Улучшение архитектурно-ландшафтной организации центров южных городов Узбекистана

  • Ташкентский архитектурно-строительный университет
  • Ташкентский архитектурно-строительный университет
CC BY f
510-513
0
0
Поделиться
Камилова, Х., & Джахонова, С. (2024). Улучшение архитектурно-ландшафтной организации центров южных городов Узбекистана. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 510–513. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/28011
Х Камилова, Ташкентский архитектурно-строительный университет
Доцент
С Джахонова, Ташкентский архитектурно-строительный университет
магистр
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье упоминается, что улучшение архитектурно-ландшафтной организации центров южных городов Узбекистана, улучшение экологической среды за счет дальнейшего озеленения регионов является одной из актуальных задач. Также известно то, что климат южных городов резко континентальный, поэтому в этой местности можно наблюдать как суровую зиму, так и знойное лето. По этой причине предоставлена информация о целесообразности строительства на основе инновационных проектов в организации архитектурного и ландшафтного дизайна, а также показ путей эффективной ландшафтной организации регионов путем взаимной гармонизации городской архитектуры, ландшафтной архитектуры и дизайна.

Похожие статьи


background image

единой социальной, производственной, инженерной, транспортной и другой
инфраструктуры системы расселения и перспективное развитие культурно-бытовых и
рекреационных связей в пределах сферы влияния населенного пункта как центра системы
расселения.

СПИСОК ИСПОЛЬЗУЕМОЙ ЛИТЕРАТУРЫ:

1.

Постановлением Кабинета Министров от 3.06.2014 года № 140 "Об утверждении положения о порядке
разработки, согласования и утверждения документации о планировании развития территории и частей
территории республики Узбекистан"

2.

Постановление Президента Республики Узбекистан, от 18.09.2021 г. № ПП-5246

«О мерах по реализации

проекта «Устойчивое развитие сельской местности» с участием Исламского банка развития и фонда опек
по международному развитию»

3.

Проект «Развитие сельской инфраструктуры» Министерства экономического развития и сокращения
бедности Республики Узбекистан. Ташкент 5 ноября 2020 года.

4.

Градостроительный Кодекс Республики Узбекистан новая редакция от 23.05.2021 года

5.

Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан, от 30.05.2023 г. № 222 «

Об утверждении

положения о правительственной комиссии по рассмотрению вопросов изменения категорий земель
сельскохозяйственного назначения и земель лесного фонда

».


O‘ZBEKISTONNING JANUBIY SHAXARLARI MARKAZLARINI MEʼMORIY-

LANDSHAFT TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Dotsent KAMILOVA X.X., magistrant JAHONOVA S.G‘.

Toshkent Arxitektura-Qurilish universiteti, “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekistonning janubiy shaharlari markazlarini meʼmoriy-landshaft

tashkil etishni takomillashtirish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish orqali ekologik muhitni yaxshilash dolzarb
muammolardan biri ekanligi haqida so‘z borgan. Ma‘lumki, janubiy shaharlar iqlimi keskin kontinental bo‘lganligi
sabab qishning qahratonini ham, yozning jaziramasini ham ushbu hududda kuzatish mumkin. Shu sababdan
meʼmoriy-landshaftini tashkil etishda innovatsion loyihalar asosida barpo qilish maqsadga muvofiqligi hamda shahar
me‘morchiligi, landshaft arxitekturasi va dizaynini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali hududlarni samarali landshaft
tashkillashtirish yo‘llarini ko‘rsatib berish dolzarb ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida ma‘lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

energiya tejamkor, estetik, ekspluatatsion, innavatsion yondashuv, keskin continental optimal

daraja, ko‘kalamzorlashtirish.

Аннотация.

В данной статье упоминается, что улучшение архитектурно-ландшафтной организации

центров южных городов Узбекистана, улучшение экологической среды за счет дальнейшего озеленения
регионов является одной из актуальных задач. Также известно то, что климат южных городов резко
континентальный, поэтому в этой местности можно наблюдать как суровую зиму, так и знойное лето. По
этой причине предоставлена информация о целесообразности строительства на основе инновационных
проектов в организации архитектурного и ландшафтного дизайна, а также показ путей эффективной
ландшафтной организации регионов путем взаимной гармонизации городской архитектуры, ландшафтной
архитектуры и дизайна.

Ключевые слова:

энергоэффективный, эстетический, эксплуататорский, инновационный подход,

резко континентальный оптимальный уровень, озеленение.

Abstract.

This article talks about one of the problems of ensuring the architecture-landscape structure of the

southern urban centers of Uzbekistan, further greening and improvement of the ecological environment. It is known
that the climate of the southern cities is strongly continental, so it is possible to observe both the harshness of winter
and the heat of summer in this area. For this reason, information was provided on the feasibility of building on the
basis of innovative projects in the organization of architectural landscape and the relevance of showing the ways of
effective landscape organization in the regions by combining urban architecture, landscape architecture and design.

Key words:

energy efficient, aesthetic, exploitative, innovative approach, sharp continental optimal level,

greening

Kirish

. Bugungi kunga kelib shaharsozlikda ekologik muammolar ko‘payib bormoqda va

buni muvozanatini ta‘minlovchi landshaft arxitekturasini yanada rivojlantirish, asrlar mobaynida
to‘plangan boy merosdan oqilona foydalangan holda, zamonaviy usullarni tadbiq etish, janubiy
shaharlar me‘morchiligi va landshaft arxitekturasi o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali hududlarda


background image

ko‘kalamzor maydonlarni shakllantirish va mavjudlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb
etmoqda.

Barcha sohaning rivojlanishi va shakllanishi shu sohaning qanchalik keng tadqiq

etilishiga ham bog‘liq. Bugungi kunda O‘zbekistonning janubiy shaxarlari markazlarini
meʼmoriy-landshaft tashkil etishni takomillashtirishga qaratilayotgan e‘tibor natijasida sohada
bo‘layotgan o‘zgarishlarni e‘tirof etish lozim. Shuningdek, bu kabi o‘zgarishlarni ilmiy jihatdan
tahlil etish sohaning keyingi rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash hamda, yangiliklar yaratish
uchun xizmat qiladi.

Asosiy qism

. O‘zbekistonning janubiy shaxarlari markazlarida kelgusidagi zamonaviy

turar-joy binolarini meʼmoriy-landshaftga chambarchas bog‘langan holda, innovatsion loyihalar
asosida qurish rejalashtirilmoqda. Janubiy shaxarlarda zamonaviy turar-joy muhitini
shakllantirishda, turar-joy majmualarida mazmunli hayot kechirish uchun energiya tejamkor
uylar va zamonaviy landshaft loyihalari ishlab chiqilmoqda. Loyihalash kompaniyalari energiya
tejamkor zamonaviy uy-joylar loyihalashda innovatsion yondashuvlarni samarali tatbiq
etishmoqda. Aholi yashash joylarining o‘sishi, rivojlanishi bilan birga ular tuzilishini
shakllantirish tamoyillari ham rivojlanadi. Shaharlarni loyihalashda tabiiy sharoitlar, uy-joy
fondi, transport va muhandislik infratuzilmasi holati, shaharning ekologik holati hisobga olinib,
buning natijasida rejalashtirishni tashkil etishda

quyidagi asosiy tamoyillar belgilandi:

mavjud binolarni maksimal darajada saqlash;

funktsional rayonlashtirishni optimallashtirish;

oldingi rejalashtirish ishlari tahlili va soʻnggi oʻn yillikda shaharni rivojlantirishni hisobga

olgan holda shaharni rivojlantirishning maqbul yoʻnalishini tanlash;

shaharning barcha qismlari o'rtasida qulay transport va piyodalar qatnovini ta'minlash;

aholiga me‘yoriy madaniy-maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish;

shaharni ko'kalamzorlashtirishning yagona tizimini yaratish;

tashqi va ichki munosabatlarning oqilona qarori va o'zaro ta'siri;


background image

umumiy ekologik vaziyatni yaxshilash;

shaharning rejalashtirish tuzilmasini taxminiy muddatdan tashqari dinamik rivojlantirish

uchun shart-sharoitlarini ta’minlash;

Zamonaviy qurilish sohasining ustuvor jihatlardan biri energiya tejamkor, zilzilabardosh

mustahkam uylarni bunyod etishdir. Energiya tejamkor uylarni qurish, kelajakda aholining issiqlik
va elektr energiyasini tejash hamda iste‘mol xarajatlarini kamaytirishni ta‘minlaydi. Energiya
tejamkor uylar issiq suv va uy isitish xarajatlarini pasaytiradi, shu orqali ekologik muammolar
kelib chiqish ehtimolini kamaytiradi va ekologiya sifat darajasini oshishiga xizmat qiladi.
Keng ko‘lamli turar joy majmuasi qurilish jarayonida energiya samaradorligini ta‘minlash
bo‘yicha kompleks yondashuv ishlab chiqilgan. Bilamizki O‘zbekistonning janubiy shaxarlari
keskin kontinental iqlim sharoitiga ega hudud hisonlanib, qahraton qish ham yozning jazirama
issig‘i ham ushbu hududda bo‘ladi. Shu sababdan, qurilish vaqtida yuqori darajadagi shovqin va
issiqlik izolyasiyasi xususiyatlariga ega bo‘lgan bazalt tolasidan foydalanish orqali, ishonchli
izolyasiya qatlami sabab, binolarida optimal harorat rejimiga erishiladi. Bu jarayon qishda ichki
issiqlikni saqlab turishga xizmat qiladi, yozda esa yuqori haroratdan himoya qiladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy turar-joy muhitini shakllantirish va landshaft

arxitekturasini takomillashtirishda ko‘pchilik qurilish kompaniyalari panorama oynalar,
zamonaviy arxitekturaning urfga aylanayotgan elementlaridan foydalanmoqda. Ular nafaqat
yuqori estetik parametrlarga, balki energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Energiya tejamkor maxsus ikki qavatli oynalardan foydalanish, energiya yo‘qotilishi darajasini
10% gacha kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari ikki qavatli oynalar xonaga ko‘proq quyosh
nuri tushish imkoniyatini beradi, shu bilan birga issiq harorat uzoq vaqt xonani tark etmasligini
ta‘minlab beradi.

Zamonaviy turar-joy muhitida meʼmoriy-landshaftni takomillashtirish orqali o‘zgacha

muhit yaratiladi, bunda zamonaviy landshaft elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Landshaftni takomillashtirish orqali hudud o‘zgacha chiroyga ega bo‘ladi, shuningdek
ekologik muhit yaxshilanishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Turar-joy hududini obodonlashtirish


background image

va ko‘kalamzorlashtirishda bolalar maydonchalari, park maydonchlari, dam olish zonalari yaratish
va lanshaft arxitekturasiga kata e‘tibor qaratish lozim.

Zamonaviy turar-joy majmualarida siz chang va loy ko‘chalarni ko‘rmaysiz, ko‘cha

shovqinini, avtomobil signallarini eshitmaysiz, hatto yomg‘ir tovushlari ham mavjud bo‘lmaydi.
Chunki zamonaviy turar-joy muhitida aholining tinch hayot kechirishi uchun barcha shart-
sharoitlar mujassamlashtirilgan bo‘ladi.

Xulosa

qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonning janubiy shaxarlari markazlarini

meʼmoriy-landshaft tashkil etishni takomillashtirish, uy-joylardagi energiyani tejamkorlikni,
yuqori ekologik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega ishonchli va uzoq muddatli tizimli
yondashuvni va turar-joy majmualarida barcha shart sharoitlarni yaratishni tatbiq etadi. Bu kabi
innavatsion landshaft va turar-joy majmualari majmualari va undagi har bir xonadon yuqori
iqtisodiy samaradorlikni ta‘minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –
T.: ―O‘zbekiston‖ NMIU, 2017. – 488 b.
2. Uralov A.S., Raximov A, Saidova B. A. Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari. -
Samarqand, 2005.
3. Qayimov A.Q., Turok Dj. ―Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish‖. Toshkent -2012
4. Isamuxammedova D., Adilova L. «Landshaft arxitekturasi». «Fan va texnologiya» nashriyoti.
Toshkent - 2010
5. Uralov A.S. Me‘moriy shakllarni uyg‘unlashtirish va bezash. - Samarqand, 2003.
6. Adilova L.A. Landshaft arxitekturasi. O‘quv qo‘llanma.-T., 2000.

ZAMONAVIY SHAHARSOZLIKDA OCHIQ JAMOAT AVTONOMIYASINI

SHAKLLANTIRISHI.

v.v.b. dotsent SEREYEVA GULJAZIRA ADILBOYEVNA., assistent

ORIPOVA SARVINOZ ABDUQAXXAROVNA

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy shaharsozlikda ochiq jamoat maydonlarini shakllantirish yo’llari

va bosqichlar to’g’risida so’z yuritilgan. Bundan tashqari ochiq jamoat muhitining hayotimizda qay darajada roll
mavjud ekanligini ham ko’rishimiz mumkin.

Kalit so’zlari:

zamonaviy, avtonomiya, jamoat, rejalashtirish, psixologik, aholi, shaharsozlik, maydon.

Ma’lumki, zamonaviy shaharsozlik aholining barqaror rivojlanishi, sifatli hayoti va

farovonligini ta'minlash maqsadida shahar va shahar hududlarini rivojlantirish va boshqarish
jarayoni. U shahar muhitini tahlil qilish, jamiyatning ehtiyojlari va ustuvorliklarini aniqlash, er va
infratuzilmadan foydalanishni rejalashtirish, uy-joy va ijtimoiy ta'minotni tashkil etish, transport
tarmog'ini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniy merosni saqlash kabi keng
ko'lamli tadbirlarni o'z ichiga oladi. Zamonaviy shaharsozlik samarali, qulay, ekologik barqaror
va ijtimoiy jihatdan adolatli shaharlarni yaratishga intiladi. U iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy
adolat, ekologik barqarorlik, madaniy xilma-xillik va hududning o'ziga xosligi kabi turli jihatlarni
hisobga oladi. Shaharni rejalashtirishning zamonaviy yondashuvlariga smart city shahar aholisi
hayotini yaxshilash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan "aqlli
shahar" (smart city)cities va odamlarning manfaatlari va ehtiyojlarini o'z rivojlanishining
markaziga qo'yadigan "odamlar uchun shaharlar" (odamlar uchun shaharlar) tushunchalari kiradi.
Zamonaviy shaharsozlikning muhim jihatlari aholining qaror qabul qilish jarayonida ishtirok
etishi, turli manfaatdor tomonlarning fikrlarini hisobga olish, innovatsion echimlar va
texnologiyalardan foydalanish, resurslardan barqaror foydalanish va atrof-muhitni muhofaza
qilishdir. Umuman olganda, zamonaviy shaharsozlik o'z aholisi yashashi va rivojlanishi uchun
qulay, qulay va barqaror shaharlarni yaratishga intiladi.

Zamonaviy shaharsozlikda ochiq jamoat avtonomiyasini shakllantirish bir necha

bosqichlardan o'tadi.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: ―O‘zbekiston‖ NMIU, 2017. – 488 b.

Uralov A.S., Raximov A, Saidova B. A. Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari. - Samarqand, 2005.

Qayimov A.Q., Turok Dj. ―Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish‖. Toshkent -2012

Isamuxammedova D., Adilova L. «Landshaft arxitekturasi». «Fan va texnologiya» nashriyoti. Toshkent - 2010

Uralov A.S. Me‘moriy shakllarni uyg‘unlashtirish va bezash. - Samarqand, 2003.

Adilova L.A. Landshaft arxitekturasi. O‘quv qo‘llanma.-T., 2000.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов