Naslli qorako'l qo'zilari qonining biokimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta‟siri

CC BY f
104-16
9
3
Поделиться
Хатамов, А., & Казаков, Ж. (2023). Naslli qorako’l qo’zilari qonining biokimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta‟siri. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 104–16. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25035 (Original work published 8 ноябрь 2023 г.)
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada naslli erkak qorako‘l qo‘zilarini oziqlantirishda probiotiklardan foydalanishning ahamyati o‘rni hamda qonining biokimyoviy  ko‘rsatkichlarini o‘rganish  natijalari  keltirilgan


background image

104

5.

Манджиева М.В (2018) Экко-пд-см и экко-тж-см на мясную и шерстную

продуктивность баранчиков. Волгаград 2018 г Дисс. 122 ст.

6.

Плохинский Н.А. Рукаводство по биометрии для зоотехников. – Москва, 1969 г,

256 с.

7.

Xatamov, A., & Qozoqov, J. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining

kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y.
№03. 26-28 B.

8. Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE

METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

9. Xatamov А., Normuminova M. The effect of "barakat" fertilizer on the growth

indicators of lambs and the milk production of children. ISSN: 2776-0979, In Volume 3, Issue
11 of Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Nov., 2022. РР. 1550-1553
https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NRKCT

10. Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas

Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132.


UO‘K: 636.32/.38.084.1:591.111.05.

NASLLI QORAKO‘L QO‘ZILARI QONINING BIOKIMYOVIY TARKIBIGA

PROBIOTIKLARNING TA’SIRI

A.X.Xatamov-

q.x.f.d (PhD), katta ilmiy xodim,

J.B.Qozoqov-

tayanch daktarant

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada naslli erkak qorako‘l qo‘zilarini oziqlantirishda

probiotiklardan foydalanishning ahamyati o‘rni hamda qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini
o‘rganish natijalari keltirilgan.

Kalit sozlar: qorako‘l qo‘zi, probiotik, qon, eritrosit, leykosit, gemoglobin, ozuqa.
Summary. This article presents the rule of the use probiotics in feeding of breeding male

Cormarant lambs, as well as the results of the study of biochemical indicators of blood.

Key words: karakul lamb, probiotic, blood, erythrocyte, leukocyte, hemoglobin, feed.

Kirish.

Qorako‘lchilik chorvachilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib ozuqa bazasini

asosiy qismi dag‘al ozuqalardan iborat bo‘ladi, ushbu ozuqalarning energetik qiymati past
bo‘lganligi uchun oziqlantirish ratsionlarning umumiy to‘yimliligi va biologik qiymatini
oshirish maqsadida ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Dag‘al
ozuqalarning hazmlanishida katta qorin suyuqligi tarkibidagi tirik mavjudotlar ya’ni
bakteriyalar muhim ro‘l o‘ynaydi. Ozuqalarning yaxshi hazmlanishi esa organizmning yaxshi
o‘sishi va rivojlanishi, mahsuldorlikning yuqori bo‘lishi uchun asosiy manba hisoblanadi.

Olimlarning yozishicha eritrositlar organizm uchun ahamyati katta hujayralardir chunki

ular tarkibdagi gemoglabin kislorodni hamda aminokislatalarni biriktirib organizmning barcha
organ va to‘qimalariga tashib berish hamda karbonat angidridni va chiqindi moddalarni ayiruv
organlariga yetkazib berish vazifasini bajaradi. Leykositlar organizmda asosiy himoya
vazifasini bajaradi shulardan fogositoz-yod moddalarni yemirish, antitelalarni ishlab chiqarish
va oqsil tabiatli toksinlarni chiqarib tashlash vazifalarini bajaradi [4].

Qon tarkibida glyukozaning normada bo‘lishi hayvon organizmida moddalar almashinuvi

me’yorda bo‘lishini taminlaydi. Oqsillar miqdori hayvon organizmida ularning yoshiga, jinsiga,
yilning fasliga qarab o‘zgarib turadi. Oqsillar organizmda asosiy qurilish funksiyasini bajaradi
[6].


background image

105

Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tajribalarda Baktovit (j-2) va baktovit probiyotigi

qo‘shilgan ozuqalarda fermentlanish jarayoni nazorat guruhiga nisbatan ancha tez boshlanishi,
fermentatsiya davrida aminokislatalar miqdori 28% gacha oshishi va chiqindilarda to’yimli
moddalar qoldiqlarining 4,5-5,5% ga kamayishi aniqlangan [1].

Tadqiqotlarda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida ozuqaning hazm bo‘lishida

bakteriyalar muhim ro‘l o‘ynaydi ular selluloza (dag‘al asosiy qismi), kraxmal monosaxaridlar,
kislotalar (sut kislotasi va qahrobo, chumoli kislotalar) lipidlarni fermentativ parchalanishiga
uchratadi va azotli birikmalar kanversiyasida ishtirok etadi [3].

Olimlar takidlashicha, tajribalarda o‘sish bo‘yicha nazorat guruhidan 24,8% 4 oylikka

kelib 20,6% ga kuzatilgan. Qon tarkibidagi eritrositlar miqdori 4 oylikda nazorat guruhiga
nisbatan 17% ga yuqori bo‘lgan [2].

Probiotiklar hayvon organizmida oshqozon ichaklarda ovqat hazm qilish jarayonini

yaxshilash bilan bir qatorda ularni har xil kassaliklardan himoya qilishi isbotlangan [7].

Qo‘ylar uchun maxsus ishlab chiqarilgan yani eksudirlangan yem hamda probiotiklar

qorako‘l qo‘ylariga berilganda qo‘ylarning o‘sish,rivojlanishiga va sovliqlarning sut
mahsuldorligiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan [5, 8, 9].

Tadqiqotning maqsadi.

Qorako‘l qo‘zilari qonining tarkibiy qismi bo‘lgan eritrositlar,

leykositlar, gemoglabin, umumiy oqsil va glyukozaning miqdoriy o‘zgarishiga probiotiklarning
ta’sirini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot uslublari.

Tadqiqotlar Samarqand viloyati Nurobot tumani “Saxoba Ota”

MCHJ da amalga oshirildi. Tajriba va nazorat guruhlari bir xil sharoitda saqlandi va
oziqlantirildi. Tajriba guruhiga “Aktivil-3” probiotigi qo‘llanmaga asosan bir kunda 300 gr/t
miqdorda berildi.

Tajriba uchun 6 oylik erkak qo‘zilardan 3 tadan ajratilib belgilangan tartibda

probirkalarga 5 ml dan qon namunalari olindi. Qon namunalaridan eritrositlar, leykositlar
Goryayev to‘rida, gemoglobin Sally genametrda umumiy oqsil refrektometrda, glyukoza
miqdori Glyukometr kabi zamonaviy uskunalarida, Samarqand veternariya meditsinasi
chorvachilik va biotexnologiyalar universteti “Hayvonlar ichki yuqumsiz kassaliklari” kafedrasi
“Gemotologiya” laboratoriyasida o‘rganildi.

Tajribadan olingan ma’lumotlar variyatsion statistika usullarida qayta ishlandi. Bunda har

bir belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi (Sx), o‘zgaruvchanlik koeffsenti
(Cv) va guruhlar o‘rtasidagi farqning ishonchliligi (P) aniqlandi [10].

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqotda probiotik bilan oziqlantirilgan qo‘zilar qonining shaklli

elementlari hamda tarkibiy qismi o‘rganildi va quyidagi 1-jadvalda bayon qilindi.

1-jadval

Qorako‘l qo‘zilari qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlari, n=3

Izoh:

*P˃0,95

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki “Aktivil-3” probiotogini qo‘shimcha tarzda

iste’mol qilgan qo‘zilarda qon tarkibdagi shaklli elementlar va tarkibiy qismlar bo‘yicha
farqlanishlar kuzatildi. Eritrositlar soni bo‘yicha 0,62 mln/mkl yani 8,4% ga, leykositlar soni
bo‘yicha 0,27 ming/mkl yani 3,1% ga, gemoglobin miqdori bo‘yicha 5,7 g/l ga yani 7,4% ga
ustunlik kuzatildi.

Koʻrsatkichlar

O‘lchov

birliklari

Me’yori

o‘rtacha

Tajriba guruhi

Nazorat guruhi

X±Sx

Cv,%

X±Sx

Cv,%

Eritrosit

Mln/mkl

7,0-12,0

7,98±0,34*

7,39

7,36±0,29

6,9

Leykosit

Ming/mkl

6,0-14,0

8,9±0,5*

9,7

8,63±0,26

5,2

Gemoglobin

g/l

79-119

80±3,97*

8,1

74,3±1,76

4,1

Umimiy oqsil

g/l

65-76

67,6±0,87*

2,24

67,3±2,03

5,2

Glyukoza

Mmol/l

2,22-3,33

1,97±0,16*

14,2

1,96±0,15

7,65


background image

106

Organizmning oʻsish va rivojlanish koʻrsatkichlarining namoyon boʻlishida oqsil

moddalar muhim rol oʻynaydi. Tajribalarda ratsioniga probiotik qoʻshib berilgan qorakoʻl
qoʻylar qoni tarkibidagi umumiy oqsil miqdori bo‘yicha ustunlik qilib, 0,3 g/l ga (0,4%) ga
yuqori boʻlgan.

Organizmdagi polisaxarid va disaxaridlar qonga glukoza shaklida so‘riladi. Glyukoza

qonning doimiy tarkibiy qismi hisoblanib, uning bir xilda saqlanishi hayvon organizming
fiziologik holatini me’yorda bo‘lishini taminlaydi. Tajribadagi va nazorat guruhidagi qoʻylar
qoni tarkibida glukoza miqdori teng (1,96 Mmol/l) boʻlganligi aniqlandi.

Xulosa

qilib aytganda “Aktivil-3” probiotigini istemol qilgan qo‘zilar qoni tarkibdagi

asosiy hayot uchun muhim bo‘lgan biokimyoviy ko‘rsatkichlari nazorat guruhidan yuqori
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin, bu esa probiotiklardan qo‘ychilikda foydalanish yaxshi
samara berishi koʻrsatadi.

Foydalanilgan adabyotlar roʻyxati

1. Alizade Alibala, Yo‘ldashev D Baktavit J va Baktovit probiotigi. Veternariya

meditsinasi .Toshkent 2021-y. №8. 29-32 bet.

2. Афсанасьева А.И, Сарычев В.А. Морфологический састав крови ягнят западно-

сибириской мясной пароды при применени пробиотика Ветом 4,24. Ветернария и
Зоотехния. Вестник Алтайского гасударственного аграрного универстета. №9 98-102 ст

3. Bakirov.B, B.N Xayitov Mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidiozining ertachi tashxisi,

guruhli davolash va oldini olish choralari boyicha tavsiyalar. Toshkent-2022 y. 34 bet.

4. Eshimov D, Roziqulov R.F “Hayvonlar fiziologiyasi” amaliy labaratoriya

mashg‘ulotlari Toshkent “Ilm Ziyo” nashriyoti 2012-y. 159 b.

5. Qozoqov, J., & Xatamov, A. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining

kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y.
№03. 26-28 B.

6. Xasanov M. Hayvonlar biokimyosi. Toshkent. “O‘zbekiston” 1996-y 477 b.
7. Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE

METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

8. Xatamov А., Normuminova M. The effect of "barakat" fertilizer on the growth

indicators of lambs and the milk production of children. ISSN: 2776-0979, In Volume 3, Issue
11 of Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Nov., 2022. РР. 1550-1553

https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NRKCT

9. Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas

Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132.

10. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. – Москва, 1969 г,

256 с.













Библиографические ссылки

Alizade Alibala, Yo‘ldashev D Baktavit J va Baktovit probiotigi. Veternariya meditsinasi .Toshkent 2021-y. №8. 29-32 bet.

Афсанасьева А.И, Сарычев В.А. Морфологический састав крови ягнят западно-сибириской мясной пароды при применени пробиотика Ветом 4,24. Ветернария и Зоотехния. Вестник Алтайского гасударственного аграрного универстета. №9 98-102 ст

Bakirov.B, B.N Xayitov Mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidiozining ertachi tashxisi, guruhli davolash va oldini olish choralari boyicha tavsiyalar. Toshkent-2022 y. 34 bet.

Eshimov D, Roziqulov R.F “Hayvonlar fiziologiyasi” amaliy labaratoriya mashg‘ulotlari Toshkent “Ilm Ziyo” nashriyoti 2012-y. 159 b.

Qozoqov, J., & Xatamov, A. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y. №03. 26-28 B.

Xasanov M. Hayvonlar biokimyosi. Toshkent. “O‘zbekiston” 1996-y 477 b.

Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

Xatamov А., Normuminova M. The effect of "barakat" fertilizer on the growth indicators of lambs and the milk production of children. ISSN: 2776-0979, In Volume 3, Issue 11 of Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Nov., 2022. РР. 1550-1553 https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NRKCT

Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. – Москва, 1969 г, 256 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов