Authors

  • Sirojiddin Ibrohimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98742

Keywords:

arab tili o‘zbek tili maqola sarlavha so‘zboshi ommaviy axborot vositalari zamonaviy texnologiya lug‘aviy ma’nolar.

Abstract

Mazkur maqolada arab ommaviy axborot vositalarida maqola sarlavhalaridan namunalar keltirilgan, shuningdek ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari ham beriladi. Ushbu maqolada o‘quvchi uchun tarjima mahoratini oshirishga yordam beradigan ba’zi so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari ham keltirib o‘tiladi. Keltiriladigan maqola orqali O‘zbekiston tarjimashunosligi rivoji uchun ma’lum darajada hissa qo‘shiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1545

ARAB MATBUOTI SARLAVHALARINING IFODA SHAKLLARI VA ULARNING

O‘ZBEK TILIDAGI MAZMUNIY TALQINI

Ibrohimov Sirojiddin Najmiddin o‘g‘li

O‘zDJTU 2- bosqich magistratura talabasi.

6533935@gmail.com

+998-95-637-39-35

https://doi.org/10.5281/zenodo.15550144

Annotatsiya. Mazkur maqolada arab ommaviy axborot vositalarida maqola

sarlavhalaridan namunalar keltirilgan, shuningdek ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari ham
beriladi. Ushbu maqolada o‘quvchi uchun tarjima mahoratini oshirishga yordam beradigan
ba’zi so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari ham keltirib o‘tiladi. Keltiriladigan maqola orqali
O‘zbekiston tarjimashunosligi rivoji uchun ma’lum darajada hissa qo‘shiladi.

Kalit so‘zlar: arab tili, o‘zbek tili, maqola, sarlavha, so‘zboshi, ommaviy axborot

vositalari, zamonaviy texnologiya, lug‘aviy ma’nolar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены образцы заголовков информационных

сообщений в арабских СМИ, а также проанализированы их переводы на узбекский язык.

Кроме этого, в статье также проанализированы словарные значения некоторых

терминов, что поможет читателю улучшить свои навыки их перевода. Представленная
статья в определенной степени должна способствовать развитию науки
переводоведения в Узбекистане.

Ключевые слова: арабский язык, узбекский язык, статья, заголовки, предисловие,

средства массовой информации, современные технологии, словарные значения.

Abstract. This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as

their Uzbek translations. This article also provides the dictionary meanings of some words that
will help the reader to improve his translation skills. The cited article contributes to the
development of translation studies in Uzbekistan to a certain extent.

Key words: Arabic language, Uzbek language, article, title, preface, mass media, modern

technology, dictionary meanings.


Mustaqillikka erishilgach, respublikamizda xorijiy tillarni o‘rganish va tarjimashunoslik

sohalariga jiddiy e’tibor qaratilib, soha rivoji yo’lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu
yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning takomillashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan 2021-yil 19-mayda chiqarilgan PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy
tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari tog‘risida”gi

1

qarori muhim ahamiyat kasb etdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizning xalqaro maydondagi roli va obro‘si tobora rivojlanib

borishi natijasida arab mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, kimyo-
texnologiya, diniy-ma’rifiy va shuningdek, bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan hamkorlik
ko‘lami kengayib bordi. Mamlakatimiz ko‘plab arab davlatlari bilan diplomatik munosabatlar
o‘rnatish ustida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu esa bugungi kun arab tilshunosligi va
tarjimashunosligi tadqiqotchilari zimmasiga muhim mas’uliyat yuklaydi.

1

https://lex.uz/docs/-5426736


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1546

Ushbu keng ko‘lamli diplomatik munosabatlar arab tarjimashunosligi rivoji uchun muhim

rol o‘ynamoqda. Bu esa tadqiqotchilar oldida arab ommaviy axborot vositalari uslubiyatining
o‘ziga xosligi va uning arab-o‘zbek tillari chog’ishtirma tarjimashunosligi va tilshunosligidagi
talqinini o‘rganishdek ustuvor vazifa kasb etmoqda. Maqolada arab ommaviy axborot vositalari
maqola sarlavhalarining ifodalanishi va uning o‘zbek tilidagi talqini borasida fikr yuritiladi.

Shuningdek, ushbu maqola

Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risidagi 2020-yil 29-oktabrdagi 6097-sonli Prezident farmoni

2

ijrosini

ta’minlashga muayyan darajada xizmat qiladi.

Ma’lumki, ommaviy axborot vositalarida matn va sarlavha uyg’unligi muhim

hisoblanadi.

Matnni idrok qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayondir.

Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning 80 foizi faqat

sarlavhalarga e’tibor berishadi. O‘quvchi birinchi bo‘lib sarlavhaga murojaat qiladi, gazeta
matnining samaradorligi ko‘p jihatdan uning sarlavhasi bilan belgilanadi, ma’lumki, mohirona
nashr etilgan sarlavha yordamida, ya’ni aniq risola yordamida ishontirish osonroq bo‘ladi. Shu
sababli, jurnalist uchun, nashr uchun sarlavha tanlash juda muhimdir. Umuman olganda, bitta
jumlada nafaqat maqolaning asosiy mazmunini yetkazish, balki o‘quvchini jalb qilish va
qiziqtirish kerak.

Shuning uchun avvalo sarlavhalar arab matbuot tizimida qanday qo‘llanilishi va

unga qo‘yiladigan talablarning ba’zilariga to‘xtalib o‘tsak. Birinchidan, sarlavha maqola
mavzusi va mazmuniga mos bo‘lishi zarur. Ikkinchidan, sarlavha juda ham uzun bo‘lmay,
bir necha so‘zlar bilan maqola mazmunini ochib bera olishi kerak, uchinchidan, matn
uchun tanlangan sarlavhada – o‘quvchi e’tiborini tortish uchun – jozibadorlik
xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.

Ruhshunoslarning izlanishlariga ko‘ra, retsipientning qabul

qilish jarayonida yuzaga keladigan o‘ziga xos mexanizm mavjud. Bu mexanizm katta hajmdagi
matnni uni qisqa shaklga kiritgan holda qabul qilishga yordam beradi. Bu mexanizm yordamida
qisqa matnni o‘zlashtirish jarayonida keng ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu hodisa inter va
introsensor ma’no ko‘chishi mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, nutqiy faoliyat yordamida
olinayotgan ma’lumotni oldindan bilishga yordam beradi. L.M.Murzin matn kompessiyasi
haqida ta’kidlashicha: “Qisqartirilgan va qisqartirilmagan matn bir xil ma’noni kashf etadi.”

Arab ommaviy axboroti vositalarida ham ushbu talablardan kelib chiqib sarlavha

tanlanadi. Quyida ularga ba’zi misollar ko‘rib chiqamiz, Saudiya Arabistonining «An-
Nahar News» gazetasida «O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan Jahon savdo tashkilotiga
a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar
bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

3

. Ushbu xabar arab OAVda

4

عم تاضوافملا تهنأ ناتسكبزوأ

ةيملاعلا ةراجتلا ةمظنم ةيوضع نأشب ةكلمملا

deb keltiriladi. Arabcha sarlavhadagi “ةكلمملا” so’zi

ko’proq saudiyalik o’quvchiga yo’naltirilgani bois, o’zbekcha tarjimasida mamlakat nomi
to’liq (Saudiya Arabistoni) keltirib o’tilgan.

2

https://lex.uz/docs/5073447

3

https://dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane/ozbekiston-va-saudiya-arabistoni-mamlakatimizning-zhahon-savdo-

tashkil

4

https://www.annahar-news.com/news/single/4605


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1547

Saudiya Arabistonining «Al Harir.info» veb-saytida O‘zbekistonda kechayotgan

muhim voqealarga bag‘ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi, deb xabar bermoqda
"Dunyo" AA muxbiri.

5

Unda quyidagicha sarlavha qo‘llaniladi, “

ىلإ ةيكبزولأا يراخب ةنيدم مامضنا

وكسنويلا ةمظنمل ةيعادبلإا ندملا ةكبش”

6

.

Ushbu sarlavhani o‘zbek matbuot manbalaridan “Dunyo”

AA shunday keltiradi: “O‘zbekistonning Buxoro shahri YUNESKOning ijodiy shaharlar
tarmog‘iga qo‘shildi”. Ushbu tarjimaning ba’zi o‘rinlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak,

ةيكبزولأا ىراخب ةنيدم

birikmasi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “o‘zbekka oid Buxoro” degan

ma’no anglashiladi. Lekin bizda tarjima qilinayotgan til me’yorlaridan kelib chiqqan
holda uni “O‘zbekistonning Buxoro shahri” ko‘rinishida keltiramiz, sababi oid, tegishlilik
ma’nolarini o‘zbek tilida qaratqich va qaralmishli so‘z birikmalari orqali ifodalashimiz
mumkin.

Shu o‘rinda

ةكبش

so‘ziga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, usbu so‘zning arab tilidagi

asl ma’nosi: كَّبشملا طيخلا نم ذخَّتت ام رثكَأو ،رحبلاو ّربلا يف دايصلا ةكَرَش

,

7

ya’ni qisqa qilib aytadigan

bo‘lsak

baliqchilikda ishlatiladigan “to‘r” yoki “o‘rgimchak to‘ri”

ma’nolarini anglatadi, nega

aynan ushbu so‘z tarmoq uchun tanlangani esa uni boshqa tillarda ham shu kabi ifodalanishi
bilan bog‘liq. Demak, biz bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilayotganimizda til me’yorlariga va
bugungi kunda so‘zlar qay ma’noda iste’molda mavjudligiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak
bo‘ladi.

Saudiya Arabistonining ommabop «An-Nahar news» gazetasida «O‘zbekistonda xotin-

qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda» sarlavhali maqola chop
etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

8

. “An-Nahar news” gazetasi ushbu maqolani

quyidagi nom bilan chop qiladi:

أ

ةأرملا معدل يلودلا ىدتنملا فيضتست ناتسكبزو

. Keltirilgan jumlada

فيضتست

so‘ziga e’tiborimizni qaratamiz, ushbu so‘zning lug‘atdagi ma’nosi

فاضتسا

fe’lining

hozirgi zamon shakli bo‘lib, “

mehmon qilmoq”

,

“mezbonlik qilmoq”

degan ma’nolarda

qo‘llaniladi. Shunda sarlavha tarjimasini “O‘zbekiston xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash xalqaro
forumiga mezbonlik qilmoqda” degan shaklda ham bersak bo‘ladi, ammo sarlahva tarjimoni
xalqaro forum aynan O‘zbekistonda bo‘layotganini mezbonlik qilmoq so‘zi bilan emas, balki
o‘zbek tilida o‘rin-payt kelishigi hisoblangan

-da

qo‘shimchasi bilan berishni afzal ko‘rgan.

Yana bir e’tibor tortadigan qismi bu “bo‘yicha” so‘zining qo‘llanilishi hisoblanadi, yuqoridagi
so‘zga arab tili sarlavhasida qo‘llanilgan

"ل"

qo‘shimchasini muqobil variant sifatida keltirsak

bo‘ladi, biroq bu holat ba’zi tarjimalarda uchraydi, ba’zilarida esa uchramasligiga ham guvoh
bo‘lamiz, negaki arab tilida ko‘plab tashkilotlar nomida biz

"ل"

qo‘shimchasini qo‘llaniladi,

ammo ularning rasmiy tarjima qilingan nomlarida alohida so‘z bilan ifodalanmay tushib
qolganini ham ko‘ramiz, misol tariqasida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

1. Islom Hamkorlik Tashkilotining Islom Sammiti (Arab:

نواعتلا ةمظنمل ةيملاسلإا ةمقلا

يملاسلإا

)

9

5

https://dunyo.info/uz/about_uzb/Saudiya-Arabistoni-ommaviy-axborot-vositalari-Ozbekiston-haqida

6

https://alharir.info

7

https://www.almaany.com/ar/dict/ar-ar/%D8%B4%D8%A8%D9%83%D8%A9/

8

https://dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane/%D0%8Ezbekistonda-b%D1%9Elib-%D1%9Etaetgan-hotin-

%D2%9Bizlarni-%D2%9B%D1%9Ellab-%D2%9Buvvatlash-b%D1%9Eyicha-hal%D2%9Baro-forum-saudiya-
arabistoni-oav-nigo%D2%B3ida

9

https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom_hamkorlik_tashkilotining_Islom_sammiti


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1548

2. Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) (Arab:

مملأا ةمظنم

)فيسنوي( ةلوفطلل ةدحتملا

)

3. Millatlar Tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari

bo‘yicha

tashkiloti

(YUNESKO)

10

(Arab:

ةفاقثلاو ملعلاو ةيبرتلل ةدحتملا مملأا ةمظنم

)

11

Xulosa

qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunimiz zamonaviy texnologiyalar asriga

aylanib ulgurdi va o‘quvchilar uchun an’anaviy gazeta va jurnallar o‘z ahamiyatini yo‘qotib
borayotganini ta’suf bilan aytamiz, ammo shu vaqtning o‘zida ommaviy axborot vositalarinig
elektron ko‘rinishi keng tarqalmoqda. Shu imkoniyatdan foydalangan holda o‘quvchilarning
e’tiborini jalb qilishga, ularni OAV dan uzilib qolmasligiga alohida ahmiyat berilishi kerak. Bu
kishidan turli mutaxasissliklarni talab qiladi. Sarlavha tanlash jaroyini ham kishidan alohida
mahorat talab qiladigan ish ekanligini ko‘rishimiz mumkin va bu borada hozirda bu borada
salmoqli ishlar olib borildi va olib borilmoqda, buning samarasini arab va o‘zbek tilida olib
borilgan ko‘plab ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/horijiy_tillarni_urganish_yangi_darajaga

_olib_chiqiladi3

2.

https://lex.uz/docs/5073447

3.

https://dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane/ozbekiston-va-saudiya-arabistoni-

mamlakatimizning-zhahon-savdo-tashkil

4.

https://www.annahar-news.com/news/single/4605

5.

https://dunyo.info/uz/about_uzb/Saudiya-Arabistoni-ommaviy-axborot-vositalari-

Ozbekiston-haqida

6.

https://alharir.info

7.

https://www.almaany.com/ar/dict/ar-ar

8.

https://dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane

9.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom_hamkorlik_tashkilotining_Islom_sammiti

10.

https://mfa.uz/uz/press/news/2022/ozbekiston-va-yunesko-ortasidagi-hamkorlik-

masalalari-muhokama-qilindi---32373

11.

https://ar.wikipedia.org

10

https://mfa.uz/uz/press/news/2022/ozbekiston-va-yunesko-ortasidagi-hamkorlik-masalalari-muhokama-qilindi---

32373

11

https://ar.wikipedia.org/wiki/%D9%8A%D9%88%D9%86%D8%B3%D9%83%D9%88

References