Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida talabalar uchun moliyaviy savodxonlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli moliyaviy texnologiyalar, elektron to‘lov tizimlari, onlayn banking, kriptovalyutalar va investitsiya platformalari kabi yangi iqtisodiy vositalarning keng tarqalishi sharoitida yosh avlodning moliyaviy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi asoslab beriladi va moliyaviy bilimlarni shakillantirish yo`llari batafsil yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta’limda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish strategiyalari va amaliy takliflar keltirilgan.