Authors

  • Doston Gulboyev
  • Flora Kabulova
  • Noryigit Musulmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102302

Keywords:

Hippophae rhamnoides oziq-ovqat sanoati antioksidant polifenol antibiotik o'rinbosar saraton linol linolen olein fitosterollar karotinoidlar flavonoidlar askorbin kislota antioksidanlar teri kasalliklari yurak-qon tomir oshqozon-ichak kasalliklari

Abstract

Hippophae rhamnoides L. urug‘i turli biologik faol moddalarga boy bo‘lib, ularning farmakologik va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati katta. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘simlik urug‘i yog‘i polikondenslangan yog‘ kislotalari, xususan, linol, linolen, olein va palmitin kislotalari bilan boyitilgan. Shuningdek, urug‘ tarkibida tokoferollar (E vitamini), fitosterollar, karotinoidlar, flavonoidlar va askorbin kislota kabi antioksidant moddalar aniqlangan. Ushbu biokimyoviy komponentlar hujayralarni erkin radikallar ta’siridan himoya qilish, yallig‘lanishga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, urug‘ yog‘i teri kasalliklari, yurak-qon tomir va oshqozon-ichak tizimi muammolarida muqobil terapiya sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur ish doirasida Hippophae rhamnoides urug‘i tarkibidagi asosiy biokimyoviy moddalarning tahlili va ularning biologik ahamiyati yoritilgan.