Oʻquvchilarning qoʻrquvini korreksiya qilishda art- terapiya usul va vositalarining o’rni

CC BY f
46-48
12
0
Поделиться
Каюмова, С. (2023). Oʻquvchilarning qoʻrquvini korreksiya qilishda art- terapiya usul va vositalarining o’rni . Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 46–48. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23476
Самигул Каюмова, Термезский государственный педагогический институт

Преподаватель кафедры психологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi kunda oʻquvchilarni ma’naviy, axloqiy, jismoniy barkamol, keng fikrli shaxs sifatida kamol toptirish, bugungi kunning asosiy vazifasi sanaladi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-sonli qarorida “Psixologik xizmatning maqsadi oʻquvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida oʻzligini anglash, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va namayon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart - sharoitlar yaratishdan iborat”[1]dir deb koʻrsatilgan.


background image

7.

С.Неъматуллаева, Студенческий вестник 2020 «Психология детей в

возрасте 5-7 лет»

8.

S.Ne’matullayeva 2022

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yin

terapiyasini qo‘llashning psixologik usullari

9.

S.Ne’matullayeva Eurasian Scientific Herald (ESH) 6, 172-176

Использование

игровой

терапии

в дошкольных

образовательных

организациях

10.

S.Ne’matullayeva 2022

Личное развитие и характеристика отношений в

младшем школьном возрасте

11.

S.Ne’matullayeva 2022 ЎзМУ хабарлари 1, 138-140

Maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida o`yin terapiyasini qo’llashda innovatsion usullar

12.

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication
technologies //International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. –

С. 3-3.

13.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based
on game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

OʻQUVCHILARNING QOʻRQUVINI KORREKSIYA QILISHDA ART-

TERAPIYA USUL VA VOSITALARINING O’RNI

Qayumova Samigul Zokir qizi TerDPI Psixologiya kafedrasio’qituvchisi


Hozirgi kunda oʻquvchilarni ma’naviy, axloqiy, jismoniy barkamol, keng

fikrli shaxs sifatida kamol toptirish, bugungi kunning asosiy vazifasi sanaladi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-sonli qarorida
“Psixologik xizmatning maqsadi oʻquvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi,
barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh
davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim
jarayonida oʻzligini anglash, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy
imkoniyatlari va namayon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart - sharoitlar
yaratishdan iborat”[1]dir deb koʻrsatilgan.
Darhaqiqat, hozirgi vaqtda maktab amaliyotida psixologik xizmatni samarali
tashkil etish chora-tadbirlari koʻrib chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda.
Shuningdek, psixologik xizmatning tarkibiga kiruvchi art-terapiya vositalarini
qoʻllash usullari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, jamiyatda ijodkor, tafakkuri keng
shaxsni rivojlantirish bugungi kunning talablaridan boʻlib, bu talabni bajarishda art-
terapiyaning oʻrni beqiyosdir. Art-terapiya-bu psixoterapiyaning bir qismi sifatida
paydo boʻlgan amaliyot sohasi boʻlib, o’zini erkin ifoda etish vositasi sifatida,
ishonch, bag’rikenglik va insonning ichki muhitiga e’tibor muhitini anglatadi. Art-
terapiya bolalarda ijobiy his tuyg'ularni uyg’otadi, befarqlik va tashabbusning
yetishmasligini yengishga, faolroq hayotiy pozitsiyani shakllantirishga yordam
beradi. [3]
Art-terapiya “qayta kashf etilgan” amaliyotlardan biri boʻlib, mahalliy
tadqiqotchilar orasida qiziqishga sabab boʻldi. Psixoterapevtik ishning bir turi
sifatida bu san'atning terapevtik maqsadlarida foydalanish boʻlib, “mijozlarni” turli


background image

ijodiy faoliyatga jalb qilishni oʻz ichiga oladi. Lekin, psixoterapiya sohasiga rasmiy
mansub boʻlishiga qaramay, u ba’zi umumiy madaniy yoʻnalishlarning oʻzaro
ta’sirining namunasi boʻlib, ayni paytda faol omil, ularni shakllantirish va
yoʻnaltiruvchi, yangi qadriyatlarni yaratuvchi vosita hisoblanadi.[4]
Art-terapiyaning koʻpgina usullari va vositalari mavjud. Ular: Izoterapiya, ertak
terapiya, musiqa terapiya, qum terapiya, fototerapiya, xromoterapiya, mandala
terapiya, oʻyin terapiya, maska terapiya, qoʻgʻirchoq terapiya va hokazo.
Izoterapiya - tasviriy san'at yordamida davolash. Bugungi kunda ushbu texnika eng
mashhurlardan biridir. Chizish insonga chuqur nizolarni yengish, gʻazab, tajavuz va
umidsizlikni tashlash imkoniyatini beradi.
Art-terapiya turlari va usullarini holda, oʻquvchilarning farovonligini yaxshilash
va ularning chuqur muammolarini hal qilishda yordam berish mumkin.
Elena Tararinaning “Практикум по арт-терапии в работе с детьми” kitobida

"Izoterpiya orqali qoʻrquvni korreksiyalash"

metodikasi yoritilgan bo’lib, bu

metodika orqali boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi qo’rquvni tuzatish uchun rasm
terapiyasidan foydalanish mumkin. Qoʻrquvlar turli yoshda turli xil boʻladi. 7-9
yoshli bolada - kasalikdan qoʻrqish, adashib qolishdan qoʻrqish, bolalarni masxara
qilishdan qoʻrqish, xato qilishdan qoʻrqish, maktabni yoʻqtish, oʻlimdan qoʻrqish,
ota-onalarni tark etishi va qaytib kelmasiligidan, qon, emlashdan, qorongʻulikdan,
yovuz amakidan qoʻrqish kabilar boʻlishi mumkin.
Oʻquvchining qoʻrquvga boʻlgan munosabatini oʻzgartirishda, nazorat tuygʻusini
qaytarishda rasm terapiyasidan foydalanib, oʻquvchiga A4 formatdagi qogʻozga
oʻzini bezovta qiluvchi vaziyat yoki qoʻrquvini chizish tavsiya etiladi. Oʻquvchi
qoʻrquv qiyofasini koʻrsatish uchun rangli qalamlardan, boʻyoqlardan foydalanishi,
qoʼrquvga javob beradigan belgi, tasvirlarni chizish muhim ekanligi tushuntiriladi.
Chizish jarayoni 10 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Keyingi bosqichda oʻquvchi bilan hozir nima yaratganini muhokamasi oʻtkazilib,
tasvir nima ekanligi, qayerda boʻlishligi, ismini, bu qoʻrquv toʼgʼridan toʼgʼri unga
kelganini nega boshqa kishida boʼlmaganini muhokama qilinadi. Soʼng keyingi
bosqich modellashtirish bosqichiga oʻtiladi. Bunda qoʻrquvga e'tibor berib, anglab
yetish tushuniladi. Oʻquvchi ichida qo’rquvni oʻylaydi. Oʼquvchilarni qoʻrquvlarini
juda katta deyishadi, aslida esa juda kichik boʻlib chiqadi. Bu jarayonda qoʻrquvni
hajmini his qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Soʻngi bosqichda qoʻrquv aslida
yoʻq tushuncha ekanligi koʻrsatib beriladi. Chizilgan tasvirni qum qutisini ichiga
solib, qum bilan koʻmib tashlashi yoki tasvirni yoʻq qilib tashlash orqali koʻrsatib
berish mumkin. Shu tariqa qo’rquvni yo’qolganini ko’rsatib beriladi.
Darhaqiqat, art terapiya usullari orqali oʻquvchiga nafaqat qoʻrquv, balki
kompleks taʼsir koʻrsatish mumkin. Maktab amaliyotida psixologlar tomonidan art
terapiya usul va vositalarini qoʻllash mqsadga muvofiq boʻlar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. “Psixologik xizmat toʻgʻrisidagi nizom” Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyul 577-
sonli qarori. Lex.uz.


background image

2. Тихонович Л.А Опыт исследования практики Арт-терапии в ХХ в. Игровой
контекст современного искусства. Москва - 2005 й дисс. кандидат философских
наук
3.Сосновикова Н.Ю. Использование арт-терапии в начальной школе. М.2012.
4. Елена Тарарина “Практикум по арт-терапии в работе с детьми”.– К 2018-256с

5.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

6.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

ЎҚУВЧИЛАРДА ТАФАККУР ОПЕРАЦИЯЛАРНИ ТАҲЛИЛИЙ

АСОСЛАРИ

Мардонов Эркин Хасанович Термиз Давлат Университетининг

Педагогика институти Психология кафедраси ўқитувчиси

.

Таҳлил - бутуннинг ақлий бўлиниши. Бу унинг ҳар бир қисмини

ўрганиш орқали бутунни чуқурроқ билиш истагига асосланади. Таҳлилнинг
икки тури мавжуд: яхлитни қисмларга бўлиш ақлий парчаланиши сифатида ва
унинг индивидуал хусусиятлари ёки томонларини бир бутун сифатида руҳий
изоляция сифатида таҳлил қилиш.
Синтез - қисмларни бир бутунга ақлий боғлаш. Худди таҳлилда бўлгани каби,
синтезнинг икки тури ажратилади: яхлит қисмларнинг ақлий бирлашуви
сифатидаги синтез ва объэктлар ва ҳодисаларнинг турли белгилари,
томонлари, хусусиятларининг ақлий бирикмаси сифатидаги синтез.
Таққослаш - объэктлар ва ҳодисалар ўртасидаги ўхшашлик ва фарқларни,
уларнинг хусусиятлари ёки сифат хусусиятларини ақлий аниқлаш.
Абстракция (чалғитиш)- муҳим хусусиятларни ёки хусусиятларни ақлий
равишда ажратиб кўрсатиш ва бир вақтнинг ўзида муҳим бўлмаган
хусусиятлардан мавҳумлаштириш; объэктлар ва ҳодисаларнинг белгилари.
Мавҳум фикрлаш деганда, идрок этилган объэктнинг бирон бир моментини,
томонини, хусусиятини ёки хусусиятини ажратиб олиш ва уларни худди шу
объэктнинг бошқа белгилари билан боғламасдан кўриб чиқиш тушунилади.
Умумлаштириш - предмет ёки ҳодисаларни умумий ва муҳим хусусият ва
сифатлар асосида ақлий бирлаштириш, камроқ умумий тушунчаларни
умумийроқ тушунчаларга қисқартириш жараёни.
Бетонлаштириш - маълум бир ўзига хос хусусият ёки хусусиятни умумийдан
ақлий ажратиш, бошқача айтганда - умумлаштирилган билимдан ягона, аниқ
бир ҳолатга ақлий ўтиш.
Тизимлаштириш (таснифлаш)- предметлар ёки ҳодисаларнинг ўхшашлик ва
фарқларга қараб гуруҳларга ёки кичик гуруҳларга ақлий тақсимланиши
(тоифаларни муҳим белгисига кўра ажратиш).
Барча ақлий операциялар (ҳаракат) якка ҳолда эмас, балки ҳар хил
комбинацияларда давом этади.
1.

Фикрлаш турлари

Библиографические ссылки

“Psixologik xizmat toʻgʻrisidagi nizom” Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyul 577-sonli qarori. Lex.uz.

Тихонович Л.А Опыт исследования практики Арт-терапии в ХХ в. Игровой контекст современного искусства. Москва 2005 й дисс. кандидат философских наук

Сосновикова Н.Ю. Использование арт-терапии в начальной школе. М.2012.

Елена Тарарина “Практикум по арт-терапии в работе с детьми”.– К 2018-256с

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов