Professional ta'lim pedagoglarining kasbiy kompetentligining psixologik jihatlari

CC BY f
64-67
5
0
Поделиться
Хошбаков, К. (2023). Professional ta’lim pedagoglarining kasbiy kompetentligining psixologik jihatlari. Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 64–67. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23487
Камолиддин Хошбаков, Термезский государственный педагогический институт

преподаватель кафедры психологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatda pedagoglarga qo’yilayotgan talab, pedogogning kasbiy kompetentligini oshirish bugungi kunda ta’lim tizimida pedagog qanday bo’lishi lozimligi ,uning psixologik kompetentligi qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritilgan.


background image

ташқари, бундайлар саккиз марта ортиқ бир-бирларининг кўзларига қараб вакт
ўтказишаркан.

Яна шу нарса аниқланганки, севги билан боғлиқ хиссиётлар хар бир жинс

вакилида ўзига хос хусусиятларга эга экан. Масалан, ўспирин ёшлар қизларга
нисбатан романтизмга берилувчан, тезгинада яхши кўриб қоладиган
бўлишаркан. Уларнинг тасаввуридаги севги анча романтик, идеал кўринишга
эга бўлади. Қизлар эса йигитларга нисбатан секинрок севиб қолишади, лекин
севгини унутиш, ундан воз кечиш уларда осонрок кечаркан. Агар йигитлар бир
куришдаёқ ёқтириб қолган кизни севиб ҳам қолиши эҳтимоли юқори бўлса
(экспериментларда севги билан симпатиянинг корреляцион боғлиқлиги
кучли), қизларда бундай боғлиқлик анча паст экан, яъни ҳамма
ёқтирганларини ҳам севмас экан, умуман симпатиянинг пайдо бўлиши ҳам
бироз қийин экан.

Бундан ташқари, ўспиринлик йилларидаги севги ва мухаббат ҳисси

нафақат қарама-қарши жинс вакилига қаратилган бўлади, балки айнан шу
даврда ота-онанинг қадрланиши ва уларга нисбатан севги-мухаббат, яқинлар
— ака-ука, опа-сингил, хаётда ибрат бўладиган кишиларни яхши кўриш,
ватанни севиш каби олий хислар ҳам тарбияланади. Шунинг учун ҳам ҳақиқий
юксак мухаббат сохиблари бўлмиш ёшларни тарбиялаш — жамиятда инсоний
муносабатларни

баркарорлаштириш,

одамлар

ўртасида

самимий

муносабатлар ўрнатиш ва маънавиятни юксалтиришга хизмат қилади.

Таълимнинг барча босқичида маънавий тарбиянинг ажралмас бўлаги

сифатида ана шундай самимий муносабатларни тарбиялаш, тарғиб этиш, керак
бўлса, ёшларга ана шундай севги ва садоқат ҳақидаги қадриятларимизни
сингдиришимиз керак. Севги ва мухаббат ҳислари кенг маънода — Ватанга,
юртга, она халқимизга, борлиққа, касбга ва яқин кишиларга қаратилган
бўлиши керак. Юксак хис-туйғуларнинг энг олийси Ватан туйғуси бўлиб, у
туйғу инсон боласининг илк ёшлик давриданоқ онгига ва қалбига сингиб
боради. Зеро, Ватан ҳисси шу Ватаннинг эгаси бўлмиш халкни билишдан,
унинг қадрига етишдан, нималарга қодир бўлганини тан олишдан,
буюклигини эътироф этишдан бошланади. Ватан ва халқ эгизак тушунча
бўлиб, бирини хис қилиш учун иккинчисини билиш керак. Ватан ҳисси — бу
халқни севмоқ, хурмат қилмоқ, қадрига етмоқ ва эътироф этмоқликдир.
Ўзбекистонликлар учун шу юрт, шу тупроқни севиш, унинг қадрига етиш —
буюк неъмат ва шу билан бирга, юксак масъулият ҳамдир.

PROFESSIONAL TA'LIM PEDAGOGLARINING KASBIY

KOMPETENTLIGINING PSIXOLOGIK JIHATLARI .


background image

Xo’shboqov Kamoliddin Abdulatif o’g’li

TerDPI psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

Email:kamolxoshboqov1995@gmail.com

Anotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatda

pedagoglarga qo’yilayotgan talab, pedogogning kasbiy kompetentligini oshirish
bugungi kunda ta’lim tizimida pedagog qanday bo’lishi lozimligi ,uning psixologik
kompetentligi qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Kasbiy kompetentlik, kompetentlilik, nazariya, pedagogika,

metodika.
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan,
raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni tarbiyalab
berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual
rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy
pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog – u
kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai
nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini
aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani
anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi.
"Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va
tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish
qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir.
“Kompetentlik” tushunchasi taʼlim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar
natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noanʼanaviy
vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning oʼzini qanday tutishi, muloqotga
kirishishi, raqiblar bilan oʼzaro munosabatlarda yangi yoʼl tutishi, noaniq vazifalarni
bajarishda, ziddiyatlarga toʼla maʼlumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib
boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik” ni anglatadi .
Kompetentlik - bu shaxsiy xususiyatga ega va funktsional xususiyatlar
majmuidir. А.V.Xutorskiyning fikricha, kompetentsiya – shaxsning oʼzaro bogʼliq
xususiyatlarini (biliiim, koʼnikma, faoliyat metodikasi), maʼlum mavzular va
jarayonlar uchun belgilanadigan va ularga nisbatan sifat jihatidan samarali ishlab
chiqarish uchun zarur boʼlgan kompleks “Kompetentlik” tushunchasi taʼlim
sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan.

Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalarning

murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan
chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa
kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda


background image

tutadi. Mazkur holda o‘z-o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va
malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o‘z
xatti-harakatini

qatiy

muvofiqlashtirish

uquvi

bilan

tavsiflanadi.

Pedagogning

kasbiy

tarbiyalanganlik

layoqatliligini

tadqiq

qilishga

bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:
- maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi – kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori
darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
- ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi – birgalikdagi kasbiy faoliyatni,
hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat
uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish
uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda
yuqori darajada qoʼllay olinishi .
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yoʼnalish boʼyicha integrativ bilimlar va
harakatlarning oʼzlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni oʼrga-nishni,
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi maʼlumotlarni izlab topish, ularni
qayta ishlash va oʼz faoliyatida qoʼllay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik
quyidagi holatlarda yaqqol namoyon boʼladi
Oʼqitishning samarali usullarini yaratish imkoniyatlarini izlash pedagog va talaba
oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning turli tomonlarini aks ettiruvchi turli xil didaktik
yondashuvlar yordamida bir qancha omillarning mohiyati va ancha murakkab oʼzaro
bogʼliqligini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
«O‘qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta’rif va
tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O‘qituvchining
kasbiy kompetentligi – pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan
biri bo‘lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan
bog‘liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi.
Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan
munosabat, ishning o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan
kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini
rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi,
ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos
keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat
bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham
taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida
aniqlanishi mumkin..


background image

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki , pedagogning kasbiy faoliyat
jarayonida kerakli bilim , ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi va uni amaliyotda
qo’llay olishi , pedagogning ma’lum bir ish faoliyatni bajarish qobiliyati ,shu
ma’lum bir ish faoliyati bo’yicha kerakli bilim ko’nikma , malakalar va tajribalarga
ega bo’lishi ,o’z ish faoliyatining yetuk mutaxassisi bo’lishi bularning barchasi
kompetentlik tushunchasining mohiyati va mazmunidir. Pedagogik kasbiy
kompetentikka ega pedagoglar ish faoliyati samarali va mahsuldordir. Har bir
pedagog o'z kasbiy kompetentligiga ega bo’ladi. Bu orqali u pedagogik
jarayonda ishtirok etadi. Bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanish uchun esa
yuqoridagi sifatlarni o'zida aks ettirishi lozim.

ОИЛАДА ЭР – ХОТИН МУНОСАБАТЛАРИНИ

МУВОФИҚЛАШТИРИШНИНГ ЎЗБЕК ПСИХОЛОГЛАРИ

ТОМОНИДАН ТАҲЛИЛ ҚИЛИНИШИ

Aшурова Шахноза Фахриддиновна

Aшурова Шахноза

ТерДПИ Педагогика ва психология мутахассислиги

2-курс магистранти

Ижтимоий-тарихий ва илмий манбаларнинг гувоҳлик беришича,

ўзбек оиласининг ҳаёти, ундаги ўзаро муносабатлар, унинг урф-одатлари,
анъаналари ва қадриятлари, турмуш тарзи, маданияти, тарбиявий муҳити
ва меҳнат шарт-шароитлари жиддий илмий муаммолар сифатида XX
асрнинг 60-70 йилларидан эътиборан ўрганила бошланди. Ана шу
йиллардаги дастлабки тадқиқотлар кўпроқ фалсафий, тарихий, этнографик
йўналишдаги ва оиланинг тарбиявий ва меҳнат шарт-шароитларини
ўрганишга қаратилган бўлса, кейинги тадқиқотлар ўз характерига кўра,
оиланинг маданий, ҳуқуқий, тиббий, унинг турмуш тарзи, ундаги тарбия
муҳитининг

аҳамияти,

ўзаро

муносабатларнинг

психологик

қонуниятларини ўрганишга қаратилганлиги билан ажралиб туради.
Мазкур тадқиқотлар сирасига қуйидагиларни келтириб ўтиш ўринлидир.

Оилавий ҳаёт психологияси, оила-никоҳ муносабатлари, оиладаги ўзаро
муносабатлар, ундаги зиддиятлар, ажралишлар ва унинг оқибатлари
кейинги йилларда психология фанининг кенг тадқиқот объектига айланиб
бормоқда. Бу соҳада психолог олимлардан Ғ.Б.Шоумаров (1986, 1990,
1994, 2001), Е.А.Моршинина(1986), Э.Ғозиев (1994, 2002). В.М.Каримова
(1987, 1994, 1999), М.Г.Давлетшин (1993,1994), Н.А.Соғинов (1990),
С.А.Охунжонова (1991), А.Шожалилов (1994), Т.М.Адизова (1994),
Э.Усмонов (1993), Х.Каримов (1994), Ш.Ш.Жўраева (1994), Р.С.Самаров
(1997), О.Шамиева (2000) Н.Салаева (2001), Ф.Р.Рўзиқулов (2002)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов