ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
990
AL-ANDALUS
–
SAKKIZ ASRLIK BUYUK TAMADDUNMI YOKI YEVROPANI
UYG‘OTGAN ILM VA SAN’AT MANBAI?
Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li
Oriental universiteti
Tarix kafedrasi o‘qituvchisi
islomjonrustamboyev@gmail.com
Islomova Mushtariybonu Azizjon qizi
mushtariyislamova7@gmail.com
Oriental universiteti, Tarix fakulteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15707104
Annotatsiya.
Bu maqolada Al-Andalus (Islomiy Ispaniya) davrining tarixiy va madaniy
ahamiyatini yoritadi. Maqolada Kordova, Shativa, Toledo kabi poytaxtlarning ilm-fan,
madaniyat va bag‘rikenglik markazi sifatida paydo bo‘lgani, arab
-musulmon olimlar va
tarjimonlar orqali Yevropa uyg‘onishiga ulkan hissa qo‘shilgani qayd etilgan. Andalusiyaning
atrof-
muhiti, kutubxonalar, ilmiy ixtirolar, sug‘orish tizimlari va diniy mulohazalar orqali
xalqqa qanday ta’sir ko‘rsatgani tilga olingan.
Kalit so‘zlar:
Al-Andalus, Qurtuba (Kordova), ilm-
fan, madaniyat, bag‘rikenglik, tarjima
maktablari, kutubxona, sug‘orish tizimi, ilmiy ixtirolar, yozuvchilar, musulmon olimlar.
Аннотация.
В этой статье освещается историческое и культурное значение
периода Аль
-
Андалуса (исламской Испании). В статье отмечается, что такие города,
как Кордова, Шатива и Толедо стали центрами науки, культуры и терпимости, и что
мусульманские ученые и переводчики внесли огромный вклад в европейское Возрождение.
Также упоминается влияние андалусской среды, библиотек, научных изобретений,
ирригационных систем и религиозных размышлений на общество.
Ключевые слова
: Аль
-
Андалус, Куртуба (Кордова), наука, культура, терпимость,
переводческие школы, библиотека, ирригационная система, научные изобретения,
писатели, мусульманские ученые.
Annotation
. This article highlights the historical and cultural significance of the Al-
Andalus (Islomic Spain) period. It notes that cities like Cordoba, Xativa, and Toledo emerged as
centers of science, culture, and tolerance, and that Arab-Muslim scholars and translators made
a tremendous contribution to the European Renaissance. The article also discusses how
Andalusia's environment, libraries, scientific inventions, irrigation systems, and religious
reflections influenced the population.
Keywords
: Al-Andalus, Qurtuba (Cordoba), science, culture, tolerance, translation
schools, library, irrigation system, scientific inventions, writers, Muslim scholars.
Islomiy Ispaniya
–
Al-Andalus
, Yevropa tarixidagi eng yorqin va muhim bosqichlardan
biridir. Bu hudud o‘rta asrlar zulmatida qolgan Yevropaga ilm
-
fan, san’at, madaniyat va
bag‘rikenglik nurini olib kirgan noyob tajriba maydoniga aylandi.
1
Andalusiya
–
Ispaniyaning janubiy qismidagi muxtor viloyat. Ma`muriy markazi
–
Sevilya shahri. Ma`muriy
jihatdan 8 provinsiya
–
Almeriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Seviliya, Uelva, Xaenga bo`linadi. Arablar
uchbu hududni al
–
Andalus deb atagan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
991
Aynan shu yerda xristianlik va islomiyat uyg‘unlashgan holda, ilm
-fan va madaniyat
gullab-
yashnagan “oltin davr”
yuzaga keldi. Andalusiya o‘z davrida nafaqat Yevropa, balki
butun dunyo uchun muhim ilmiy va madaniy markaz bo‘lib xizmat qilgan.
Kordova shahrining ming yil oldingi holatini tasavvur qilishning o‘zi kishini hayratga
soladi. Yevropaning Parij, Venetsiya yoki Rim kabi shaharlarida tunda mash’ala bilan yurishga
majbur bo‘lgan odamlar fonida, Qurtuba (Kordova) aholisi ko‘chalarining yoritilganligi bois
bemalol kechki hayot bilan yashashgan. Tozalikka bo‘lgan e’tibor ham yuksak bo‘lib, shahar
ichida sakkiz yuzga yaqin hammom faoliyat yuritgan, toza ichimlik suvi esa uylar ichigacha
yetkazilgan edi.
Xalifa Hakam II
kutubxonasi to‘rt yuz ming jildli kolleksiyasi bilan o‘sha davrdagi
Yevropa qirolliklaridagi bir nechta kitobdan iborat kutubxonalardan tubdan farq qilgan.
Bag‘dodda yozilgan kitoblar qisqa vaqt ichida Qurtubaga yetib kelar va ilm
-fan
almashinuvi davomli bo‘lib turgan. Yevropaning ilk qog‘oz fabrikasi ham Andalusiyada,
Shativa
shahrida tashkil etilgan bo‘lib, bu ilmning keng tarqalishiga katta hissa qo‘shgan.
Andalusiyaning tarixiy ildizlari chuqur. Bu yerda dastlab iberlar, ligurlar va keltlar
yashagan, keyinchalik esa finikiyaliklar, yunonlar, karfagenliklar va rimliklar hukmronlik qilgan.
Rim imperiyasi tanazzulga uchragach, mamlakat vesgotlar qo‘liga o‘tdi. Ammo ularning
ichki ixtiloflari, ijtimoiy adolatsizlik va zaif boshqaruv musulmonlarning kelishini osonlashtirdi.
711-yilda arab-
amir Toriq ibn Ziyod qo‘shini Andalusiyaga kelib tushdi va qisqa vaqt
ichida mamlakatni zabt etdi
«Jabali Toriq» («Toriq tog‘i»)
dan kelib chiqqan. Fath
juda tez va nisbatan tinch yo‘l bilan amalga oshdi. Ko‘plab shaharlar,
jumladan, Kordova, Malaga, Grenada, Toledo deyarli qarshiliksiz taslim bo‘ldi. Arablar
nasroniylarga o‘z dini, cherkovlari va mulklarini saqlab qolish huquqini berib, faqat jizya
to‘lashni shart qilib qo‘ydilar.
Mazkur diniy bag‘rikenglik va odilona siyosat natijasida musulmonlar ko‘plab aholining
qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu sababli, Ispaniyani nasroniylar tomonidan qayta zabt
etish uchun sakkiz asr vaqt kerak bo‘ldi.
Fransuz faylasufi va tarixchi Gyustav Lebon
bu davr haqida shunday deydi: “Agar xalifa
Muso ibn Nusayrni Damashqqa qaytarishga buyruq bermaganida edi, musulmonlar butun
Yevropani bosib o‘tib, uni Qur’on bayrog‘i ostida birlashtirgan bo‘lishi mumkin edi. Bu holda,
Yevropa arablar orqali o‘rta asrlar zulmatidan qutulgan, yagona diniy va madaniy birlikda
taraqqiy etgan bo‘lardi.”
2
Al-Andalus: The Art of Islamic Spain, held at the Alhambra, Granada (March 18-June 7, 1992), and The
Metropolitan Museum of Art, New York (July 1-September 27, 1992).
3
К.Э.БОСВОРТ. МУСУЛМОН СУЛОЛАЛАРИ. Тошкент
"
Фан
" 2007. 17-b.
4
Yoki Xativa
–
Ispaniyaning Valensiya provinsiyasidagi shahar. Arablar Shatiba deb atagan.
5
Евгений Александрович Беляев
.
АРАБЫ, ИСЛАМ И АРАБСКИЙ ХАЛИФАТ В РАННЕЕ
СРЕДНЕВЕКОВЬЕ. «НАУКА». Москва. 1966. С
-189-90
6
Gibraltar boʻgʻozi –
Pireney yarim orolning janubiy chekkasi Yevropa bilan Afrikaning shimoliy-
gʻarbiy uchi
oʻrtasidagi boʻgʻoz.
bilan birlashtirib turadi. Uzunligi 65 km, eni 14-44 km.
7
Fath (arabcha:
حتفلا
), al-Fath (
حتفلا
)
—
arabcha soʻz boʻlib, “gʻalaba”, “ochish” degan maʼnolarini anglatadi.
8
Gyustav Lebonning "Arab Sivilizatsiyasi" ("La Civilisation des Arabes") deb nomlangan asar muallifi. Bu kitob
1884-yilda nashr etilgan bo'lib, u o'z vaqtida katta shuhrat qozongan. Asarda arab sivilizatsiyasining jahon tarixidagi
o‘rnini, arab olimlarining fanga qo‘shgan hissasini va arab madaniyatining Yevropaga ta’sirini o‘rganadi. Lebon
arab sivilizatsiyasining yutuqlarini yuqori baholaydi va ularning Yevropa madaniyatiga ta’sirini tan oladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
992
Andalusiya
–
nafaqat musulmonlar tarixidagi, balki insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng
yorqin sahifalardan biridir. Bu tamaddun ilm, san’at, bag‘rikenglik va taraqqiyot namunasi
sifatida Yevropa uyg‘onishining zaminini tayyorlab berdi. Shu bois, Al
-
Andalusni “sakkiz asrlik
tush” emas, balki uyg‘onish sari yetaklagan haqiqat, nurli davr deb baholash to‘g‘riroq bo‘ladi.
Fransuz tarixchisi Gustav Lebonning 1884-yilda nashr etilgan mashhur asarida arab-
islom madaniyatining jahon tamadduniga, ayniqsa Yevropa madaniyatiga ko‘rsatgan ta’siri
fundamental tarzda tahlil etilgan. Lebonning fikricha, aynan musulmonlar Yevropa fanining,
falsafasining va umuman madaniyatining ustozlari bo‘lgan. Musulmonlar olib kirgan ilm
-fan va
tafakkur tufayli Yevropa o‘zining yarim yovvoyi o‘rta asrlaridan chiqib, uyg‘onish davri
madaniyatiga erishdi. Uning yozishicha, arablar Yevropaga ayniqsa aniq fanlar, tarix va falsafa
sohalaridagi yutuqlari bilan chuqur ta’sir ko‘rsatgan.
Musulmonlar 711-
yilda Andalusiyaga kirib kelganlaridan so‘ng, 756
-yilga qadar bu yer
Damashqdagi xalifalik imperiyasining tarkibida bo‘lgan. 756
-yilda esa u abbosiylar xalifaligidan
ajralib chiqib
, Qurtubani poytaxt qilgan mustaqil davlatga aylandi. Andalusning asoschisi
Umaviylar sulolasidan bo‘lgan Abdurrahmon edi. Andalus mamlakati faqat Ispaniya emas, balki
Portugaliyaning katta qismini ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, dastlab Qurtuba, keyinchalik Sevilya
va Granada asosiy siyosiy markazlarga aylangan.
Andalusiyada musulmonlar hukmronligining ilk yillaridayoq mahalliy xalqlar ommaviy
ravishda islomni qabul qila boshladilar. Bu ularga shaxsiy erkinlik, xususiy mulkka egalik qilish
va erkin hayot tarzini taqdim etdi. Ayni paytda ko‘plab nasroniylar ham arab tilini, madaniyatini
va turmush tarzini qabul qilib, mozarablar
(arablashgan) qatlamga aylandilar. IX
–
X asrlarda
Andalus jamiyati ko‘p tilli va ko‘p madaniyatli muhitga aylandi.
Musulmonlar kelgach, ilgari rivojlanmagan Ispaniya yurtlarida shaharlar jonlandi, yangi
ekin maydonlari ochildi, savdo-sotiq rivojlandi va betakror obidalar qurildi. Ayniqsa, Qurtuba
uch asr mobaynida Yevropaning eng yuksak ilmiy va madaniy markazlaridan biri bo‘ldi. Bu
yerda yunon va lotin tilidagi asarlar tarjima qil
inib, oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi.
Buyuk Andalusiyalik allomalar
–
Abbos ibn Firnas
ixtirochisi, shuningdek planetariy va vaqt o‘lchov asboblari muallifi. 852
-yilda
–
Abbos ibn
Firnas patlardan va yogʻoch tirgaklar ustiga choʻzilgan matolardan qanotlar yasagan. Bu apparat
bilan u Kordovadagi
Ulug‘ masjid minorasidan sakrab chiqdi. Abbos ibn Firnasning qurilmasi
soyabonga o‘xshardi va tarixda ma’lum bo‘l
gan birinchi parashyut hisoblanadi. U faqat kichik
jarohatlar bilan qoʻndi. Ibn Baytar –
farmatsevtika sohasida 1400 ga yaqin dorivor o‘simliklarni
tasvirlab, o‘z davrining eng yirik o‘s
imlikshunosi sifatida tanilgan. Misr
haqida arab tilidagi
“Kitob ul
-
mugʻni fil
-adviyat il-
mufrad”
(“Nodir
”) va “Al
-Mufradot, aladviya val-
agʻziya” (“Dorivor oʻsimliklar, dorilar
va taomlar
asarlari bizgacha yetib kelgan.
9
Al-Andalus: The Art of Islamic Spain, held at the Alhambra, Granada (March 18-June 7, 1992), and The
Metropolitan Museum of Art, New York (July 1-September 27, 1992). 30-b.
10
Mozarablar
–
arab musulmonlari tomonidan boshqariladigan Ispaniyada madaniy va til jihatidan arablashgan
nasroniy ispanlar.
11 Abul-Qosim Abbos ibn Firnas at-Takuriniy (810-887) 810-yilda Andalusiyaning Ronda shahrida berber oilasida
tugʻilgan. Uning ajdodlari, ehtimol,
Pireney yarim orolini zabt etishda qatnashgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
993
Ularni yozishda Dioskarid, Galen, Ibn Sino va boshqa olimlarning asarlaridan
foydalangan
. Jumladan, Ibn Sinoning “Yurak dorilari”
risolasidagi barcha oddiy dorilarni (65
ta) oʻz asariga kiritgan, baʼzi oddiy yurak dorilarini Ibn Sino kashf etganligini yozadi.
Xalaf Zahroviy
–
jarrohlikni mustaqil fanga aylantirib, ikki yuzga yaqin
jarrohlik asbobini tavsiflagan, “Kitab at
-
Tasrif” asari Yevropa tibbiyotiga ham katta ta’sir
ko‘rsatgan va besh asr undan foydalanib kelishgan. Jobir ibn Aflax Sevilyada rasadxona qurgan
va Ptolemey asaridagi xatolarni tuzatgan falakiyotchi. Jobir ibn Aflaxning sharafiga oydagi
Geber krateri uning nomi bilan atalgan
. al-Bitrujiy sayyoralar harakati haqidagi yangi nazariya
muallifi. Ibrohim az-
Zarqaliy usturlobni takomillashtirgan, o‘rta asr falakiyotining yetakchi
arbobi. Ibn Rushd
–
Aristotel g‘oyalarining buyuk sharhlovchisi, G‘arbdagi “lotin
averroizmi” oqimiga asos solgan. Al
-Andalus musulmon sivilizatsiyasining Yevropa bilan
tutashgan, uni ilm, madaniyat va fan orqali uyg‘otgan tarixiy makoni bo‘lgan. Bu yurt nafaqat
musulmon olamining, balki butun insoniyat tarixining ilmiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan
hissa qo‘shgan. Andalusiyadan yetishib chiqqan olimlar, faylasuflar, ixtirochilar va san’atkorlar
nomi bugun ham g‘arb va sharq sivilizatsiyalarining tarixiy o‘zaro boyishida muhim o‘rin tutadi.
Al-
Andalus, xususan, Qurtuba shahri, oʻrta asr islom tamaddunining yorqin timsoli
boʻlib, uning ilm
-
fan, madaniyat va tarjima sohasidagi yutuqlari butun Yevropa uygʻonish
davrining shakllanishida muhim rol oʻynadi. XI asrda boshlangan yunon
-arab merosini
oʻzlashtirish jarayoni Yevropaning turli mintaqalarida XVI –
XVII asrlarda davom etdi. Bu
jarayon avvalo Ispaniyada, xususan, Toledoda boshlangan boʻlib, bu yerda tashkil etilgan
«Toledo tarjimonlar maktabi» arab tilidagi ilmiy
-falsafiy merosni lotin tiliga tarjima qilish
markaziga aylandi.
Qurtubalik olim al-Idrisiy (1100
–
1166) tomonidan yaratilgan xarita bugungi zamonaviy
geografik tasvirlarga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ibn Haysam (965
–1051) ning «Tasvirlar
kitobi» esa optika ilmining asosini tashkil etib, keyinchalik Rojer Bekon
va Kepler
va kabi mashhur gʻarb olimlariga ilhom manbai boʻldi. Ibn Haysamning yorugʻlik
aksini tushuntiruvchi qonunlari Yevropada «Al
-
Xazin muammosi» deb nom olgan edi.
12
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000
-yil.
13
Abulqosim Xalaf ibn Abbos az-Zahraviy yoki Abulkasis (936, Madina az-Zahro
—
1013, Madina az-Zahra)
—
Andalusiyalik arab tabibi va olimi (zamonaviy Ispaniya hududida). U Kordoba xalifasi Al-Hakam II ning saroy
tabibi bo‘lgan.
14
Oydagi Geber krateri
–
1935-yilda krater rasman XII asrning birinchi yarmida faoliyat yuritgan arab-ispan
astronomi Jobir ibn Aflah (lotincha Geber) nomi bilan atalgan.
15
Ibn Rushd Abdulvalid Muhammad (arabcha:
دشر نبا
)(lotincha: Averroes) (1126-yil, Kordova
—
10-dekabr 1198-
yil, Marokash)
—
arab faylasufi va tabibi, Andalusiya va Marokashda
yashagan, qozi va saroy haqimi boʻlgan.
16
Rojer Bekon XIII asrda yashagan ingliz faylasufi, olimi va rohibi bo‘lgan. U taxminan 1214
-
yilda tug‘ilgan va
1294-
yilda vafot etgan. Bekon o‘z davrining ilmiy tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatgan va zamonaviy fanning
asoschilaridan biri hisoblanadi.
17
Leonardo da Vinchi (1452-
1519) Uygʻonish davrining italyan polimati (koʻp qirrali zot), rassomi, haykaltaroshi,
arxitektori, olimi, ixtirochisi, anatomisti, muhandisi, geologi, kartografi, botanigi va yozuvchisi boʻlgan.
18
Yoxannes Kepler XVII asrda yashagan nemis astronomi, matematigi va astrologi. Uning asosiy yutuqlari
sayyoralarning harakati qonunlarini aniqlashi bo‘lgan. Bu qonunlar “Kepler qonunlari” nomi bilan mashhur va
zamonaviy astronomiyaning muhim asoslaridan biri hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
994
Toledodagi mashhur tarjimonlar
—
Chesterlik Robert
, Kremonalik Gerard
Dominik Gundisalvi
—
arab tilidagi ilmiy merosni lotin tiliga oʻgirgan holda Yevropa ilm
-
fanining taraqqiyotiga kuchli turtki berdilar. Gerard Ibn Sinoning «Tib qonunlari»,
Batlamiyusning «Almagest»i, Kindiy, Arastu, Arximed, Yevklid, Galen, Gippokrat, Zakariyo ar
-
Roziy, Forobiy kabi olimlarning asarlarini tarjima qildi. Tarjimasi 80 dan ortiq kitobni qamrab
olgan. Dominik Gundisalvi esa Ibn Sinoning «Metafizika», «Ruh haqidagi kitob»i, Gʻazzoliy,
Forobiy asarlarini tarjima qilgan.
Mixail Skot
va Petr Alfonsi
arabcha ilmiy adabiyotlarni Yevropa dunyosiga tanishtirishda muhim rol oʻynadi. Skot Ibn
Rushdning Arastu sharhlarini, Petr Alfonsi esa ilk bor tibbiyot, astronomiya va tarixga oid
risolalarni Gʻarbga yetkazdi. Aytish joizki, Klavdiy Ptolemey
ning asarlari ham arab tili orqali
Yevropaga qayta tanishtirildi.
Yevropada arab ilmining obroʻ
-
eʼtibori shu darajada yuksak ediki, 1311
-1312 yillarda
Viyenna cherkovida Rim, Parij, Bolonya, Oksford va Salamanka universitetlarida arab, yahudiy
va xaldey tillari boʻyicha professuralar tashkil qilish qarori qabul qilingan. Ammo bu loyiha
mutaxassislar yetishmovchiligi sababli XVI asrgacha amalga oshmay qolgan.
Al-Andalus ilm-
fanining choʻqqisida joylashgan Qurtuba shahri IX –
X asrlarda
dunyoning eng mashhur ilmiy markazlaridan biriga aylangan edi. Shaharda 70 dan ortiq
kutubxona boʻlib, ularning eng mashhuri xalifa al
-
Hakam II tomonidan tashkil etilgan boʻlib,
unda 400 mingdan ortiq kitob mavjud edi. Bu kutubxona faqat boy manba emas, balki tarjima va
kitob nusxalash ishlarining ham markazi boʻlgan.
Islom olimlarining riyoziyot, falsafa, tibbiyot, kimyo va boshqa sohalardagi yutuqlari
Gʻarb madaniyati taraqqiyotiga bevosita taʼsir koʻrsatdi. Gʻarb olimlari, xususan, Jak Risler va
E.F. Gaute musulmonlarning riyoziyotdagi xizmatlarini alohida eʼtirof etganlar.
19
Chesterlik Robert XII asrda yashagan ingliz olimi, tarjimoni, astronomi va matematik edi. U, ayniqsa, arab ilmiy
matnlarini lotin tiliga tarjima qilgani bilan mashhur. Bu tarjimalar G‘arbiy Yevropada ilm
-fan va matematikani
rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
20
Kremonalik Gerard (1114
–
1187) XII asrning mashhur italyan tarjimoni, olimi va faylasufi. U Ispaniyaning
Toledo shahrida arab tilidan lotin tiliga 70 dan ortiq ilmiy asar tarjima qilgani bilan tanilgan. Uning tarjimalari orqali
qadimiy yunon va arab olimlarining asarlari Yevropada qayta kashf etildi va G‘arb ilm
-fanining rivojlanishiga katta
hissa qo'shdi.
21
Dominik Gundisalvi XII asrda yashagan ispan faylasufi va tarjimoni edi. U Toledoda faoliyat yuritgan va o‘rta
asrlar Yevropa falsafasining rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatgan. Gundisalvi, arab falsafiy va ilmiy matnlarini lotin
tiliga tarjima qilish bilan mashhur. Uning tarjimalari, ayniqsa, Aristotel, Al-Farobiy, Ibn Sino va boshqa olimlarning
asarlarini o‘z ichiga olgan.
22
Mixail Skot (1175-1232) XII va XIII asrlarda yashagan shotlandiyalik olim, tarjimon, astrolog va faylasuf. U arab
va yahudiy olimlarining asarlarini lotin tiliga tarjima qilgani bilan tanilgan. Bu tarjimalar G‘arbiy Yevropada
Aristotelning falsafasi, tibbiyot, astronomiya va astrologiya kabi sohalardagi bilimlarning tarqalishiga katta hissa
qo‘shdi.
23
Evgenio de Palermo XII asrda Sisiliya qirolligida yashagan olim, tarjimon va davlat arbobi bo‘lgan. U Norman
qirollari davrida muhim lavozimlarda ishlagan va arab ilmiy asarlarini lotin tiliga tarjima qilgani bilan tanilgan.
24
Petr Alfonsi XI asrning oxiri va XII asrning boshlarida yashagan ispan-yahudiy olimi, yozuvchisi va astronomi
edi. U 1106-
yilda xristian dinini qabul qilgan va Petr Alfonsi ismini olgan. Uning eng mashhur asari “Disciplina
Clericalis” (Olimlar tarbiyasi) bo‘lib, bu o‘rta asrlar Yevropasida keng tarqalgan ibratli hikoyalar va hikmatli so‘zlar
to‘plami edi.
25
Klavdiy Ptolemey (milodiy 100-170-yillar) qadimiy yunon astronomi, geografi, matematigi va musiqashunosi
bo‘lgan. U Misrning Iskandariya shahrida yashab ijod qilgan va o‘rta asrlar ilm
-
faniga katta ta’sir ko‘rsatgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
995
Shotlandiyalik islomshunos Montgomeri Uott esa Ispaniyaning zamonaviy madaniyatida
ham musulmon merosining chuqur iz qoldirganini taʼkidlaydi.
Al-
Andalus sivilizatsiyasi, ayniqsa Qurtuba va Toledo shaharlari Yevropa Uygʻonish
davrining ilmiy poydevorini yaratishda beqiyos xizmat qilgan. Musulmon olimlarining ilmiy-
ma’naviy merosi gʻarb dunyosining shakllanishi va rivojida hal qiluvchi rol oʻynadi. Bu o‘zaro
madaniy muloqot nafaqat ilm-
fan, balki umumiy insoniyat taraqqiyoti yo‘lida katta tarixiy
ahamiyat kasb etdi.
Al-Andalus (Andalusiya)
–
o‘rta asrlarda musulmonlar tomonidan boshqarilgan Ispaniya
va Portugaliya hududlari
–
nafaqat islom olamining, balki butun Yevropaning ilmiy, madaniy va
iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. Bu hududda VIII asrdan boshlab barpo etilgan boy
madaniy meros, asrlar osha butun dunyo tarixida chuqur iz qoldirdi.
950-
yilda Qurtubada (Cordoba) Yevropadagi ilk qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasi tashkil
etildi. Bu texnologik taraqqiyot Vizantiyada faqat 1100-yilda, Sitsiliyada 1102-yilda,
Germaniyafa 1228-yilda va Angliyada esa 1309-yilda amalga oshdi. Shu orqali Andalus
madaniyati Yevropa texnik taraqqiyotiga yo‘l ochdi.
O‘rta asrlarda Qurtuba shahrining aholisi bir milliondan ortiq bo‘lib, 100 mingta oddiy
aholi yashaydigan uylar bilan birga 60 mingdan ortiq boy tabaqa vakillari istiqomat qilgan
uylarga ega edi. Aholining deyarli barchasi savodli bo‘lib, ilm olishga, ilmiy munozaralarda
qatnashishga, kitoblar o‘qish va ularni tahlil qilishga qiziqqan. Hatto ayollar orasida ham kitob
yig‘ish odati keng tarqalgan edi.
Sanoat va savdo sohalari ham yuksak darajada rivojlangan bo‘lib, kon mahsulotlari, ipak,
qurol-
yarog‘, shakar kabi mahsulotlar orqali Yevropa va Sharq o‘rtasida vositachilik qilingan.
Qishloq xo‘jaligida esa musulmonlar ilg‘or sug‘orish tizimlari va ekinlar bilan yirik
yutuqlarga erishdilar. Shakarqamish, tut daraxti, sholi, paxta va boshqa ko‘plab ekinlar keng
ekila boshladi. Sug‘orish inshootlari hozirgacha mavjud bo‘lib, ularning barpo etilishi arablar
faoliyatining guvohi sifatida tarixda saqlanib qolgan (Gyustav Lebon, Arablar madaniyati, 1884).
Musulmonlar Andalusiyada bog‘lar va dam olish maskanlari barpo etish madaniyatini
ham joriy qilgan bo‘lib, qirollik bog‘lari ilk bor aynan bu yerda paydo bo‘lgan. Jamoat
infratuzilmasi
–
yo‘llar, ko‘priklar, mehmonxonalar –
keng miqyosda barpo etilib, Rim davridan
keyingi eng katta qurilish ishlari aynan musulmonlar tomonidan amalga oshirilgan.
Ilm-
fan va san’atda ham musulmonlar yetakchi bo‘lganlar. Qurtubada minglab ilmiy
qo‘lyozmalar mavjud bo‘lib, ularni Arxiyepiskop Ximenes
yoqib yuborishga urinadi, biroq
ularning izlari me’morchilik, madaniyat va xalq xotirasida saqlanib qoladi. Yevropada ilk bor
keng qamrovli dengiz savdosi aynan musulmonlar floti orqali amalga oshirilgan. Ular uzoq vaqt
davomida O‘rta Yer dengizining mutlaq hukmdori bo‘lib qolganlar.
Musulmonlarning axloqiy qadriyatlari ham Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ular
bag‘rikenglik, odob
-
axloq, so‘zga sodiqlik, kuchsizga yordam berish kabi qadriyatlarni joriy
26
Arxiyepiskop Ximenes
–
bu ispaniyalik diniy arbob, davlat arbobi va kardinal bo‘lgan. U Granadani zabt etish
(rekonkista) jarayonida muhim rol o‘ynagan. Granadaning zabt etilishidan keyin xristianlashtirish siyosatini amalga
oshirgan. Qirolicha Izabella vafotidan so‘ng, Fransisko Ximenes Ispaniya regenti (vaqtincha hukmdori) vazifasini
bajargan. U qirol Ferdinandning vorisi bo‘lgan Karl I (keyinchalik imperator Karl V) voyaga yetgunga qadar
mamlakatni boshqargan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
996
etgan. Bu qadriyatlar keyinchalik ritsarlik kodekslari sifatida nasroniylar tomonidan qabul
qilingan. Musulmonlar diniy erkinlikni ta’minlab, nasroniy ruhoniylarga cherkov yig‘inlarini
o‘tkazishga imkon yaratgan, yahudiylar esa aynan musulmonlar boshqaruvidagi Andalusiyada
panoh topganlar.
Al-
Andalusning ta’siri faqat madaniyat bilan cheklanib qolmay, tilshunoslikda ham aks
etdi: ispan tilida to‘rt mingdan ortiq, portugal tilida esa mingdan ortiq arabcha so‘z mavjud.
Hatto “Portugaliya” nomi ham “port” (lotincha) va “qal'a” (arabcha) so‘zlarining birikmasidan
kelib chiqqan. “Apelsin” ma’nosini anglatuvchi so‘z –
“burtuqol” –
Portugaliya nomi bilan
bog‘liq holda arab tilidan o‘zlashgan. Bugun ham Portugaliyaning Algarvi (arabcha “al
-
g‘arb”,
ya’ni “g‘arb”) viloyatida o‘sha davr me’morchilik yodgorliklari saqlanib qolgan.
Yevropada keng tarqalgan odob-axloq tizimi, savodxonlik, ilmlar rivoji, hatto bugungi
kundagi kundalik hayot madaniyatining ko‘plab unsurlari –
xususan, uch taomdan iborat tushlik
qilish tartibi va billur idishlardan foydalanish
–
musulmonlar orqali Yevropaga kirib kelgan.
1492-yilda Granada
ning qulash bilan Andalusiyadagi musulmonlar hukmronligiga
yakun yasaldi. Shu yili Kolumb Amerikaning kashf etgani kabi, Yevropaning g‘arbiy chekkasida
ulkan bir sivilizatsiya tarix sahnasidan chiqdi. Ammo Andalus xotirasi bugungi kungacha yashab
kelmoqda
–
nafaqat ispan va portugal tillarida, balki ularning madaniyati, ilm-fani va hayot
tarzida hamon uning izi mavjud.
Al-Andalus tarixi
–
bu faqat musulmonlarning Ispaniyadagi hukmronligi tarixi emas,
balki butun insoniyat sivilizatsiyasi uchun o‘rnak bo‘la oladigan noyob tamaddun namunasidir.
Sakkiz asrdan ortiq davom etgan bu davrda Andalus musulmonlari nafaqat o‘zlarining diniy va
siyosiy tuzumlarini barpo etdilar, balki Yevropa tarixining eng muhim ilmiy va madaniy
o‘zgarishlariga zamin yaratdilar.
Eng avvalo, Al-Andalus ilm-fan va falsafa rivojining markaziga aylangan edi. Qurtuba,
Sevilla, Toledo kabi shaharlarda yuzlab kutubxonalar, madrasalar va tarjima markazlari faoliyat
yuritgan. Musulmon, yahudiy va nasroniy olimlarning hamkorlikdagi ishlari tufayli qadimgi
yunon, rim va hind ilmlarining asarlari saqlanib qolib, arab tili orqali qayta kashf etildi hamda
lotin tiliga tarjima qilinib Yevropa uyg‘onish davrining intellektual asosini tashkil etdi. Ibn
Rushdning Aristotelga yozgan sharhlari, Ibn Sino va Al-Zahraviyning tibbiy asarlari,
al-Xorazmiy va al-Zarqaliyning matematik ishlari aynan Al-
Andalus orqali G‘arbga yoyildi.
Shuningdek, bu davrda jamiyatda bag‘rikenglik va dinlararo hamkorlikka asoslangan
ijtimoiy model -
“convivencia
” amalda qo‘llanilgan. Bu turli diniy guruhlarning o‘z e’tiqodida
erkin yashashi, birgalikda ishlashi va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratgan edi. Andalus
jamiyatidagi bu murosali muhit G‘arbda tolerantlik g‘oyalarining shakllanishiga, keyinchalik esa
demokratik qadriyatlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Bundan tashqari, Al-
Andalusda shaharsozlik, arxitektura, qishloq xo‘jaligi va sanitariya
sohalarida ham ilg‘or texnologiyalar joriy etilgan.
27
Granada amirligi Pireney yarim orolida musulmonlar hukmronligi ostida qolgan soʻngi hudud edi. Amirlik
Nasridlar (1232
–
1492)sulolasi tomonidan boshqarilgan 1492-yilda Granadaning qulashi Ispaniya tarixidagi juda
muhim voqea boʻlgan. Bu voqea 781
-yillik Rekonkista (reconquista
—
qayta zabt etish)ning yakuni edi.
28
Tarixiy kontekstda convivencia atamasi Oʻrta asrlar Ispaniyasida, ayniqsa, musulmonlar, nasroniylar va
yahudiylar bir hududda tinchlik va nisbatan totuvlikda yashagan davrni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu davrda turli
din va madaniyat vakillari oʻzaro aloqada boʻlib, ilm
-fan, madaniyat va savdo sohalarida bir-
biriga taʼsir koʻrsatgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
997
Hammomlar, suv inshootlari, bog‘lar va yorqin me’moriy yodgorliklar Andalus
sivilizatsiyasining nafislik va amaliylikka asoslangan yondashuvini ifodalaydi. Bu
madaniyatning nafaqat moddiy, balki ma’naviy merosi ham bugungi kungacha turli jamiyatlar
uchun ilhom manbai bo‘lib qolmoqda.
Shu tariqa, Al-Andalusni tarixiy-
geografik bir fazoda cheklab bo‘lmaydi. U umumiy
insoniyat merosining ajralmas bo‘lagi, ilmiy taraqqiyot, diniy bag‘rikenglik va madaniy
uyg‘unlikning timsolidir. Uning merosi orqali G‘arb o‘z “uyg‘onish”ini boshladi; demak,
Al-
Andalus faqat o‘tgan zamonning bir sahifasi emas, balki kelajak avlodlar uchun ham
madaniyatlararo muloqot va ilmiy izlanishlar uchun zaruriy saboqdir.
Foydalanilgan adabiyot va manbalar ro‘yhati
1.
Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain, 710
–
797. Blackwell, 1989.
2.
Kennedy, Hugh. Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus. Routledge,
1996.
3.
Fletcher, Richard. Moorish Spain. University of California Press, 1992.
4.
Menocal, María Rosa. The Ornament of the World: How Muslims, Jews, and Christians
Created a Culture of Tolerance in Medieval Spain. Little, Brown and Company, 2002.
5.
Watt, W. Montgomery, and Pierre Cachia. A History of Islamic Spain. Edinburgh
University Press, 1965.
6.
Hawting Gerald R. The First Dynasty of Islam: The Umayyad Caliphate AD 661-750.
–
London and New York: Routledge, 2000.
7.
Kennedy Hugh. The Great Arab Conquestes: How the Spread of Islam Changed the World
We Live In.
–
Philadelphia: Da Capo Press, 2008.
8.
Al-Andalus: The Art of Islomic Spain, held at the Alhambra, Granada (March 18-June 7,
1992), and The Metropolitan Museum of Art, New York (July 1-September 27, 1992).
9.
Nasr, S. (2017). Islam va ilm-fan: Yaqin Sharqdagi yutuqlar. London: Oxford University
Press.
10.
Евгений Александрович Беляев
.
Арабы, ислам и арабский халифат в раннее
средневековье
.
«Наука»
.
Москва
. 1966.
11.
К.Э.Босворт. Мусулмон сулолалари. Тошкент "Фан" 2007.
12.
Davronov, A. (201
9). O‘rta asrlar va Islomdagi ilm
-fan rivojlanishi.
Toshkent: O‘qituvchi.
