Mualliflar

  • Muxtarov Utkirjon Mutalibjonovich
  • Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97719

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Sharq falsafasi oila jamiyat ijtimoiy institut axloqiy qadriyatlar Farobiy Ibn Sino ma’naviyat gender ijtimoiy barqarorlik an’anaviy qarashlar falsafiy tahlil.

Annotasiya

 Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq falsafasining asosiy tamoyillari nuqtai nazaridan oila, ayol va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi haqida so‘z boradi.  Sharq tafakkuri tarixiy-falsafiy merosida oila-ijtimoiy hayotning tayanchi, ayol –ma’naviy barqarorlik va tarbiyaning asosi hisoblanadi. Maqolada qadimgi Sharq mutafakkirlarining, jumladan, Konfutsiy, Farobiy, Ibn Sino, Bahouddin Naqshbandiylarning g‘oyalari asosida oilaning axloqiy, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalari ochib beriladi. Ayolning jamiyatdagi o‘rni va unga qilingan hurmat-ehtirom darajasi orqali jamiyatning ma’naviy yetukligi belgilanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barqaror jamiyat qurishda oilaviy qadriyatlar va ayolning faol ishtirokini hal qiluvchi omil ekanligi ilmiy asosda asoslab beriladi, albatta. Ushbu maqolada oila va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni tushunishda Sharq falsafasi beradigan nazariy asoslarini chuqur anglashga yordam beradi deb o‘ylayman. Sharq falsafasidagi qadriyatlar asosida, bugungi kundagi barqaror ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish hamda gender tengligi, ma’naviy tarbiya va ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish singari masalalarga nazariy jihatdan yondashilinadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

149

SHARQ FALSAFASIDA OILA, AYOL VA JAMIYATNING

O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Muxtarov Utkirjon Mutalibjonovich

Andijon davlat pedagogika instituti falsafa fanlari

bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti milliy g‘oya, ma’naviyat

asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi.


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Sharq falsafasining asosiy tamoyillari nuqtai

nazaridan oila, ayol va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi haqida so‘z
boradi. Sharq tafakkuri tarixiy-falsafiy merosida oila-ijtimoiy hayotning tayanchi, ayol
–ma’naviy barqarorlik va tarbiyaning asosi hisoblanadi. Maqolada qadimgi Sharq
mutafakkirlarining,

jumladan,

Konfutsiy,

Farobiy,

Ibn

Sino,

Bahouddin

Naqshbandiylarning g‘oyalari asosida oilaning axloqiy, tarbiyaviy va ijtimoiy
vazifalari ochib beriladi. Ayolning jamiyatdagi o‘rni va unga qilingan hurmat-ehtirom
darajasi orqali jamiyatning ma’naviy yetukligi belgilanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
barqaror jamiyat qurishda oilaviy qadriyatlar va ayolning faol ishtirokini hal qiluvchi
omil ekanligi ilmiy asosda asoslab beriladi, albatta. Ushbu maqolada oila va jamiyat
o‘rtasidagi muvozanatni tushunishda Sharq falsafasi beradigan nazariy asoslarini
chuqur anglashga yordam beradi deb o‘ylayman. Sharq falsafasidagi qadriyatlar
asosida, bugungi kundagi barqaror ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish hamda
gender tengligi, ma’naviy tarbiya va ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish singari
masalalarga nazariy jihatdan yondashilinadi.

Kalit so‘zlar:

Sharq falsafasi, oila, jamiyat, ijtimoiy institut, axloqiy qadriyatlar,

Farobiy, Ibn Sino, ma’naviyat, gender, ijtimoiy barqarorlik, an’anaviy qarashlar,
falsafiy tahlil.

Аннотация:

В статье рассматривается вопрос взаимоотношений семьи,

женщины и общества с точки зрения основных принципов восточной
философии. В историко-философском наследии восточной мысли семья
является опорой общественной жизни, а женщина — основой духовной
устойчивости и воспитания. В статье раскрываются нравственные,
воспитательные и социальные функции семьи на основе идей древневосточных
мыслителей, в том числе Конфуция, аль-Фараби, Ибн Сины, Бахауддина
Накшбанди. Духовная зрелость общества определяется местом женщины в
обществе и уровнем оказываемого ей уважения и почета. По результатам
исследования научно доказано, что семейные ценности и активное участие
женщин являются решающими факторами в построении устойчивого общества.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

150

Я считаю, что эта статья поможет вам глубже понять теоретические основы,
которые дает восточная философия для понимания баланса между семьей и
обществом. Основываясь на ценностях восточной философии, он теоретически
подходит к таким вопросам, как формирование устойчивых социальных
отношений в современном мире, а также укрепление гендерного равенства,
духовного воспитания и социальной солидарности.

Ключевые слова:

философия Шарка, семья, общество, институт,

социальный, этические качества, Фараби, Ибн Сина, духовность, пол,
социальная стабильность, традиционные взгляды, философский анализ.

Annotation:

In this article, this article is about the issue of interdependence

between family, female and society in terms of the basic principles of the Eastern
philosophy. In the historical and philosophical heritage of the Orientalty, the base of
family-social life is the basis of family stability and upbringing. The article discovers
the moral, educational and social responsibilities of the family based on the ideas of
the ancient Eastern conduct, including the ideas of the ancient lawful, farewell, Ibn
Sino, Bahauddin Naqshbandi. The spiritual maturity of the community is the spiritual
maturity of the woman in society and the reverence given in it. According to the study,
a sustainable society is based on the development of family values and a decisive factor
of the active participation of the woman. I think this article will help you deeply
understand the theoretical foundations of Eastern philosophy in understanding the
balance between the family and society. Based on the values in the philosophy of
Eastern, the issues such as the formation of today's sustainable social relations and
gender equality, strengthening spiritual education and social solidarity shall be
considered.

Keywords:

Oriental philosophy, family, society, social institution, ethical, Ibn

Sina, spirituality, gender, social stability, traditional views, philosophical analysis.


Kirish:

Sharq falsafasi ming yillar davomida inson va jamiyat, axloq va

ma’naviyat, oila va shaxslararo munosabatlar masalalarini chuqur o‘rgan holda o‘ziga
xos tamoyillar va qadriyatlar tizimini shakllantirgan ulkan bir tafakkur maktabi
hisoblanadi. Ushbu falsafiy an’analarda oila ijtimoiy tuzumning asosiy poydevori
bo‘lib, uning barqarorligi va ma’naviy mukammalligi jamiyat taraqqiyotining muhim
omili hisoblanadi. Shuningdek, ayol shaxsiga nisbatan bo‘lgan yondashuvlar uning
onalik, balki tarbiyachi, ma’naviyat targ‘ibotchisi va jamiyatni axloqan boyituvchi
kuch sifatidagi roli doimo alohida e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Sharq mutafakkirlarining
asarlarida oila-insoniylik, axloqiy yetuklik va ijtimoiy tartibotning asosidir. Al-
Farobiy, Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Bahouddin Naqshbandiy singari yetuk
mutafakkirlar oilani inson kamoloti sari yetaklovchi muhit sifatida baholab kelganlar.
Ayniqsa, ayolning oiladagi va jamiyatdagi o‘rni haqida bildirilgan fikrlar bugungi


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

151

davrda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan deb o‘ylayman. Ayolga bo‘lgan e’tibor va
munosabat darajasi orqali jamiyatning axloqiy yetukligi va taraqqiy qilganlik
darajasini belgilashi mumkin bo‘ladi degan qarashlar Sharq mutafakkirlarining asosiy
g‘oyalaridan biri bo‘ladi. Ushbu maqolada Sharq falsafiy merosi asosida oila, ayol va
jamiyat o‘rtasidagi uzviy aloqalar tahlil qilinadi va bu bog‘liqlikning axloqiy, ijtimoiy
va madaniy qatlamlarini ochib berishga harakat qilinadi. XXI asrga kelib gender
tengligi, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va oilaning ma’naviy barqarorligini
ta’minlash singari masalalar jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari sifatida
sharq falsafasida ilgari surilgan qadriyatlarning muhim ekanligini yana bir marotaba
tasdiqlaydi deb o‘ylayman.

Metod:

Ushbu maqolada Sharq falsafasida oila, ayol va jamiyat o‘rtasidagi

o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilish orqali kompleks yondashuvlar qo‘llaniladi. Ushbu
tadqiqot quyidagi asosiy metodlarga tayanadi:

1.

Tarixiy-falsafiy tahlil metodi: Sharq falsafasida oilaviy qadriyatlar va

ayolning ijtimoiy o‘rnini o‘rganish jarayonida tarixiy-falsafiy yondashuv asosida
qadimgi manbalar, shu jumladan, Konfutsiy, Farobiy, Ibn Sino, Al-G‘azoliy va Navoiy
singari mutafakkirlarning asarlari haqida so‘z boradi. Ushbu metod orqali
qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi hamda zamonaviy talqin nuqtai nazaridan
asosiy falsafiy g‘oyalarni aniqlab beradi.

2.

Solishtirma metodi: Sharq falsafasida oila va ayolning o‘rni G‘arb

falsafasi bilan solishtirilib tahlil qilinadi, albatta. Bular orqali ikki turli sivilizatsiya
vakillari orasidagi asosiy farqlar va o‘xshashliklar aniqlanib, Sharqiy jamiyatlarda
oilaviy tuzilma va ayolning jamiyatdagi o‘rni qanday talqin qilinishini ko‘rsatadi.

3.

Sotsiologik yondashuv: Ushbu mavzuning ijtimoiy ahamiyatini aniqlash

maqsadida sotsiologik yondashuv asosida Sharq jamiyatlarida, xususan, O‘zbekiston
singari an’anaviy qadriyatlar ustuvor bo‘lgan hududlarda oila va ayol mavqeiga oid
mavjud statistik ma’lumotlar hamda rasmiy hujjatlar va zamonaviy tadqiqotlar
o‘raniladi.

4.

Normativ-falsafiy tahlil: Sharq falsafasida oila va ayolga nisbatan ilgari

surilgan axloqiy va diniy hamda ijtimoiy normalar tahlil qilinadi. Ushbu metod orqali
qadimiy risolalar va axloqiy ta’limotlarda aytilgan ideal model bugungi kunda jamiyat
bilan qanday uyg‘unlashishi o‘rganiladi.

5.

Madaniy-falsafiy tahlil: Sharq tamaddunlarida oila va ayol timsollari

ko‘plab adabiy, diniy va falsafiy matnlarda estetik va ma’naviy kontekstda ifodalanadi.
Tadqiqotda bu obrazlar- masalan, ‘‘mukammal ayol”, ‘‘vafodor ona”, ‘‘oqila xotin”,
singari timsollar tahlil qilinadi va ularning madaniy-falsafiy jihatlarini ochib beradi.

Natijalar:

Ushbu tadqiqot davomida Sharq falsafasi doirasida oila, ayol va

jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni falsafiy va tarixiy asoslarda chuqur tahlil qilish
orqali quyidagi muhim ilmiy natijalarga erishildi:


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

152

1.

Sharq falsafasida oila-ijtimoiy uyg‘unlikning tayanchi sifatida talqin qilib

kelinadi. Oila qadim Sharq mutafakkirlari asarlarida faqatgina ijtimoiy institut emas,
aksincha, jamiyatning axloqiy va ma’naviy barqarorligini ta’minlovchi muqaddas
tizim sifatida qaraladi. Masalan, Konfutsiy, Farobiy, Al-G‘azoliy singari mutafakkirlar
oilani insoniy kamolotga olib boruvchi asosiy muhit sifatida qarashganlar.

2.

Ayol-jamiyatning axloqiy-ruhiy barqarorligini saqlovchi metaforik

markaz sifatida namoyon bo‘ladi. Sharq falsafasida ayol faqat ijtimoiy subyekt sifatida
emas, balki ruhiy yetuklik, sabr-toqat, mehr-oqibat va baraka ramzi sifatida qarashadi.
Ayniqsa, islom olamida islomiy-falsafiy tafakkurda ayolning onalik, ma’naviy tarbiya
va oilaviy barqarorlikdagi o‘rni juda yuksak baholanadi. Bular orqali jamiyatdagi
qadriyatlar uzluksizligi ,asosan, ayol orqaligina ta’minlanishi haqidagi xulosaga
kelinadi.

3.

Oila, ayol va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘zaro ta’sirli xarakterga

egadir. Sharq falsafasida bu kabi bog‘liqlik oila orqali jamiyat axloqiy asoslanadi va
jamiyat esa oilaning barqarorligini ta’minlovchi tashqi sharoitlarni yaratib beradi. Ayol
esa bu ikki tuzilmaning ruhiy va madaniy ko‘prigi bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylayman.

4.

Sharq falsafasida ayolning qadriyatlar tizimidagi o‘rni gender neytral

emas, balki genderga asoslangan roller bilan belgilanadi. Ayolga nisbatan mukammal
qarashlar bilan bir qatorda, tarixiy-falsafiy manbalarda ularning vazifalari ko‘proq
an’anaviy gender rollari asosida belgilangani aniqlandi. Ammo, bu roller pastki
ijtimoiy maqom belgisi sifatida emas, balki jamiyatning barqarorligini ta’minlovchi
asosiy vazifa sifatida qaraladi.

Tahlil:

Sharq falsafasi-bu qadimiy dunyoqarash, hayotga, inson va jamiyatga

oid murakkab tafakkur tizimi hisoblanadi. Sharq falsafasida ijtimoiy hayotning
barqaror rivojlanishi hamda insoniy fazilatlarning oilada shakllanishiga bog‘liq holda
tushunish kerak bo‘ladi. Bu kabi qarashlar, ayniqsa, Konfutsiy ta’limotida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Konfutsiy g‘oyalariga ko‘ra, tartibli jamiyat-tartibli oilalardan
boshlanadi. Insonparvarlik tamoyili asosida har bir shaxs, ayniqsa, ayolning ijtimoiy
hamda axloqiy hayotidagi o‘rnini belgilaydi. Shuningdek, ayol va erkak rollari aniq
belgilangan bo‘lib, ularning bir-birini to‘ldiruvchi deb qaraladi. Islom falsafasida bu
kabi masalaga chuqur e’tibor qaratiladi. Qu’ron va Hadislar asosida rivojlangan
islomiy tafakkurda oila-inson tarbiyasining asosi bo‘lib, ayol-bu tarbiyaning bosh
ijrochisi hisoblanadi. Al-G‘azoliy o‘zining ‘‘Ihyo ulum ad-din” asarida ayollarni ilimli,
axloqi go‘zal va ma’sulyatli bo‘lishga da’vat qilgan va ularning farzand tarbiyasidagi
rolini ijtimoiy barqarorlikning asosi sifatida belgilagan. Bu joyda ayol-onalik
vazifasini ado qiluvchi, balki jamiyatning ma’naviy sog‘lomligini belgilovchi vosita
hisoblanadi.Mening fikrimcha, Sharq falsafasi nuqtai nazaridan, agar oila ichidagi
munosabatlar sog‘lom bo‘lsa, bu jamiyatda yuksak axloqiy muhitning shakllanishiga
olib keladi, albatta. Buning e’tiborli jihati shundaki, oiladagi har bir a’zo-erkak va ayol


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

153

hamda farzandlar o‘z vazifasini anglab yetganidagina jamiyat barqarorligi
ta’minlanishi mumkin. Bugungi kunga kelib, bu tamoyillar O‘zbekiston singari bir
qator Sharq mamlakatlarida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib
ulgurgan. Sharq falsafasining oila, ayol va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka oid
g‘oyalari bugungi kundagi global muammolar-ijtimoiy beqarorlik, axloqiy tanazzul va
ma’naviy inqirozga qarshi eng samarali g‘oyaviy-ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sharq falsafasi oilani mikrojamiyat deb e’tirof qiladi va oiladagi ijtimoiy rollar,
munosabatlar va qadriyatlar keyinchalik mikrojamiyatga, ya’ni davlat va xalq hayotiga
ko‘chadi, albatta. Oilaviy muhitda shakllangan insoniy fazilatlar- mehr-oqibat, bir –
biriga nisbatan hurmat, sabe-toqat, o‘zaro ma’sulyat jamiyatda ham mustahkam
ijtimoiy aloqalar paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Sharq falsafasida oila- jamiyatning
asosiy tizimi, ayol esa uning ruhiy axloqiy ustuni sifatida qaraladi. Bu kabi qarashlar
bugungi globallashuv davriga kelib ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, ijtimoiy
barqarorlik va taraqqiyot sari intilayotgan jamyatlar uchun muhim metodologik asos
sifatida xizmat qiladi.

Sharq mutafakkirlari o‘zining mashhur asarlarida jamiyatdagi axloqiy

tangliklarni , asosan, oiladagi tarbiya nuqsonlari bilan izohlashadi. Farobiyning fikriga
ko‘ra, ‘‘Fozil jamiyat”ni qurish uchun har bir shaxs mukammal axloqiy tarbiyaga ega
bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bu tarbiya esa onaning mehribonligi va oqilonaligi orqaligina
shakllanib boradi. Farobiy ‘‘yahshi jamiyat”da erkak va ayolning bir-birini to‘ldiruvchi
va tengdosh ijtimoiy subyektlar sifatida ishtirok qilishini aytgan. Bulardan tashqari,
qadimiy hind falsafasida- Manu qonunlari va Upanishadlarda ayolni ilohiylikka
yaqinlashtiruvchi vosita sifatida tasvirlash an’anasi mavjud hisoblanadi. Bu kabi
qarashlar ayolga faqat jismoniy balki, ruhiy va ma’naviy kuch sifatida qarashimiz
mumkin bo‘ladi. Sharq tafakkurida ayolning ijtimoiy faoliyatda ishtirok qilishi hech
qachon inkor qilinmagan, albatta. Shuningdek, o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan
Zaynab binti al-Komol, Robiya al-Adaviya singari musulmon olimlar, ayolning diniy,
ilmiy va madaniy hayotda faol bo‘la olishini amalda isbotlagan olimlar hisoblanadi.
Bu kabi misollar Sharq jamiyatlarida ayol faolligining tarixan mavjud bo‘lganini
isbotlaydi va ko‘rsatadi deb o‘ylayman.

Shu birga, O‘zbekiston misolida olib qaralganda, davlat siyosatida oilani

mustahkamlash, ayollar faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan
islohotlar orqali bevosita Sharqona qadriyatlarning zamonaviy ko‘rinishi sifatida
qaraladi. Bunga misol qilib, ‘‘Oila kodeksi”, ‘‘Ayollar daftari”tizimi, ‘‘Xotin-qizlar
qo‘mitasi” faoliyati orqali ayolning oiladagi maqomini mustahkamlashga qaratilgan
siyosiy va ijtimoiy mexanizmlar mavjud.

Xulosa:

Ushbu maqoladan xulosa shuki, bugungi kunda Sharq falsafasidagi

qadriyatlar zamonaviy sotsiologik va gender tadqiqotlari bilan uyg‘unlashib bormoqda.
Ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

154

sog‘lom bo‘lgan ijtimoiy muhutni ta’minlash orqali Sharqona tafakkurning zamonaviy
talqini sifatida qayta tiklanish boshlanmoqda. Shunday qilib, oila, ayol va jamiyat
o‘rtasidagi uzviylik an’anaviy qadriyat, balki ijtimoiy barqarorlikning ilmiy asoslangan
strategiyasi sifatida qaraladi. Bu singari yondashuvlar kelajak avlodni barkamol
insonlar qilib tarbiyalash va ijtimoiy taraqqiyotning bardavomligini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Al-Farobiy.Fozil odamlar ahli haqida.Toshkent.1993;

2.

Ibn Sino.Axloqiy risolalar.Toshkent:Fan.1980;

3.

Al-G‘azoliy.Ihyo ulum ad-din.2005;

4.

Konfutsiy.Lun Yuy-Suhbatlar va mulohazalar.Toshkent:O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi nashriyoti.2008;

5.

Normurodova,M.Sharq falsafasida oila institutining shakllanishi va qadriyatlar
tizimi.2020;

6.

Tursunov,B.Ayol

va

jamiyat:Sharq

tafakkuri

asosida

zamonaviy

yondashuvlar.2021;

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.‘‘Oila institutini mustahkamlash
va ayollar faolligini oshirish strategiyasi”.Respublika axborot portali.2022;

8.

Asqarova,G.Oila va gebder muammolari:tarix va bugun.Toshkent:Ijtimoiy fanlar
nashriyoti.2018;

9.

https://arxiv.uz;

10.

https://newjournal.org;

Bibliografik manbalar

Al-Farobiy.Fozil odamlar ahli haqida.Toshkent.1993;

Ibn Sino.Axloqiy risolalar.Toshkent:Fan.1980;

Al-G‘azoliy.Ihyo ulum ad-din.2005;

Konfutsiy.Lun Yuy-Suhbatlar va mulohazalar.Toshkent:O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti.2008;

Normurodova,M.Sharq falsafasida oila institutining shakllanishi va qadriyatlar tizimi.2020;

Tursunov,B.Ayol va jamiyat:Sharq tafakkuri asosida zamonaviy yondashuvlar.2021;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.‘‘Oila institutini mustahkamlash va ayollar faolligini oshirish strategiyasi”.Respublika axborot portali.2022;

Asqarova,G.Oila va gebder muammolari:tarix va bugun.Toshkent:Ijtimoiy fanlar nashriyoti.2018;