Annotatsiya Maqolada o‘zbek milliy naqshlarini matematik jihatdan modellashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Xususan, R-funksiya usuli yordamida naqshlardagi geometrik shakllarning aniqligi va murakkabligi hamda ularning geometrik modeli ifodalanadi. Bunda R funksiyaning konyunksiya dizyunksiya va inkor amallaridan foydalani algebraik mantiqiy tenglamalar tuziladi. R-funksiya usuli zamonaviy hisoblash geometriyasi va kompyuter grafikasi sohalarida qo‘llaniladigan kuchli vosita bo‘lib, u yordamida murakkab konturlarning analitik tengmalarini yaratish imkoniyati mavjud.