Authors

  • Islomjon Rustamboyev
  • Maftuna Baxromova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102820

Keywords:

S.V. Jukovskiy Jenkinson G.Tompson R.Xogglar Murkroft Antoniy Jenkinson Buxoro Urganch Balx Tibet.

Abstract

Ushbu maqolada O`rta Osiyo va Buyuk Britaniya davlati o`rtasidagi diplomatik munosabatlar, ayniqsa ikki davlat o`rtasidagi elchilik aloqalari muhim ahamyati va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Unda Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya va Eron kabi davlatlarning mintaqadagi geosiyosiy manfaatlari va Buxoro amirligi bilan bo`lgan siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy aloqalar yoritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

130

XVI-XIX ASRLARDA O‘RTA OSIYO-BUYUK BRITANIYA DIPLOMATIK

ALOQALARI TARIXINING MUAMMOLI DAVRLARI

Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li

Oriental universiteti Tarix kafedrasi o‘qituvchisi

islomjonrustamboyev@gmail.com

Baxromova Maftuna Odiljon qizi

Oriental universiteti Tarix fakulteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15623499

Annotatsiya. Ushbu maqolada O`rta Osiyo va Buyuk Britaniya davlati o`rtasidagi

diplomatik munosabatlar, ayniqsa ikki davlat o`rtasidagi elchilik aloqalari muhim ahamyati va
rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Unda Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya va Eron kabi
davlatlarning mintaqadagi geosiyosiy manfaatlari va Buxoro amirligi bilan bo`lgan siyosiy,
iqtisodiy hamda madaniy aloqalar yoritiladi.

Kalit so`zlar: S.V. Jukovskiy Jenkinson, G.Tompson, R.Xogglar, Murkroft, Antoniy

Jenkinson , Buxoro, Urganch, Balx , Tibet.

Abstract. This article analyzes the diplomatic relations between Central Asia and the

United Kingdom, particularly focusing on the significance and development of embassy-level
connections between the two regions. It also highlights the geopolitical interests of countries
such as the Russian Empire, the United Kingdom, and Iran in the region, as well as their
political, economic, and cultural relations with the Bukhara Emirate.

Keywords: S.V. Zhukovsky, Jenkinson, G. Thompson, R. Hogg, Murcroft, Anthony

Jenkinson, Bukhara, Urgench, Balkh, Tibet.

Аннотация. В данной статье анализируются дипломатические отношения

между Центральной Азией и Великобританией, особенно акцентируется внимание на
значении и развитии посольских связей между двумя регионами. Также освещаются
геополитические интересы таких государств, как Российская империя, Великобритания
и Иран в регионе, а также их политические, экономические и культурные отношения с
Бухарским эмиратом.

Ключевые слова: С.В. Жуковский, Дженкинсон, Г. Томпсон, Р. Хогг, Муркрофт,

Энтони Дженкинсон, Бухара, Ургенч, Балх, Тибет.


Bizga ma’lumki, O`rta Osiyo o`zining bebaho tarixiga ega. Bu bebaholik ko`p jihatlar

bilan dunyo xalqlarida qiziqish uyg’otib kelgan. Shu jihatlardan biri sifatida O`rta Osiyoning
strategik jihatdan qulay hududda joylashganligini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Mana shunday qulay strategik hudud XVI asrdan boshlab Angliya va Rossiya kabi

davlatlarni o`ziga tortadi. Endi bu davlatlar bu hududga qandaydir yo`llar bilan suqulib kira
boshlashdi. Ular o`z vakillarini ko`proq savdogar, elchi qiyofasida yo`llashdi.

Ana shunday shaxslardan biri Antoniy Jenkinson bo`lib, u 1558-yili Buxoroga rus

podshosining guvohnamasi bilan 1555-yil tuzilgan “Moskva savdo kompaniyasi” vakili bo`lib


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

131

keladi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini “Rossiyadagi Moskva shahridan
Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat” nomli esdaliklarida bayon etadi ”.

1

Rus olimi S.V. Jukovskiy Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini bayon qilib

quyidagicha yozadi: “Aytish qiyin, nahotki Jenkinsonchindan ham Ivan Grozniyni o`z tomoniga
og‘dirib olgan, va go`yo Ivan Grozniy inglizlarga yoqish uchun uni O`rta Osiyoga borishiga
ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ivan Grozniy – I.K.) foydalangandir va uni, 1557-
yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat so`rab hadya va tortiqlar bilan Moskvaga
kelgan Xiva va Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Jenkinsonni Buxoro va Xivaga elchi
qilib yubormadimikan?”. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva
Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. O`ylaymizki, Jukovskiyning ikkinchi
fikri haqiqatga yaqin bo`lsa kerak, ya`ni podsho O`rta Osiyo bilan savdo aloqalarini o`rnatish
maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan
O`rta Osiyoga jo`natilishi Rossiyaning O`rta Osiyo savdosida ma`lum bir manfaati bo`lgani
tasdiqlaydi va Rossiya bilan O`rta Osiyo o`rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo`l
ochgan. 1558-yil 23-dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch yorlig‘i bilan
Buxoroga keladi va u yerda savdoning holati bilan tanishadi. Jenkinson Moskvaga
qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari ham birga kelishgan.

2

Ma`lumki,

XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo xonliklarining Moskva bilan savdo aloqalari rasmiy tus ola
boshlaydi. Bizni bu o`rinda Jenkinson tomonidan Buxoroning qo`shni Sharq davlatlari bilan
aloqalari haqida bergan ma`lumotlari ahamiyatlidir.

Jenkinsonning Buxoroga kelishi arafasida O`rta Osiyo Hindiston va Eron bilan faol savdo

iqtisodiy aloqalar o`rnatgan edi. Jenkinson, “Buxoroda savdogarlarning har yilgi yig‘ilishi bo`lib,
u yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan
kelib yig‘ilib turadi”, – deb yozgan edi.

3

Bu holat XVI asr o`rtalarida Buxoro qadimgiday xalqaro savdo markazlaridan biri bo`lib

qolganligidan dalolat beradi. Lekin ba`zi mualliflar ushbu masalaga shubha ko`zi bilan qaradilar.
Masalan, M. Yo`ldashev-"Jenkinsonning Buxoro savdosi haqidagi ma`lumotlarini to`liq haqiqat
deb bilish qiyin. Aftidan savdoda raqobatchi bo`lishi mumkin bo`lgan savdogarlarni bu savdodan
chalg‘itmoqchi bo`lgan bo`lsa kerak. Buxoroda har yili Hindiston, Eron, Buxoro, Rossiyadan
kelgan savdogarlarning yig‘ilishi bo`lib turadi, deb yozib, Jenkinson yana qo`shib qo`yadi,
“go`yoki bu savdogarlar shu darajada qashshoqki, ular kam tovarlar olib kelishiga qaramay bu
tovarlarni hatto uch yillab sotadi, shuning uchun bu yerda foydali savdo qilish uchun hech
qanday ishonch yo`q”, – deb yozadi.

Ba`zi tarixchilarning fikricha, Jenkinson Angliya manufakturalarida to`qilgan movut

matolarni O`rta Osiyoda sota olmagani uchun ataylab Buxorodagi hind savdogarlarining
faoliyati va rolini pasaytirgan. 1734-yili Angliya bilan Rossiya o`rtasida Rossiya orqali sharq

1

Bondarevskiy G. L. The Great Game: A Russian Perspective.

PO Box 35 Hastings. East Sussex, 2002. – 103 p.

2

Брежнева С. Н. “Цивилизаторская Миссия” Как Оправдательный Нарратив Наступления России На

Туркестан В Трудах Русских Ориенталистов: Конец XIX – Начало ХX В // Издательство “Грамота” № 8(14)
2011,- 45-46

3

Evgeny Sergeev. The Great Game, 1856-1907: Russo-British Relations in Central and East Asia. Baltimore, MD. -

John Hopkins University Press. 2014.–552 p.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

132

mamlakatlari bilan tranzit savdo yo`llaridan foydalanish haqidagi bitim tuziladi. Bitim
imzolangach, darhol, Rossiya kompaniyasining ingliz vakillari Rossiya orqali Eronga boradigan
qulay savdo yo`llarini qidira boshlaydilar va shu maqsadda O`rta Osiyo, Ozarbayjon va Eronga
bir necha xufiya ekspeditsiyalari tashkil qildilar. Shu maqsadda, 1739-yili “Rus
kompaniyasi”ning vakillari Djon El’ton va Mungo Gremlar Xiva va Buxoroga jo`natilgan edi.
Lekin Nodirshoxning O`rta Osiyoga hujumi xavfi haqidagi xabarni eshitgach, ular Astraxandan
to`g‘ri Eronga ketishni afzal ko`rishgan. Bu boshlangan ishni yakuniga yetkazish maqsadida
1740-yil fevralda “Rus kompaniyasi” Xiva va Buxoroga yangi ekspeditsiya uyushtiradi. Uning
tarkibida Georg Tompson va Regnal’d Xogg kabi josuslar bor edilar. Ular Xiva va Buxoroda
savdo-sotiq sharoitlarini o`rganishlari kerak edi. Mazkur ekspeditsiya Rossiyaning janubi-
sharqiy chegaralari va Qozog‘iston cho`llari orqali yo`lga tushadi. G.Tompson va R.Xogglarning
kundaliklari Eronda bo`lgan “Rus kompaniyasi” savdogari Jonas Xonvey kitobida nashr
qilingan. Bu kitobdan, muallifning va XVIII asrning birinchi yarmida Eronga kelgan boshqa
yevropaliklarning yo`l kundaliklari o`rin olgan.

4

Ushbu kitobdagi ma`lumotlar XVIII asrning 30

– 40-yillarida O`rta Osiyo shaharlari, Ozarbayjon va Erondagi ichki va tashqi savdoning ahvoli,
shaharlar hunarmandchiligi to`g‘risidagi xabarlardan iborat. G. Tompson va R.Xogg 1740-yili 9-
sentyabrda Yoyiq shahri orqali Qozog‘iston cho`llari, Orol dengizining shimoliy-g‘arbiy
qirg‘oqlari orqali o`tib Xivaga kirib kelishgan. Ingliz josuslari Xivadagi ichki savdoning holatini
tahlil qilib, ular faqat Buxoro va Eron bilan savdo qiladilar, hayvon, mo`yna va terilarni qirg‘iz
(qozoq) va turkmanlardan oladilar deb, xabar qiladi. Qirg‘izlar va turkmanlar xivaliklar uchun
xavfli qo`shni hisoblanishgan ekan. Xivada uncha ko`p bo`lmagan paxta ekilgan, o`rtacha sifatli
qo`y terisi (qorako`l bo`lishi mumkin), uncha ko`p bo`lmagan xom ipak yetishtirgan va ipakdan
mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shunday qilib, ular Xivada ingliz sanoatini qiziqtiradigan xom ashyo manbai kam deb

qayd etishadi. Hind tovarlariga kelsak, G.Tompson va R.Xogglar bu yerda bo`lganlarida hind
tovarlarini ko`rishmagan. Ular Xivaning Buxoro va Eron, hamda qo`shni ko`chmanchilar bilan
savdo qilganliklarini e`tirof etishgan37. Inglizlar Xivada o`zlarining tovarlari uchun bozor ham
qidirgan, lekin izlanishlar natijasida ular Yevropa tovarlariga xivaliklarning ehtiyoji kamligini
sezishgan. Shuning uchun bu yerda foydali savdo qilishga ko`zi yetmay, foydadan ko`ra sarf-
xarajat miqdori oshib ketadi, deb hisoblashgan.

5

Boj masalasida, musulmon bo`lmaganlarning

tovarlaridan 5%, musulmonlarnikidan esa 2,5% boj solig‘i olingan. Demak, ingliz tovarlari
uchun imkoniyatlar ancha cheklangan bo`lgan. “Rus kompaniyasi” josuslari Xivada, Nodirshox
qo`shinlari Xivani egallashganigacha, ya`ni, 1740-yili 15-dekabrgacha qolishgan. Ular o`z
tovarlarini eronliklarga sotib bo`lishgan, ammo pullarini hali olishmagan ekan. R.Xogg
eronliklarga nasiyaga bergan mollarining pullarini olish maqsadida Xivada qolgan, so`ng
Rossiyaga qaytmoqchi bo`lgan. G. Tompson esa Buxoroga jo`nagan. R.Xogg faqat 1741-yili
aprel oyida Xivadan jo`nab ketishga muvaffaq bo`lgan. Yo`lda o`g‘rilar tomonidan talangan
R.Xogg Orenburg orqali 1742-yil bahorda Peterburgga yetib borgan.

4

Фурсов К.А. Геополитика или экономика? Соотношение целей англо-русской экспансии в центральной

азии в xix в.// ВОСТОК (ORIENS) 2017 № 1. – 6-28.c.

5

Hopkirk Peter. The Great Game: On Secret Service in High Asia. London. John Murray. 2006. – 590 p


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

133

Buxoroga

kelgan

G.Tompson

savdo

aloqalarining

ilgarigi

davrga

nisbatan

yomonlashganligini ko`radi. U Buxoroda yetishtiriladigan va ishlab chiqiladigan mahalliy
mahsulot turlari bilan, Buxoro bozorlari va uning tashqi savdo aloqalari bilan qiziqadi.
G.Tompson buxoroliklarning Yevropa tovarlariga ehtiyojini o`rganib, buxoroliklarning yevropa
tovarlariga talabi kamligini, movut kabi tovarlardan faqatgina bosh kiyim tikishda foydalanishini
aniqlagan. U Yevropa tovarlarini Buxoro bozorlariga olib kelib, tavakkal qilishdan foyda yo`q,
degan xulosaga keladi.

6

G.Tompson Buxoroda boj solig‘i olinishiga o`z e`tiborini qaratgan. Buxoroda hamma

keltiriladigan mollardan 1%, olib chiqiladigan mollardan esa 10% soliq olingan. Tinchlik
davrlarida boj solig‘idan keladigan foyda yiliga 1000 dukatni tashkil qilgan. Xuddi shunday,
Xiva xoni xazinasiga tushadigan boj solig‘I foydasi yiliga 100 dukatgacha etgan. Shundan
ko`rinib turibdiki, Xivada Buxoroga nisbatan savdo aylanishi ancha past bo`lgan.

Bu kabi xolatni biz XVI asr o`rtalarida Xiva va Buxoroga kelgan A. Jenkinson

ma`lomotlarida ham uchratgan edik. Bir asr muqaddam Jenkinsonning bergan fikrini G.Tomson
va R.Xogglar ham tasdiqlab turibdi. Har ikkalasi Buxoro bozorlarida o`zlari olib kelgan movutga
xaridor topa olishmagan va bu yerda Yevropa tovarlari narxi hu darajada pastki tavakkal qilib,
xatarli yo`llar bilan tovarlarni olib kelib sotishdan foyda yo`q, degan xulosaga kelishgan.

Aftidan, G.Tompson va R.Xogglar ushbu ma`lumotlarning Rossiya orqali o`tishini

hisobga olib, rus hukumatining va rus sanoat doiralarining diqqatini ataylab chalg‘itishga
uringan ko`rinadi. Mazkur ekspeditsiyadan keyin G.Tompson Buxoroga, R.Xogg esa Peterburga
qaytib ketadi.

Xuddi shu davrda Ozarbayjon, Eron va Kaspiybo`yi viloyatlarining o`rganilishi natijasida

inglizlar bu xududda savdo qilish foydali deb bilishgan. Ular bu xududlardan nafaqat ingliz
tovarlari uchun bozor, balki xom ashyo manbai sifatida foydalanishni afzal ko`rishgan.

7

Yuqorida zikr etilgan D.Elton va M.Gremlarning ekspeditsiyasi o`z yo`nalishi bo`ylab

vaziyatni o`rganib, ular Mashhadda savdo kontorasini ochib, u orqali ingliz mollarini Eron,
Afg‘oniston, Hindiston va O`rta Osiyoga tarqatish mumkin degan xulosaga keladilar. Buning
uchun tovarlarni Londondan Peterburgga, so`ng Astraxan, u yerdan Kaspiy dengizi orqali
Astrobod va so`ng Mashhadga olib kelishi kerak edi.

Shunday qilib, ekspeditsiyalar natijasida ingliz savdogarlari orzulariga erishgan. D.Elton

va M.Gremlar Kaspiy dengizi bo`ylarida ingliz savdosini kengaytirishdan katta foyda olish
mumkin deb hisoblashgan. Hatto Eron shoxi Nodirshoxning o`g‘li Rizoqulidan “Rus
kompaniyasi”ga savdo qilish uchunimtiyozlar berish haqida farmon ham olgan edi. Yuqoridagi
ikkita kompaniya vakillarining bergan ma`lumotlarini tahlil qilish natijasida ularning bir biriga
qarama-qarshi xulosaga kelishgani ma`lum bo`ldi. D. Elton bilan M. Grem Volga-Kaspiy savdo
yo`li Eronga borish uchun juda qulay va bexavotir, hamda bu yerda, Eron va Ozarbayjon
viloyatlarida ingliz savdosini kengaytirish Angliya uchun katta foyda keltiradi, deb hisoblashgan
1821–1825 yillarda Buxoroga josuslik maqsadida kelgan Angliyaning OstIndiya kompaniyasi

6

Халфин А.Н. Политика Росиии в Средний Азии (1847-1868). – М.: Издателства восточний литературъ,

1960. – 272 с.

7

XIAO WEI BOND. Guide to India Office Records relating to Central Asia.- The British Library Asia Pacific

Africa Collections. 1998.-205 p


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

134

vakillari U. Murkroft va D. Trebek Lahor, Shrinagar, Ladak, Kobul va Qunduz orqali o`tadigan
yo`lni bosib o`tgan edilar. Ular o`zlari bilan 5 ming funt sterling qiymatdagi savdo mollarini
keltirganlar. Ular bilan kelgan ingliz savdogarlari 70 kishidan iborat bo`lib, 80 sandiq turli
Yevropa sanoat mollarini Buxoro qushbegisiga tortiq etganlar.

8

Bu mollarning katta qismini

koshenil tashkil etgan. Shuningdek, bu savdogarlar Buxoroning mashhur ot bozorlaridan golland
dukatlariga arg’umoqlar sotib olganlar. Shu yo`l bilan ham golland dukatlari va grek draxmalari
O`rta Osiyoga kirib kelgan.

1819–1825 yillarda Hindistondan Buxoroga Britaniya hukumati tomonidan maxsus

topshiriqlar bilan V. Murkroft va G. Trebek ekspeditsiyasi yuboriladi. Ekspeditsiyaning rasmiy
maqsadi Ost-Ind kompaniyasining otliq askarlari uchun “zotli otlar axtarishdan” iborat edi.
Haqiqatda esa, u Amurdaryo vodiysiga inglizlarning bosib kirishi mumkinligini aniqlash uchun
yuborilgan razvedka qiluvchi ekspeditsiya edi. Ingliz josuslarini O`rta Osiyo hayvonot
dunyosi emas, balki uning bozorlarida Angliya hukmronligini o`rnatish qiziqtirardi
V. Murkroftaning olib kelgan hujjatlarini nashr etgani Vilson to`g’ridan-to`g’ri
ko`rsatadiki,

ekspeditsiyaning maqsadi

O`rta Osiyoda Rossiya savdosini

butunlay

bitirish to`g’ri kelmagan taqdirda, qisman bo`lsa-da, chek qo`yishdan iborat edi38.
Villiyam

Murkroft

(1767–1825)

ingliz

sayohatchisi

bo`lgan.

U

Ormskirk

(Lenksheyr)

da

tavallud

topgan.

Murkrofting

bolaligidanoq

hayvonlarga

qiziqishi

tufayli mahalliy katta yer egasi tomonidan Lionga veterenarlikdan tahsil

olish

uchun yuborilishiga sabab bo`lgan. U birinchi ingliz veterenar jarrohi bo`lgan. U
o`qishni tamomlab, Angliyaga qaytadi va Londonda otlar uchun kasalxona ochadi.
Britaniyadagi birinchi veterinariya kollejiga asos solnishiga ham yordam bergan. U
hayvonlarga

shu

qadar

qiziqqanki,

xatto

1795-yilda

otlarni da’voloash uchun

yo`riqnoma ham tuzgan.

1803-yilda

Murkroft

harbiy

hizmatga

qo`shilgan.

Ost

India

kompaniyasi

direktori Edvard Perry Murkroftning ish samarasini ko`rgach, uni Bengaliyadagi
otlarni

zotini

yaxshilash

markaziga

yuborgan.

1808-yilda

Murkroft

Kalkuttaga

yetib kelgan. U Hindistonga kelgach, Britaniya askarlari otlarining zoti pasayib
ketganligini

payqagan.

1811-yilda

Murkroft

Banorasga

sayohat

qilib,

urchitish

uchun mos keluvchi yaxshi ot izlagan. U bu yerdagi otlardan qoniqmagan. Ammo
Banorasdaligida Buxoroning “Dunyodagi eng katta ot bozori” ekanligi haqidagi
mish-mishlarni eshitib qolgan.

Murkroft

Mir

Izzatullo

nomli

eroniyni

Buxoroga

razvedka

safari

uchun

yolllagan. Bundan tashqari u yaxshi otlarni Tibetdan ham topish mumkinligini
eshitgan. U dastlab Tibet bo`ylab sayohat qilgan. Ammo bu sayohat natijasida
xech qanday zotdor ot naslini topa olmagan. Tibet bo`ylab sayohat qilib yurgan
kunlaridan birida unga ikkita it tashlanib qoladi. Murkroft veterinar bo`lgani bois,
bu ikki itlarni Yevropadan kelganligini darrov fahmlagan.

8

Hultvall J. Mission and Revolution in Central Asia. Stockholm: Gummessons.1981. –133 p.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

135

Keyinchalik aholidan surishtirib, bu itlar rossiyaliklar tomonidan ancha avval olib

kelganligini eshitgach, Kalkuttadagi Ost India kompaniyasi ma`murlarini Rossiyaning Markaziy
Osiyoga intilishi haqida ogohlantirgan.

Rossiyaning birinchi bo`lib Markaziy Osiyo xonliklariga keyin, Hindistonga yurish qilish

niyatida ekanligiga ishongan. U Kalkuttadagi rasmiylarni bu haqida ogohlantirib turgan. Ammo
uni bu ogohlantirishlari Murkroftning o`limiga qadar e’tibor berilmagan. Murkroft bundan
qariyb 500 yil avval Marko Polo tomonidan ta’rif berilgan Ahal Tekin otlarining tezlik va
chidamdagi dovrug’i haqida eshitgan edi.

9

Murkroft 1816-yildayoq Buxoroga ot sotib olish

uchun yo`lga chiqishni rejalashtirgan. Ammo Ost India kompaniyasi ma`murlari unga ruxsat
bermagan. Murkroft o`z fikrida qattiq turib olgach, 1819-yil may oyida Ost India kompaniyasi
siyosiy va maxfiy xizmatlar bo`yicha boshlig`i Charlz Metkalf unga Buxoroga sayohatga
ruxsat bergan.

Murkroft Rossiya tomonidan Buxoroga yuborilgan josus N.Muravyov bilan bir yilda

(1819-yil) ushbu davlatga yuborilgan. Murkroft g`arblik tarixchilar tomonidan ingliz – rus
raqobati davrida Angliya tomonidan yuborilgan ”Birinchi o`yinchi” edi. Rossiyalik tarixchilar
tomonidan esa Ingliz diplomatiyasi 1558- yildayoq yuborilgan Antoniy Jenkinson Buxoroga
elchiligini ko`rsatib, razvetka hizmati ancha avvaldan olib borilgan deb ta’kidlasalarda,
Jenkinsonning faoliyati ingliz-rus raqobati davriga to`g`ri kelmasligi va uni Rus podshosining
o`zi tomonidan yuborilgani sababli, uni josus sifatida tan olib bo`lmaydi.

10

Murkroft boshqa

Rossiya elchilari Negri, Meyendorf va olim Eversman bilan bir paytda Buxoroda bo`lgan.
Metkalf Murkroftdan siyosiy josus sifatida ham foydalanmoqchi bo`ladi. Murkroft sayohatga
tayyorgarligi bir yilga cho`zilgan bo`lib, Uni hamrohlari yaqindagina Kalkuttaga kelgan 19
yoshli Jorj Trebek va Jorj Gutri edi.

Ekspeditsiyada 16 ot va 4000 funt sterling qiymatiga tovarlar, doridarmonlar va qurollar

bor edi. Bu tovarlar pichoq, to`pponcha va boshqa eng nodir mollardan iborat ediki, u rus
mollarini ortda qoldirishini isbotlashi kerak edi. Negaki, Murkroftning maqsadi faqatgina ot olib
kelish bo`libgina qolmay, balki Britaniya uchun imkon qadar shimolroqda bozorlar ochilishiga
erishish ham edi. Biroq, Britaniya vakillari tomonidan Murkroftga hech qanday rasmiy maqom
berilmagan. Agarda muammolar chiqqudek bo`lsa, Sankt Peterburg orqali xal etilishi lozim edi.
Murkroft kutilmaganda Buxoroga Afg`oniston orqali emas, balki Buxoroning sharqi orqali kirib
kelishni ko`zlaydi. Negaki, bu paytda Afg`onistonda fuqarolar urushi kechar edi.

Bundan tashqari, Murkroft shu orqali Hindistonning shimolidagi Ladakh va Sharqiy

Turkistonga ham borishni va savdo imkoniyatlarini kengaytirishni ko`zlagan. U 1820-yil 24-
sentabrda Ladakh markazi bo`lgan Lahor shaxriga yetib kelib, uni hukmdori bilan savdo
shartnomasini imzolaydi. Bu shartnoma Britaniyaga Markaziy Osiyo uchun to`liq yo`l ochishga
imkon beradi. Murkroft Ladakhda deyarli ikki yil turadi. U Ladakhdaligida Transilvaniyalik
Aleksandr

Ksoma

bilan

uchrashgan.

U

bu

yerda

Tibet

tilidan

Vengriya

tili

o`zaklarini

axtarayotgan

tadqiqotchiligini

aytgach,

unga

Murkroft

o`zining

Tibet

tili lug`atini bergan. Ksoma hech qachon o`z ilmiy ishini tugata olmagan bo`lsada,
bu inson birinchi tibetshunoslikka asos solinishiga sababchi bo`lgan.

9

К. Нейман. Афганистан и англичане в 1841—1842 гг. М., 1848,

295б.

10

Kaye William. Lives of Indian Officers. London. A. Strahan and Co.1867. – 205 p


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

136

Shu paytda kelib chiqishi eronlik bo`lgan Og`a Mehdi ismli Rossiya nomidan ish

ko`ruvchi savdogar Sharqiy Turkiston va Ladakh hududida savdo karvonlarini tadqiq
qilayotganligini eshitgach, Murkroft Ladakhda ko`p qolmaydi.

Og`a Mehdi Sankt Peterburgga borib, Aleksandr I qabulida bo`lgan va unga ruscha

Rafailov familiyasi berilib, Rossiya nomidan Kashmir va Ladakhga yuborilgan edi.

11

Murkroft sayohatini davom ettirib, 1822-yil 3-noyabr kuni Kashmirga, 1824- yil 4-iyun kuni
Jalolobodga yetib kelgan.

U Amudaryodan o`tgan birinchi ingliz edi. Murkroft Amudaryodan o`tishidan 5 kun

o`tgach, Qarshiga yetib kelgan. U Qarshida amirning ikkinchi o`g`li shahar noibi shahzoda
Nasrullo bilan uchrashadi. Ajablanarlisi shundaki, Murkroft Nasrulloga kamdan kam beriluvchi
ta`rifni bergan. U juda oz suhbati davomida shahzodaning yuzidagi doimiy kulgusi va
jozibali mehmondo`stligini va samimiy inson ekanligini qayd etgan. 1825-yil 25- fevral kuni
Buxoroga kelgach, “Markaziy Osiyoning eng muqaddas shahri Buxorodagi minoralarning
bexato tizim chizig`i” dan hayratlangan.

12

U Buxoroga kirib kelar ekan, o`z kundaligida shunday

so`zlarni yozgan: ”Biz besh yildan beri xavf-xatarlarimiz va darbadarligimiz sababchisini topdik.

Biz shaxarga kirib kelishimiz bilan xavotirlangan mahalliy bolalar bizni o`rus, o`rus

(ruslar, ruslar) deya chaqirishdi”. Murkroft keyin bilishicha, bundan to`rt yil avvalroq ruslarning
elchilari

sovg`a

salomlar

bilan

kelishgan

va

savdo

imkoniyatlarida

yutuqlarni

qo`lga

kiritishgan.

Buxoro

amiri

Haydar

uni

yaxshi

kutib

olgan

bo`lsada,

Murkroftning Buxoroga tashrifi samarasiz edi. Bozorlar allaqchon rus tovarlariga
to`lib ketgan edi. Inglizlar o`zlari bilan olib kelgan 80 sandiq turli mollar Buxoro
qushbegisiga

ko`rsatilgan.

Bu

mollarning

katta

qismini

koshenil

tashkil

qilgan.

Shuningdek,

bu

savdogarlar

Buxoroning

mashxur

ot

bozorlaridan

golland

dukatlariga arg`umoqlar sotib olganlar. Shu yo`l bilan ham golland dukatlari va
grek dahmalari O`rta Osiyoga kirib kelgan.

Ammo, Murkroft o`zi orzu qilganidek otlarni Buxorodan topa olmagan. A.

Muhammadjonovning fikriga ko`ra, u Amurdaryo vodiysiga inglizlarning bosib kirishi
mumkinligini aniqlash uchun yuborilgan razvedka qiluvchi ekspeditsiya edi.

Ingliz josuslarini O`rta Osiyo hayvonot dunyosi emas, balki uning bozorlarida Britaniya

hukmronligini o`rnatish qiziqtirardi. Murkroftaning olib kelgan hujjatlarini nashr etgan Vilson
to`g‘ridan-to`g‘ri ko`rsatadiki, ekspeditsiyaning maqsadi O`rta Osiyoda Rossiya savdosini
butunlay bitirish to`g‘ri kelmagan taqdirda, qisman bo`lsa-da, chek qo`yishdan iborat edi.
Murkrof to`zi orzu qilgan otlarni Buxorodan topa olmagach va Buxoroning rus tovarlariga to`lib
ketganidan so`ng uni xafsalasi pir bo`lib, tezda Buxorodan ketgan. Afg`oniston orqali ortga
qaytishda, Balxda Murkroft Jorj Trebek va Jorj Gutrini qoldirib, janubi-g`arbdagi bir qishloqqa
ot sotib olish uchun so`ngi umid bahonasida ularni tashlab ketib, shu bilan qaytib kelmagan.

11

Kўпайсинов И. Антоний Женкинсонни Бухорога ташрифи // Тарих тилга кирганда...... Даврий тўплам. – №

10. – Наманган, 2017. – 239 б.

12

Кўпайсинов И. Заҳириддин Мухаммад Бобур ва Ҳерман Вамбери // Наманган давлат университети

магистрантларининг илмий мақолалар тўплами. – Наманган, 2017. – 120 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

137

13

Jorj Trebek va Jorj Gutri ham ozroq vaqtdan so`ng halok bo`lgan. Murkroft

ma`lumotlariga ko`ra 1825-yil 27-avgustda Afg`oniston shimolida kasallikdan vafot etgan deb
ishonilgan.

Biroq 1840-yil oxirlarida ikki fransuz missionerlari: Huk va Gabe Lhasaga tashrif

buyurganlarida mahalliy aholidan qandaydir Murkroft ismli noma`lum kelib chiqishli insonni bu
hududda o`n ikki yildan beri yashaganliginieshitib qolishgan. Ular Murkroftga tegishli 10000
dan ziyod qo`lyozmalarMarkaziy Osiyo va Tibet xaritalarini topib olishgan. Fransuzlar bu
paytga qadar Murkroft xaqida eshitmagan edilar. 1841-yilda Murkroftning qo`l yozmalari Osiyo
Jamiyati tomonidan topilib H. Vilson muharrirligida chop etilgan. Murkroft qo`lyozmalari
Londonda nashr etilgach, kutilmagan sensatsiya bo`ladi. Uzoq yilluk tortishuvlar bo`lgan
kashmirliklardan biri Murkroft vafot etgach, uni kundaliklarini o`zi bilan shu yerga olib kelgan
deyiladi. Ammo ko`pchilik olimlar Murkroft olti yil davom etgan va ko`plab mablag` sarflangan
Buxoro sayohati samarasiz yakun topgach, shuncha mablag` sarflangan sayohatni
tashkillashtiruvchilar oldiga qaytib borishga g`ururi yo`l qo`ymagan.

14

U Afg`onistondagi

o`limini atayin yolg`on tashkillashtirgan. Murkroft yashirincha Tibetga ketib, bu yerda o`zini
kashmirlik deb tanishtirgan va o`n ikki yil davomida, ya`ni to o`limiga qadar savdo bilan
shug`ullangan. Shu tariqa Murkroft o`limi sirliligicha qoldi. Murkroftning urunishlari Shimoliy
Hindistonda samarali kechgan bo`lsada, Buxoroni ingliz mollari bilan to`ldirish va bu yerdan
zotdor otlarni olib kelish rejasi muvaffaqqiyatsiz yakun topgan.

XULOSA

XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo hududiga xorijiy mamlakat vakillari (asosan ingliz, rus)

kirib kela boshlashdi. Bu jarayon XIX asrda yanada jadallashib ketadi. O`rta Osiyo hududiga
ingliz elchilarini kirib kelishi dastlab savdo va iqtisodiy manfaatlar, keyinchalik siyosiy
maqsadlarga aylanganini ko`rishimiz mumkin. O`rta Osiyo bozorini egallab olish uchun dastlab
ingliz elchilari kirib kirib kelishadi. Ularning maqsadi birinchidan, O`rta Osiyo bozoriga ingliz
mahsulotlarini olib kirib, bozorni egallash va savdoni rivojlantirish, ikkinchidan, rus savdosini
bu hududlardan siqib chiqarish va ularni obro`sizlantirish edi. Mana shunday maqsadlarni
ko`zlagan holda xonliklar hududiga birin ketin ingliz elchilari kirib keladi. Lekin bu jarayonlar
XIX asrning 20 – 30-yillaridan o`zgara boshladi. Inglizlar endi O`rta Osiyo hududidga siyosiy
maqsadlarni ko`zlab: bu hududlarni bosib olish va bu payrda xonliklar bilan yaxshi aloqada
bo`lgan
ruslarga qarshi harakatlar yo`lga qo`yish kabi maqsadlarni amalga oshira boshlashdi.1821–1825-
yillar oralig’ida O`ra Osiyoga V. Murkroft, A. Byorns va boshqa shu kabi elchilar kirib keladi.
Bu Buyuk Britaniya elchilari Buxoro, Xiva xonliklariga kelib, qo`shbegi va boshqa amaldorlar
bilan aloqa o`rnatishadi. Bu elchilar nafaqat savdo-sotiq ishlarini balki, ayg’oqchilik ishlarini
ham amalga oshirishdi.

Ular O`rta Osiyo bozori bilan birgalikda xonliklarning siyosiy ahvolini chuqur

o`rganishadi.V. Murkroft O`rta Osiyo xonligida muvaffaqiyatli faoliyat olib brogan bo`lsada,
lekin aniq bir maqsadlarga erisha olmaydi.

13

Кўпайсинов И. Тарих – миллат кўзгуси. // Илмий тўплам. –Наманган, 2018. – 260 б.

14

Lazer Madeline. Why They Played: The British and Russian Motivations for Expansion in Nineteenth-Century

Central Asia.Senior HonorsThesis. George Washington University.2008. – 127 p.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

138

Bundan farqli o`laroq A. Byorns o`z ishini a’lo darajada amalga oshiradi va juda ko`p,

muhim ma’lumotlarni Buyuk Britaniya imperiyasiga yetkazadi.

Inglizlar tomonidan O`rta Osiyo xonliklariga yuborilgan elchilar va ularning harakatlari

yuboriladigan keyingi elchilar uchun katta yordam berdi deb aytsam hech mubolag’a bo`lmaydi.

Bundan keyingi jarayonlarda ingliz elchilarini faoliyati yanada jonlanganini ko`rishimiz

mumkin.

REFERENCES

1

Bondarevskiy G. L. The Great Game: A Russian Perspective.

PO Box 35 Hastings. East

Sussex, 2002. – 103 p.

2

Брежнева С. Н. “Цивилизаторская Миссия” Как Оправдательный Нарратив
Наступления России На Туркестан В Трудах Русских Ориенталистов: Конец XIX –
Начало ХX В // Издательство “Грамота” № 8(14) 2011,- 45-46.

3

Evgeny Sergeev. The Great Game, 1856-1907: Russo-British Relations in Central and East
Asia. Baltimore, MD. - John Hopkins University Press. 2014.–552 p.

4

Фурсов

К.А.

Геополитика

или

экономика?

Соотношение

целей

англо-русской экспансии в центральной азии в xix в.// ВОСТОК (ORIENS) 2017 № 1.
– 6-28.c.

5

Hopkirk Peter. The Great Game: On Secret Service in High Asia. London. John Murray.
2006. – 590 p.

6

Халфин А.Н. Политика Росиии в Средний Азии (1847-1868). – М.: Издателства
восточний литературъ, 1960. – 272 с.

7

XIAO WEI BOND. Guide to India Office Records relating to Central Asia.- The British
Library Asia Pacific Africa Collections. 1998.-205 p.

8

Hultvall J. Mission and Revolution in Central Asia. Stockholm: Gummessons.1981.-133 p.

9

К. Нейман. Афганистан и англичане в 1841—1842 гг. М., 1848, –295 б.

10

Kaye William. Lives of Indian Officers. London. A. Strahan and Co.,
1867. – 205 p.

11

Kўпайсинов И. Антоний Женкинсонни Бухорога ташрифи // Тарих тилга
кирганда...... Даврий тўплам. – № 10. – Наманган, 2017. – 239 б.

12

Кўпайсинов

И.

Заҳириддин

Мухаммад

Бобур

ва

Ҳерман

Вамбери

// Наманган давлат университети магистрантларининг илмий мақолалар тўплами. –
Наманган, 2017. – 120 б.

13

Кўпайсинов И. Тарих – миллат кўзгуси. // Илмий тўплам. – Наманган, 2018. – 260 б.

14

Lazer

Madeline.

Why

They

Played:

The

British

and

Russian

Motivations for Expansion in Nineteenth-Century Central Asia.Senior HonorsThesis.
George Washington University.2008. – 127 p.

15

Мартенс Ф.Ф. Россия и Англия Средний Азия. С. Петербург: – Эмиле Гарте.1880. –
234 с.

References

Bondarevskiy G. L. The Great Game: A Russian Perspective. PO Box 35 Hastings. East Sussex, 2002. – 103 p.

Брежнева С. Н. “Цивилизаторская Миссия” Как Оправдательный Нарратив Наступления России На Туркестан В Трудах Русских Ориенталистов: Конец XIX – Начало ХX В // Издательство “Грамота” № 8(14) 2011,- 45-46.

Evgeny Sergeev. The Great Game, 1856-1907: Russo-British Relations in Central and East Asia. Baltimore, MD. - John Hopkins University Press. 2014.–552 p.

Фурсов К.А. Геополитика или экономика? Соотношение целей

англо-русской экспансии в центральной азии в xix в.// ВОСТОК (ORIENS) 2017 № 1. – 6-28.c.

Hopkirk Peter. The Great Game: On Secret Service in High Asia. London. John Murray. 2006. – 590 p.

Халфин А.Н. Политика Росиии в Средний Азии (1847-1868). – М.: Издателства восточний литературъ, 1960. – 272 с.

XIAO WEI BOND. Guide to India Office Records relating to Central Asia.- The British Library Asia Pacific Africa Collections. 1998.-205 p.

Hultvall J. Mission and Revolution in Central Asia. Stockholm: Gummessons.1981.-133 p.

К. Нейман. Афганистан и англичане в 1841—1842 гг. М., 1848, –295 б.

Kaye William. Lives of Indian Officers. London. A. Strahan and Co.,

– 205 p.

Kўпайсинов И. Антоний Женкинсонни Бухорога ташрифи // Тарих тилга кирганда...... Даврий тўплам. – № 10. – Наманган, 2017. – 239 б.

Кўпайсинов И. Заҳириддин Мухаммад Бобур ва Ҳерман Вамбери

// Наманган давлат университети магистрантларининг илмий мақолалар тўплами. – Наманган, 2017. – 120 б.

Кўпайсинов И. Тарих – миллат кўзгуси. // Илмий тўплам. – Наманган, 2018. – 260 б.

Lazer Madeline. Why They Played: The British and Russian

Motivations for Expansion in Nineteenth-Century Central Asia.Senior HonorsThesis. George Washington University.2008. – 127 p.

Мартенс Ф.Ф. Россия и Англия Средний Азия. С. Петербург: – Эмиле Гарте.1880. –234 с.