ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
125
BUXORO AMRLIGI VA AFG‘ONISTON O‘RTASIDAGI ALOQALAR TARIXIDAN
Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li
Oriental universiteti Tarix kafedrasi o‘qituvchisi
islomjonrustamboyev@gmail.com
Mamadaliyeva Nozima Abduhamid qizi
Oriental universiteti Tarix fakulteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15622966
Annotatsiya. Mazkur maqolada XVI-XIX asrlarda Buxoro va Afg‘oniston o‘rtasidagi
diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan.
Elchilik missiyalari, savdo aloqalari, chegara mojarolari, diniy va madaniy yaqinlik
asosidagi aloqalar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Buyuk o‘yin” davrida
yirik imperiyalar bosimi ostida bu munosabatlarning murakkablashgani ham ko‘rsatilgan.
Mahalliy amaldorlar va diniy ulamolar vositasidagi noformal diplomatiyaning roli
alohida e’tirof etilgan.
Kalit so‘zlar: Buxoro, Afg‘oniston, diplomatik munosabatlar, elchilik instituti, savdo
yo‘llari, Durroniylar imperiyasi, “Buyuk o‘yin”, chegara, diniy-madaniy aloqalar.
Astract. This article analyzes the development and characteristics of diplomatic relations
between the Bukhara and Afghanistan from the 16th to the 19th centuries. It explores embassies,
trade relations, border conflicts, and religious-cultural ties based on historical sources. The
article also highlights the complexities brought about by the pressure of great empires during
the “Great Game” era. Particular attention is given to the role of informal diplomacy carried
out by local officials and religious leaders.
Keywords: Bukhara, Afghanistan, diplomatic relations, embassy institution, trade routes,
Durrani Empire, Great Game, border, religious-cultural ties.
Аннотация. В данной статье рассматриваются особенности становления и
развития дипломатических отношений между Бухарa и Афганистаном в XVI-XIX веках.
На основе исторических источников освещаются дипломатические миссии,
торговые связи, приграничные конфликты и религиозно-культурное взаимодействие.
Также анализируется влияние внешнего давления крупных империй в период
«Большой игры». Особо подчеркивается значение неформальной дипломатии,
осуществляемой местными чиновниками и религиозными лидерами.
Ключевые слова: Бухарское ханство, Афганистан, дипломатические отношения,
институт посольства, торговые пути, империя Дуррани, «Большая игра», граница,
религиозно-культурные связи.
O‘rta Osiyo xonliklarida xalqaro munosabatlar mexanizmining asosini tashkil etgan
«diplomatik protokol» va «elchilik instituti»ning shakllanishi hamda rivojlanib borishi dunyo
tajribasi bilan bog‘liq ravishda kechgan.
XVI asr Yevropaning yirik davlatlarida davlatning tashqi siyosatini yurituvchi elchilik
xizmati va uning markaziy hamda mahalliy idoralari shakllangan davr hisoblanadi. XVI asr
oxiriga kelib, dipomatik institutning tashkiliy tuzilmalari ancha barqarorlashib borgan va ma’lum
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
126
bir diplomatik iyerarxiya (silsila) vujudga kelgan
1
. Xususan, elchi bilan birga elchilik
xizmatining turli darajadagi xodimlari tayinlanib, aksariyat hollarda elchi bilan oddiy vakil yoki
chopar bir-biridan jiddiy farqlanar edi.
O‘rta Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar ko‘p asrlik tarixiy
ildizlarga ega bo‘lib, bu aloqalar diniy, etnik va geografik yaqinlik, savdo yo‘llari va siyosiy
manfaatlar bilan chambarchas bog‘langan. Ayniqsa, XVI-XIX asrlar oralig‘ida bu ikki mintaqa
o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar har xil siyosiy muhit va tashqi kuchlar bosimi ostida
shakllandi. Bu davrda O‘rta Osiyoda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari mavjud bo‘lib,
Afg‘oniston hududida dastlab Safaviylar va Boburiylar ta’siri ostidagi Xuroson viloyati,
keyinchalik esa mustaqil Durroniylar imperiyasi tashkil topdi. Mazkur maqolada aynan XVI-
XIX asrlarda O‘rta Osiyodagi Buxoro davlati va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning
asosiy bosqichlari va ularning mazmuni yoritiladi.
XVI asrda O‘rta Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar asosan Buxoro
xonligi va Safaviy Eron davlatining Xuroson ustidan yuritgan raqobati fonida shakllandi.
Xuroson qadimdan ikki mintaqa o‘rtasidagi strategik hudud bo‘lib kelgan. Bu hududda
ko‘plab afg‘on qabilalari yashagan bo‘lib, ularning siyosiy faolligi Buxoro va Eron o‘rtasidagi
kuchlar muvozanatiga ta’sir o‘tkazgan. O‘sha davrlarda Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi
Safaviylar bilan Xuroson hududi uchun bir necha bor harbiy to‘qnashuvlarga kirishdi. Bu
jarayonlarda diplomatik vositalar, xususan, elchilar yuborilishi, tinchlik va savdo shartnomalari
imzolanishi muhim o‘rin tutgan. Elchilik missiyalari vositasida ikki tomon o‘rtasidagi mojarolar
vaqtincha hal etilgan, savdo yo‘llarining ochiqligi ta’minlangan.
O‘rta Osiyo davlatlarining eng yaqin qo‘shnisi Afg’oniston edi. Mustaqil Afg’oniston
davlati 1747-yilda tashkil topgan
2
. Yosh afg’on davlati bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi
munosabatlar do‘stona ruhda bo‘lmagan. Bunga ikkala tomonning Amudaryoning janubiy
qirg’og’idagi o‘zbeklar istiqomat qilib turgan hududlarni o‘z tasarruflarida saqlashga urinishlari
sabab bo‘lgan edi. Xususan, 1751-yili Afg’oniston hukmdori Ahmadshoh (1747-1773)
Amudaryoning janubida istiqomat qilib turgan o‘zbeklarning yerlarini bosib olish maqsadida
qo‘shin yuboradi. Bu hududda joylashgan kichik-kichik o‘zbek bekliklari o‘zaro urushlar
oqibatida zaiflashib qolgan edilar. Natijada, ular Afg’onistonning vassaliga aylanib qolgandilar.
Balx qal'asini afg’on garnizoni egallaydi. Balxni Ahmadshohning noibi boshqara boshlaydi.
1768-yilda mahalliy o‘zbeklar afg’onlarning jabr-zulmiga qarshi qo‘zg’olon ko‘taradilar.
Qo‘zg’olonchilarni Buxoro qo‘llab quvvatlaydi. Ana shunday vaziyatda Ahmadshohning o‘zi
qo‘shin tortib kelib qo‘zg’olonni bostiradi. 1789-yili o‘zbeklar yana qo‘zg’olon ko‘taradilar.
Qo‘zg’olonchilarga bu safar ham Buxoro amaliy yordam ko‘rsatadi.
Afg’oniston hukmdori Temurshoh (1773-1793) 100 ming lashkar bilan Balxga qarab
yuradi. Biroq Buxoroga qarshi yurish qilishga Temurshohning yuragi dov bermaydi va u Buxoro
bilan sulh shartnomasi tuzishga majbur bo‘ladi
3
.
1
O‘zbekiston tarixi. (O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi) VII jild [matn] / Jamoa. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2023. –
225 b.
2
A.M. MANNONOV, N.A. ABDULLAYEV, R.R. RASHIDOV.Afg‘oniston tarixi // o‘quv qo‘llanma. – T.:
«Barkamol fayz media», 2018. – 118 b.
3
A.M. MANNONOV, N.A. ABDULLAYEV, R.R. RASHIDOV.Afg‘oniston tarixi // o‘quv qo‘llanma. – T.:
«Barkamol fayz media», 2018. – 124 b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
127
Shartnomaga ko‘ra Amudaryo har ikki davlat o‘rtasidagi chegara deb tan olinadi. Buxoro
va Afg’oniston o‘rtasida savdo aloqalari uzluksiz davom etgan. Kobul shahri savdo aloqalarida
alohida o‘rin tutgan. Kobul orqali Buxorodan Hindistonga, Buxoro orqali Afg’onistonga Rossiya
tovarlari, Hindistondan Buxoroga hind tovarlari ortilgan savdo karvonlari qatnab turgan.
Durroniylar imperiyasi, ayniqsa, Buxoro xonligi bilan yaqin aloqalarni rivojlantirdi.
Buxoro xoni Muhammad Rahimbiy (1753-1758) va Ahmadshoh Durroniy o‘rtasida do‘stona
munosabatlar bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxorodan Afg‘onistonga elchilar yuborilib, savdo
va tinchlik masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi chegara
masalalari va qochqinlar bilan bog‘liq siyosiy muloqotlar ham olib borilgan. Durroniylar
imperiyasining poytaxti Qandahor va Buxoro o‘rtasidagi karvon yo‘llari faol ishlagan. Ayniqsa,
ipak, zargarlik buyumlari va ziroatchilik mahsulotlari savdosida bu yo‘nalish muhim rol
o‘ynagan.
XIX srga kelib, O‘rta Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar
murakkablashdi. Bu davrda ikki mintaqada ham yirik tashqi kuchlar – Rossiya imperiyasi va
Britaniya imperiyasi o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga urinayotgan edi. Ayniqsa, XIX asrning
birinchi yarmidan boshlab “Buyuk o‘yin” (The Great Game) deb nom olgan geopolitik raqobat
O‘rta Osiyo va Afg‘oniston siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Rossiya shimoldan, Britaniya esa
janubdan yaqinlashar ekan, Buxoro va Durroniylar davlatlari o‘rtasida o‘zaro kelishuvlar va
muloqotlar yana-da faollashdi.
Buxoroning tashqi savdo aloqalarida, uning qo‘shnilari Marv va Hirot axolisi alohida rol
o‘ynagan. Buxorolik savdogarlar Marvga har xil rus tovarlarini olib kelgan. Rus tovarlari Buxoro
orqali Hirot bozorlariga ham olib borilgan. G.Amirovning Buxoroning savdo ahamiyati
to‘g‘risidagi fikrlarini Mulla Alim Maxmudninng “Tarixi Turkiston” asari ham tasdiqlaydi.
Muallif bu asarda Buxoroni o‘z davrining muhim savdo markazi bo‘lganligini ta’kidlagan
4
.
Buxoro amirligining Rossiya imperiyasiga qaram davlatga aylantirilishi (1868 va 1873-
yil shartnomalari) natijasida amirlik faol tashqi siyosat olib borish huquqidan mahrum etilgan.
Ushbu hol Buxoro amirligining Sharq musulmon dunyosida siyosiy etakchilardan biri
sifatidagi nufuziga putur etkazgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab Buxoroning mintaqada va
xalqaro munosabatlardagi o‘rni, roli ham pasaygan. Shu vaqtga qadar Usmonli turk sultonlari
O‘rta Osiyodagi siyosiy-diplomatik munosabatlarda asosan Buxoro amirligiga tayangan bo‘lsa,
endilikda mintaqadagi asosiy hamkori sifatida Afg‘oniston ko‘zga tashlana boshlangan. A.D.
Vasilev keltirgan ma’lumotlarda, XIX asrning 70-yillaridan boshlab, mintaqada Rossiya
imperiyasiga qarshi Usmonli turk davlatining asosiy hamkori Avg‘oniston bo‘lib, turk
targ‘ibotchilari Buxoroga Afg‘oniston orqali kelib, musulmonlarning birdamligi, hamkorligi
targ‘iboti orqali Buxoro, Xiva, Turkistonni ozod qilish g‘oyalarini targ‘ib qila boshlaganlar.
Buxoro xonligi XIX asrda afg‘on hukmdorlari bilan bir necha bor diplomatik aloqalar
o‘rnatgan. Xususan, Amir Haydar (1800-1826) va Amir Nasrulloh (1827-1860) davrida
Afg‘onistonga elchilar yuborilib, chegara xavfsizligi, savdo karvonlari himoyasi va harbiy
hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
4
Aлимова Pахима Pускуловна. Ўрта Осиё хонликларининг қушни давлатлар билан дипломатик ва савдо-
иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Тошкент-
2017. 46-б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
128
Shu bilan birga, ba’zi holatlarda Buxoroga qochqin sifatida kelgan afg‘on amaldorlari
siyosiy boshpana olgan va bu holat ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarga ham ta’sir
ko‘rsatgan.
Xuddi shunday, Afg‘onistondan ham Buxoroga elchilar yuborilgan. Tarixiy manbalarda
afg‘on elchilarining Buxoroga sovg‘a-salomlar bilan kelib, xon huzurida diplomatik muzokaralar
olib borganliklari qayd etilgan. Bu elchilar savdo masalalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
almashinuvi, hattoki diniy fatvolar va ulamolar o‘rtasidagi fikr almashish masalalarida ham
muzokaralar olib borganlar.
O‘rta Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning o‘ziga xos
jihatlaridan biri – ularning ko‘p hollarda diniy va madaniy mushtaraklikka asoslanganidir. Har
ikki mintaqa musulmonlar ko‘pchilikni tashkil qilgan, madrasalar, ulamolar, sayyohlar va
ziyoratchilar orqali o‘zaro axborot va ta’sir almashinuvi davom etgan. Masalan, Buxoro
madrasalarida tahsil olgan afg‘on talabalari va Afg‘onistondan Buxoroga ziyoratga kelganlar
elchilik safarlariga diplomatik tus berishda vositachi bo‘lishgan.
Shuningdek, ikki tomonlama diplomatik aloqalar faqat markaziy hukumatlar orqali emas,
balki chegara hududlaridagi amaldorlar, qabilalar va diniy rahbarlar orqali ham olib borilgan.
Ayniqsa, Balx, Termiz, Qunduz kabi chegara viloyatlari bu munosabatlarda muhim o‘rin
egallagan. Bu yerda har ikki tomon vakillari tez-tez uchrashib, amaliy masalalarni hal qilganlar:
bojxona, karvonlar, soliq masalalari va xavfsizlik.
Xulosa qilib aytganda, XVI-XIX asrlarda O‘rta Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi
diplomatik munosabatlar mintaqaning geosiyosiy manzarasida muhim o‘rin egallagan. Buxoro,
Xiva va Qo‘qon xonliklari hamda Afg‘onistondagi Safaviylar, keyinchalik esa Durroniylar
imperiyasi bilan olib borilgan elchilik aloqalari va siyosiy muzokaralar bu hududlar o‘rtasidagi
o‘zaro manfaatlar, diniy-mushtaraklik va iqtisodiy aloqalarning kuchliligidan dalolat beradi.
Ayniqsa, savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash, chegara masalalarini hal qilish,
tinchlik va harbiy ittifoqlar yuzasidan olib borilgan diplomatik muloqotlar bu munosabatlarning
chuqur ildizlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. “Buyuk o‘yin” davrida Rossiya va Britaniya
imperiyalarining bosimi ostida bu aloqalar yanada murakkablashgan bo‘lsa-da, Buxoro va
Afg‘oniston o‘zaro aloqalarni davom ettirishga intilgan. Bu jarayonda diniy va madaniy yaqinlik,
elchilik missiyalarining muntazamligi, ziyoratlar va ilmiy-diniy muloqotlar muhim rol o‘ynagan.
Ayniqsa, chegara viloyatlarida mahalliy amaldorlar, qabila rahbarlari va diniy ulamolar
vositasida olib borilgan “noformal” diplomatiya ikki tomonlama munosabatlarning muvozanatli
rivojlanishiga xizmat qilgan. Maqolada yoritilgan tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy
diplomatik aloqalarning muvaffaqiyati faqat markaziy siyosiy kuchlarning emas, balki mahalliy
manfaatlar, madaniy yaqinlik va diniy birdamlik kabi omillarga ham bevosita bog‘liq bo‘lgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston, Tojikiston kabi davlatlarning Afg‘oniston bilan olib
borayotgan hamkorlik siyosati ham aynan shu tarixiy zamin asosida shakllanmoqda. Shunday
ekan, o‘tmishdagi diplomatik tajribani o‘rganish va tahlil qilish, zamonaviy tashqi siyosat
strategiyasini ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
129
REFERENCES
1.
O‘zbekiston tarixi. (O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi) VII jild [matn] / Jamoa. – Toshkent:
«Ma’naviyat», 2023.
2.
A.M. Mannonov, N.A. Abdullayev, R.R. Rashidov.Afg‘oniston tarixi // o‘quv qo‘llanma. –
T.: «Barkamol fayz media», 2018.
3.
Aлимова Pахима Pускуловна. Ўрта Осиё хонликларининг қушни давлатлар билан
дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус
тарихшунослиги ва манбалари асосида). Тошкент-2017.
4.
Ўзбекистонда элчилик хизмати тарихидан: талқин ва таҳлил «Адабиёт учкунлари».
Тошкеит-2016.
5.
Ўзбек дипломатияси тарихидан. Тошкент – 2003.
6.
Азамат Зиѐ. Ўзбек далатчилиги тарихи (энг қадимги даврдан Россия босқинига
қадар). –Т., Шарқ. 2000.
7.
Piter Hopkirk: Katta o`yin. Ikki imperiya to`qnashuvi. T.: 2022.
