Komponentli yondashuv asosida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish

CC BY f
335-341
6
0
Поделиться
Кутлимурадов, К. (2023). Komponentli yondashuv asosida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish . Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке, 1(1), 335–341. https://doi.org/10.47689/XXIA-TTIPR-vol1-iss1-pp335-341
К Кутлимурадов, Каракалпакский государственный университет имени Бердаха

Старший преподаватель кафедры дистанционного обучения точным и естественным наукам

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish, bu borada ta’lim oluvchilarning kompetentsiyalari, ta’limda, jumladan texnologik ta’limda kompetentli yondashuv ta’lim sifatini oshirish omili ekanligi masalalari yoritilgan.


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

335

KOMPONENTLI YONDASHUV ASOSIDA BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM

O’QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH

Kutlimuradov K.A.

Nukus, O‘zbekiston

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI

Aniq va tabiiy fanlarni masofadan o’qitish kafedrasi

katta o’qituvchisi, (PhD)

e-mail:

karamaddin_kutlimuradov@mail.ru

+ 99891-374-81-81

Annotatsiya

Maqolada Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish, bu borada

ta’lim oluvchilarning kompetentsiyalari, ta’limda, jumladan texnologik ta’limda
kompetentli yondashuv ta’lim sifatini oshirish omili ekanligi masalalari yoritilgan.

Abstract.

The article discusses the issues of improving the education system in our

republic, and also that a competent approach to education, including technological
education, is a factor in improving the quality of education.

Kalit so’zlar:

Kompetentsiya, kompitentlik, kompetentli yondashuv, texnika va

texnologiyalarning modernizatsiyalashuvi, ilm va fanning jadal taraqqiyoti.

Key words.

Competence, competence, competence approach, modernization

of equipment

and technologies, rapid development of science and technology.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli

“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim
muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining 2-
a bandida 2022-2023-o’quv yilidan boshlab ta’lim dasturlarining o’zaro uyg’unligi va
uzluksizligini ta’minlash maqsadida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim
muassasalarining ta’lim dasturlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda qayta ko’rib
chiqish va ularni milliy malaka ramkasi, ta’limni xalqaro standart klassifikatori (MSKO-
2011) va xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS) talablariga,
pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida akademik mobillikni
yo’lga qo’yish uchun ularning o’quv rejalari va ta’lim dasturlarini bir-biriga
muvofiqlashtish tartibini joriy qilish ko’rsatilgan.

Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk,

barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, faol va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga
katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda texnika va texnologiyalarning
modernizatsiyalashayotganligi, ilm va fanning jadal taraqqiyoti mutaxassis kadrlardan
o’z bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda chuqurlashtirib, yangilab, to’ldirib va
kengaytirib borishni talab etadi. Chunki globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda
xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvchan hamda mamlakatning
muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishiga o’z hissasini qo’sha oladigan mutaxassislarni
tayyorlash ta’lim tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

336

Ushbu qarorda belgilangan ko’rsatmalarni amalga oshirish pedagogika

yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatilgan bo’lib, ular pedagogika
ta’lim yo’nalishlarining malaka talablari, o’quv rejasi va o’quv dasturlarini TOP-1000 lik
ro’yxatidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarini chuqur tahlil qilgan holda ishlab
chiqishlari kerak bo’ladi.

Pedagogika oliy ta’lim tasnifida 5112100-Texnologik ta’lim yo’nalishi gumanitar

soha tarkibidagi ta’lim yo’nalishi hisoblanadi. Texnologik ta’lim yo’nalishi umumta’lim
fani bo’lganligi uchun 2020-2021-o’quv yilidan boshlab o’qish mazkur ta’lim yo’nalishi
bo’yicha bakalavriat uch yil, magistratura bir yil etib belgilangan. Shuni ta’kidlash joizki,
umumiy o’rta ta’lim tizimida texnologiya fani amaliy fan hisoblanadi. Shuning uchun
ham mazkur fan o’qituvchilaridan chuqur bilim, katta ko’nikma va yuksak malaka talab
etiladi.

O’quv

rejaning

3.00-ixtisosolik

fanlar

blokiga

kiruvchi

3.05-Xalq

hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fani o’quv rejada o’tilishi 5-semestrda belgilanib,
jami fanga 148 soat ajratilgan bo’lsa, shundan ma’ruza mashg’ulotiga 36 soat, amaliy
mashg’ulotga 40 soat, mustaqil ta’lim mashg’ulotiga 72 soat ko’rsatilgan. Fanni
“texnologiya”, “dizayn” va “servis xizmati” yo’nalishlariga bo’lib o’qitilishi o’quv rejada
ko’rsatilib o’tilgan.

“3.05-Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fanining o’quv dasturi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 4-oktabrdagi
822-sonli buyrug’i asosida ishlab chiqilgan. Mazkur dastur 6 qism, 3 ta moduldan tashkil
topgan bo’lib, uning qismlari quyidagicha:

O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limidagi o’rni
O’quv fanning maqsadi va vazifasi
Asosiy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Mustaqil ta’limni tashkil etish shakli va mazmuni
Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Fanni o’zlashtirishda talabalar asosan:
- xalq hunarmandchiligi haqida umumiy tushunchalar, milliy hunarmandchilik

asoslari, turli xalqlar hunarmandchiligi turlari to’g’risida bilimga ega bo’lishi;

- milliy xalq hunarmandchiligi turlari, kashtachilik tarixi, foydalaniladigan

materiallar, asbob uskunalar, kashta tikish texnologiyasi; zardo’zlik tarixi,
foydalaniladigan materiallar, asbob uskunalar, zardo’zlik tikish usullari va texnologiyasi;
do’ppichilik tarixi va taraqqiyoti, o’lchov olish va andoza tayyorlash, foydalaniladigan
materiallar, asbob uskunalar, do’ppi tikish usullari va chilangarlik texnologiyasi,
pichoqchilik texnologiyasi, sandiqdo’zlik texnologiyasi, naqqoshlik texnologiyasi,
ganchkorlik texnologiyasi, zargarlik texnologiyasini bilishi, malaka hosil qilishi va
amalda qo’llay olishi;

- xalq hunarmandchiligi usulida buyum tayyorlash, uni zamonaviy dizayn talablari

bilan uyg’unlashtirish, zarur materiallar tanlash, tikuv buyumlarini zamonaviy dizayn
asosida mustaqil tayyorlash, kerakli asbob uskunalardan foydalanish;

- dizayn va badiiy loyihalashning hayotdagi va bo’lajak texnologik ta’lim

o’qituvchisining kasbiy faoliyatidagi ahamiyati, buyumlarni badiiy loyihalash metodlari,


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

337

belgi va ramzlar, sanoat grafikasi asoslari, hajmli maket tayyorlash asoslari bo’yicha
ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Dasturning asosiy qismidagi ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim

mashg’ulotlarining mavzulari 1-jadvalda keltirilgan.

Namunaviy fan dasturdagi ma’ruza mavzulari

1-jadval

Mavzularning nomi

1

O’zbek milliy xalq hunarmandchiligi san’ati haqida umumiy ma’lumot

2

O’zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari

3

O’zbek milliy hunarmandchiligi maktablari

4

Naqqoshlik san’ati

5

Ganchkorlik san’ati

6

Yog’och o’ymakorligi san’ati

7

Kulolchilik san’ati

8

Zargarlik san’ati

9

Kandakorlik san’ati

10

Me’morchilik san’ati

11

Pichoqchilik san’ati

12

Miniatyura san’ati

13

Grafik dizayn

14

Shriftlarga qo’yiladigan funksional talablar

15

Shrift yozuvlarini rangda bajarish texnologiyasi

16

Belgi va ramzlar

17

Badiiy loyihalash

18

Kompozitsiya

19

Badiiy loyihalashda kombinatorika

20

Rangshunoslik asoslari

21

Qo’lda va mashinada kashta tikish turlari haqida umumiy ma’lumot

22

Kiyimlarni kashta bilan bezash usullari

23

Buyumlarni bezash tartibi

24

Oshxona buyumlarini bezash usullari

25

Do’ppi tikish texnologiyasi

26

Quroqchilik texnikasi

27

Gazlama qoldiqlari bilan ishlash (Applikatsiya)

28

Zardo’zlik haqida

29

Tikuv buyumlarini zardo’zlik usuli bilan bezash

30

To’qimachilik va kashtachilik san’ati

31

Gilam to’qish san’ati

32

Savat to’qish san’ati


Tadqiqot ishini olib borish jarayonida ushbu mavzular bo’yicha 1-jadvalga asosan

texnologiya va dizayn yo’nalishi bo’yicha ishchi fan dasturi ishlab chiqildi

Ishchi fan dasturdagi ma’ruza mavzulari


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

338

2-jadval

Mavzularning nomi

1

Kirish. Qoraqalpoq naqshilik hunarining rivojlanish tarixi

2

Qoraqalpoq naqshlarining o’ziga xos xossasi. Buyumlarda qo’llanilishi

3

Qoraqalpoq milliy naqshlarining materiallari va ishlash texnikasi

4

Qoraqalpoq milliy naqshlarining turlari naqsh nomlari

5

Zoomorfli naqshlar (hayvonot, qushlar va hakozo)

6

Qoraqalpoq milliy naqshlarida geometrik shaklga ega naqsh turlari va

nomlari

7

Kulolchilik hunari

8

Quraq qurash hunari

9

Qoraqalpoq milliy kiyimlari.

10

To’qimachilik va boshqada ayrim kasblar

11

Qur to’qish. Gilamchilik

12

Namat bosish va chiy to’qish hunari

13

Zargarlik hunari

14

Temir ustachiligi va cho’yan quyish kasbi

15

Teridan narsa ishlash hunari

16

Rudalarchilik va Etikdo’zlik

17

Yog’och ustachiligi

18

Yog’ochsozlik hunarida foydalanadigan asboblar va materiallar

19

Qora uyning tuzilishi va bezalishi

20

Kulolchilik


5112100-Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalariga 3.05-Xalq hunarmandchiligi va

badiiy loyihalash fanini o’qitish jarayonida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilariga
nazariy, amaliy va mustaqil ta’lim mashg’ulotlarining har bir mavzusini Qoraqalpoq
milliy qadriyatlari vositasida o’qitish mumkin. Milliy qadriyatlarni talabalar mukammal
o’rgansa ularda quyidagilar hislatlar shakllanadi:

- o’z tarixini bilish;
- o’zgalar mehnatini qadrlash;
- milliylikni ulug’lash;
- hunar o’rganish va mehnat ko’nikmalari paydo bo’ladi.
Hunarni o’rganish natijasida qo’shimcha daromat topish bo’yicha tadbirkorlik

ko’nikmalari shaklanadi.

Hozirgi davrda oliy ta’lim muassasalarida texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini

xalq hunarmandchiligiga oid sohalarni o’rgatish, bilim, ko’nikma va malakaga ega
bo’lishlari uchun amaliy ishlarni o’qitish rejaga kiritildi. Bu reja bilan bo’lajak
texnologik ta’limi o’qituvchilariga yog’och o’ymokorligi, metallarga naqshlar o’yish,
kashtachilik, qora uy qurish, soz asboblarini ishlash, gilam to’qish, kigiz bosish va


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

339

hakozalar shakllantirildi. Bu qoraqalpoq milliy hunarmandchiligiga oid buyumlarini ichki
va dunyo bozoriga olib chiqishga yo’l ochilishiga zamin yaratiladi.

Bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilariga qoraqalpoq milliy hunarmandchilik

sirlarini o’rgatishdan maqsad ularda badiiy tasavvur hosil qilish, fikrlashni shakllantirish
va shu tariqa ongni o’stirishdan iborat. Mavzuning ustuvorligi hozirgi vaqtda
Qoraqalpog’iston Respublikasi sharoitida xalq hunarmandchiligi ustalari ko’p emas.
Shuning uchun bu sohani o’rgatish, rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Tadqiqot ishimizda bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarida kasbiy

kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishda hunarmandchilikka oid
tushunchalarga e’tibor qaratildi. Hunarmandchilik, milliy hunarmandchilik va xalq
hunarmandchiligining mavjud ta’riflari 3-jadvalda keltirildi.

3-jadval

Milliy qadriyatlar va xalq hunarmandchiligiga oid keltirilgan atamalar va

ta’riflari

/r

Atama

Atamaning ta’rifi

1.

Hunarmandchilik

Milliy-an’anaviy, mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy

mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo’l mehnatiga

asoslangan sanoat turi: shunday mahsulotlar tayyorlanadigan

kasblarning umumiy nomi [1].

2.

Xalq

hunarmandchiligi

Aynan bir hududda millatidan qat’iy nazar, o’sha har bir

xalqning kundalik ehtiyoji uchun xizmat qiladigan qo’lda ishlov

berish yo’li bilan tayyorlangan buyumlar majmui tushuniladi [2].

3.

Milliy

hunarmandchilik

Aynan bir millatga taaluqli bo’lgan hunarmandchilik

hisoblanib, unda ushbu millatning madaniyati va ma’naviyati aks

etib, hunarmandchilikning qadimiy turlari, badiiy ishlovi, qo’l

mehnati bichimlari bilan farq qiladigan hunarmandchilik turi [3].

4.

Qadriyatlar

til, madaniyat, tarixi, urf-odatlar, an’analar, moddiy va

ma’naviy boyliklar

5.

Milliy

qadriyatlar

Milliy qadriyatlar – muayyan bir millat, elat va xalq hayoti,

turmush tarzi, ularning o’tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy

muhiti bilan bog’liq.

6.

Moddiy va

ma’naviy

qadriyatlar

har bir jamiyat, millat, xalq o’z kelajagi, kelgusi avlodlarini

yuksak ma’naviyatli, ilmli va eng asosiysi, baxtli bo’lishlari uchun

kurashadi. Shuning uchun moddiy va ma’naviy qadriyatlarni

rivojlantirish hozirgi kunda dolzarb masalasi hisoblanadi.

7.

Ta’limiy

qadriyatlar

O’qituvchi va talabalarning maqsadlari bilim, ko’nikma,

fazilatlar, uslubiy (uslubiy, tashkiliy shakllar, moddiy-texnik

ta’minot) o’qituvchi va talabalar faoliyatining turlari va shakllari

mavjud.


Shuning uchun oliy ta’lim muassasalari talabalarida xalq hunarmandchiligiga oid

buyumlar tayyorlashda, amaliy mashg’ulotlar orqali rivojlantirish, ularni zarur jihozlar,


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

340

asbob-uskunalar, kerakli xomashyo materiallari, qo’llanmalar bilan ta’minlashga jiddiy
e’tibor berish zarur.

Hunarmandchilik milliy-an’anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat

qurollari yordamida yakka tartibda va qo’l mehnatiga asoslangan sanoat turi: shunday
mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Hunarmandchilik yirik sanoat
ishlab chiqarishi vujudga keligandan so’ng ham xalq xo’jaligida xizmat qilmoqda.

Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning qadimiy muhim turlaridan

hisoblanadi. Ammo tasviriy va amaliy san’at, yasalgan buyumlarga badiiy ishlov berish
jarayonining o’ziga xosligi, yo’llarini, xususiyatlarini, o’xshashliklarini va qolaversa, bir-
biridan farqlarini ajratish muhimdir [4].

Kompetentlik bo’lajak o’qituvchining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy

faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi
hamda ularni kasbiy faoliyatda qo’llay olishini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan xolda
“kompetentlik”, jumladan “Texnologiya o’qituvchisining kompitentligi” tushunchasining
mohiyati u quyidagi ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:

- Texnologiya o’qituvchisining kompitentligi–Texnologiya o’qituvchisining

shaxsiy sifatlari to’plami;

- Texnologiya o’qituvchisining kasbiy faoliyati (sohasi) ning asosiy talablari

ko’rinishida.

Kompetentlik talaba tomonidan alohida bilim va malakalar egallanishini emas,

balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning
o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi
darajasiga qo’yiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentlik talabalarning muayyan
vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to’plamini maqsadga muvofiq qo’llash
qobiliyatini anglatadi.

Shu nuqtaiy nazardan Texnologik ta’limda kompetentli yondashuv ta’lim sifatini

oshirish-rakobotbardosh Texnologiya o’qituvchisini tayyorlash omili xisoblanadi.

Xilosa:

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-

yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan 5112100-Texnologik ta’lim
bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari asosida bo’lajak texnologik ta’lim
o’qituvchilariga qo’yiladigan talablar, kasbiy faoliyatining obyektlari, kasbiy
faoliyatlarining turlari, kasbiy kompetensiyalari aniqlandi.

Bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirishda milliy qadriyatlarning o’rni va ahamiyati, shuningdek, qadriyatlar va
ularning turlari, qadriyatlarning rivojlanish piramidasi, hayotiy qadriyatlar, talabaning
shaxsiy faoliyati, talabalarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishning
ijtimoiy-pedagogik mexanizmi yoritib berildi.


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

341

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Qodirov

B.E.

Elektron

axbopot

ta’lim

muhitida

o’quvchilarning

hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi: – Tepmiz:
2021. – 142 b.
2.

Bulatov C.C. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati. – T.: Mehnat, 1991. –384 b.

3.

Mukumova F.X. O’quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ

qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari: PhD dok.dis. –Termiz, 2021. – 129 b.
4.

Jamoliddinova O.P. Katta bog’cha yoshidagi bolalarga xalq hunarmandchiligi

vositasida mehnatsevarlikka tarbiyalash. Ped. fan. nomz. … diss. – T., 1997. – 136 b.
5.

Shomirzaev M.X. Milliy hunarmandchilikning shakllanishi va spektpial-variativ

rivojlanishida fanlar integratsiyasi. – Toshkent: Tafakkur, 2020. – 164 b.
6.

Shomirzaev M.X. O’zbek milliy hunarmandchiligining shakllanish genezisi va

rivojlanish texnologiyasi. O’quv-uslubiy qo’llanma. –T.: Yangi nashr, 2016. – 88 b.
7.

Sharipov Sh.S., Muslimov N.A Texnik ijodkorlik va dizayn. O’quv qo’llanma. –

Toshkent, 2007.
8.

Shodiev N.Sh. Studentlarga o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashni o’rgatish. –

Toshkent: O’qituvchi, 1987. – 232 b.
9.

Ximmataliev D.O. Kasbiy faoliyatga tayyorganlik diagnostika qilishda pedagogik

va texnik bilimlar integratsiyasi. Monografiya. – T.: O’zbekiston, 2018. – 168 b.
10.

Tohirov O’.O. va boshqalar. Texnologiya 8-sinf o’quvchilari uchun darslik. –

Toshkent: Ilm Ziyo, 2019. –155 b.


Библиографические ссылки

Qodirov В.Е. Elcktron axbopot ta’lim muhitida o’quvchilaming hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi: - Tepmiz: 2021,-142 b.

Bulatov C.C. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati. -T.: Mehnat, 1991. -384 b.

Mukumova F.X. O’quvchilaming milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari: PhD dok.dis. Termiz, 2021. - 129 b.

Jamoliddinova O.P. Katta bog’cha yoshidagi bolalarga xalq hunarmandchiligi vositasida mehnatsevarlikka tarbiyalash. Ped. fan. nomz. ... diss. - T., 1997. - 136 b.

Shomirzaev M.X. Milliy hunarmandchilikning shakllanishi va spektpial-variativ rivojlanishida fanlar integratsiyasi. - Toshkent: Tafakkur, 2020. - 164 b.

Shomirzaev M.X. O’zbek milliy hunarmandchiligining shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi. O’quv-uslubiy qo’llanma. -T.: Yangi nashr, 2016. - 88 b.

Sharipov Sh.S., Muslimov N.A Texnik ijodkorlik va dizayn. O’quv qo’llanma. -Toshkent, 2007.

Shodiev N.Sh. Studentlarga o’quvchilami kasb tanlashga yo'llashni o’rgatish. -Toshkent: O’qituvchi, 1987. - 232 b.

Ximmataliev D.O. Kasbiy faoliyatga tayyorganlik diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi. Monografiya. - T.: O’zbekiston, 2018. - 168 b.

Tohirov O’.O. va boshqalar. Texnologiya 8-sinf o’quvchilari uchun darslik. -Toshkent: Ilm Ziyo, 2019. -155 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов