-idrok, bilim va aqliy yetukligi va uning ijtimoiy maqomini belgilab
beradi. Bu yondashuv asosan, gender tengligining nazariy asosini yaratib beradi.
Chunki, donishmand va axloqan barkamol bo‘lsa, u fozil jamiyatning yetakchi a’zosi
bo‘la oladi. Shunday qilib, Farobiy genderga asoslangan tafovutlarni inkor qilib,
shaxsiy sifatlarni ustun qo‘ygan.

2.

Ibn Sino-Insoniylik va ilmga intilishda tenglik. Ibn Sino asarlarida inson

aqliy yetukligi, tafakkur va ma’naviyat orqaligina komillikka erishadi, degan g‘oyani
ilgari suradi. Ibn Sino o‘zining ‘‘Donishnoma” va ‘‘Kitob ash-shifo” kabi asarlarida
ayol va erkak bir xil darajada tafakkur egasi bo‘lishi mumkin ekanligi nazariy
ko‘rsatiladi. Ayniqsa, tibbiyot sohasidagi qarashlarida Ibn Sino ayollar salomatligi,
huquqlari va psixologik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratgan. Bu esa uning
zamonasi uchun ilg‘or yondashuv hisoblanib, zamonaviy gender huquqlari bilan
bog‘liq asosiy prinsplarni belgilaydi.

3.

Alisher Navoiy- ayol obrazining axloqiy-falsafiy yuksalishi. Navoiy

asarlarida ayol siymosi faqat go‘zallik emas, balki donolik, fidoyilik va ma’naviy
komlot timsoli sifatida ta’riflanadi. Masalan, ‘‘Hayrat ul- abror” dostonida ayollar
ijtimoiy faoliyatda, hattoki davlat ishlarida qatnashuvchi obrazlarda tasvirlagan. Naoiy
ayolni ma’rifatli, sabrli, aql-zakovatli inson sifatida ko‘rsatadi. Bu kabilar orqali u
ayollarni faqat oilaviy doirada amas, balki jamiyatning ma’naviy va axloqiy asoslarni
qabul qiluvchi kuch sifatida e’tirof qiladi. Mening fikrimcha, Navoiy asarlarida ayolga
nisbatan hurmat, mehr, e’tibor g‘oyasi bor, albatta.

4.

Jaloliddin Rumiy-ayolni ilohiy haqiqat timsoli sifatida talqin qilish.

Ruminiyning tasavvufiy-falsafiy qarashlarida ayol va erkak o‘rtasidagi farq jismoniy,
balki ilohiy birlik tamoyiliga asoslangan holda talqin qilinadi. U ayoni muhabbat,
haqiqat va ilhom manbai deb biladi. Ayniqsa, ‘‘Masnaviy Ma’naviy” asarida ayollar
haqida ko`plab ijobiy va chuqur ramziy fikrlarini aytib o‘tgan. Rumiy ayolning


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

148

jamiyatdagi rolini cheklmaydi, aksincha, uni komil inson sifatida qaraydi. Bu
yondashuv bugungi kunda gender adolatini ruhiy-ma’naviy asoslarda ko‘rishga asos
bo‘ladi.

5.

Ahmada Yassaviy-ayolga nisbatan axloqiy hurmat. Yasaviy ta’limotida

inson-ilohiy mohiyatga ega mavjudot. Uning ‘‘Hikmatlar”ida ayolga nisbatan iliq,
samimiy munosabat, onaga bo‘lgan cheksiz mer va hurmat, erkak va ayolning axloqiy
tengligi haqidagi fikrlari mavjud. Yasaviy ayolni muqaddas zot, mehr va rahmat
manbai sifatida ulug‘lagan.

Xulosa:

Ushbu maqoladan xulosa shuki, Sharq allomalari tomonidan ilgari

surilgan ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar hozirgi global gender muammolarini hal qilishda
qadriyatga asoslangan holda va integrativ yondashuv asosida taklif qiladi. Bular esa
nafaqat tarixiy merosimiz bilan birga, zamonaviy davr bilan uyg‘unlashtiradi hamda
madaniy va ma’naviy asosli gender siyosatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
qiladi. Mening fikrim shuki, Sharq allomalari gender masalasiga diniy, ma’naviy va
axloqiy tamoyillar asosida yondashishgan. Hozirgi kunda gender tengligini
rivojlantirishda, ayniqsa, milliy qadriyatlarga tayanilgan modelini yaratishda bu
qarashlardan samarali foydalanishimiz lozim bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimov,I.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.Toshkent:Ma’naviyat.1997

2.

Farobiy, A.N.Fozil odamlar shahri. Toshkent:fan nashriyoti.1993

3.

Ibn Sino, A.H. Donishnoma.Toshkent:Fan nashriyoti.1980

4.

Jaloliddin Rumiy. Masnaviy Ma’naviy. Toshkent:2003

5.

Al-Beruniy, A.r.Hindiston. Toshkent:Fan.1973

6.

Karimov,M. Sharq falsafasi va jamiyat:gender nuqtai nazaridan. Toshkent:Ijtimoiy
fanlar.2020

7.

G‘ulomova,D.‘‘Gender

tengligi:Sharq

an’analari

va

bugungi

kun

yondashuvlari”.2021

8.

Qodirov,B.‘‘Sharq falsafasida ayol siymosi:tarixiy va zamonaviy talqin”.2022

9.

Yassaviy,A.Hikmatlar.Toshkent:Sharq nashriyoti.2001

10.

https://api.scienceweb.uz


Bibliografik manbalar

Karimov,I.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.Toshkent:Ma’naviyat.1997

Farobiy, A.N.Fozil odamlar shahri. Toshkent:fan nashriyoti.1993

Ibn Sino, A.H. Donishnoma.Toshkent:Fan nashriyoti.1980

Jaloliddin Rumiy. Masnaviy Ma’naviy. Toshkent:2003

Al-Beruniy, A.r.Hindiston. Toshkent:Fan.1973

Karimov,M. Sharq falsafasi va jamiyat:gender nuqtai nazaridan. Toshkent:Ijtimoiy fanlar.2020

G‘ulomova,D.‘‘Gender tengligi:Sharq an’analari va bugungi kun yondashuvlari”.2021

Qodirov,B.‘‘Sharq falsafasida ayol siymosi:tarixiy va zamonaviy talqin”.2022

Yassaviy,A.Hikmatlar.Toshkent:Sharq nashriyoti.2001

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Muxtarov Utkirjon Mutalibjonovich, Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi, SHARQ FALSAFASIDA OILA, AYOL VA JAMIYATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI , Pedagogs: Jild 82 № 1 (2025)