Qo‘ylarning gul ko‘rsatkichlarini o‘rganish

Annotasiya

Maqolada qo‘zilarning gul ko‘rsatgichlari bo‘yicha har xil tipli qo‘zilardan olingan natijalar va  o‘siqgul tipli qo‘zilarda tipga xos dona gullarning aksariyat salmoqni tashkil etishi bilan bir qatorda teri sathida qisqa bo‘lsa ham yassi va yarim doira xamda qovurg‘asimon qalamgullar  bilan birgalikda yol gullarning uchragani yuqorida qayd etilgan

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
88-91
43

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
M.A.Nazarova, M. (2023). Qo‘ylarning gul ko‘rsatkichlarini o‘rganish. Cho’l Chorvachiligi, Ekologiyasi, Yaylov Agrofitosenozlarini Yaratishning Dolzarb Muammolari, 1(1), 88–91. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24954
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada qo‘zilarning gul ko‘rsatgichlari bo‘yicha har xil tipli qo‘zilardan olingan natijalar va  o‘siqgul tipli qo‘zilarda tipga xos dona gullarning aksariyat salmoqni tashkil etishi bilan bir qatorda teri sathida qisqa bo‘lsa ham yassi va yarim doira xamda qovurg‘asimon qalamgullar  bilan birgalikda yol gullarning uchragani yuqorida qayd etilgan


background image

88

яшовчанлигининг паст бўлиши ирсий омилга боғлиқлиги молекуляр генетик даражасида
ўрганган.

Бутунроссия қўй ва эчкичилик илмий-тадқиқот институтининг олимлари

М.И.Селионова, М.М.Aйбазов, Т.В.Мамонтоваларнинг маълумотларига кўра, бир
нуклеотид ўрнини босувчи 50 мингдан ортиқ ДНК майдонларини (SNP, Single Nucleotide
Polymorphisms) ўз ичига олган биочиплардан фойдаланган ҳолда, янги геном-сканерлаш
технологияларини ишлаб чиқиш ҳайвонларнинг наслчилик қийматини эрта ёшда
башорат қилиш имкониятини беради. Бунда, туғилган қўзилар геномининг молекуляр-
генетик таҳлили асосида қўйларнинг насллик қиймати 90% гача башорат қилиш мумкин.
Қўйчиликда геном бўйича баҳолашдан фойдаланиш наслчилик тараққиётини 50% га
ошириши ва сезиларли иқтисодий самара бериши мумкинлиги тахмин қилинади.

Хулоса.

Қоракўл қўйларида молекуляр-генетик тадқиқотларнинг ўтказилиши ва

тадқиқотлар натижасида олинган маълумотлар асосида ишлаб чиқилган генодиагностик
усуллардан геномик селекцияда фойдаланиш наслчилик-селекция ишларининг
аниқлигини ва самарадорлигини оширади.

Фойдаланилган адабиётлар

1. Эрнст Л.К., Зиновьева Н.А. “Биологические проблемы животноводства в ХХI

веке”, Москва-2008.

2. Селионова М.И., Айбазов М.М., Мамонтова Т.В. “Перспективы использования

геномных технологий в селекции овец” 2014, ФГБНУ ВНИИОК (Россия).

3. Malesa, Masoko Tshenakaho. Population genetics of Swakara sheep inferred using

genome-wide SNP genotyping (2015).

4. Shahram Nanekarani, Cyrus Amirinia and Nour Amirmozafari. “Genetic analysis of

Karakul sheep breed using microsatellite markers”Shahram Nanekarani, Cyrus Amirinia and
Nour Amirmozafari. Iran. African Journal of Microbiology Research Vol. 5(6) pp. 703-707, 18
March, 2011.

5. Tuxtamishev M., Hakimov O‘.N. “Qorako‘l qo‘ylari bionamunalaridan DNK ajratib

olish usullari”. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali №01 2023 y.

UOʻK:636.31

Qo‘ylarning gul ko‘rsatkichlarini o‘rganish

M.A.Nazarova-

q.x.f.f.d.(PhD), katta o‘qituvchi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya. Maqolada qo‘zilarning gul ko‘rsatgichlari bo‘yicha har xil tipli qo‘zilardan

olingan natijalar va o‘siqgul tipli qo‘zilarda tipga xos dona gullarning aksariyat salmoqni
tashkil etishi bilan bir qatorda teri sathida qisqa bo‘lsa ham yassi va yarim doira xamda
qovurg‘asimon qalamgullar bilan birgalikda yol gullarning uchragani yuqorida qayd etilgan.

Kalit so‘zlar: yarim doira, yassi, qovurg‘asimon, o‘siq gul, barra, qo‘zilar

Annotation. In the article, the results obtained from different types of lambs according to

the flower indicators of lambs and the fact that the type-specific flowers make up the majority of
the weight in osikgul type lambs, as well as being short at the skin level, flat and half It has
been mentioned above that the yellow flowers are found together with the circle and rib-shaped
flowers

Key words: semicircular, flat, ribbed, hedge flower, barra, lambs

Kirish.

Bugungi kunda mamlakatimizda qorako‘lchilik tarmog‘i korxonalarini

modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash,
o‘zbek qorako‘li brendini yaratish va dunyo miqyosida targ‘ib qilish, sohaning investitsiyaviy


background image

89

jozibadorligini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga,

mayda shoxli nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek, ularni so‘yish, teri va junini qayta
ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish
korxonalarini tashkil qilish, tarmoqqa rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini va innovatsion
texnologiyalarni joriy etish, suv bilan ta’minlanmagan yaylovlarda yangi suv inshootlarini
qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida bir qator tizimli muammolar saqlanib
qolmoqda.

Shuningdek, mavjud yaylovlar hosildorligini oshirish, urug‘chilik maydonlarini

kengaytirish, naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, sohada eksportbop qorako‘l va
qorako‘lcha teri yetishtirish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, qorako‘lchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlash, yaylovlardan samarali foydalanish va yaylovlardan foydalanishda soliq
imtiyozlarini qo‘llash, urug‘chilik ishini yo‘lga qo’yish, naslchilik ishlarini takomillashtirishda
subsidiya berish tartibini qo‘llash hamda sohaning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash
maqsadida bir qancha ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Qo‘ylarni seleksiyalash o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlanib, gul tiplarining naslga

berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar M.N.Dyachkov (1960) tomonidan keltirilgan. Ushbu
muallifning ma’lumotlarida jaket va boshqa tipli qo‘ylarni juftlash natijalari keltirilib, ularni
tiplar bo‘yicha urchitish imkoniyatlari, turli tipli qo‘ylarning maqsadga muvofiq tomonlari va
kamchiliklari baholangan.

Tadqiqot natijalari.

Olib borilgan tadqiqotlarimizda sur rangli yassi tipli qo‘ylarning gul

tipi bo‘yicha irsiyatini o‘rganish yo‘nalishida izlanishlar olib borilib, ma’lumotlar 1- jadvalda
umumlashtirilgan.

1-jadval

Juftlash variantlari bo‘yicha avlodlarning gul tiplariga taqsimlanishi

Juftlash varianti

n

Avlodlarning gul tiplari, % (X̅±Sx

̅ )

yassi

Yarim doira

qalamgul

Qovurg‘a

simon

O‘siqgul

Yassi x Yassi

125 53,4±4,47 18,2±3,42

x)

22,5±3,72

x)

7,2±1,87

x)

Yassi x Yarim doira qalamgul 120 42,4±4,57 27,8±4,12

x)

16,1±3,42

x)

13,7±3,07

x)

Yassi x Qovurg‘asimon

85 37,6±5,25 24,1±5,41

x)

35,1±5,12

x)

3,6±12,07

x)

Yassi x O‘siqgul

50 31,0±6,0

45,0±4,0

6,0±2,0

17,1±6,2

X-P<0,05; X) - P<0,001

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yassi tipli qo‘chqorlardan foydalanib qo‘ylarni

urchitish ishlarini olib borish avlodlarda ushbu tipga mansub qo‘zilar salmog‘ini ko‘paytiradi.
Bunday avlodlar chiqimi “yassi x yassi” juftlash variantida eng yuqori bo‘lib (53,4±4,47%),
qolgan variantlarda mutanosib ravishda 42,4±4,57 va 37,6±5,25 foizni tashkil etadi. Yarim
doira qalamgul va qovurg‘asimon tipli qo‘zilar chiqimi juftlashda qaysi tipli qo‘ylarning
ishtirok etishi bilan bog‘liq holda o‘zgaradi. Yarim doira qalamgul tipli qo‘ylar qatnashganda
yarim doira qalamgul tipli (27,8±4,12), qovurg‘asimon tipli qo‘ylar qatnashganda shu tipli
(35,1±5,12) qo‘zilar salmog‘ining ma’lum darajada ko‘payishi kuzatiladi.

Olingan ma’lumotlarlarni keltirish barobarida ta’kidlash lozimki, yassi tipli

qo‘chqorlardan foydalanish asosida urchitish barcha holatlarda, shu tipli avlodlar chiqimining
statistik ishonchli (P<0,05; 0,001) ravishda yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

Ma’lumki, qorako‘l qo‘ylarining tug‘ilganda baholangan gul ko‘rsatkichlarining naslga

berilishi poligen xarakterga ega bo‘lib, ularning naslga berilishi genotipik omillar bilan bir
qatorda tashqi muhitning hisobga olinishi qiyin bo‘lgan ta’siriga ham ma’lum darajada bog‘liq.
Qorako‘l qo‘ylarini urchitishda ko‘p bora gomogen juftlash usulini qo‘llash ham avlodlarda
belgilar namoyon bo‘lishini ma’lum darajada ko‘paytirishi mumkin, lekin maksimal darajaga
yetkazmaydi, ular orasida har bir belgi bo‘yicha turlicha taqsimlanish holati kuzatiladi.


background image

90

Gullarning uzunligi.

Qorako‘l qo‘ylari seleksiyasida gullarning uzunligi muhim o‘rin

tutuvchi belgi bo‘lib, uning uzun bo‘lishi qorako‘l terining chiroyli va rasmining aniq bo‘lishini
ta’minlaydi. Ko‘pchilik tadqiqotlarda aniqlanganki, qovurg‘asimon va yassi gul tiplariga
mansub qo‘zilar uzun gullar bilan xarakterlanadi. Shu nuqtai nazardan ushbu tipdagi qo‘ylardan
seleksiya jarayonida foydalanish samarali hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, teri sathidagi gullarning bir xil tipli bo‘lishi olinadigan avlodlarda

gullarning uzun bo‘lishiga olib keladi.

Tadqiqotlarda yassi tipli qo‘ylarni urchitish sharoitida avlodlarning gul uzunligi bo‘yicha

taqsimlanish darajalari o‘rganildi (2-jadval).

2-jadval

Avlodlarning gul uzunligi bo‘yicha taqsimlanishi

Juftlash varianti

n

Avlodlarning gul uzunligi bo‘yicha taqsimlanishi,

% (X̅±Sx

̅ )

uzun

o‘rta

kalta

Yassi x Yassi

125

52,7±4,51

35,4±4,34

x

9,7±2,67

x)

Yassi x Yarim doira
qalamgul

120

41,6±4,54

44,2±4,58

14,4±3,22

x)

Yassi x Qovurg‘asimon

85

57,2±5,32

34,4±5,11

x

9,3±3,12

x)

Yassi x O‘siqgul

50

12,2±6,1

66,0±6,1

23,0±4,2

Natijalar umumlashtirilgan 2-jadval ma’lumotlari ilgari bajarilgan tadqiqotlarning

natijalarini tasdiqlaydiki, yassi tipli qo‘ylardan urchitish jarayonida foydalanish uzun gulli
qo‘zilar salmog‘ining ortishiga olib keladi.

Urchitish jarayonida juftlangan qo‘ylarning gul tipiga bog‘liq holda yassi tipli

qo‘chqorlardan foydalanish avlodlarda uzun gulli qo‘zilar salmog‘ini 41,6-57,2 foizgacha
yetkazish, kalta gulli qo‘zilar salmog‘ini 9,3-9,7 foizgacha kamaytirish imkonini berishi
aniqlandi, o‘rta uzunlikdagi qo‘zilar salmog‘i esa 34,4-41,6 foiz darajasida qayd etildi.

Olib borilgan tadqiqot natijalaridan ko‘rish mumkinki, barcha holatlarda yassi tipli

qo‘ylardan foydalanish uzun gulli avlodlar chiqimi bo‘yicha kalta gulli avlodlar chiqimi
ko‘rsatkichidan statistik (R<0,001) ishonchli ravishda yuqori natija olishni ta’minlaydiki, ushbu
holatdan seleksiya jarayonida foydalanish samarali hisoblanadi.

Gullarning kengligi (eni).

Muhim seleksion ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich bo‘lib,

zotdorlikni belgilovchi belgilar qatoriga kiradi. Uning kattaligi teri sathidagi gullarning tip va
shakllariga bog‘liq holda sezilarli o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladi. Yarim doira qalamgullar va
dona gullar asosan o‘rta o‘lchamga, qisman mayda va katta o‘lchamga, yassi hamda
qovurg‘asimon qalam gullar va yolgullar o‘rta va katta o‘lchamga egaligi bilan xarakterlanadi.

Qorako‘l gullari sur rangli qo‘zilarda kengligi bo‘yicha 3 guruhga– mayda (5 mm gacha),

o‘rta (5-9 mm) va katta (9 mm dan yuqori) gullarga ajratiladi.

Seleksion ahamiyati jihatidan o‘rta kenglikdagi gullar qimmatli hisoblanadi. Ushbu

kenglik diapazoniga ega qo‘ylarning seleksion, qorako‘l terilarining tovarlik xususiyati yuqori
baholanadi.

Ushbu xususiyatga ko‘p asrlar davomida olib borilgan seleksiya va maqsadli urchitish

ishlari uning qo‘ylarda irsiy mustahkamlanishiga olib kelgan. Shu bilan bir qatorda kuzatildiki,
“yassi x yassi” va “yassi x qovurg‘asimon” juftlash variantlarida qo‘zilarning sezilarsiz qismi
(2,3-2,4%) mayda, sezilarli qismi (19,5-21,8%) esa katta gullarga ega bo‘lishi qayd etildi.

Urchitish jarayonida yarim doira qalam gul tipidagi qo‘ylarning ishtirok etishi mayda gulli

qo‘zilar salmog‘ining ikki baravar, o‘rta gulli qo‘zilar salmog‘ining ma’lum darajada (1,4-
3,7%) ko‘payishiga, katta gulli qo‘zilar salmog‘ining 4,2-5,5 foizga kamayishiga olib kelishi
aniqlandi.

Xulosa.

Ushbu holatda o‘siqgul tipli qo‘zilarda tipga xos dona gullarning aksariyat

salmoqni (39,6-43,1%) tashkil etishi bilan bir qatorda teri sathida qisqa bo‘lsa ham 5,9-11,7 foiz


background image

91

yassi, 15,1-31,6% yarim doira, 12,5 foiz qovurg‘asimon qalamgullar hamda 8,3 foiz yol
gullarning uchragani yuqorida qayd etilgan fikrni tasdiqlaydi. Umuman olganda sur rangli
qo‘ylarni urchitishda yassi tipli genotiplardan foydalanish olinadigan avlodlarda gullarning sifat
ko‘rsatkichlarini ma’lum va sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi degan muhim
xulosaga kelish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni

rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish
borasida qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PK-842 sonli qarori. Toshkent. 2008 yil 21 aprel.

2. Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-4984 sonli qarori. Toshkent.
09.02.2021 yil

3. «CHorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-

tadbirlar

to‘g‘risida»

gi

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

PQ-2841sonli

qarori.Toshkent. 2017 yil 16 mart.

4. «Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining PQ-3603sonli qarori. Toshkent. 2018 yil 14 mart.

5. «Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4420 sonli qarori. Toshkent. 2019 yil 16 avgust

6. Базаров С. Олимов А., Юсупов С. Особенности проявления расцветок окраски

сур в потомстве линейных баранов–производителей. Материалы международной научно–
практической

конференции

«Селекционно–технологические

аспекты

развития

продуктивного верблюдоводства, каракулеводства и аридного кормопроизводства в
Казахстане». Шымкент. 2012.с.54-57

7. Газиев А.Фазилов У.Т., Ҳакимов Ў.Н., Болтаев А., Маматов Б.С. Қоракўл

қўйларини самарали селекциялаш. //Рисола, Самарқанд, 2015, 34 бет.

8. Газиев А., Фазилов У.Т., Юсупов С.Ю., Маматов Б.С. Наследуемость и

изменчивость смушковых признаков каракульских овец. //Матер. Междунар. науч.-прак.
конф. «Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические
аспекты рационального природопользования». Прикаспийский НИИ аридного
земледелия, 29.02.2016, село Солёное Займище, Астрахань. с. 3357-3362








Bibliografik manbalar

Shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-842 sonli qarori. Toshkent. 2008 yil 21 aprel.

Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-4984 sonli qarori. Toshkent. 09.02.2021 yil

«CHorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2841sonli qarori.Toshkent. 2017 yil 16 mart.

«Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3603sonli qarori. Toshkent. 2018 yil 14 mart.

«Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4420 sonli qarori. Toshkent. 2019 yil 16 avgust

Базаров С. Олимов А., Юсупов С. Особенности проявления расцветок окраски сур в потомстве линейных баранов–производителей. Материалы международной научно–практической конференции «Селекционно–технологические аспекты развития продуктивного верблюдоводства, каракулеводства и аридного кормопроизводства в Казахстане». Шымкент. 2012.с.54-57

Газиев А.Фазилов У.Т., Ҳакимов Ў.Н., Болтаев А., Маматов Б.С. Қоракўл қўйларини самарали селекциялаш. //Рисола, Самарқанд, 2015, 34 бет.

Газиев А., Фазилов У.Т., Юсупов С.Ю., Маматов Б.С. Наследуемость и изменчивость смушковых признаков каракульских овец. //Матер. Междунар. науч.-прак. конф. «Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования». Прикаспийский НИИ аридного земледелия, 29.02.2016, село Солёное Займище, Астрахань. с. 3357-3362