Authors

  • Nodirjon Sa’diyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103831

Keywords:

Markaziy Osiyo davlatlari

Abstract

Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bunga iqlim o‘zgaruvchanligining kuchayishi, suvga bo‘lgan talabning ortishi hamda transchegaraviy daryolarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada mintaqadagi transchegaraviy suv resurslarini boshqarish murakkabligi, milliy manfaatlar bilan mintaqaviy hamkorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida o‘rganiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

505

MARKAZIY OSIYODA BARQAROR TRANSCHEGARAVIY SUV BOSHQARUVI:

MUAMMOLAR, ZIDDIYATLAR VA MINTAQAVIY HAMKORLIK

Sa’diyev Nodirjon G‘olibjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi.

e-mail:

nodirbeksadiyev@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15650942


Kirish

Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bunga

iqlim o‘zgaruvchanligining kuchayishi, suvga bo‘lgan talabning ortishi hamda transchegaraviy
daryolarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada mintaqadagi

transchegaraviy suv resurslarini boshqarish murakkabligi, milliy manfaatlar bilan mintaqaviy

hamkorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida o‘rganiladi.

Shuningdek, maqolada Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi suv diplomatiyasiga

ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va siyosiy omillarning ta’siri tahlil qilinadi. Markaziy Osiyoning
asosiy muammolar sifatida suv tanqisligi, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari, Afg‘onistonda
qurilayotgan Qo‘shtepa kanali hamda transchegaraviy suv resurslarining yuqori oqimidagi
davlatlar va quyi oqimdagi davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar keltirib o‘tiladi. Markaziy Osiyoda
so‘nggi paytlarda diplomatik harakatlar kuchaygan, mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro murosa
qilish sari jadal qadam tashlayotgan bo‘lsada mavjud muammolar talaygina bo‘lib, ularni hal

etishda konstruktiv yechimlar yetishmaydi. Mazkur maqolada transchegaraviy suv resurslarini

boshqarishda davlatlar o‘rtasida integratsiyalashgan yondashuv muhimligini ta’kidlaydi.

Shuningdek, xalqaro huquqiy normalarga asoslangan va hamkorlik asosida boshqaruv

mexanizmlari bilan qo‘llab

-quvvatlangan yagona mintaqaviy suv strategiyasi mojarolarni

kamaytirishga hamda Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.

Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish Markaziy Osiyoda nihoyatda muhim masala

bo‘lib, u mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi, siyosiy barqarorligi va atrof

-muhit barqarorligiga

bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) prognozlariga ko‘ra, global

miqyosda ichimlik suvi tanqisligi XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanishi

mumkin, bu hatto yoqilg‘i (neft, gaz va h.k) tanqisligidan ham jiddiyroq bo‘lishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyoda suv resurslari ko‘pligiga qaramay, ular noteng taqsimlangan.

Ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo kabi transchegaraviy daryolarning boshqaruvi geosiyosiy

ziddiyatlarga sabab bo‘lmoqda. Mintaqaning asosiy daryo tizimlari bir nechta davlatlar hududidan
o‘tadi; suv resurslarining 86 foizi Qirg‘iziston va Tojikiston kabi yuqorida joylashgan davlatlarda
shakllanadi, past oqimdagi davlatlar esa, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston bu suv
manbalariga sug‘orish, qishloq xo‘jaligi va sanoat uchun kuchli darajada bog‘langan. Sovet
davridagi suv boshqaruvi tizimidan yagona markazlashgan gidroinshootlar va sug‘orish
tarmoqlariga asoslangan tizimdan mustaqil milliy siyosatlarga o‘tish suvdan foydalanish,
gidroenergetika va sug‘orish borasida siyosiy kelishmovchiliklarga olib kelmoqda.

Iqlim

o‘zgarishi mintaqadagi suv bilan bog‘liq muammolarni yanada keskinlashtirmoqda. Haroratning
oshishi muzliklarning tezroq erishiga, daryo oqim rejimlarining o‘zgarishiga va qurg‘oqchiliklar
sonining ko‘payishiga olib kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

506

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 2050

-yilga kelib Markaziy Osiyodagi muzliklarning 30

foizidan ko‘prog‘i yo‘qolishi mumkin, bu esa past oqimdagi hududlarda suv ta’minotiga jiddiy
ta’sir qiladi. Bundan tashqari, suvning ifloslanishi, ekotizimlarning yemirilishi va biologik

xilma-xillikning kamayishi atrof-muhit barqarorligiga jiddiy tahdid solmoqda, biroq bu
masalalarda mintaqaviy hamkorlik hanuzgacha cheklangan.

Markaziy Osiyoda iqlim global o‘rtacha ko‘rsatkichga qaraganda ancha tez isimoqda:

so‘nggi 70 yil ichida harorat 1,5–2°C ga oshgan, prognozlarga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 2060

-

yilgacha yana 1,5

–2,8°C ga, 2100

-yilgacha esa 5,1

–5,8°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu isish

natijasida so‘nggi 50–

60 yil davomida muzlik maydoni 30% ga qisqargan, kelgusida esa muzlik

hajmi 2°C isish bilan 50% ga, 4°C isish bilan esa 78% ga kamayishi mumkin. Bunday
o‘zgarishlar suv resurslari mavjudligiga tahdid soladi —

2050-yilgacha Sirdaryo havzasida suv

5% gacha, Amudaryo havzasida esa 15% gacha kamayishi mumkin. O‘zbekistonda suv tanqisligi

2015-

yilgacha 3 milliard m³ bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2030

-

yilga kelib 7 milliard m³ ga,

2050-

yilgacha esa 15 milliard m³ ga yetishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi, shuningdek, toshqinlar,

qurg‘oqchiliklar va issiq to‘lqinlar kabi yanada tez

-tez va kuchli ob-havo hodisalarini yuzaga

keltirmoqda. Bu esa erta ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish, xavflarni boshqarishni
kuchaytirish va moslashuv strategiyalarini ishlab chiqishni zaruratga aylantiradi. Aholi soni va

iqtisodiy rivojlanish natijasida, ayniqsa, sug‘orishga bog‘liq qishloq xo‘jaligida suvga bo‘lgan
talab ortib bormoqda. So‘nggi 40 yil ichida har bir kishiga to‘g‘ri keladigan suv miqdori yiliga 8
400 m³ dan 2 500 m³ gacha kamaygan va bu ko‘rsatkich 2030

-

yilgacha 1 700 m³ dan ham past

bo‘lishi mumkin. Asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun har yili qo‘shimcha 500–700 million m³
suv kerak bo‘ladi.

Markaziy Osiyo dunyoda suvdan foydalanishda eng samarasiz mintaqalardan biri bo‘lib,

1 dollar YaIM uchun 2,5 m³ suv sarflaydi. Hatto Amudaryo va Sirdaryo daryolarida suv oqimi
barqaror yoki ko‘paygan sharoitda ham, kelajakdagi suv tanqisligi 8% dan 33% gacha bo‘lishi

mumkin. 2050-yilgacha mintaqa aholisi 90

100 millionga yetishi prognoz qilinmoqda, bu esa

suv tanqisligining 25

30% gacha yetishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, qishloq

xo‘jaligidagi suvga bo‘lgan talab 2030

-yilgacha 30% ga ortishi mumkin. Ushbu muammolarni

hal qilish uchun mintaqaviy hamkorlik va suvdan oqilona foydalanish zarur. BMT baholariga

ko‘ra, bu yondashuv YaIMning 5% ga teng bo‘lgan —

taxminan 20 milliard AQSH dollari

miqdoridagi iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. Markaziy Osiyoning geosiyosiy manzarasi

tarixiy suv taqsimoti nizolari bilan shakllangan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng va bozor
iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ilgari mavjud bo‘lgan suv

-energiya almashinuvi tizimi izdan

chiqdi va natijada gidrosiyosiy muammolar yuzaga keldi.

Yuqorida joylashgan davlatlar

Qirg‘iziston va Tojikiston —

gidroenergetika ishlab

chiqarishni ustuvor deb biladi, past oqimdagi davlatlar

O‘zbekiston, Turkmaniston va

Qozog‘iston —

esa barqaror va oldindan rejalashtirilgan suv oqimiga sug‘orish uchun muhtoj.

Bu ziddiyatlar 1990-

yillarda kuchayib, Qirg‘iziston va Tojikiston yirik gidroelektr

loyihalarini qayta boshlaganida, O‘zbekistonda xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi.
Chunki mamlakatning qishloq xo‘jaligi mavsumiy suv chiqarishlarga bog‘liq. Shunga qaramay,
so‘nggi yillarda mintaqaviy suv hamkorligi bo‘yicha muloqot tiklandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

507

2018

–2024 yillar oralig‘ida Markaziy Osiyo davlat rahbarlari o‘rtasida suv boshqaruvi,

infratuzilma va transchegaraviy daryolarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan bir qator
yuqori darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu kuchaygan aloqalar suv resurslarini birgalikda
taqsimlash bo‘yicha yangi kelishuvlar tuzish, suv boshqaruvi tizimlarini yaxshilash va

mintaqaviy suv xavfsizligini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Markaziy

Osiyodagi suv bilan bog‘liq mojarolarning murakkabligini hisobga olgan holda, ushbu tadqiqot

milliy va mintaqaviy nuqtai nazardan suv xavfsizligiga oid qaror qabul qilish jarayonlarini

o‘rganishni maqsad qilgan. Xususan, u transchegaraviy daryolar boshqaruvida milliy suverenitet
bilan mintaqaviy hamkorlik o‘rtasidagi ziddiyatlarga e’tibor qaratib, siyosiy yechimlar, barqaror

suv boshqaruvi strategiyalari va iqlimga moslashuv choralarini tahlil qiladi.

1.

Material va Metodlar

Mazkur tadqiqot Markaziy Osiyo davlatlari hamda xalqaro tashkilotlarning, jumladan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-

ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Jahon

banki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), USAID va Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti
(IWMI)ning rasmiy hujjatlari chuqur tahliliga asoslanadi. Ushbu manbalar milliy suv siyosati,

mintaqaviy hamkorlik doiralari va suv boshqaruvi hamda raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro ilg‘or
tajribalar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Tadqiqotning metodologik asoslari sifat va miqdoriy
yondashuvlarning uyg‘unligiga tayangan. Tadqiqot jarayonida suv sohasida qo‘llanilayotgan

usullar, algoritmlar, protseduralar va raqamlashtirish tendensiyalarini baholash maqsadida

ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, tizimlashtirish va tahlil qilish usullari qo‘llanildi.

Xususan, suv resurslarini boshqarishda raqamli transformatsiyaning joriy holatini

o‘rganish, uning rivojlanish istiqbollari hamda mintaqada raqamli integratsiya bo‘yicha
mutaxassislarning baholarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv boshqaruvini baholash uchun solishtirma tahlil

yondashuvi qo‘llanildi. Bunga suv siyosati, shartnomalar va me’yoriy

-huquqiy asoslarning

taqqoslov huquqiy tahlili hamda suv resurslarini boshqarish strategiyalari va investitsiya
mexanizmlarining iqtisodiy baholanishi kiradi. Siyosat tahlilini suv resurslarini boshqarishning
texnik baholashlari bilan integratsiyalash orqali, ushbu tadqiqot mintaqaning suv boshqaruvi
sohasidagi kamchiliklar, imkoniyatlar va muammolarni aniqlashni maqsad qilgan.

Tadqiqot natijalari

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun suv resurslarini samarali boshqarish global iqlim

o‘zgarishi va antropogen bosimlar tufayli tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarixan
mintaqada suv taqsimoti SSSR Suv xo‘jaligi vazirligining Ilmiy

-texnik kengashi tomonidan

tartibga solingan bo‘lib, mazkur davrdagi kelishuvlar bugungi kunda ham suv boshqaruvi
siyosatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Transchegaraviy suv taqsimoti mexanizmlarini belgilovchi asosiy
hujjatlar qatoriga Sirdaryo havzasi bo‘yicha 1984 yil 7 fevraldagi 413

-sonli bayonnoma va

Amudaryo bo‘yicha 1987 yil 12 martdagi 566

-sonli bayonnoma kiradi. Ushbu kelishuvlarga

ko‘ra, Sirdaryo suvining 46 foizi (22,7 mlrd kub metr) O‘zbekiston, 44 foizi Qozog‘iston, 8 foizi
Tojikiston va 2 foizi Qirg‘izistonga ajratilgan. Amudaryo havzasida esa suvning 48,2 foizi
O‘zbekiston, 35,8 foizi Turkmaniston, 15,4 foizi Tojikiston va 0,6 foizi Qirg‘izistonga
(Afg‘oniston bundan mustasno) ajratilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

508

SSSR parchalanishidan so‘ng, 1992 yilda Almatida suv boshqaruvi bo‘yicha mintaqaviy

hamkorlikni yo‘lga qo‘yuvchi bitim imzolandi.

Ushbu bitim asosida mintaqaviy ahamiyatga ega suv xo‘jaligi infratuzilmasi mulk huquqi

saqlangan holda Bassin tashkilotlariga (BO) birgalikda boshqarish uchun topshirildi.

Amudaryo daryosi:

84 ta gidroinshoot, shu jumladan 36 ta asosiy daryo suv olish

inshootlari, 169 ta gidropost va Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi 386 km masofani
o‘z ichiga oluvchi davlatlararo kanallarni boshqaradi.

Sirdaryo daryosi:

198 ta gidroinshootni boshqaradi, ularning 21 tasi Naryn, Sirdaryo,

Qoradaryo va Chirchiq kabi asosiy irmoqlarda joylashgan.

Infratuzilmani saqlash uchun birgalikda moliyalashtirish mexanizmlari kelishib olingan

bo‘lsa

-

da, moliyalashtirishning izchil ta’minlanmasligi mintaqaviy hamkorlikka salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Afg‘oniston mazkur bitimlarda ishtirok etmayapti, biroq uning
suv iste’molining ortib borishi mintaqaviy gidropolitikaga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.

2.2. Qo‘shtepa kanali: transchegaraviy suv boshqaruvidagi keskin o‘zgarish

Yaqinda yuzaga kelgan eng bahsli loyihalardan biri Afg‘onistonning Qo‘shtepa kanali

bo‘lib, qurib bitkazilgach, Amudaryodan yiliga 13 mlrd kub metr suvni burib yuborishi
kutilmoqda. Kanalning uzunligi 281 km, eni 100 metr, chuqurligi 8 metr bo‘lib, Afg‘oniston

-

Tojikiston chegarasidan 650 kub metr/soniya suv olish loyihalashtirilgan. Ushbu loyiha orqali
Balx, Juzjon va Faryob viloyatlarida 550

–585 ming gektar maydon sug‘orilishi ko‘zda tutilgan.

1955

–1961 yillardagi Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy yetti yillik rejasidan qayta

tiklangan bu loyiha hozirgacha rejalashtirilgan uzunligining uchdan bir qismi qurib bo‘lingan
bo‘lib, uni besh yil ichida to‘liq yakunlash rejalashtirilmoqda. Mazkur qurilish O‘zbekiston,
Turkmaniston va Tojikiston uchun jiddiy xavotir uyg‘otmoqda, chunki ular Amudaryo suvlariga
qishloq xo‘jaligi va gidroenergetika ehtiyojlari uchun tayanadi. Nyu

-Yorkdagi suv xavfsizligi

bo‘yicha tahlilchi Jahan Taganova ta’kidlashicha, loyiha mintaqadagi suv taqchilligini

kuchaytiradi, davlatlararo nizolarni keskinlashtiradi va potentsial ravishda gidropolitik

mojarolarga olib kelishi mumkin. Markaziy Osiyoda suv boshqaruvi bo‘yicha huquqiy va

institutsional asoslar

Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishni tartibga soluvchi huquqiy

asoslar mamlakatdan mamlakatga sezilarli darajada farqlanadi. Qozog‘iston milliy suv
qonunchiligi va siyosatini taqqoslov tahlili asosiy farqlarni ko‘rsatmoqda:

1.

Xalqaro shartnomalar va kelishuvlar

transchegaraviy suvlar bo‘yicha hamkorlikni

tartibga soluvchi va Qozog‘iston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar.

2.

Konstitutsiyaviy normalar

Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 6

-moddasi,

tabiiy resurslar, jumladan suvlarning huquqiy maqomi va mulkchilik asoslarini belgilaydi.

3.

Milliy suv va ekologik qonunchilik

suv resurslarini boshqarishga oid asosiy qonun

hujjatlari:

o

Qozog‘iston Respublikasi Suv kodeksi (2003 yil 9 iyul, №481

-II)

o

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks (2007 yil 9 yanvar, №212

-III)

o

Ekologik kodeks (2007)

o

Yer kodeksi (2003 yil 20 iyun, №442

-II)

4.

Milliy suv resurslarini boshqarish strategiyasi

suvdan barqaror foydalanish va suv


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

509

xavfsizligi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan 2009

2025 yillar uchun Integratsiyalashgan

suv resurslarini boshqarish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy rejani

tasdiqlovchi Prezident farmoni.

5.

Hukumat qarorlari va siyosiy asoslar

suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat

boshqaruvi va tartibga solish mexanizmlarini shakllantiruvchi hujjatlar, masalan, 2009 yil 28

yanvardagi Qozog‘iston hukumati qarori (№67).

6.

Suv boshqaruvi bo‘yicha tartibga soluvchi asoslar

suvdan foydalanish, muhofaza

qilish va taqsimotini tartibga soluvchi milliy qonun va me’yorlar.

7.

Ikkinchi darajali qonunchilik hujjatlari

milliy suv siyosatini amalga oshirishni

qo‘llab

-

quvvatlovchi sohaga oid me’yoriy hujjatlar va ijro etuvchi farmoyishlar.

8.

Suv boshqaruvidagi odatdagi amaliyotlar

ayniqsa, qishloq va qishloq xo‘jaligi

sohalarida amaliyotga ta’sir ko‘rsatuvchi an’anaviy va hududiy qabul qilingan amaliyotlar.

9.

Iqtisodiy va savdo bilan bog‘liq suv tartibga solish mexanizmlari

tijorat maqsadida

suvdan foydalanish, gidroenergetika rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi uchun sug‘orish

faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik asoslari.

10.

Davlat-xususiy sheriklik va manfaatdor tomonlarni jalb etish mexanizmlari

hukumat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining suv resurslarini boshqarishda hamkorligini

rag‘batlantiruvchi siyosat va tashabbuslar.

Markaziy Osiyo mamlakatlari suv resurslarini boshqarishni tartibga soluvchi huquqiy

asoslarni tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, besh davlat qonunchiligida umuman olganda bir xil

normativ-

huquqiy hujjatlar iyerarxiyasi mavjud. Biroq, Qirg‘izistonda ratifikatsiya qilingan

xalqaro shartnomalarning ustuvorligini Konstitutsiyada aniq belgilab qo‘yilmagani muhim
farqdir. Bundan tashqari, mintaqa bo‘ylab asosiy muammo xalqaro huquqiy tamoyillarning

milliy suv boshqaruvi tizimlariga izchil kiritilmaganligidadir. Mintaqadagi asosiy

muammolardan biri suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha yagona va
puxta ishlab chiqilgan konseptual asosning mavjud emasligidir. Mazkur bo‘shliq Markaziy
Osiyo mamlakatlarida suv boshqaruvi sohasida parokandalik va ko‘pincha bir

-biriga zid

yondashuvlarga olib kelmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida Turkmanistonning Suv kodeksini
keltirish mumkin. Ushbu kodeksning 3-moddasida davlat suv fondiga daryolar, suv omborlari,

ko‘llar, xo‘jaliklararo kanallar, kollektor

-drenaj tarmoqlari, boshqa yer usti suv havzalari, yer

osti suv manbalari, hatto Turkmaniston davlat chegarasi bo‘ylab joylashgan Kaspiy dengizi

suvlarining kirishi belgilangan. Biroq, aynan shu kodeksning 82-moddasi transchegaraviy suv

resurslaridan foydalanishning faqat protsessual jihatlarigagina e’tibor qaratadi, transchegaraviy
suvlar atamasining aniq huquqiy ta’rifini bermaydi. Natijada, ushbu modda istisno qilinadigan
bo‘lsa, Turkmanistonda umumiy foydalaniladigan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha aniq

shakllangan huquqiy asos mavjud emas. Mamlakatning huquqiy iyerarxiyasida Suv kodeksi

xalqaro shartnomalar va Konstitutsiyaga bo‘ysunadi, bu esa mazkur kodeksga transchegaraviy
suvlarni boshqarish bo‘yicha majburiy me’yorlarni belgilash vakolatini bermaydi.

Xuddi shuningdek, O‘zbekistonning “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni

konseptual jihatdan Qozog‘istonning Suv kodeksiga o‘xshaydi. O‘zbekiston qonunining 3

-

moddasida suv resurslari davlat mulki ekanligi, ularning oqilona foydalanilishi va davlat

tomonidan himoya qilinishi ta’kidlanadi. Bu yondashuv Qozog‘istonning amaliyotiga mos


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

510

keladi, biroq transchegaraviy suvlar bo‘yicha aniq hamkorlik mexanizmlarining yo‘qligi
mintaqaviy suv boshqaruvi uchun muammolar tug‘dirmoqda.

Suv qonunchiligining mustahkamligini samarali baholash uchun ularning milliy huquqiy

hujjatlar (NLA) iyerarxiyasidagi o‘rnini ham hisobga olish zarur. Besh davlatning barchasida

suvga oid asosiy qonunchilik

kodifikatsiyalangan yoki kodifikatsiyalanmagan shaklda

milliy suv boshqaruvining asosini tashkil etadi. Shunga qaramay, milliy suv qonunchiligining

amaliyotga joriy etilishi izchil emas, qo‘llash va talqin qilishda jiddiy tafovutlar mavjud.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha

huquqiy asoslarni sezilarli darajada uyg‘unlashtirish zarur. Milliy qonunchilikni xalqaro huquqiy

standartlarga mos keladigan, yagona va integratsiyalashgan suv boshqaruv tizimini yaratish

mintaqada suv resurslaridan barqaror va adolatli foydalanishni ta’minlash yo‘lida muhim qadam
bo‘lar edi.

Qozog‘istonning suv qonunchiligining asosiy maqsadi —

suv resurslaridan foydalanish,

ularni muhofaza qilish va boshqarish bo‘yicha ekologik barqaror hamda iqtisodiy jihatdan

samarali tizimni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu huquqiy asos suv

resurslarining adolatli taqsimotini ta’minlash bilan birga suv ta’minoti va sanitariya xizmatlarini

yaxshilashga qaratilgan. Bundan tashqari, suv havzalarining haddan tashqari foydalanilishi va
ifloslanishining oldini olish orqali inson salomatligi va mamlakatning suv tizimlarining ekologik
muvozanatini saqlash ham ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

Suv kodeksida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha bir qancha asosiy yo‘nalishlar

belgilangan. Unda suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha uzoq
muddatli barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini joriy etish vazifasi yuklangan.

Shuningdek, suv ta’minoti, oqova suvlarni tozalash va sanitariya infratuzilmasini tartibga

soluvchi huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, samaradorlik va adolatli foydalanishni ilgari suradi.

Barqaror suv resurslaridan foydalanish ustuvor yo‘nalish bo‘lib, ekologik degradatsiyani

oldini olishga qaratilgan muhofaza choralarini va himoya strategiyalarini joriy etishni talab etadi.

Suv boshqaruvini kuchaytirish maqsadida, mazkur qonunchilik resurslarni taqsimlash,

texnologik yangiliklarni joriy etish va institutsional boshqaruvni tartibga soluvchi keng qamrovli

huquqiy asosni belgilaydi. U suvdan foydalanish, muhofaza qilish, ta’minot va sanitariya

sohalarida qonun va tartib-

intizomni ta’minlash, javobgarlik va rioya qilishni kuchaytirishga

qaratilgan. Bundan tashqari, suv boshqaruvining asosiy tamoyillarini, jumladan sanitariya
siyosatini va tartibga soluvchi mexanizmlarni belgilaydi, bu esa yagona va samarali suv
boshqaruv tizimini shakllantirishga yordam beradi.

Tadqiqot va izlanishlar suv xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Suv kodeksi

gidromeliorativ tizimlar, suv infratuzilmasi va resurslar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy

tadqiqotlar va integratsiyalashgan boshqaruv strategiyalarini nazorat qilishni talab qiladi. Bundan
tashqari, yerni melioratsiya qilish strategiyalarini belgilaydi va inson salomatligi hamda iqtisodiy

aktivlarni toshqinlar va qurg‘oqchilik kabi gidrologik xavflardan himoya qilishni ta’minlaydi.

Qozog‘iston Suv kodeksining o‘ziga xos xususiyati —

unda transchegaraviy suvlarni

boshqarish bo‘yicha bevosita normalarning mavjudligidir (11

-

bo‘lim, 31

-bob). Mazkur huquqiy

asos umumiy foydalaniladigan suv resurslari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tartibga soluvchi aniq


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

511

ko‘rsatmalarni belgilaydi va Markaziy Osiyoda eng tizimli va mukammal normativ

-huquqiy

mexanizmlardan biri hisoblanadi.

Huquqiy va nazariy nuqtai nazardan, ushbu kodeks transchegaraviy suv boshqaruvini

rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi hamda mintaqada hamkorlik va barqaror resurs

boshqaruvini ilgari suradi. 2003 yilda qabul qilingan Suv kodeksi Qozog‘istonda suv havzalarini
boshqarishning keng qamrovli tizimini belgilab berdi va barcha manfaatdor tomonlarni o‘z
ichiga olgan havza tashkilotlarini shakllantirishni rag‘batlantirdi. Ushbu tashkilotlar suv

taqsimoti, muhofaza choralari va barqaror boshqaruv amaliyotlarini joriy etish uchun

javobgardir. Suv resurslaridan adolatli va samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida
kodeks "ekologik daromadlar" konsepsiyasini joriy etdi, bu esa suv ta’minoti va iste’molini
muvozanatlashtirish hamda resurslarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

2009 yilda Integratsiyalashgan havza boshqaruvi bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi

va shundan so‘ng Davlat suv resurslarini boshqarish dasturi amalga oshirildi, natijada
Qozog‘istonning suv boshqaruvi siyosati xalqaro ilg‘or tajribalarga moslashtirildi.

Qozog‘iston tomonidan suv boshqaruvini kuchaytirishga qaratilgan sa’y

-harakatlarga

qaramay, mintaqadagi gidropolitik muammolar haligacha sezilarli darajada saqlanib qolmoqda

(McKinney). 2017 yilda Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida transchegaraviy suv resurslari
bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelib, munosabatlar keskinlashdi. Qirg‘iziston yuqori
oqimda joylashgan davlat sifatida suv oqimini nazorat qilishda strategik mavqega ega bo‘lib, bu
past oqimdagi davlatlar, jumladan Qozog‘iston bilan ziddiyatlarga sabab bo‘ldi. Ushbu
geosiyosiy vaziyat sobiq Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev tomonidan matbuot
anjumanida Qozog‘istonga suv oqimini cheklash tahdidi bilan chiqishi natijasida diplomatik

tanglikni yanada kuchaytirdi.

Biroq, Prezident Sooronbay Jeenbekov saylanganidan so‘ng, ikki tomonlama

munosabatlar yaxshilana boshladi. Jeenbekovning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi chog‘ida suv va
energetika sohalarida hamkorlik masalalari asosiy muzokara mavzusi bo‘ldi. Transchegaraviy

suvlarni barqaror va hamkorlik asosida boshqarish uchun yangi yondashuvni shakllantirishga

e’tibor qaratildi. Muzokaralarda Markaziy Osiyodagi muhim mintaqaviy tashabbus bo‘lgan
Aralni qutqarish xalqaro jamg‘armasining (IFAS) faoliyatini tiklash muhim masala sifatida
ko‘tarildi. Avvalroq, 2018 yilda Bishkek mazkur jamg‘armadagi ishtirokini to‘xtatgan edi.

Natijada, Astana va Bishkek transchegaraviy suv resurslarini umumiy mintaqaviy boylik

sifatida ko‘rib chiqish va suv xavfsizligini ta’minlash uchun hamkorlik asosida boshqarish

zarurligini yana bir bor tasdiqlashdi. Bu diplomatik siljish Markaziy Osiyo suv sohasida ishonch,

hamkorlik va uzoq muddatli barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston dastlab Qirg‘izistonda Kambar

-Ota-1 va Kambar-Ota-2 GESlarining

qurilishiga qarshi chiqdi, chunki bu loyihalar past oqimdagi suv ta’minotini izdan chiqarishi

mumkinligi haqida xavotirlar mavjud edi. Biroq, diplomatik muzokaralar natijasida suv va

energetika sohalarida hamkorlik sari siljish kuzatildi. 2017 yilga kelib, O‘zbekiston va
Qirg‘iziston mazkur gidroenergetika loyihalari bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini
bildirishdi. Ushbu majburiyat Qirg‘iziston Milliy energetika xolding kompaniyasi va
"O‘zbekgidroenergo" o‘rtasida Kambar

-Ota-

1 GES loyihasini amalga oshirish bo‘yicha

hamkorlik memorandumini imzolash orqali rasman mustahkamlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

512

Ayni paytda Tojikiston o‘zining Vaxsh daryosidagi Rog‘un GESini rivojlantirishga

ustuvor ahamiyat bermoqda.

Ushbu loyiha mamlakatning energetika va iqtisodiy strategiyasining asosiy tarkibiy qismi

sifatida qaraladi. Biroq, loyiha mintaqada jiddiy geosiyosiy va iqtisodiy xavotirlarni yuzaga
keltirmoqda. Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti "Milliy strategik masalalar" jurnalining bosh
muharriri Ajdar Kurtovning fikricha, bitta gidroelektr stansiya Tojikistonning barcha energetik

muammolarini hal qila olmaydi. Aksincha, Rog‘un GES milliy taraqqiyotning ramzi sifatida
ilgari surilmoqda, garchi loyiha iqtisodiy va logistika jihatdan murakkab bo‘lsa ham. Rog‘un

loyihasining foydalanishga topshirilgandan keyingi bosqichi bir qator muammolarni yuzaga
keltirmoqda, xususan elektr energiyasini xarid qilish va taqsimlash masalalari. Qurilishning
yuqori qiymati va ishlab chiqarilgan energiyaga cheklangan bozor talabi moliyaviy xavflarni

keltirib chiqarmoqda. Mintaqaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Qozog‘iston ushbu

loyihadan ortiqcha energiya xarid qilish ehtiyojiga ega emas, boshqa bozorlar esa iqtisodiy va
logistika jihatidan cheklovlarga duch kelmoqda. CASA-1000 loyihasi orqali elektr energiyasini

Pokiston, Hindiston va Afg‘onistonga eksport qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa

-

da, Afg‘onistonning

ichki energetik ehtiyojlarini oshirish va o‘zini ta’minlashga bo‘lgan intilishi ushbu rejalarni

murakkablashtirmoqda. Bundan tashqari, Pokistonning energetika sektori Xitoy bilan

hamkorlikni kuchaytirayotgani Tojikiston energiya eksporti uchun yana bir to‘siq bo‘lishi

mumkin.

Ushbu jarayonlar Markaziy Osiyoda suv boshqaruvi, energetika xavfsizligi va mintaqaviy

geosiyosatning murakkab o‘zaro ta’sirini yaqqol namoyon qilmoqda. Gidroenergetika loyihalari

iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi bilan birga, transchegaraviy suvlarni boshqarish, xalqaro

energetika bozorlari va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy hamkorlik masalalarida ham

jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda milliy huquqiy bazalarni modernizatsiya qilish va

rivojlantirish ko‘proq tizimli va hamkorlikka asoslangan yondashuvga tomon siljimoqda. Bu
boradagi muhim qadamlardan biri Markaziy Osiyo davlatlarining Suv xo‘jaligini boshqarish
bo‘yicha Hukumatlararo muvofiqlashtiruvchi komissiyasining faoliyati yo‘lga qo‘yilganidir.

Mazkur komissiya mintaqaviy suv boshqaruvi va qirg‘oqbo‘yi davlatlari o‘rtasida

hamkorlik asosida qaror qabul qilish uchun platforma vazifasini bajaradi.

Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyoti yuqori energiya va kapital talab qiladigan

xususiyatga ega bo‘lib, ayniqsa qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalari suv resurslariga kuchli
darajada bog‘langan. Biroq, ushbu bog‘liqlikka qaramay, mintaqada suvdan foydalanish
samaradorligi global standartlarga nisbatan ancha past ko‘rsatkichlarga ega (2

-jadval). Bu holat

suv siyosatini isloh qilish, suv resurslarini boshqarish strategiyalarini takomillashtirish va

mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zaruratini yaqqol ko‘rsatadi. Ayniqsa suv tanqisligi va
iqlim o‘zgarishi sharoitida resurslardan barqaror foydalanish va uzoq muddatli iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash uchun bunday choralar zarurdir.

2021 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida suvdan foydalanish samaradorligi keskin farq

qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Qirg‘izistonda 1 m³ suv uchun 0,842 AQSH dollaridan
Qozog‘istonda 7,2 AQSH dollarigacha yetgan. Mintaqa bo‘yicha suvdan foydalanishning


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

513

o‘rtacha samaradorligi 1 m³ suv uchun 2–

2,5 AQSH dollarini tashkil etadi, bu esa jahonning

o‘rtacha og‘irlashtirilgan ko‘rsatkichi bo‘lmish 19,01 AQSH dollaridan ancha pastdir.

Taqqoslash uchun, dunyo mamlakatlarining uchdan ikki qismi suvdan foydalanishda 1 m³

uchun 5 dan 100 AQSH dollarigacha samaradorlikka erishmoqda. E’tiborlisi shundaki, Markaziy
Osiyoning besh davlatidan to‘rttasi (Qozog‘istondan tashqari) ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 168
mamlakat orasida eng past samaradorlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan 10 ta davlat qatoridan joy
olgan. Mintaqa iqtisodiyoti asosan agrar xarakterga ega bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sektori tabiiy
resurslar iste’molida unchalik katta rol o‘ynamaydi. Bu iqtisodiy tuzilma mintaqada global
miqyosda eng past suv samaradorligi ko‘rsatkichlaridan birini shakllantiradi —

1 m³ suv uchun

o‘rtacha 2,5 AQSH dollarini tashkil etadi, holbuki rivojlangan sanoat davlatlarida bu ko‘rsatkich
1 m³ uchun 1 096 AQSH dollarigacha yetadi.

Markaziy Osiyoda suv resurslarini taqsimlashning samaradorligi va adolatliligi asosan

mavjud, aniq va tahlil qilingan gidrologik ma’lumotlarga tayangan. Qozog‘istonning milliy

gidrometeorologik xizmati

Kazgidromet ushbu ma’lumotlarni monitoring qilishda muhim rol

o‘ynaydi. 2022 yil holatiga ko‘ra, Kazgidromet 377 ta gidrologik stansiyani boshqargan bo‘lib,
suv boshqaruvi va iqlimga moslashuv rejalarini ishlab chiqishda zarur ma’lumotlarni taqdim
etmoqda. Suv boshqaruvini takomillashtirishda asosiy e’tibor suv sohasining raqamli
transformatsiyasiga qaratilgan bo‘lib, bu jarayon ayniqsa Qozog‘iston va O‘zbekistonda faol olib

borilmoqda. Har ikki mamlakat suv resurslarini tartibga solishga raqamli texnologiyalarni

integratsiya qilish bo‘yicha qonunchilik choralarini ko‘rmoqda. Qozog‘istonning
Raqamlashtirish vazirligi huzuridagi Aerokosmik qo‘mita suv toshqinlarini monitoring qilish
uchun uskunalarni sinovdan o‘tkazmoqda, bu esa real vaqt rejimida suv boshqaruvi, ifloslanishni

nazorat qilish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan kengroq
siyosatning bir qismi hisoblanadi.

Aral dengizi suv resurslariga kelsak, har bir Markaziy Osiyo davlatining suv havzasi

doirasini aniq belgilash va hisoblash zarur bo‘lib, bu mintaqaviy suv boshqaruvi uchun

belgilangan talablar va taqsimot mexanizmlariga mos kelishi kerak.

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv boshqaruvi

bo‘yicha huquqiy me’yorlarni tartibga solishda sezilarli tafovut va bo‘shliqlar mavjudligini
ko‘rsatadi, ayniqsa adolatli suv boshqaruvi tizimini yaratishda. Bu borada Afg‘onistonning
ko‘plab mintaqaviy bitimlardan tashqarida qolayotgani alohida tashvish uyg‘otadi, chunki uning

roli umumiy transchegaraviy suv boshqaruvi tizimida hali ham aniq belgilanmagan.

Shu bilan birga, Qozog‘iston suv bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishda sa’y

-harakatlarini

kuchaytirib, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), ekologik harakatlar va mintaqaviy ekologik
tashabbuslarda ishtirok etayotgan siyosiy tuzilmalarni ham jalb qilmoqda. Bu harakatlar suv
foydalanuvchi uyushmalari, havza tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarining qaror qabul
qilish jarayonlarida rolini oshirdi. NNTlar seminarlar, konferensiyalar va jamoatchilik
muhokamalarini tashkil etish, daraxt ekish va suvni himoya qilish zonalarini tiklash kabi amaliy

tashabbuslarni amalga oshirish orqali faol ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Qozog‘iston

NNTlari Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun Global suv hamkorligi doirasida faol ishtirok etib,
mintaqada integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini

rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Qozog‘istonning global suv resurslari tadbirlarida faol


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

514

ishtirok etishi va xalqaro suv huquqi bo‘yicha asosiy konvensiyalarni qo‘llab

-quvvatlashi milliy

siyosatni xalqaro huquq me’yorlariga muvofiqlashtirishga sodiqligini namoyon etadi.

Ushbu yondashuv NNTlarni suv boshqaruvida teng huquqli ishtirokchi sifatida tan

olishni ta’minlaydi hamda ularning qaror qabul qilish, siyosatni amalga oshirish va loyiha
bajarishdagi rolini kuchaytiradi. Qozog‘istonning yangilangan suv qonunchiligida ham suv

resurslarini barqaror boshqarish va muhofaza qilishda NNTlar roli rasmiy ravishda
mustahkamlangan.

Qozog‘iston Respublikasi Suv kodeksi jamoat birlashmalariga suv resurslaridan

foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqini
beradi. Mazkur nazorat jamoat birlashmalarining ustavi asosida va davlat nazoratini amalga
oshiruvchi organlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu norma suv boshqaruvida oshkoralik
va fuqarolik ishtirokini kuchaytiradi hamda nodavlat ishtirokchilarning barqaror suv

boshqaruvidagi rolini mustahkamlaydi. Hozirda Qozog‘iston Markaziy Osiyo bo‘ylab suv
boshqaruvi uchun keng qamrovli konseptual yondashuvni rivojlantirishni qo‘llab

-quvvatlaydigan

huquqiy asosni yaratgan. Bundan tashqari, suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish

bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish uchun poydevor

yaratgan.

Mintaqaning boshqa davlatlari ham suv bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda

jamoatchilik ishtirokini rivojlantirishga intilmoqda, biroq milliy qonunchilik va boshqaruv

tizimlaridagi tafovutlar hali ham to‘siq bo‘lib qolmoqda. Ushbu nomuvofiqliklar va suv

resurslarini boshqarishdagi tobora murakkablashayotgan talablar yaqin kelajakda ham mintaqa

uchun muhim muammolar bo‘lib qolishi kutilmoqda.

Mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 1992 yilgi transchegaraviy suvlarni

boshqarish to‘g‘risidagi bitim asosida Markaziy Osiyoning Suv xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha

Hukumatlararo muvofiqlashtiruvchi komissiyasi (ICWC) tashkil etilgan. Dastlab komissiya
uchta asosiy ijro etuvchi organ

Kotibiyat, Sirdaryo havza tashkiloti va Amudaryo havza

tashkilotidan iborat edi. Vaqt o‘tishi bilan ICWCning Ilmiy

-axborot markazi va Koordinatsion-

metrologik markazi ham tashkil etildi, bu esa mintaqaviy suv boshqaruvi, ma’lumot almashinuvi

va siyosatni muvofiqlashtirishni yanada kuchaytirdi. Biroq, mazkur institutsional mexanizmlarga

qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy tafovutlar haqiqiy

integratsiyalashgan suv boshqaruv strategiyasini shakllantirishni hanuz qiyinlashtirib kelmoqda.

Transchegaraviy havza tashkilotlarini umumiy holda uchta asosiy guruhga bo‘lish

mumkin. Markaziy Osiyo davlatlari Suv xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha Hukumatlararo

muvofiqlashtiruvchi komissiyasi (ICWC) ana shu tashkilotlarning ikkinchi turiga kiradi. 1992

yilgi bitimga ko‘ra, ICWC har bir a’zo respublika hamda butun mintaqa uchun suv iste’moli

limitlarini belgilash va tasdiqlash (8-modda), shuningdek, ushbu ruxsat va limit normalariga

qat’iy rioya qilinishini ta’minlash (10

-

modda) uchun mas’uldir.

Biroq, o‘z vakolatlariga qaramay, Amudaryo va Sirdaryo havza tashkilotlari hech qachon

kuchga ega bo‘lgan idoralararo nazorat organlari maqomini olmagan. Suv ta’minoti pasaygan
davrlarda, kelishilgan suv oqimi va iste’moli limitlariga rioya etilishini ta’minlashdagi

muammolar yanada kuchayadi, ICWC va unga qarashli havza tashkilotlari ajratilgan resurslar va

majburiyatlarni saqlab qolishda qiyinchiliklarga duch keladi. E’tiborlisi, Jahon savdo tashkiloti


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

515

(WTO) vakolatlari butun daryo havzasi bo‘ylab amal qilmaydi va uning qarorlari faqat maslahat
xarakterga ega bo‘lib, huquqiy majburiy kuchga ega emas.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 1992 yilgi bitim to‘liq amalga oshirilmagan. Eng jiddiy

bo‘shliqlardan biri —

suv taqsimoti bitimlari va resurs cheklovlarini buzganlik uchun

javobgarlik mexanizmining mavjud emasligidir. Bitim tarkibida rioya etishni ta’minlash
mexanizmi ko‘zda tutilgan bo‘lsa

-da, hozirgacha hech qanday rasmiy sanksiya yoki jazolash

chorasi ishlab chiqilmagan. Bundan tashqari, havza tashkilotlarini moliyalashtirish ham izchil

taqsimlanmagan. Amudaryo havza tashkiloti asosan O‘zbekiston va Turkmaniston tomonidan
moliyalashtiriladi, Sirdaryo havza tashkiloti esa Qozog‘iston va O‘zbekiston hissasiga tayanadi.

Biroq, ushbu moliyaviy hissa bitimning 9-moddasida belgilangan proporsional tenglik va

umumiy ishtirok tamoyiliga to‘liq mos kelmaydi.

Samarali havza tashkilotlarining asosiy xususiyatlaridan biri

qirg‘oqbo‘yi davlatlar

o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy tafovutlarga qaramay, uzoq muddatli institutsional barqarorlikni
ta’minlash qobiliyatidir. Bunday barqarorlik umumiy suv resurslarini boshqarishda prognoz
qilinadiganlikni ta’minlaydi hamda geopolitik keskinliklarni kamaytiradi. Xalqaro suv
boshqaruvi sohasidagi ilg‘or namunaviy model sifatida AQSH va Kanada o‘rtasidagi Xalqaro
qo‘shma komissiyani (IJC) keltirish mumkin. 1909 yilgi "Chegara suvlar to‘g‘risidagi

shartnoma" asosida tashkil etilgan ushbu tashkilot har ikki davlat tomonidan teng vakillik

asosida boshqariladi. IJC davlatlararo bevosita ta’sirdan mustaqil ravishda qaror qabul qilish

imkonini beruvchi supramilliy vakolatlarga ega. Bundan tashqari, komissiya har ikki davlat

hududida vakolatxonalariga ega bo‘lib, transchegaraviy suv mojarolarida mustaqil hakam rolini
kuchaytiradi. Xalqaro suv boshqaruvi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalarni o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo havza tashkilotlari mustahkamroq institutsional tuzilma, kuchliroq

tartibga soluvchi vakolat va yaxshilangan moliyaviy mexanizmlarga muhtojdir.

Xulosa

Markaziy Osiyoda transchegaraviy daryolarni boshqarish milliy xavfsizlik, iqtisodiy

barqarorlik va mintaqaviy hamkorlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab va ko‘p
qirrali masaladir. Suv Markaziy Osiyo davlatlari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiy
rivojlanish, energetika xavfsizligi va qishloq xo‘jaligining barqarorligini ta’minlaydi. Biroq,

suvning ahamiyati tan olinganiga qaramay, mintaqada suv boshqaruvi hali ham parokanda

bo‘lib, milliy manfaatlar va qarama

-

qarshi ustuvor yo‘nalishlar siyosiy qarorlarni

shakllantirishga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tarixan Markaziy Osiyoda suv boshqaruvi SSSR davridagi markazlashtirilgan institutlar

orqali muvofiqlashtirilgan bo‘lib, yuqori oqimdagi davlatlarda (Qirg‘iziston va Tojikiston)
gidroenergetika ishlab chiqarish hamda quyi oqimdagi mamlakatlarda (O‘zbekiston, Qozog‘iston
va Turkmaniston) sug‘orish ehtiyojlari o‘rtasida muvozanat saqlab turilgan. Biroq, SSSR

parchalanishi natijasida mustaqil davlatlar milliy suverenitetni mintaqaviy hamkorlikdan ustun

qo‘ygan holda turli suv boshqaruvi strategiyalarini amalga oshira boshladi. Natijada, suv

resurslarini integratsiyalashgan va hamkorlik asosida boshqarish jarayoni yanada
murakkablashdi.

Mazkur tadqiqotning asosiy xulosalaridan biri shundaki, Markaziy Osiyoda samarali suv

boshqaruvi uchun transchegaraviy daryo tizimlarining o‘zaro bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

516

ekologik va siyosiy o‘lchamlarini hisobga olgan holda holistik va integratsiyalashgan yondashuv

zarurdir.

Mintaqaviy xavfsizlik majmualari nazariyasi (TRSC) Markaziy Osiyoda suv mojarolari

va hamkorligini milliy xavfsizlik masalalari hamda kengroq geosiyosiy dinamikaga qanday ta’sir
ko‘rsatishini tahlil qilish uchun foydali nazariy asosni taqdim etadi. Bundan tashqari,
"gidrogegemoniya" konsepsiyasi suv boshqaruvida davlat kuchining rolini ko‘rsatadi hamda
yuqori va quyi oqimdagi davlatlarning transchegaraviy suv resurslariga bo‘lgan ta’sir darajasini

ochib beradi.

Mintaqaviy suv boshqaruvidagi eng dolzarb masalalardan biri

yuqori oqimdagi

qirg‘oqbo‘yi davlat sifatida Afg‘onistonni mavjud suv taqsimoti muzokaralariga rasmiy ravishda
jalb etish zaruratidir. Xalqaro huquq bo‘yicha Afg‘oniston Amudaryo suvlaridan foydalanish
huquqiga ega bo‘lsa

-da, hozircha mintaqaviy suv boshqaruvi jarayonlarida uning ishtiroki asosan

norasmiy darajada qolmoqda. Afg‘oniston va SSSR o‘rtasidagi tarixiy shartnomalar (1958 yil)
kelgusidagi hamkorlik uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi, bunda Tojikiston, Turkmaniston
va O‘zbekiston Vena konvensiyasi asosida ushbu shartnomalarning huquqiy vorislari sifatida tan

olingan. Biroq, mazkur bitimlar asosan chegara suvlarini boshqarish masalalarini qamrab olgan

bo‘lib, keng qamrovli suv taqsimoti mexanizmlarini o‘z ichiga olmaydi. Bu esa zamonaviy va
mintaqaviy jihatdan inklyuziv huquqiy asoslarni yaratish zarurligini ko‘rsatadi.

Xalqaro suv huquqi sezilarli darajada rivojlanib, absolyut hududiy suverenitet

tamoyilidan umumiy suv boshqaruvi tamoyiliga o‘tmoqda. 1992 yilgi Transchegaraviy suv
oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha BMT Yevropa

iqtisodiy komissiyasi (UNECE) konvensiyasi hamda 1997 yilgi BMTning Xalqaro suv

yo‘llaridan navigatsiyadan tashqari maqsadlarda foydalanish bo‘yicha konvensiyasi adolatli suv

boshqaruvi uchun keng qamrovli huquqiy asosni taqdim etadi. Biroq, ushbu bitimlar asosan

tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, majburiy ijro mexanizmlariga ega emas, shuning uchun
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida havza darajasida maxsus bitimlar zarur.

Suv resurslarini boshqarish milliy va mintaqaviy xavfsizlik bilan, xususan energetika va

oziq-

ovqat xavfsizligi bilan uzviy bog‘liqdir. Mintaqada gidroenergetika umumiy elektr

energiyasi iste’molining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Yuqori oqimdagi davlatlar,
ayniqsa Tojikiston va Qirg‘iziston, gidroenergiya ishlab chiqarishda suv mavjudligiga kuchli
darajada bog‘liq, quyi oqimdagi mamlakatlar esa suvdan asosan qishloq xo‘jaligida sug‘orish
uchun foydalanadi. Gidroenergetika va sug‘orishning qarama

-qarshi ustuvorliklari suv taqsimoti

bo‘yicha kelishmovchiliklarni kuchaytirgan bo‘lib, quyi oqim davlatlari yuqori oqimdagi
infratuzilma loyihalarini suv mavjudligiga tahdid sifatida ko‘rmoqda.

Mavjud ziddiyatlarga qaramay, mintaqaviy suv bo‘yicha hamkorlik yo‘lida ma’lum

siljish kuzatilmoqda. 2018 yildan beri o‘tkazilgan bir necha yuqori darajadagi uchrashuvlar
transchegaraviy suv boshqaruvi, savdo va infratuzilma rivojlanishi bo‘yicha muloqotni
faollashtirdi. Biroq, siyosiy va iqtisodiy tafovutlarning saqlanishi to‘liq koordinatsiyalashgan
mintaqaviy suv strategiyasini shakllantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari
o‘rtasida tuzilgan ko‘plab ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar hamkorlikka tayyor
ekanligini ko‘rsatmoqda, ammo ushbu bitimlar ko‘pincha majburiy ijro mexanizmlaridan
mahrum bo‘lib, samarali hamkorlikni kafolatlamaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

517

Global suv boshqaruvi tajribasidan muhim xulosa shuki, transchegaraviy havzalarda

mojarolarni hal qilish eng muvaffaqiyatli tarzda qirg‘oqbo‘yi davlatlar o‘rtasida xarajatlar va
foydalarning adolatli taqsimoti orqali amalga oshiriladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida
Chu va Talas daryolari bo‘yicha hamkorlikdagi boshqaruv bunga yorqin misol bo‘lib, ushbu
yondashuv foyda taqsimoti mexanizmlarini joriy etish orqali o‘zaro hamkorlikni rag‘batlantiradi.

Bu model doirasida yuqori oqimdagi davlatlar quyi oqim foydalanuvchilariga

ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya oladi, bu esa uzoq muddatli hamkorlikni
rag‘batlantiradigan muvozanatli tizim yaratadi.

Oxir-oqibat, Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslarini barqaror boshqarish

uchun iqtisodiy, huquqiy va ekologik omillarni integratsiyalovchi keng qamrovli mintaqaviy suv
strategiyasini ishlab chiqish zarur. Mavjud bitimlar hamkorlik uchun asos yaratadi, biroq yanada
katta yutuqlar davlatlarning umumiy boshqaruv tizimlarini qabul qilishga, nizolarni shaffof
muzokaralar orqali hal etishga va birgalikdagi suv infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritishga

tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy Osiyoda kelajakdagi suv xavfsizligi mintaqa

davlatlarining bir tomonlama qaror qabul qilish amaliyotidan voz kechib, barcha uchun adolatli
va barqaror suv

dan foydalanishni ta’minlaydigan hamkorlik boshqaruv mexanizmlarini qabul

qilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Adabiyotlar/

Литература/

References

1.

Patricia Wouters, Huiping Chen, James E. Nickum: Transboundary Water Cooperation:
Principles, Practice and Prospects for China and Its Neighbours // Routledge, 2018

396 p.

2.

Convention: Protection and Use of Transboundary Watercourses and International Lakes//
United Nations, Helsinki.

3.

Internation Law Association: Berlin Rules on Water Resources // Berlin, 2004

28 p.

4.

United Nations. Convention on the Law of the Non-navigational Uses of International
Watercourses 21 May 1997

New York United Nations, 1997.

14 p.

5.

UNECE. Convention on the Protection and Use of Transboundary Watercourses and
International Lakes. Helsinki, 1992.

Geneva: UNECE, 1992.

18 p.

6.

Helsinki Rules on the Uses of the Waters of International Rivers. International Law
Association, 1966.

London, 1966.

16 p.

7.

Berlin Rules on Water Resources. International Law Association, 2004.

London, 2004.

28 p.

8.

Salman M.A. Salman & Kishor Uprety. Conflict and Cooperation on South Asia's
International Rivers: A Legal Perspective, World Bank Publications, 2002.

9.

Xodjayev N. Xalqaro suv huquqi asoslari,

T.: TDYU nashriyoti, 2018.

10.

Allayarov B. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish huquqining dolzarb masalalari,

T.: Fan, 2015.

11.

Tursunov B. Xalqaro ekologik huquqning dolzarb muammolari,

T.: TDYU, 2020.

References

Patricia Wouters, Huiping Chen, James E. Nickum: Transboundary Water Cooperation: Principles, Practice and Prospects for China and Its Neighbours // Routledge, 2018 – 396 p.

Convention: Protection and Use of Transboundary Watercourses and International Lakes// United Nations, Helsinki.

Internation Law Association: Berlin Rules on Water Resources // Berlin, 2004 – 28 p.

United Nations. Convention on the Law of the Non-navigational Uses of International Watercourses 21 May 1997 – New York United Nations, 1997. – 14 p.

UNECE. Convention on the Protection and Use of Transboundary Watercourses and International Lakes. Helsinki, 1992. – Geneva: UNECE, 1992. – 18 p.

Helsinki Rules on the Uses of the Waters of International Rivers. International Law Association, 1966. – London, 1966. – 16 p.

Berlin Rules on Water Resources. International Law Association, 2004. – London, 2004. – 28 p.

Salman M.A. Salman & Kishor Uprety. Conflict and Cooperation on South Asia's International Rivers: A Legal Perspective, World Bank Publications, 2002.

Xodjayev N. Xalqaro suv huquqi asoslari, – T.: TDYU nashriyoti, 2018.

Allayarov B. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish huquqining dolzarb masalalari, – T.: Fan, 2015.

Tursunov B. Xalqaro ekologik huquqning dolzarb muammolari, – T.: TDYU, 2020.