Annotatsiya: Maktabda beshinchi sinf o‘quvchilariga matematika fanini o‘qitish metodikasi zamonaviy ta’lim jarayonining muhim qismidir. Bu bosqichda o‘quvchilar matematikaning asosiy tushunchalari bilan tanishadi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi va kundalik hayotda yuzaga keladigan muammolarni yechishda matematik bilimlarni qo‘llashga o‘rgatiladi. Matematika o‘qitishning samarali metodikasi o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otish, mavzularni tushunarli tarzda yetkazish va amaliy mashg‘ulotlar orqali bilimlarni mustahkamlashga asoslanadi.