Authors

  • Sirojiddin Ibrohimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102118

Keywords:

arab tili o‘zbek tili maqola sarlavha so‘zboshi ommaviy axborot vositalari zamonaviy texnologiya lug‘aviy ma’nolar.

Abstract

Mazkur maqolada arab ommaviy axborot vositalarida maqola sarlavhalaridan namunalar keltirilgan, shuningdek ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari ham beriladi. Ushbu maqolada o‘quvchi uchun tarjima mahoratini oshirishga yordam beradigan ba’zi so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari ham keltirib o‘tiladi. Keltiriladigan maqola orqali O‘zbekiston tarjimashunosligi rivoji uchun ma’lum darajada hissa qo‘shiladi.

background image

1752

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

ZAMONAVIY ARAB OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING

LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Ibrohimov Sirojiddin Najmiddin o‘g‘li

O‘zDJTU 2- bosqich magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15558868

Annotatsiya. Mazkur maqolada arab ommaviy axborot vositalarida maqola

sarlavhalaridan namunalar keltirilgan, shuningdek ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari ham
beriladi. Ushbu maqolada o‘quvchi uchun tarjima mahoratini oshirishga yordam beradigan
ba’zi so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari ham keltirib o‘tiladi. Keltiriladigan maqola orqali
O‘zbekiston tarjimashunosligi rivoji uchun ma’lum darajada hissa qo‘shiladi.

Kalit so‘zlar: arab tili, o‘zbek tili, maqola, sarlavha, so‘zboshi, ommaviy axborot

vositalari, zamonaviy texnologiya, lug‘aviy ma’nolar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены образцы заголовков информационных

сообщений в арабских СМИ, а также проанализированы их переводы на узбекский язык.
Кроме этого, в статье также проанализированы словарные значения некоторых
терминов, что поможет читателю улучшить свои навыки их перевода. Представленная
статья в определенной степени должна способствовать развитию науки
переводоведения в Узбекистане.

Ключевые слова: арабский язык, узбекский язык, статья, заголовки, предисловие,

средства массовой информации, современные технологии, словарные значения.

Abstract. This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as

their Uzbek translations. This article also provides the dictionary meanings of some words that
will help the reader to improve his translation skills. The cited article contributes to the
development of translation studies in Uzbekistan to a certain extent.

Key words: Arabic language, Uzbek language, article, title, preface, mass media, modern

technology, dictionary meanings.


Mustaqillikka erishilgach, respublikamizda xorijiy tillarni o‘rganish va tarjimashunoslik

sohalariga jiddiy e’tibor qaratilib, soha rivoji yo’lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu
yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning takomillashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan 2021-yil 19-mayda chiqarilgan PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy
tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari tog‘risida”gi

1

qarori muhim ahamiyat kasb etdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizning xalqaro maydondagi roli va obro‘si tobora rivojlanib

borishi natijasida arab mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, kimyo-
texnologiya, diniy-ma’rifiy va shuningdek, bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan hamkorlik
ko‘lami kengayib bordi. Mamlakatimiz ko‘plab arab davlatlari bilan diplomatik munosabatlar
o‘rnatish ustida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu esa bugungi kun arab tilshunosligi va
tarjimashunosligi tadqiqotchilari zimmasiga muhim mas’uliyat yuklaydi. Ushbu keng ko‘lamli
diplomatik munosabatlar arab tarjimashunosligi rivoji uchun muhim rol o‘ynamoqda. Bu esa
tadqiqotchilar oldida arab ommaviy axborot vositalari uslubiyatining o‘ziga xosligi va uning
arab-o‘zbek tillari chog’ishtirma tarjimashunosligi va tilshunosligidagi talqinini o‘rganishdek
ustuvor vazifa kasb etmoqda. Maqolada arab ommaviy axborot vositalari maqola
sarlavhalarining ifodalanishi va uning o‘zbek tilidagi talqini borasida fikr yuritiladi.

1

https://lex.uz/docs/-5426736


background image

1753

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Shuningdek, ushbu maqola Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risidagi 2020-yil 29-oktabrdagi 6097-sonli Prezident farmoni

2

ijrosini

ta’minlashga muayyan darajada xizmat qiladi.

Zamonaviy tarjima nazariyalarida maqsadga yo‘naltirilgan (funksionalist) yondashuv

ustuvor ahamiyat kasb etadi. Hans Vermeer tomonidan ishlab chiqilgan Skopos nazariyasi
(Skopostheorie) tarjimaning asosiy maqsadi – uning funksiyasi ekanligini ta’kidlaydi. Bu
yondashuv arab matbuoti tarjimasi uchun ayniqsa dolzarb, chunki matnlar ko‘pincha ma’lum bir
ijtimoiy yoki siyosiy funktsiyani bajaradi.

3

Masalan, “ةموكحلا مساب يمسرلا ثدحتملا” iborasi so‘zma-

so‘z “hukumatning rasmiy vakili” deb tarjima qilinadi. Ammo bu ibora matn kontekstiga qarab
“hukumat matbuot kotibi” yoki “vakil” tarzida funksional tahlil asosida tarjima qilinadi. Demak,
tarjimada so‘zning sintaktik ko‘rinishi emas, balki uning diskursiv va ijtimoiy rolini anglash
muhimdir. Kognitiv yondashuv tarjimonning tafakkur jarayoniga e’tibor qaratadi. Ya’ni tarjima
faqat til kodlarini almashtirish emas, balki axborotni kodlash va dekodlashda insonga xos ong
jarayonlari ishtirokini anglatadi. Bu uslub tarjima qilishda kontekstual izlanish, fikrlar zanjiri,
assotsiatsiyalar va evristik mulohazalarni o‘z ichiga oladi (Shuttleworth & Cowie, 1997). Bu
yondashuvdan foydalangan holda tarjimon matnning ma’no qatlamlarini bir necha darajada tahlil
qiladi:

Yuzaki (literal) ma’no;

Pragmatik ma’no;

Konnotativ (qo‘shimcha) ma’no.

4

Arab tilidagi “ ؤسم ردصم نلعأ

لو

” jumlasi yuzaki tarjimada “mas’ul shaxs ma’lum qildi”

bo‘lishi mumkin. Ammo o‘zbek jurnalistik uslubida bu “rasmiy manba ma’lumotiga ko‘ra”
tarzida ifodalanadi. Bu kognitiv yondashuv asosida turgan tarjimadir. Tarjimani madaniy
voqeliklararo ko‘prik sifatida talqin etuvchi yondashuvlar ham zamonaviy tarjima nazariyasining
muhim qismini tashkil etadi. Bu nazariya tarjimani faqat til o‘zgarishi emas, balki
madaniyatlararo transfer deb hisoblaydi. Arab tilida keng qo‘llaniladigan diniy, ijtimoiy va
siyosiy terminlar tarjimada turlicha ifoda topadi. Misol: “نيفيرشلا نيمرحلا مداخ” — bu ibora so‘zma-
so‘z tarjimada “Muqaddas ikki masjid xizmatchisi” degan ma’noni bildiradi. Biroq bu ibora
aslida Saudiya Arabistoni podshohining rasmiy unvoni bo‘lib, uni o‘zbek tilida “Saudiya
Arabistoni podshohi” tarzida ekvivalent holda berish mantiqan to‘g‘riroq hisoblanadi.

Arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ko‘plab arab so‘zlarining

ko‘p ma’noliligi

(polysemy)

va

sifat jihatidan yaqin bo‘lgan sinonimlar

mavjudligi tarjimon uchun ma’lum

muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, arab tilidagi "نلعأ" fe’li — kontekstdan kelib chiqqan
holda “ma’lum qildi”, “e’lon qildi”, “bayon etdi”, “bildirdi” kabi turli ekvivalentlarga ega
bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda tarjimon

kontekstual semantik tahlil

asosida so‘zning

ma’nosini aniqlashi lozim.

5

Siyosiy va iqtisodiy matnlarda terminologik jihatdan yangi atamalar

tez-tez paydo bo‘ladi.

Masalan, “Asr kelishuvi” degan ibora (arab tilida "نرقلا ةقفص") AQShning Yaqin Sharq

siyosatiga doir termin sifatida paydo bo‘lgan va keng ommalashgan. Bu kabi atamalarni o‘zbek
tilida aniq va tushunarli shaklda ifodalash tarjimon uchun alohida mas’uliyat yuklaydi. Arab
tilidagi ommaviy axborot matnlarida metaforik iboralarga ham ko‘p uchraladi.

2

https://lex.uz/docs/5073447

3

Catford, J. C. (1965).

A Linguistic Theory of Translation

. Oxford: Oxford University Press.

4

Nida, E. A., & Taber, C. R. (1969).

The Theory and Practice of Translation

. Leiden: E. J. Brill.

5

Baker, M. (1992).

In Other Words: A Coursebook on Translation

. London: Routledge.


background image

1754

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Masalan, “Yangi sovuq urush” (arabcha: "ةديدج ةدراب برح") iborasi geosiyosiy

ziddiyatlarni obrazli tarzda ifodalaydi. Bu esa matn ohangini kuchaytiradi va o‘quvchiga
voqealarning keskinligini ta’kidlaydi.

Xulosa

qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunimiz zamonaviy texnologiyalar asriga

aylanib ulgurdi va o‘quvchilar uchun an’anaviy gazeta va jurnallar o‘z ahamiyatini yo‘qotib
borayotganini ta’suf bilan aytamiz, ammo shu vaqtning o‘zida ommaviy axborot vositalarinig
elektron ko‘rinishi keng tarqalmoqda. Shu imkoniyatdan foydalangan holda o‘quvchilarning
e’tiborini jalb qilishga, ularni OAV dan uzilib qolmasligiga alohida ahmiyat berilishi kerak. Bu
kishidan turli mutaxasissliklarni talab qiladi. Tarjima jarayonida so‘z tanlovi va uning semantik
mazmunini to‘g‘ri ifodalash tarjimaning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.

Ayniqsa, matbuot xabarlarida qo‘llaniladigan terminlar, lavozim nomlari, sarlavhalar va

iqtiboslar tarjima qilinayotganda

leksik va semantik moslik

muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarjimon, bir tomondan, asl matnning lug‘aviy va grammatik tizimini hisobga olishi,

ikkinchi tomondan, o‘zbek tilining uslubiy va semantik xususiyatlariga moslashgan holda
tarjimani amalga oshirishi lozim.

REFERENCES

1.

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/horijiy_tillarni_urganish_yangi_darajaga

_olib_chiqiladi3

2.

https://lex.uz/docs/5073447

3.

https://dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane/ozbekiston-va-saudiya-arabistoni-

mamlakatimizning-zhahon-savdo-tashkil

4.

https://www.annahar-news.com/news/single/4605

5.

https://dunyo.info/uz/about_uzb/Saudiya-Arabistoni-ommaviy-axborot-vositalari-

Ozbekiston-haqida

6.

https://alharir.info

7.

https://www.almaany.com/ar/dict/ar-ar

8.

https://dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane

9.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom_hamkorlik_tashkilotining_Islom_sammiti

10.

https://mfa.uz/uz/press/news/2022/ozbekiston-va-yunesko-ortasidagi-hamkorlik-

masalalari-muhokama-qilindi---32373

11.

https://ar.wikipedia.org

References