Разработка предложений по защите дорожных покрытий улиц города от влаги

  • Ташкентский архитектурно-строительный университет
  • Ташкентский архитектурно-строительный университет
  • Ташкентский архитектурно-строительный университет
CC BY f
84-90
8
2
Поделиться
Абдихалилов, Ф., Косимов, З., & Оразбаева, Н. (2023). Разработка предложений по защите дорожных покрытий улиц города от влаги. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 84–90. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27245
Ф Абдихалилов, Ташкентский архитектурно-строительный университет
доцент
З Косимов, Ташкентский архитектурно-строительный университет
асистент
Н Оразбаева, Ташкентский архитектурно-строительный университет
асистент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье освещены новые технологии и материалы, прошедшие мировой опыт и в настоящее время испытывающие себя для восстановления коэффициента водопоглощения дорожного покрытия.

Похожие статьи


background image

SHAHAR KO‘CHA-YO‘LLARINING YO‘L QOPLAMALARINI NAMLIKDAN

HIMOYALASH BO‘YICHA TAKLIFLAR ISHLAB CHIQISH.

Dots. ABDIXALILOV F.A., assistent QOSIMOV Z.X., assistent ORAZBAYEVA N.M.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Аннотация.

Мазкур мақолада yo`l qoplamasining suv shimuvchanlik koeffitsiyentini qayta tiklash bo`yicha

jahon tajribasidan o`tkan va hozirgi kunda sinovdan o`tkazilayotgan yangi texnologiya va materiallar yoritib berilgan.

Аннотация:

В данной статье освещены новые технологии и материалы, прошедшие мировой опыт и в

настоящее время испытывающие себя для восстановления коэффициента водопоглощения дорожного
покрытия.

Abstract:

This article describes new technologies and materials that have passed the world experience and are

currently being tested to restore the water absorption coefficient of the road surface.

Калит сўзлар:

йўл қопламаси, йўл қопламасининг сув шимувчанлиги, йўл қопламасининг бўйлама

узунлиги, silkouting, asfaltbeton

Клюchевые слова:

дорожное покрытие, водопоглощение дорожного покрытия, продольная длина

дорожного покрытия, силкированное покрытие, асфальтобетон

Keywords:

road surface, water absorption of road surface, longitudinal length of road surface, silcoating,

asphalt concrete

Shahar ko‘cha-yo‘llarining texnik diagnostika qilish davrida shunday xulosaga keldikki yo‘l

qoplamasiga eng katta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bu suvdir. Asfaltbeton qoplamaning
doimiy ravishda katta bosim va o‘zgaruvchan xarorat ostida ishlashi qoplamaning fizik charchashiga
olib keladi. Qoplamaning fizik charchashi qoplama tarkibidagi bitumning elastiklik xususiyatini
yo‘qotishi va o‘z fizik xossasini (suyuq xolatdan qattiq xolatga) o‘zgartishi kabi o‘zgarishlar bilan
tavsiflash mumkun.

Qoplamaning ustki qatlami (ishchi qatlam) yemirilishi oqibatida suv shimuvchanligi ancha

katta bo‘lgan o‘rta qatlam va poydevorga tashqi sizot suvlarining yetib borishiga xizmat qiladi. Bu
esa o‘z o‘rnida qoplamada katta darzlar va yoriqlar xosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

1-rasm. Yo‘l qoplamasining qatlamlari ko‘ndalang kesimi ko‘rinishida


Yo‘l qoplamasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar keskin o‘zgaruvchan va sezilarli ta’sir xajmi

doimiy bo‘lmaganligi tufayli ularni bartaraf etish, oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar keskin, tezkor
va barcha salbiy ta’sirlarga nisbatan universal bo‘lishi zarur.

Yo‘l qoplamasining ilashish va suv shimuvchanlik ko‘rsatkichlarini ekspluatatsiya davrida

boshlang‘ich qiymatlarini yo‘qotishi qoplamaga qo‘yiluvchi xavfsizlik va umirboqiylik xossalarining
yo‘qolishiga olib keladi. Yo‘l qoplamasining barcha qatlamlari ko‘ndalang kesm ko‘rinishida 1-
rasimda keltirilgan.

Yo‘l qoplamasining ustki ishchi qatlamining barcha ko‘rsatkichlarini qayta tiklash uchun jaxon

tajribasida keng qo‘llaniluvchi sinalgan uslub mavju. Bu SILKOUTING bo‘lib uni yana suyuq asfalt

Асфальт беток қопламанинг ишчи қатлами (5см)

Асфальт беток қопламанинг оралиқ қатлами (7см)

Асфальт беток қопламанинг остки қатлами (20см)

Тупроқли асос, йўлнинг пастки қатлам

Й

ўл

қ

опл

ам

ас

и,

қ

ат

ти

қ

қа

тл

ам

Қоплама пойига ётқизилувчи қатлам (20см)

Тупроқ асоснинг устки қатлами (30см)


background image

deb xam yuritishadi.

Silkouting - bu qoplamaning me’yoriy texnik holatini saqlash va asfaltni saqlashga qaratilgan

profilaktika va texnik tadbirlarning butun majmuasidir. Bu ta’mirlashdan ko‘ra ancha arzon, chunki
hatto yo‘l qoplamalari va yo‘laklarning xizmat qilish muddatini minimal darajada uzaytirish ham
yiliga millionlab pul mablag‘larini tejash imkonini beradi. Silkoutinglash (suyuq asfalt surish)
jarayoni primitiv ishlov berish va texnika yordamida ishlov berish 2-3 rasimlarda keltirilgan.

2-rasm. Silkoutinglash jarayoni primitiv ishlov berish

3-rasm. Silkoutinglash jarayoni texnika yordamida ishlov berish

Silkouting - asfaltbeton xususiyatlarini tiklaydigan maxsus kompozitsion material hisoblanadi.

Asfalt emulsiyasi, akril polimer yoki ko‘mir qatroniga asoslangan bo‘lishi mumkin, shuning uchun
har bir muayyan vaziyatda foydalanish uchun to‘g‘ri turni tanlash muhimdir.

Asfaltbeton qoplamasini silkoutinglash afzalliklari:
• asfaltbetonning asl xususiyatlarini tiklash va xizmat muddatini qariyb uch barobarga oshirish;
• qoplama sirtini yopish va yoriqlarni himoya qilish;
• yo‘l sirtini agressiv muhit, ultrabinafsha, bitum, moylardan himoya qilish;
• qoplamaning oleofobligi va hidrofobikligi oshishi;
• sirtning yo‘q qilinishi va oksidlanishining oldini olish;
• kimyoviy moddalar va tuz ta’siridan himoya qilish;

• asfaltning sovuqqa chidamliligi, suvga chidamliligi va mustahkamligini oshirish;

• jamoat joylarida, ayniqsa qishda, tutqichni oshirish, jarohatlarning oldini olish va harakat

xavfsizligini oshirish;

• issiqlik kengayish jarayonida sirtning harakatchanligi va plastikligini saqlash;


background image

• suv to‘planishi va ko‘lmak paydo bo‘lishining oldini olish, yomg‘irdan keyin asfaltning tezroq

qurib ketishi;

• har qanday mexanik tozalashga chidamliligini oshirish;
• yangi va yeski yuzalarda ham ishlarni bajarish imkoniyati;
• Silkouting qoplamasining yuqori mahsuldorligi va qo‘llanilgandan keyin tez quritish vaqti

transportda kechikish muammolarini kamaytiradi;

• qoplamaning asl xususiyatlarini tiklash;
•Yestetik jixatdan chiroyli ko‘rinish beradi(4-rasm);
•suv, ultrabinafsha va agressiv muhitdan himoya qilish;
•ta’mirlash va boshqa imtiyozlar bo‘yicha sezilarli xarajatlarni tejash.

4-rasm. Maxalliy yo‘lning silkoutingdan keyingi xolati

Silkoutinglash bo‘yicha tadbirlar asfalt qoplamasining texnik holati va tashqi ko‘rinishi

yomonlashgani sababli amalga oshiriladi. Qoplamaning holatiga yuklarning ko‘payishi, yoqilg‘i va
moylash materiallarining kirib borishi, namlikning muntazam to‘planishi, yaqin atrofda o‘sadigan
daraxtlarning ildizlari va boshqa salbiy omillar ta’sir qiladi. Professional ipak qoplamasi tufayli
asfaltning xizmat qilish muddati bir necha bor uzaytirilishi mumkin va shunga mos ravishda
ta’mirlash xarajatlari kamayishi mumkin. Mutaxassislar profilaktika chorasi sifatida yoki ta’mirdan
so‘ng darhol yerishilgan natijani mustahkamlash uchun ishlarni bir necha yilda bir marta bajarishni
tavsiya qiladilar - ikkinchi holda, hech bo‘lmaganda himoya yemulsiyasini qo‘llash kerak.

Mazkur tadqiqot ishining birnchi bob 1.3 Shahar yo‘llarini rejalashtirishda geologik va

gidrogeologik xolatni o‘rganish paragrifida ko‘rib chiqilgan yer osti sizot suvlarining
o‘zgaruvchanligi va tuproq qatlamining turli fraksiyadagi mayda zarralarga boyligini inobatga olgan
xolda yo‘l qoplamasi poyining siljishi, qoplama tarkibiga yod jinsli zarralarning singishiga olib
keladi. Yuqorida qayd etilganidek yo‘l qoplamasiga asosiy xavf tug‘diruvchi omil suv ekanligini
inobatga olib, qoplamaning ostki qismidan sizot suvlaridan keluvchi xavfni kamaytirish uchun turli
chora tadbirlar ko‘rilishi talab qilinadi. Bularga misol qilib:
- drenaj tizimlarini qurish;
- yo‘l poyini gidroizolyatsiya qilish;
- geotekstil materiallaridan foydalanish.

Ushbu chora–tadbirlardan xozirgi kunda eng optimali va unumdorligi yuqorisi geotekstil

materiallaridan foydalanishdir. Qiyin iqlim va tuproq gidrologik sharoitida transport oqimi va
yuklarning ko‘payishi bilan yo‘lning ishlashi yomonlashadi – tekislik va yo‘l sirtining tutqich
xususiyatlari, yo‘l konstruksiyasining mustahkamligini yo‘qotishiga olib keladi. Bu hodisa turli
chuqurliklar, cho‘kishlar, buzilishlar, yoriqlar, to‘lqinlar, siljishlar shaklida namoyon bo‘ladi. Bu


background image

yemirilishlarni oldini olish maqsadida yo‘l qoplamasi ostida geotekstil materillaridan foydalanish
samarali natija beradi (5-rasm).

5-rasm. Yo‘l qoplamasi ostida geotekstil materillaridan foydalanish

Qoplama ostida geotekstil mustahkamlikni oishirish, yer ostidagi namlikdan himoyalash, yo‘l

poyi va asosda kechayotgan o‘zgarishlardan yo‘l qoplamasini himoyalash vazifalarini bajaradi

.

Geoltekstil materialining asosiy xususiyatlari quyidagilar:

1. Kuchliligi 20-80 kN/m (TN - polipropilen).
2. 100 - 1000 kN/m gacha bo‘lgan yuqori quvvatga qarab
loyiha talablari va qabul qilinadigan yuklar (TNPE -
polyester)
3. Chidamlilik - 50 yil (mustaqil laboratoriyalar tomonidan tasdiqlangan)
4. 100% xom ashyo sifati.

Termobog‘langan geotekstil.

Yo‘l qoplamasidagi suvlarni qochirish uchun mo‘ljallangan

drenaj tizimini himoyalovchi qatlam.

Vazifasiga ko‘ra barcha turdagi drenaj tizimlarini yer osti

suvlari va oqava suvlarni korroziyasidan himoyalaydi.

Geospan TS.

Mukammal suv o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lgan holda drenajlash, butun

ekspluatatsiya davrida tuproq zarralarining kirib kelishini oldini oladi.

To‘qilgan geotekstil.

Geospan TN 340 M - bilan geosintetik material membrana funksiyasi (M),

laminatlangan 2 qatlamdan iborat to‘qilgan geotekstil. Yo‘l qurilishida suvdan ximoyalovchi qatlam
sifatida ishlatilib, past bosimli polietilen ((HDPE, PND) dan tayyorlangan geomembranaga analog


background image

sifatida tanlab olish mumkun(6-rasm).

6-rasm. To‘qilgan geotekstil. Geospan TN 340 M

To‘qilgan geotekstil.

Geospan TN 380 D (GI) – geosintetik material (geokompozit) material

bo‘lib, to‘qilgan geotekstil asosiga to‘qilmagan igna bilan teshilgan geotekstilning (yopishtiruvchi
/laminatsiya) birlashtirilishi natijasida xosil qilinadi(7-rasm).

7-rasm. To‘qilgan geotekstil. Geospan TN 380 D (GI)

Yo‘l qoplamasi poyi va tuproq qatlami orasida kombinatsiyalashgan vazifalarni bajaradi.

TN 380 D = A+A+D
Armirovanie + Ajratish + Drenaj
TN 380 GI = A + A + GI
Armatura + Ajratish + Gidroizolyatsiya
Yo‘l qurilishida qo‘llanilishi:

-

Yo‘l qoplamasi qurilishi (Ustki qoplamada, yo‘l poyida, qo‘shimcha qatlamlar oralig‘ida )

-

Yo‘l poyidagi tuproq qatlamini shakillantirishda (ishchi qatlamda, qazima va to‘kma qatlamlarda, suv
bosgan tuproq qatlamlarida)

-

Zaif tuproq qatlamida poydevor shakillantirishda (zaif tuproqlar va botqoqlarda)

-

Nishabliklar va yo‘lning keskin o‘zgarishliqisimlarida barqarorlikni ta’minlashda

-

Tirkama devorlarni va ko‘priklarning poydevor qismini mustaxkamlashda

-

Yeroziyadan himoya qatlami sifatida va qiyaliklarni mustahkamlashda

-

Drenaj inshootlari va gidroizolyatsiya sifatida.

Drenaj tizimi atrofida qo‘llanilganda drenaj tizimi mayda teshiklarining grunt mayda zarralari

bilan to‘lib qolishidan ximoya sifatida ishlaydi.

Qurilish davrida ananaviy qurilish materiallari xajmini kamaytiradi
Yo‘l qoplamasi umirboqiyligini va yo‘l qoplamasi konstruksiyasining ishlash qobiliyatini

oshiradi.
Bir marotabalik qurilish xarajatlari va ekspluatatsiya davridagi kapital va joriy ta’mir xarajatlarining
kamayishida yaqqol ko‘rinadi.
Davomli va keskin sovuq xaroratli davrlarda muzlashdan ximoyalaydi.

Tadqiqot ob’ekti Toshkent shahri ekanligini inobatka olgan xolda geotekstil materiallari shahar

ko‘cha yo‘llarining ajralmas qismi sifatida ko‘rishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Toshkent katta avtomobil xalqa yo‘li va shahardagi boshqa katta transport oqimi bilan band

ko‘cha va yo‘llari uchun geotekstil materiali yo‘l poyining siljishi, mavsumiy qo‘zg‘alishidan saqlash
uchun yetarli chora sifatida xizmat qila olmasligini ko‘rishimiz mumkun.


background image

Shahardagi transport oqimi katta bo‘lgan yo‘llar yuk tashuvchi katta gabaritli avtotransport

vositalai uchun xam xizmat qiladi. Yuk avtomobillari to‘liq yuklanish bilan yo‘l qoplamasi va uning
poyiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Xajimli geopanjara (georeshyorka).

Polietilen lentali to‘rli

strukturabo‘lib, yuqori kuchlanishdagi payvandli biriktirish orqali birlashtiriladi. To‘liq ochilgan
xolatida fiksatsiya uchun mustaxkam xajimli karkas xosil qiladi va uning yacheykalari qum, chaqiq
tosh yoki tuproq bilan to‘ldiriladi(8-rasm).

8-rasm. Xajimli geopanjara (georeshyorka)

Yumshoq tuproqlardan mustahkamlovchi qatlamlarni yaratish, qiyalik, tog‘ yon bag‘irlarini

mustaxkamlash va erroziyaga qarshi qatlamni xosil qilishda va turli daraxtlar o‘tqazishda yuqori
samarali element hisoblanadi.

To‘qilgan geoto‘r

- yuqori modulli poliefir tolali polyesterdan ishlab chiqarilgan bщlib, u

asosan yo‘lning qiya qismida va tuproqning korroziyaga moyil bo‘lgan nobarqaror qismida keng
qo‘llaniladi(9-rasm).

9-rasm. To‘qilgan geoto‘r

Toshkent shahri ko‘cha yo‘llari uchun yuqorida sanab o‘tilgan geotekstil, geopanjara va

geoto‘rning bir vaqtda qoplama ishchi qatlami ostida baravar qo‘llanilishini rejalashtirish quyidagi
ketma-ketlik asosida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi (10-rasm).


background image

10-rasm. Geotekstil, geopanjara va geoto‘rning bir vaqtda qoplama ishchi qatlami ostida baravar

qo‘llanilishini

Geotekstil, geopanjara va geoto‘rning shahar ko‘cha yo‘l qoplamasining ostki qismida

ishlatilishi qoplamaning me’yoriy ko‘rsatkichlarini uzoq muddat davomida saqlanib qolishiga xamda
qoplamaning xizmat muddatini to‘liq o‘tashini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdixalilov F.A., Qosimov Z.X., Avazbekov S.U. Ekspluatatsionnыe meropriyatiya gorodskix dorog. Arxitektura,
qurilish va dizayn jurnali -2022 yil S.214-218

2.

Usmonov Q.T., Orazbaeva N.M., Qosimov Z.X. Murakkab iqlim sharoitida joylashgan, qoraqalpog‘iston respublikasi
va xorazm viloyati xududlarida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari. Arxitektura, qurilish va dizayn
jurnali -2022 yil S.203-208

3.

Xotamov A.T., magistr S.R. Xolbekov., magistr Z.X.Qosimov. binolarda uchraydigan nuqsonlar tahlili.
“shaharsozlikning innovatsion rivojlantirish muammolari, fan va ta’lim istiqbollari"mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya 2023 yil s. 327-329

4.

Avazbekov S.U., magistr N.M Orazboeva., Z.X Qosimov TOSHKENT SHAHRINING HAVO SIFATI INDEKSI
(AQUAR INDEX) TAHLILI “shaharsozlikning innovatsion rivojlantirish muammolari, fan va ta’lim
istiqbollari"mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2023 yil s. 286-290

5.

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY
INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global Ecology and
Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

Асфальт беток қопламанинг ишчи қатлами (5см)

Асфальт беток қопламанинг ўрта қатлами (7см)

Асфальт беток қопламанинг остки қатлами (20см)

Тўқилган арма тўр

Чақиқтош 40-70

Чақиқтош 20-40

Қумли қатлам

Махаллий қатлам (грунт)

Геотекстиль

Геотекстиль

Георешётка

Библиографические ссылки

Abdixalilov F.A., Qosimov Z.X., Avazbekov S.U. Ekspluatatsionnыe meropriyatiya gorodskix dorog. Arxitektura, qurilish va dizayn jurnali -2022 yil S.214-218

Usmonov Q.T., Orazbaeva N.M., Qosimov Z.X. Murakkab iqlim sharoitida joylashgan, qoraqalpog‘iston respublikasi va xorazm viloyati xududlarida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari. Arxitektura, qurilish va dizayn jurnali -2022 yil S.203-208

Xotamov A.T., magistr S.R. Xolbekov., magistr Z.X.Qosimov. binolarda uchraydigan nuqsonlar tahlili. “shaharsozlikning innovatsion rivojlantirish muammolari, fan va ta’lim istiqbollari"mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2023 yil s. 327-329

Avazbekov S.U., magistr N.M Orazboeva., Z.X Qosimov TOSHKENT SHAHRINING HAVO SIFATI INDEKSI (AQUAR INDEX) TAHLILI “shaharsozlikning innovatsion rivojlantirish muammolari, fan va ta’lim istiqbollari"mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2023 yil s. 286-290

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов