Authors

  • Maftuna Baxromova
  • S Axmedov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103762

Keywords:

Abdurazzoq Samarqandiy Chingizxon Abu Said Shohrux Mirzo Mirzo Abulqosim Bobur Tog‘oy turkon Ozarbayjon Samarqand.

Abstract

Ushbu maqolada Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmua ul bahrayn” asarini tarixiy manba sifatidagi ahamiyati hamda asar muallifining shaxsi va ilmiy faoliyati, asarning yaratilishi tarixi va voqealar bayoni yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur maqolada “Matlai sa’dayn va majmua ul bahrayn” asarida keltirib o‘tilgan ayrim tarixiy shaxslar haqidagi ma’lumotlarni o‘sha davrning boshqa tarixiy manbalariga tayangan holda talqin qilib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

144

ABURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SADAYN VA MAJMA UL

BAHRAYN” ASARIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQINI

Baxromova Maftuna Odiljon qizi

Oriental Universiteti talabasi.

S.Axmedov

Ilmiy rahbar: t.f.f.d. (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15624846

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va

majmua ul

bahrayn” asarini tarixiy manba sifatidagi ahamiyati hamda asar muallifining shaxsi

va ilmiy faoliyati, asarning yaratilishi tarixi va voqealar bayoni yoritib berilgan.

Shuningdek,

mazkur maqolada “Matlai sa’dayn va majmua ul bahrayn” asarida

keltirib o‘tilgan ayrim

tarixiy shaxslar haqidagi ma’lumotlarni o‘sha davrning

boshqa tarixiy manbalariga tayangan

holda talqin qilib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Abdurazzoq Samarqandiy, Chingizxon, Abu Said, Shohrux Mirzo, Mirzo

Abulqosim

Bobur, Tog‘oy turkon, Ozarbayjon, Samarqand.

Аннотация.

В данной статье раскрывается значение труда Абдурраззака

Самарканди «Матлай Са'дайн ва Маджма'ул Бахрейн» как исторического источника, а
также личность и научная деятельность автора. История создания произведения и
повествование о событиях было выделено. Также в данной статье сведения о некоторых
исторических личностях, упомянутых в произведении «Матлай Са'дайн ва Маджма'ул
Бахрейн», интерпретируются на основе других исторических источников того времени

Ключевые слова:

Абдурраззок Самарканди, Чингисхан, Абу Саид, Шахрух Мирза,

Мирза Абулкосим Бабур, Тогай Токон, Азербайджан, Самарканд.

Abstract.

In this article, the significance of Abdurazzoq Samarkandi's work “Matlai

Sa'dayn wa Majmua ul Bahrain” as a historical source, as well as the personality and

scientific

activities of the author of the work, the history of the creation of the work

and the narrative of

the events, have been highlighted. Also, in this article, the

information about some historical

figures mentioned in the work "Matlai Sa'dayn and Majmua ul Bahrain" is interpreted based on
other historical sources of that time.

Keywords:

Abdurazzoq Samarkandi, Genghis Khan, Abu Said, Shah Rukh Mirza, Mirza

Abulqasim Babur, Toghai Tokon, Azerbaijan, Samarkand.


Abdurazzoq Samarqandiy hijriy yil hisobi bilan 12 shabbon 816

( milodiy 7 noyabr, 1413

y) yili bu vaqtlar temuriylar davlatining markaziy

shaharlaridan biri bo‘lgan Hirot shahrida

tug‘ilgan va 887 jumad ul-oxir

oyida (iyul-avgust,1482) shu shaharda vafot etgan. Uning to‘liq

ismi Kamoluddin Abdurazzoq, otasining ismi Jaloluddin

Is’hoq Samarqandiydur. Abdurazzoq

Hirotda tug‘ilganiga qaramay

“Samarqandiy” degan nisba bilan shuhrat topganligiga sabab, otasi

Jaloluddin Is’hoqning asli samarqandlik bo‘lganligi va yana, taxmin qilish

mumkunki, bo‘lajak

tarixnavisning o‘zi ham bir necha vaqtlar Samarqand

shahrida turganligidir

.

1

Abdurazzoq

Samarqandiy “Matlai sadayn va majmua ul-bahrayn”

asarini asosan hijriy 872 (1467-1468) –

1

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sadayn va majma ul – bahrayn. –T.:

Fan, 1969, - 463 b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

145

874 (1469-1470) yillar orasida

yozib tamomlagan va 875 (1470) - yil uni yana davom ettirib, shu

yilning

safar oyida (avgust, 1470) sodir bo‘lgan voqealarni ham qo‘shib,

tugallagan.

Biroq bunday tarixiy asar yozish ishtiyoqi Abdurazzoq

Samarqandiyda mazkur

yillardagina paydo bo‘lgan emas. Uning so‘zlariga

qaraganda, u hali yoshlik chog‘laridayoq

“diniy ilmlarni tahsil qilish

asnosida” tarix faniga qiziqqan va kitob yozishni orzu qilib yurgan,

“ammo

bu parda ostida etib, intizorlik niqobidan hech bir vajh bilan yuzaga chiqa

olmagan”.

Bunga sabab, Abdurazzoq Samarqandiy davlat ishlari bilan

shug‘ullanib yurgan vaqtlarda

temuriylar davlatida o‘zaro ichki nizolar avj

olganligida bo‘lgan.

2

Asarning nomi “Ikki saodatli

yulduzning chiqishi va ikki dengizning

qo‘shilish joyi” dan anglashilib turganidek Abdurazzoq

Smarqandiy o‘zkitobini ikki jildga bo‘ib tuzgan. Ikki saodatli yulduz (sadayn) va ikki

dengiz

(bahrayn) dan murod kimlar va qanday tushunchalar ekanligini

muallif keltirib o‘tmagan.

Shunga ko‘ra, tadqiqotchilar tomonidan bu

haqda turli fikrlar bayon qilingan. Ulardan

xulosa shuki, ikki saodatli

yulduzdan murod asarning birinchi va ikkinchi jildlarida nomlari zikr

etilgan biri Chingizxon, ikkinchisi Temur avlodlaridan bo’lgan Abu Saidlar

(yoki, ulardan

ikkinchisi o‘rnida “xoqoni said” laqabi bilan mashg‘ur

bo‘lgan Shohrux Mirzo) ikkinchi

yarmidagi ikki dengizdan murod esa

asarda dastlab Chingizxon avlodidan bo‘lgan hukmdorlar

haqida gap borib,

unga Temurning tarixi ulanib ketishi yoki birinchi jildda Shohruxning

taxtga

o‘tirishi bilan boshlanishi va bu ikki shaxsning hukmdorlik tarixi

bir-birining davomi ekanligini

uqdirib o‘tishdir.

3

Bu fikrlarni asar mazmuni bilan taqqoslab ko‘rilganida, ularning har

biri ham ma’lum

asosga ega ekanligi oydinlashadi. Ya’ni, “Matlai sadayn”

ning birinchi jildida qisqa tarzda bo‘lsa

ham Chingizxon avlodidan bo‘lgan

Eron hukmdori Abu Said (1316-1335) haqida ham gap

borib28, so‘ng uning

vafoti yili tug‘ulgan (1336) Temur tarixi boshlanadi va umuman, bu jildda

704 (1304) yildan – 807 (1405) - yilgacha O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Eron,Ozarbayjon, qisman
Hindiston va boshqa mamlakatlar tarixiga oid

ma’lumotlar keltirilgan.

4

Tarixiy voqealar bayoni

Temurning 17-shabbon

807 (18 feral, 1405)- yili O‘trorda vafot etganligi, uning nabirasi Halil

Sultonning Samarqand taxtiga o‘tirganligi va shu orada sodir bo‘lgan taxt

uchun kurashlar

bayoni bilan tugallanadi.

Ikkinchi jildda esa muallif bosh so‘zida Temurning avlodlari haqida

so‘zlamoqchi ekanligini aytib, voqealar bayonini Shohruxning Hirotda

taxtga o‘tirgan vaqtidan

(mart, 1405) boshlaydi. So‘ng, u Shohrux

vafotidan keyin (1447) hukmronlik qilgan temuriylar:

Mirzo Abulqosim

Bobur (1452-1457), Abu Said (1451-1469) va boshqa shu orada taxtga

o‘tirgan, ammo hukmronliklari ko‘pga bormagan shahzodalardan so‘zlab

bo‘lgach, Husayn

Boyqaroning Hirotda ikkinchi marta 875-yil safar oyida

(1470 yil, avgust) taxtga o‘tirishi

haqidagi ma’lumotlar bilan asarni

tugatadi.

5

Temuriylar davri tarixini o‘rganar ekanmiz, Amir Temurning

vafotidan so‘ng parchalanib

ketgan saltanatni o‘zining tadbirkorligi, dono

siyosati bilan qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan

shaxs Shohrux Mirzo

ekanligini ko‘ramiz.

Shohrux Temurning to‘rtinchi, kenja o‘g‘li bo‘lib,

779-yil 14-robbiul

soniy (1377-yil 20-avgust) payshanba kuni tug‘ulgan. O‘sha davrning

2

Inrohimov N. Ibn Batuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati. – T: Sharq.1993. – 103 b.

3

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sadayn va majma ul – bahrayn. –T.:

Fan, 1969, - 480

4

Alisher Navoiy. Majolis un – nafois. – T. 1960.

5

Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. – T.: O‘zbekiston,1996 – 526 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

mashhur

tarixnavislari

Abdurazzoq

Samarqandiy

hamda

Xondamirlarning

bergan

ma’lumotlariga qaraganda, uning onasi Tog‘oy turkon og‘a

Sohibqironning xos kanizlaridan

bo‘lgan. Keyinchalik, Amir Temur uni

o‘z nikohiga olgan.

Ayrim rivoyatlarga ko‘ra, bu

hushxabarni Amir Temurga u Shatranj

o‘yini bilan mashg‘ul bo‘lib, qo‘lini “rux” donasiga

boqqanda eshitgan va

shu sababli miyig‘ida kulib, ismi “Shohrux” bo‘lsin degan ekan. “Matlai

sadayn” da keltirib o‘tilgan ushu ma’lumotni Ibn Arabshoh (1389-1450)

ham o‘z asarida keltirib

o‘tadi.

Shohrux Mirzo otasi Amir Temur an’analarini davom ettirib, ilm-fan

va madaniyat

rivojiga kuch g‘ayratini sarfladi: Shohrux davrida Hirot

shahrida qadim vaqtlardan beri usti

yopilmay qolib, bozor ahli gard-u

g‘ubor ham yog‘in yog‘ishidan ko‘p zaxmat tortib kelayotgan

shahar

bozorlarini buzib tashladi va yangidan ganch va pishiq g‘ishtdan bozorlar

ko‘tardi hamda oliy

toqlar qurib ustini yopdi. Chorsuni o‘rnashishi: to‘rt

tarafi barobar, to‘rtburchak shaklida bo‘lib,

mavzelarni sarasi bo‘lmish

Hirot markazida joylashgan.

6

Shohrux Mirzo yosh bo‘lsa ham

tadbirli yigit edi. Katta xotini Milkat

og‘oni Umarshayx Mirzodan tug‘ilgan o‘gli Iskandar Mirzo

bilan

Farg‘ona vodiysini boshqarishga yubordi. Yana bir xotini To‘tiniso begim

o‘g‘li Ibrohim

Mirzo bilan Buxoroda yashay boshladi. Samarqandning

mashhur Bog‘i Dilkushosi Ulug‘bek va

Gavharshod begim ixtiyorida qoldi.

Samarqand poytaxt bo‘lgani uchun Shohrux Mirzo ham

ko‘proq shu yerda

bo‘lar va Gavharshod begim bilan Bog‘i Dilkushoda yayrab istiqomat qilar

edi.

Begim hayotining shu vaqtgacha bo‘lgan eng shodon kunlari

Samarqandda, Bog‘i

Dilkushoda o‘tdi.

7

Shohrux Mirzo Gavharshod

begimni davlat ishlariga yaxshi tushunadigan

aqlli va ma’rifatli ayol

sifatida ham yaxshi ko‘rar, ba’zi murakkab muammolarni hal qilishda

begimning maslahatini olar edi.

Shohrux davrida o‘z zamonasining nodir asarlari yig‘ilgan

kutubxona mavjud edi.

Bu kutubxonaning dong‘i butun dunyoga taralgan

edi. Shu jumladan, Misr sultoni Sulton

Chaqmoq Xurosonga maxsus

elchilar yuborib, Shohrux kutubxonasida besh nodir asarni: Shayx

Abu

Mansur Moturidiyning “Ta’viloti ahli sunna”, Imom Fariduddinning

“Tafsiri kabir”,

“Sharhi Talhisi Jome”, Mavlono Alouddin Pahlavonning

“Sharhi Kashshof” asarlarini sovg‘a

tariqasida berishini iltimos qiladi.

Nodir aql egasi bo‘lmish Shohrux ushbu asarlarni

kutubxonadagisini emas,

balki ulardan yangidan nusxa ko‘chirilgan variantini yuborishini

buyuradi.

Bu esa nodir asarlarni yo‘qolib ketish xavfini kamaytirar edi.

Mirzo Ulug‘bek

hukmronligi tarixini yoritishda o‘sha davrda yozilgan tarixiy asarlar mavjud. Lekin ular orasida
Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sadayn majma ul-bahrayn” asarida keltirilgan bir qator
tavsilotlar boshqa muallifning asarlarida uchramaydi. Ushbu asarda ko‘rsatilishicha Amiir
Temurning Old Osiyoga qilgan “besh yillik yurish”i paytida, qo‘shin G‘arbiy Eron va Iroqda
turganida, hijriy 796-yil jumadiy ul-avvalning 19-sanasida (milodiy 1394-yil 22-martida)
Temurning 17 yashar kichik o‘g‘li Shohrux Mirzoning lashkar o‘g‘ruqida, Sultoniyada (janubiy
Ozarboyjonda) turgan xotini Gavharshod Og‘a ko‘z yorib, o‘g‘il ko‘radi.

8

6

Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay. To‘rt ulus tarixi. –T.:Cho‘lpon.1994. – 352 b

7

Xondamir. Habib us-siyar. – T. 1941

8

Hofiz Abro‘. Zubdat ut- tavorix. – T. 1963


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

Bu payt Iroq Jazirasida endigina zabt etilgan Morden shahri bo‘sag‘asida turgan Temurga

17-aprel kuni chopar kelib, baxtli voqea haqida habar yetkazadi. Yangi tug‘ilgan bolaga katta
bobosining nomi bilan Muhammad Tarag‘ay ismi beriladi. Lekin, uning bobosi alohida mehr
bilan “Ulug‘bek” deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug‘bek bo‘lib qoladi.

Temur Ulug‘bekni tarbiyalashni o‘zining bosh xotini Saroymulkxonumga topshiradi.

Agar Temuriylar davridagi qo‘shni mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalarga to‘xtalinsa,
Shohrux Mirzo ham, uning o‘g‘li Ulug‘bek ham bu boradagi Amir Temurning siyosatini davom
ettirgan deb bemalol ayta olishimiz mumkin. Shohrux Mirzo tomonidan mamlakatdagi o‘zaro
ichki nizolarga nisbatan barham berishi natijasida temuriylar davlati bilan qo‘shni mamlakatlar
orasida iqtisoodiy (savdo- sotiq) munosabatlar, madaniy va siyosiy aloqalar avj oldi. Faqat
“Matlai sadayn” dagi ma’lumtlar bilan cheklanib, xulosa chiqarganimizda ham, aytish
mumkinki, XV asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo bilan Rum (Kichik Osiyo), Misr, Hindiston
hamda Xitoy mamlakatlari orasida 34 kun aloqalar yo‘lga qo‘yilgan edi

.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkunki, “Matlai sadayn” da keltirilgan tarixiy

ma’lumotlarning aksar qismini siyosiy voqealar tashkil etib, ijtimoiy munosabatlar, madaniy
ko‘rinishlar va ijtimoiy ahvolga oid so‘zlar ko‘pincha, u yoki bu hukumdorlarning faoliyati,
davlat boshqarishdagi tadbirlarini ta’riflash bilan bog‘liq holda bayon qilingan. Bundan tashqari,
Abdurazzoq Samarqandiy o‘z asarida aytib o‘tganidek, Shohrux va uning avlodlari tarixidan
so‘zlashni maqbul qo‘yganligi asarda XV asr birinchi choragidagi O‘rta Osiyo va O‘rta Sharq
mamlakatlarida sodir bo‘lgan umumiy siyosiy ahvolning yoritilishi tarziga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Aksar hollarda, hayotini Shohrux va uning avlodi xizmatida – temuriylar davlati

markazida o‘tkazgan Abdurazzoq Samarqandiy, shu markaziy davlat manfaatlarini ilgari surgan.

Uning uchun temuriylar davlatining Temur barpo etgan miqyosda butunligi siyosiy

voqealar orasida birinchi o‘rinni egallagan. Biroq, shunday bo‘lsada, Abdurazzoq
Samarqandiyning o‘z davri siyosiy ahvoliga mualliflarning fikrlarini taqqoslab, obyektiv xulosa
chiqarish, hozirgi zamon tarix fani uchun alohida qimmatga ega. Shu bilan birga, e’tirof etish
kerakki, “Matlai sadayn”, aksar hollarda, boshqa manbalardan ko‘ra ba’zi ustunliklarga egadir.
Negaki, uni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy asarda tilga olingan voqealarning deyarli
barchasini zamondoshi va o‘z mavqeyiga binoan shohidi ham bo‘lgan hamda uning Shohrux
nomidan so‘zlab, ba’zi shahzodalarga qarata aytgan nasihatomuz eslatmalarini ham ko‘rishimiz
mumkun. O‘rni kelganda, shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, “Matlai sadayn” da 1304-1470 yillar
orasida jami 166 yil mobaynida sodir bo‘lgan voqealar bayon qilingan. Abdurazzoq
Samarqandiy esa 1413 yili tug‘ulib, 1482 yili vafot etgan. Demak, u o‘zi yashagan davrdan
oldingi yillarda sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni yoritishda boshqa manbalarga asoslangan.

Abdurazzoq Samarqandiy haqida zamondoshlari keltirib o‘tgan ma’lumotlarga,

shuningdek, “Matlai sadayn”dagi ma’lumotlarga tayanib shuni aytishimiz mumkunki, bu
manbalardan eng asosiysi XV asr I choragining mashhur tarixnavis va geograf olimi Hofiz
Abro‘ning “Zubdat ut- tavorixi Boysung‘uriy” nomli asari bo‘lgan.

Umuman olganda, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sadayn va majma ul–bahrayn”

asari unda jamlangan tarixiy ma’lumotlarning nodirligi va ishonchliligi bilan temuriylar davrida
va undan keyin bitilgan asarlarga nisbatan o‘zga xos ravishda muhim hamda qimmatlidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

148

“Matlai sadayn” da nomi zikr etilgan elchilar faoliyati ham, o‘sha davrning boshqa

manbalariga tayangan holda yoritib berildi. O‘ylaymizki, mazkur risola orqali temuriylar davri
manbalarini o‘rganish taraqqiyotiga, ma’lum darajada bo‘lsa ham hissa qo‘shildi.

Abdurazzoq Samarqandiyning mazkur asarini to‘laqonli tadqiq qilib borish bilan

temuriylar davlati haqida to‘laqonli bo‘lgan yangidan – yangi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Fikrimizcha, temuriylar davri manbalarini o‘rganish va tadqiq qilish mezoni insoniyat

taraqqiyotining umumbashariy qadriyatlari va madaniy – ma’rifiy merosi asosida olib borilmog‘I
va har bir davr, har bir inson ma’naviyatini shu mezon asosida baholanmog‘i lozim. Ana shu
nuqtai nazardan olganda temuriylar yaratgan qadriyatlar, xususan, Amir Temur, Shohrux Mirzo,
Mirzo Ulug‘beklarning yaratgan boy ma’naviyati buyuklikka, ayni paytda, mangulikka
daxldordir. Darhaqiqat, buyuk Temur va Temuriylarsiz tariximiz, o‘tmishimiz – qorong‘u,
osmonimz tund bo‘lib qolishi, shubhasiz.

REFERENCES

1.

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sadayn va majma ul – bahrayn. –T.: Fan, 1969, - 463 b

2.

Alisher Navoiy. Majolis un – nafois. – T. 1960.

3.

Ibn Arabshoh. Ajoyib al – maqdur fi tarixi Taymur. –T: Mehnat.1992. – 328 b.

4.

Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. – T: O‘zbekiston, 1996 – 526 b.

5.

Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay. To‘rt ulus tarixi. –T: Cho‘lpon. 1994. – 352 b

6.

Xondamir. Habib us-siyar. – T. 1941

7.

Sharofiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma Sharq, 1997. – 384 b.

8.

Hofiz Abro‘. Zubdat ut- tavorix. – T. 1963

References

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sadayn va majma ul – bahrayn. –T.: Fan, 1969, - 463 b

Alisher Navoiy. Majolis un – nafois. – T. 1960.

Ibn Arabshoh. Ajoyib al – maqdur fi tarixi Taymur. –T: Mehnat.1992. – 328 b.

Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. – T: O‘zbekiston, 1996 – 526 b.

Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay. To‘rt ulus tarixi. –T: Cho‘lpon. 1994. – 352 b

Xondamir. Habib us-siyar. – T. 1941

Sharofiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma Sharq, 1997. – 384 b.

Hofiz Abro‘. Zubdat ut- tavorix. – T. 1963