Authors

  • Mamasoat Raimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.100395

Keywords:

Ekspeditsiya arxeologik komissiya tarixnavislik front Termiz garnizoni mustabid tuzum.

Abstract

Maqolada Termizning o‘tmishini o‘rganish hamda u to‘g‘ridagi ilmiy adabiyot tarixnavisligi har bir ilmiy tadqiqot uchun alohida mavzu bo‘lishi mumkin bo‘lgan qator jihatlarni o‘z ichiga oluvchi g‘oyat keng ilmiy ma`lumotlar yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1796

SURXON VOHASI HUDUDIGA RUS BOSQINLARINING TARIXIY TAHLILI.

Raimov Mamasoat Safar o‘g‘li

Termiz davlat universiteti

Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi.

+99890-522-44-74

mamasoatr@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15574596

Annotatsiya. Maqolada Termizning o‘tmishini o‘rganish hamda u to‘g‘ridagi ilmiy

adabiyot tarixnavisligi har bir ilmiy tadqiqot uchun alohida mavzu bo‘lishi mumkin bo‘lgan
qator jihatlarni o‘z ichiga oluvchi g‘oyat keng ilmiy ma`lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Ekspeditsiya, arxeologik komissiya, tarixnavislik, front, Termiz garnizoni,

mustabid tuzum.

Аннотация. Статья посвящена изучению прошлого Термеза и историографии

научной литературы о нем, которая включает в себя ряд аспектов, которые могут
составлять отдельную тему для каждого научного исследования.

Ключевые слова: Экспедиция, археологическая комиссия, историография, фронт,

Термезский гарнизон, абсолютный режим.

Abstract. The article covers the study of the past of Termiz and the historiography of

scientific literature about it, which includes a number of aspects that can be a separate topic for
each scientific research.

Key words: Expedition, archaeological commission, historiography, front, Termiz

garrison, absolute regime.

Turkiston bolsheviklari mag‘lubiyatga uchragach, voqealarning borishini o‘zgartirish

maqsadida hamda ushbu mintaqada o‘zining tayanchi sifatida Buxoro davlati kommunistik
tashkilotlarini tuzish va mustaxkamlash yo‘lidan bordi. 1918-yil 25-sentabrda Buxoro
kompartiyasi Muvaqqat Markaziy Qo‘mitasi tuzildi, shu yil 6-dekabrda uning dasturi ishlab
chiqildi. Dastur amir hokimiyatini ag‘darishni o‘zining bosh vazifasi sifatida e’lon qildiki, bu
markazdagi bolshevistik raxbarlar ko‘rsatmasiga muvofiq kelardi.

Moskvada muxojirlikda bo‘lgan Fayzullo Xo‘jayev inqilobchi yosh Buxoroliklarning

markaziy byurosini tuzdi. BKP RKP(б) dasturini to‘liq qabul qil- gan bo‘lsa, F.Xo‘jayevning
1920-yil 14-iyunida yosh buxoroliklar konferensiyasida qabul qilingan dasturi mohiyatan
shariatga asoslangan bo‘lib uni “adolat sharhlovchisi va kambag‘allar ximoyachisi” deb e’lon
qildi[1. 131].

Ayni mahalda 1919-yil sentabrida tuzilgan Rossiya hukumatining Turkiston ishlari

bo‘yicha komissiyasi (Turkkomissiya) Buxoro amiriga qarshi aperatsiya o‘tkazishga tayyorgarlik
ko‘rmoqda edi. Amir hukumati ham, o‘z navbatida, avj olib borayotgan voqealarga tayyorgarlik
ko‘ra boshladi, jumladan yosh buxoroliklar va kommunistlarga nisbatan keskin choralar ko‘rdi.

Amirlik poytaxtining o‘zida 1920-yil martda 500 nafargacha odam hibsga olinib, bir

qismi qatl qilindi.

Bu orada Termiz uch yil tashqi olamdan ajralib qoldi, chunki Surxondaryoda 1920-yil

avgustiga qadar sovet hokimiyati faqat Termiz va Pattakesadagina hukm surdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1797

1920-yil 28-avgustda Turkkomissiyaning bolshevik rahbariyati Buxoro amiriga qarshi

jangovar operatsiyani boshladi. Bu vaqtga kelib bolsheviklar amirlikning ko‘plab shaharlarida
drujinalar tuzishdi. Bu drujinalarda jami 5000 yaqin, shu jumladan Termizda 200 jangchi bor
edi.

1920-yil 2-sentabrida amirlik poytaxti Eski Buxoro qizil armiya tomonidan butkul bosib

olindi va turkkomissiya xamda Turkiston qomondonligi Buxorodagi vaziyatni qo‘lga olishdi.

Bu yerdan Termiz ijroya organlariga navbatdagi ishlar to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuborila

boshlandi.

6-oktabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) e’lon qilingach, sobiq Buxoro

amirligining chekka joylarida, shu jumladan Surxandaryoda ham, sovet hokimyati organlari
tuzila boshladi. Termiz siyosiy ma’muriy markaz bo‘lib qoldi, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy
hayotni, uning iqtisodiyoti va madanyatining rivojlanishining idora qiladigan tashkilotlar shu
yerda jamlandi[2. 24].

Biroq yangi davlat apparatini bolshevikcha hamda bolsheviklar Rossiyasi ssenariyasi

bo‘yicha tuzishda asrlar davomida yuzaga kelgan mahalliy va milliy an’analar pisand qilinmadi.
Surxondaryo hududida tog‘lik joylarda sovet hokimiyatiga qarshilik ko‘rsatila boshlandi, uning
birinchi bosqichida maxalliy aholining ko‘pchiligi isyonchilarga hayrihohlik bildirib, qo‘llab-
quvvatladi.

Sovetlarga qarshi harakatni Ibrohimbek boshqardi. 1924-yil sentyabriga kelib u mayda

otryadlarni birlashtirdi hamda Termizga yurishni boshladi. Ushbu guruxga qarshi kurashish
uchun Drozdovskiy qo‘mondonligida maxsus brigada tuzildi. 25-sentabrda yuqori Ko‘kaydi
qishlog‘i yaqinida bo‘lib o‘tgan og‘ir jangda Ibrohimbek otryadlari mag‘lubiyatga uchradi,
qo‘rboshi o‘zi esa Surxon daryosi bo‘ylab yuqoriga qarab chekindi va shundan keyin ochiq
jangga kirishmadi.

Biroq Surxondaryo hududida bolsheviklar hokimiyatiga qarshilik ko‘rsatish harakati 30-

yillarning boshidagina to‘xtadi.

Bu davrda Termiz shahri xo‘jalik yuritishning sotsialistik tizimi, rejali tizim hamda xalq

xo‘jaligini qattiq markazlashtirilgan boshqarish negizida rivojlandi.

Ilgari Shamsiddinov va Matchonboyevga qarashli bo‘lagan paxta tozalash zavodlari

tiklandi. Termiz atrofida paxta maydonlari kengaytirildi. Ayni mahalda irrigatsiya tarmog‘i va
agro texnika qayta qurildi.

1924-yilda Termiz-Toshkent havo yo‘li ishga tushirildi. Bir yil o‘tgach Termiz –Kobul

xalqaro havo yo‘li ochildi, lekin yo‘lovchi tashish ikkinchi jahon urushi arafasidagina boshlandi.
1925-yilda 248 kilomatrli Termiz –Dushanbe temir yo‘li ishga tushirildi. Ushbu temir yo‘l
bo‘ylab qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish kuchlari rivojlana boshladi. 1927-yilda Termizda
elektr stansiya binosi barpo etildi hamda quvvati 450 ot kuchi bo‘lgan ikkita dizel dvigatel
o‘rnatildi. Qisqa vaqt ichida go‘sht kombinati, non zavodi, qurilish ashyolari ishlab chiqaradigan
korxonalar, yog‘ zavodi foydalanishga topshirildi[3. 74].

1926-1927-yillarda Surxondaryoga Germaniyada chiqarilgan “Fordzon” markazi 13

traktorning keltirilishi hamda mintaqada sakkiztata mashina- traktor stansiyasining ochilishi
malakali mexanizator kadrlar tayyorlanishini kuchaytirdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1798

Termizda shunday kadrlarni tayyorlash kurslari ochildi. Shaharni obodonlashtirish, uy-

joy va sanoat korxonalari qurish bo‘yicha ham katta ishlar bajarildi.

Savodsizlikni tugatish borasida ulkan ish amalga oshirildi. 1921-yilda Termizda ta’lim

rus tilida ollib boriladigan maktab ochildi, unda oltita sinf, 213 o‘quvchi hamda olti o‘qituvchi
bor edi. Ikki yildan keyin esa 56 o‘quvchi va uch o‘quvchiga mo‘ljallagan M.Behbudiy nomli
birinchi o‘zbek maktabi ochildi. 1924-yilda 23-sonli maktabga 150 o‘quvchi jalb etildi. Bu
davrda shaharda ta’lim sohasida bir qancha islohot o‘tkazildi, u asosan sovet mafkurasini
shakllantirishga yo‘naltirilgan edi.

1925-yil 21-noyabrda Termiz uyezdi xalq ta’limi kollegiyasi “Termizda o‘zbek qizlar

uchun birinchi maktabni ochish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

1925-yil 25-noyabrda birinchi bosqich maktablari o‘qituvchilarining Termiz shahrida

bo‘lib o‘tgan birinchi kengashida maktablarni ikkinchi bosqichga o‘tkazish to‘g‘risida
navbatdagi qaror qabul qilindi.Ushbu qarorga muvofiq shaharda uch oylik pedagogika kursi
tashkil qilinib, 1926-1927 -o‘quv yilida u 9 oylik kursga aylantirildi.Ta’lim olgan 50 kishidan
43tasi o‘qishni muvaffaqiyatli tugatib, qishloq maktablariga ishlash uchun jo‘nab ketdi. 1928-
1929-o‘quv yilida Surxondaryo tarixida muxim voqea bo‘ldi- birinchi o‘rta maxsus o‘quv yurti –
Termiz pedagogika texnikumi ochildi va u hozir ham xalq ta’limi uchun pedagog mutaxasilar
tayyorlaydi.

1934-yildan boshlab respublika janubida bolalar va katta avlod kishilari uchun umumiy

ma’lumot olishga sharoit yaratildi.

Shahar aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi. 1924-yilda Termizda viloyat

sog‘liqni saqlash bo‘limi tuzildi. Dastavval shaharda 150 o‘rinli harbiy gospital ochildi. 1925-yil
fevralda harbiy qism mahalliy aholi uchun 25 o‘rinli kasalxona ochildi, unda harbiy
shifokorlarning yordamchisi ishlab turdi. Keyinchalik shu kichkina kasalxona negizida vohadagi
eng katta birinchi viloyat kasalxonasi vujudga keldi.

1935-1936-yillarda sog‘liqni saqlash bo‘limi kengaydi, natijada viloyatda, shu jumladan

Termiz shahrida 220 o‘rinli kasalxona, 5 ambulatoriya, ikkita ixtisoslashgan dispanser,
zararsizlantirish stansiyasi va 4 ta dorixona ishga tushirildi.

1929-yilda Termiz rayon bo‘ysunishidagi shaharga aylantirildi. U vaqt o‘tishi bilan

iqtisodiy jihatdangina yirik shahar bo‘lib qolmay, balki O‘zbekistonning janubidagi yirik
madaniy markazga aylandi. Chunonchi 1933-yilda bu yerda O‘lkashunoslik muzeyi ochildi.

1935-yilda drama teatri, kinoteatrlar, 1936-yilda esa Termiz shahar kutubxonasi, 1939-

yilda Termiz shahar hayvonot bog‘i ochildi va ular tez orada aholi uchun madaniy markazga
aylandi.

Keyinchalik Termiz davlat bilim yurti, bolalar kutubxonasi va ko‘rlar hamda ko‘zi ojizlar

uchun kutubxona, shuningdek boshqa madaniy muassasalar ishga tushirildi.

1924-yil 12-iyulda partiya organlari “O‘rta Osiyo Respublikalari milliy chegaralanish

to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qaror shu yilning kuzidayoq amalda bajarildi. Surxondaryo
Buxoro viloyatiga okrug sifatida kiritildi. 1941-yil 6-martdagi farmon bilan u markazi Termiz
shahri bo‘lgan Surxondaryo viloyatiga aylantirildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1799

Ikkinchi jahon urushi respublikaning, shu jumladan Termiz shahrining tinch

rivojlanishiga rahna soldi. Butun xalq xo‘jaligini harbiy izga solish eng muhim vazifa bo‘lib
qoldi[4. 125].

Butun O‘zbekiston singari ko‘hna Termiz ham qisqa muddatda harakatdagi armiya

ortidagi mustahkam bazaga aylanib qoldi. Jangohlar ancha olisdagi termizliklar o‘sha og‘ir
yillarda dushman ustidan g‘alab qozonish yo‘lida yashab ishlashdi. Termiz shu davrdagi
murakkab masalalarni xal qilish bo‘yicha Surxondaryo viloyatining shtabga aylandi.

Urushning dastlabki yillaridayoq harakatdagi armiyaga yuborishni so‘rab harbiy

komissariatlarga, jamoat tashkilotlariga ikki mimgdan ziyod arizalar tushdi. O‘sha paytda
frontga ketganlar o‘rniga rahbar kadrlar, mexanizatorlar va boshqa mutaxasisslar tayyorlashga
katta e’tibor berildi. Urush yillarida 260 dan ziyod xotin-qizlar rahbarlik ishiga ko‘tarildi.

Mahalliy millat qizlarining o‘zidan 600 ga yaqin traktorchi va shafyor tayyorlandi. Front

extiyojlari uchun ham mutaxasislar yetishtirila boshlandi. Qizil xoch va qizil yarim oy
tashkilotlari tomonidan 25 sanitar drujinasi, 550 tibbiy hamshira tayyorlandi. Ularning
ko‘pchilligi ko‘ngilli bo‘lib frontga jo‘nadi, 750 ta qiz esa donor bo‘lib qoldi.

Urush yillarida tank kolonnalari va samalyotlar qurish uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha

jamg‘armaga surxondaryoliklardan 45 million tushdi. Shaharning barcha millat vakillari ikkinchi
jahon urushining barcha frontlarida jang qilishdi va shon-shuhratga burkanishdi. Minnatdor
termizliklar janglarda halpk bo‘lganlar nomini muqaddas tutadilar.

Ularning oilalariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.


REFERENCES

1.

Цит. По: Краеведение Сурхандарьи (сборник ситатей). Т.: Узбекистан, 1989. С. 131.

2.

Халияров Х., Быков Д., Блинников А. Сурхандарьинская област. Т.: Узбекистан

1974. С. 24.

3.

Бухара-жемчужина востока ). Т.: Шарқ, 1997. С. 74

4.

Архив РФ. Ср. 130, оп. 2., д. 734. 128

5.

Safar o‘g‘li R. M. TERMIZNING CHIG ‘ATOY ULUSI TARKIBIDAN

MUSTAQILIKKA CHIQISH TARIXI HAQIDA. – 2023.

6.

Safar o‘g‘li R. M. TERMIZ OBIDALARINING RUS TADQIQOTCHILARI

TOMONIDAN O ‘RGANILISHI //INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION
SYSTEM. – 2023. – Т. 3. – №. 34. – С. 37-41.

7.

Safar o‘g‘li R. M. The Study of The History of Termiz by Researchers //Genius

Repository. – 2023. – Т. 26. – С. 24-27.

8.

Raimov M. BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM

THE CHIGATOY SHARE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С.
1150-1154.

9.

Raimov M. A NEW ERA IN THE STUDY OF TERM HISTORY //Modern Science and

Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 146-151.

10.

Rahmonov, M. (2025). PANJOB–QADRIYATLAR SAQLANIB QOLGAN TOG 'BAG

'RIDAGI MO 'JIZA.

Zamonaviy fan va tadqiqotlar

,

4

(5).


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1800

11.

Habibullo oʻgʻli, RM (2024). SURXON VOHASI AHOLISINING AN'ANAVIY

KIYIMLARI VA TAQINCHOQLARI.

12.

Habibullo

oʻgʻli,

R.

M.

(2024).

TOQCHI

QAVMI

AHOLISINING

HUNARMANDCHILIGI VA UY-RO 'ZG 'OR KASBKORLIGI.

References

Цит. По: Краеведение Сурхандарьи (сборник ситатей). Т.: Узбекистан, 1989. С. 131.

Халияров Х., Быков Д., Блинников А. Сурхандарьинская област. Т.: Узбекистан 1974. С. 24.

Бухара-жемчужина востока). Т.: Шарқ, 1997. С. 74

Архив РФ. Ср. 130, оп. 2., д. 734. 128

Safar o‘g‘li R. M. TERMIZNING CHIG ‘ATOY ULUSI TARKIBIDAN MUSTAQILIKKA CHIQISH TARIXI HAQIDA. – 2023.

Safar o‘g‘li R. M. TERMIZ OBIDALARINING RUS TADQIQOTCHILARI TOMONIDAN O ‘RGANILISHI //INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2023. – Т. 3. – №. 34. – С. 37-41.

Safar o‘g‘li R. M. The Study of The History of Termiz by Researchers //Genius Repository. – 2023. – Т. 26. – С. 24-27.

Raimov M. BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE CHIGATOY SHARE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 1150-1154.

Raimov M. A NEW ERA IN THE STUDY OF TERM HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 146-151.

Rahmonov, M. (2025). PANJOB–QADRIYATLAR SAQLANIB QOLGAN TOG 'BAG 'RIDAGI MO 'JIZA. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 4 (5).

Habibullo oʻgʻli, RM (2024). SURXON VOHASI AHOLISINING AN'ANAVIY KIYIMLARI VA TAQINCHOQLARI.

Habibullo oʻgʻli, R. M. (2024). TOQCHI QAVMI AHOLISINING HUNARMANDCHILIGI VA UY-RO 'ZG 'OR KASBKORLIGI.