Annotatsiya. Ushbu maqolada geometriyaning fazoviy shakllari bo‘yicha muhim tushunchalardan biri — shar ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqlar haqida so‘z yuritiladi. Ichki chizilgan ko‘pyoqning cho‘qqilari umumiy shar sirtida yotishi, tashqi chizilgan ko‘pyoqda esa shar ko‘pyoqning barcha yoqalariga ichki tomondan tegib turishi tushuntiriladi. Shuningdek, beshta muntazam ko‘pyoq — Platonic jismlarning shar bilan bog‘liqligi, ularning amaliy sohalardagi qo‘llanilishi yoritiladi. Maqola geometrik shakllar orasidagi fazoviy munosabatlarni o‘rganishga xizmat qiladi va ta’lim hamda texnik sohalarda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.