2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
352
TRANSCHEGARAVIY SUVLARDAN FOYDALANISHNI XALQARO-HUQUQIY
TARTIBGA SOLISH
Sa’diyev Nodirjon G‘olibjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi
E-mail:
Tel: +998 90 2710518
https://doi.org/10.5281/zenodo.15679871
Annotatsiya.
Mazkur ishda transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishning xalqaro-
huquqiy jihatlari tahlil qilinadi. Dengiz, daryo, ko‘l va yer osti suvlarining bir nechta davlatlar
hududidan oqib o‘tishi ularni boshqarishda xalqaro hamkorlik va o‘zaro kelishuvlarni taqozo
etadi. Mazkur maqolada BMTning “Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni
muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha” konvensiya va boshqa xalqaro hujjatlar asosida
suv resurslarini adolatli va oqilona taqsimlash prinsiplariga e’tibor qaratilishi zarurdir.
Shuningdek, maqola Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik tajribalari va mavjud
muammolar o‘rganilib, transchegaraviy suvlar bo‘yicha samarali xalqaro-huquqiy va mintaqaviy
mexanizmlarni ishlab chiqish taklif etiladi.
Kalit so‘zlar:
Transchegaraviy suvlar, xalqaro huquq, suv resurslari, adolatli foydalanish,
barqaror rivojlanish, suvdan foydalanish prinsiplari, Markaziy Osiyo, suv diplomatiyasi,
transchegaraviy hamkorlik, ekologik xavfsizlik, integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish,
xalqaro bitimlar, mintaqaviy hamkorlik.
МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
ТРАНСГРАНИЧНЫХ ВОД
Аннотация.
В данной работе рассматриваются международно-правовые аспекты
использования трансграничных водных ресурсов. Моря, реки, озёра и подземные воды,
проходящие через территории нескольких государств, требуют международного
сотрудничества и взаимных соглашений для эффективного управления. В статье
подчёркивается необходимость справедливого и рационального распределения водных
ресурсов на основе Конвенции ООН «О защите и использовании трансграничных
водотоков и международных озёр» и других международных документов. Также
исследуются примеры сотрудничества и существующие проблемы между государствами
Центральной Азии, предлагаются эффективные международно-правовые и региональные
механизмы регулирования трансграничных водных ресурсов.
Ключевые слова:
Трансграничные воды, международное право, водные ресурсы,
справедливое использование, устойчивое развитие, принципы водопользования,
Центральная Азия, водная дипломатия, трансграничное сотрудничество, экологическая
безопасность, интегрированное управление водными ресурсами, международные
соглашения, региональное сотрудничество.
INTERNATIONAL LEGAL REGULATION OF THE USE OF TRANSBOUNDARY
WATERS
Abstract.
This paper analyzes the international legal aspects of the use of transboundary
water resources. The fact that seas, rivers, lakes, and groundwater flow through the territories of
multiple states necessitates international cooperation and mutual agreements in their
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
353
management. The article emphasizes the importance of fair and rational allocation of water
resources based on the UN Convention on the Protection and Use of Transboundary Watercourses
and International Lakes, along with other international legal instruments. In addition, the paper
explores the experiences of cooperation and existing challenges among the Central Asian states
and proposes the development of effective international legal and regional mechanisms for
managing transboundary waters.
Keywords:
Transboundary waters, international law, water resources, equitable use,
sustainable development, principles of water use, Central Asia, water diplomacy, transboundary
cooperation, environmental security, integrated water resources management, international
agreements, regional cooperation.
Kirish
Hozirgi zamonda sanoat va ilm-fan taraqqiyotining jadal kechishi insoniyatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu o‘zgarishlar
natijasida global miqyosda bir qator ekologik muammolar yuzaga chiqdi. Ularning “global” deb
atalishiga sabab shundaki, bunday ekologik muammolar butun Yer yuzidagi iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlar bilan bir qatorda barcha tirik organizmlarning yashash sharoitlariga bevosita ta’sir
o‘tkazmoqda.
Bu ekologik muammolar dastlab mahalliy yoki mintaqaviy ko‘rinishda boshlangan bo‘lsa-
da, vaqt o‘tishi bilan ularning global tus olishi kuzatilmoqda. Chunki ular Yer yuzidagi turli
hududlarda kechayotgan hayotiy jarayonlarga, shu jumladan, tirik mavjudotlarning tabiiy yashash
muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Global ekologik muammolardan biri sifatida transchegaraviy suv muammolari alohida
ajralib turadi. Ular bugungi kunda jahon miqyosida suv bilan bog‘liq umumiy inqiroz holatlarini
keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslariga oid muammolar tobora
keskinlashib bormoqda va bu kelajakda geosiyosiy qarama-qarshiliklar, hatto harbiy mojarolarni
yuzaga keltirishi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda
sanoatlashtirish jarayonlari tez sur’atlar bilan olib borilmoqda, aholining muhim qismi esa qishloq
joylardan shaharlarga ko‘chib o‘tmoqda. Bu holat esa yirik sanoat obyektlari va shahar aholisi
uchun suv ta’minotida muammolarni keltirib chiqarmoqda. Mintaqa mamlakatlarida tabiiy
resurslardan foydalanish o‘tgan asrning 1950–1960-yillarida izdan chiqqan bo‘lib, bu bugungi
kunda mazkur resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari hozirgi vaqtda o‘z strategik yo‘nalishlarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishga qaratgan bo‘lib, ularning asosiy vazifalaridan biri aholini va infratuzilmani tabiiy
resurslar, ayniqsa suv bilan barqaror ta’minlashdan iboratdir.
Material va metodlar
Transchegaraviy suvlar - ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan hududidan kesib
o‘tadigan yoki joylashgan suv resurslaridir. Yer sayyorasi aholisining taxminan 40 foizi ikki yoki
undan ortiq davlatlarni o‘z ichiga olgan daryo va ko‘l havzalari hududlarida yashaydi. Hozirgi
kunda mavjud bo‘lgan 263 ta transchegaraviy daryo va ko‘l havzalarining umumiy maydoni Yer
yuzasining deyarli yarmidan ko‘pini egallaydi va global suv oqimining taxminan 60 foizini tashkil
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
354
etadi. Bunday havzalarda hududiy joylashgan jami 145 ta davlat mavjud bo‘lib, 30 ta davlat to‘liq
ravishda transchegaraviy suv havzalarda joylashgan.
1980-yillardan beri suvning sifatiga va miqdoriga global bosimlar ortdi, bu hodisalar
asosan aholining o‘sishi, suvga bo‘lgan talabning ortishi sabab bo‘lmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra,
hozirgi vaqtda 2,3 milliard odam suv tanqisligi yuzaga kelgan davlatlarda yashaydi, ulardan 733
millioni yuqori va jiddiy suv tanqisligi bilan yuzlashayotgan davlatlarda istiqomat qiladi. 2050-
yilga kelib, 3,9 milliard odam (dunyo aholisining 40 foizi) suv tanqisligi kuchli bo‘lgan suv
resurslari mavjud hududlarda istiqomat qilishadi.
Yer osti suvlari dunyo bo‘ylab ichimlik suvi ta’minotining deyarli yarmiga teng bo‘lib,
qishloq aholisining suv ta’minotining aksariyat qismini tashkil etadi. Yer osti suvlari kamayib
borayotgan nuqtalar dunyo bo‘ylab ko‘plab topiladi, bunday holatlar, qishloq xo‘jaligi uchun suv
chiqarish va katta shaharlarni ta’minlash uchun intensiv yer osti suvlari ishlatiladigan hududlarda
ko‘proq uchraydi. Umuman olganda, yer osti suvlari omborlarining kamayishi barcha yer osti
suvlarining 15 dan 25 foizigacha tashkil etadi.
Bundan tashqari, taxminan 2 milliard odam dunyo bo‘ylab yer osti suvlari bilan
ta’minlangan, shu jumladan taxminan 300 ta transchegaraviy suv koni tizimlari mavjud. Dunyo
bo‘ylab iqlim o‘zgarishi dunyoning transchegaraviy suv resurslarining miqdori va sifati,
shuningdek, suv va drenaj infratuzilmasiga qo‘shimcha bosimlar yaratadi. kuchli yomg‘irlar
bo‘lishi, Arktika va Antarktida muzliklarning tezroq erishi, to‘fonlar kuchayishi, qurg‘oqchilik
davrlarining ko‘payishi va uzoq muddatli bo‘lishi, yer osti suvlarining saqlanishi va tiklanishidagi
o‘zgarishlar hamda suv sifatining yomonlashuvi kiradi. Transchegaraviy suv resurslari, eski
standartlar hamda samarasiz boshqaruv tufayli jiddiy zarar ko‘rmoqda. Milliy va transchegaraviy
darajalarda, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni, shuningdek, iqlim, energiya, atrof-muhit, moliya,
baliqchilik, o‘rmon xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, gumanitar masalalar, sanoat, konchilik,
shaharlashish, rejalashtirish, sanitariya va turizm sohalarini o‘z ichiga olgan sektorlararo va
vazirliklararo muvofiqlashtirish mexanizmlari transchegaraviy suv resurslarini barqaror
boshqarish uchun muhim ahamiyatga ega.
Biroq, davlatlarning 50 foizi o‘zlarining milliy darajadagi suv resurslarini boshqarish
bo‘yicha sektorlararo muvofiqlashtirish uchun mexanizmlariga ega emasligi ko‘zga
tashlanmoqda. Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish uchun huquqiy-iqtisodiy mexanizmlar
mavjud bo‘lsa ham, ko‘plab davlatlar ularning amalga oshirilishida qiyinchiliklarga duch
kelmoqda. Transchegaraviy suvlar turli davlatlar aholisini bog‘lab, dunyo bo‘ylab yuz millionlab
odamlarning daromadlari va tirikchiligini ta’minlaydi. Barcha transchegaraviy suv resurslari
jamiyatlar o‘rtasida gidrologik, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqliklarni yaratadi. Ular iqtisodiy
rivojlanish, qashshoqlikni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur suv resurslari potensial
ziddiyatlar va mojaro vujudga keltirishi mumkin bo‘lsada, hamkorlik qilish, mintaqaviy tinchlik
va xavfsizlikni ta’minlash hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun ham imkoniyatlar
yaratadi. Aholi sonining o‘sishi, noto‘g‘ri boshqaruv siyosati va o‘zaro hamkorlikning yo‘qligi
transchegaraviy suv manbalaridan barqaror foydalanishni agrar, sanoat, energetika, transport, suv
ta’minoti va sanitariya kabi sohalarda to‘xtatib qo‘yadi. Kamaygan va ifloslangan transchegaraviy
suv manbalari aholi orasida notinchlikni keltirib chiqarishi, davlatlarda ichki hamda tashqi
mojarolarni yuzaga keltirishi mumkin. Markaziy Osiyo respublikalarini Amudaryo va Sirdaryo
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
355
daryolari hamda ularning irmoqlari bo‘yicha umumiy transchegaraviy suv resurslari birlashtirib
turadi. Mintaqadagi transchegaraviy suv resurslari va daryo havzalarini boshqarish masalasi ushbu
davlatlar mustaqillikka erishgach, darhol murakkab vazifaga aylandi. 1991-yilda Sovet
Ittifoqining qulashidan so‘ng ilgari mavjud bo‘lgan suv resurslarini taqsimlash tizimi ham barbod
bo‘ldi. Shundan beri, transchegaraviy suv resurslaridan barqaror foydalanish Markaziy Osiyo
davlatlari uchun muhim vazifalardan biriga aylandi. Bundan tashqari, bugungi kunda bu
mamlakatlar ko‘pincha cheklangan suv resurslari muammosiga duch kelmoqda. Aholi soni va
iqtisodiyotning o‘sishi natijasida suvga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, raqobatning
kuchayishi suv bilan bog‘liq mojarolar xavfini oshirdi. Mintaqadagi suv muammolari faqatgina
suv tanqisligi bilan emas, balki siyosiy, geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar bilan ham
bog‘liqdir. Bu omillar ayniqsa Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin yaqqol ko‘zga tashlana boshladi.
Nazariy jihatdan muvofiqligiga qaramay, Markaziy Osiyodagi gidrotexnika tizimi bo‘yicha
ko‘plab kelishmovchiliklar respublikalar o‘rtasida tanglik manbaiga aylandi. Sovet Ittifoqi davrida
Markaziy Osiyoda sug‘oriladigan dehqonchilik har bir mamlakat uchun milliy ustuvor yo‘nalish
bo‘lgan bo‘lsa, gidrotexnikaga oid masalalar ikkinchi darajali ahamiyatga ega edi. Ammo Sovet
Ittifoqi parchalanganidan so‘ng, avvalgi ustuvorliklar faqat Qozog‘iston, Turkmaniston va
O‘zbekiston tomonidan saqlab qolindi. Biroq Tojikiston va Qirg‘izistonda esa suv resurslarining
asosiy manbayiga aylandi. Bu esa mintaqaning transchegaraviy suvlariga oid vaziyatni tubdan
o‘zgartirdi. Natijada, mintaqada suv tizimining nomutanosib taqsimlanishiga olib keldi, chunki
Sovet Ittifoqi qulashidan keyin ilgari markazlashgan boshqaruv ostida bo‘lgan suv tizimi butunlay
izdan chiqdi. Sovet Ittifoqining qulashidan so‘ng, markazlashgan qaror qabul qilish tizimi bekor
qilindi va respublikalar transchegaraviy suvlarni o‘zaro taqsimlashni o‘zlari hal qilishlariga majbur
bo‘ldilar. Biroq bu respublikalar uchun oson vazifa bo‘lmadi, chunki ularning milliy manfaatlari
qabul qilinayotgan qarorlarning natijasini belgilab berdi. Shunday qilib, ushbu davlatlar o‘rtasida
bir vaqtning o‘zida ham tanqis, ham hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan resursdan qanday
foydalanilishi borasidagi qarama-qarshi qarashlar zudlik bilan siyosiy darajaga olib chiqadi.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida milliy masala sifatida qaralayotgan transchegaraviy suv
masalasi respublikalar o‘rtasidagi siyosiy bosim vositasiga aylanib qoldi. Suv tanqisligi butun
dunyo bo‘ylab dolzarb muammo hisoblanadi, biroq bu holat ayniqsa Markaziy Osiyoda keskin tus
olgan. Vaziyat nafaqat global iqlim o‘zgarishlari ta’siri bilan, balki mavjud suv resurslarining
haddan tashqari ekspluatatsiyasi bilan ham yanada og‘irlashmoqda. Bundan tashqari, mintaqadagi
suv resurslari respublikalar bo‘ylab notekis taqsimlangan hamda har xil maqsadlarda
foydalanilmoqda, bu esa suvdan oqilona foydalanish masalalarini yanada murakkablashtiradi.
Hududdagi davlatlarni Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘yicha joylashuv xususiyatlariga ko‘ra
ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga Tojikiston va Qirg‘iziston kiradi, bu davlatlar
suvga boy bo‘lib, ikki asosiy daryo - Sirdaryo va Amudaryoning yuqori oqimida joylashgan. Ular
suvdan asosan qish mavsumida gidroenergiya ishlab chiqarish uchun foydalanadilar. Ikkinchi
guruhga esa pastki oqimda joylashgan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston kiradi. Bu
davlatlar suvdan asosan yozgi mavsumda sug‘oriladigan dehqonchilikda foydalanadilar.
Qirg‘iziston va Tojikiston - yuqori oqimdagi davlatlar - mo‘l-ko‘l suv resurslariga ega bo‘lsalar-
da, uglevodorod energiya manbalari yetishmovchiligi muammosiga duch kelishadi. Aksincha,
pastki oqimdagi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston katta miqdorda uglevodorod
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
356
zaxiralariga ega, biroq yetarli suv resurslariga ega emas. Bu holatda bir qarama-qarshilik yuzaga
keladi: yuqori oqimdagi davlatlarning gidroenergetika ustuvorligi pastki oqimdagi davlatlarning
agrar manfaatlariga zid keladi. Birinchi guruh ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun
elektr energiyasiga muhtoj bo‘lsa, ikkinchi guruh sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
uchun suvga ehtiyoj sezadi.
Markaziy Osiyodagi transchegaraviy suvlarning hajmi va oqim tartibida yuzaga kelgan har
qanday o‘zgarish nafaqat ekologik muvozanatning tiklab bo‘lmas darajada buzilishiga, balki suv
taqsimotiga ta’sir ko‘rsatadigan va uni jiddiy siyosiy muammolarga aylantirishi mumkin bo‘lgan
keskinlik manbasiga aylanmoqda. Mintaqada integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish va
energetika sohasida samarali chora-tadbirlarni qabul qilishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy to‘siqlar
– bu respublikalar o‘rtasida suv muammolarini hal etish borasidagi siyosiy yondashuvlardagi
nomuvofiqliklardir. Transchegaraviy suvlar atrofida mavjud bo‘lgan tanglikni yumshatish uchun
davlatlararo murosaga kelish va o‘zaro manfaatli umumiy asosga erishish muhim ahamiyatga ega.
Biroq davlatlararo hamkorlik va kooperatsiya milliy manfaatlarning ustuvorligi bilan cheklab
qo‘yilgan, bu esa o‘z navbatida davlatlarning bir-birini o‘zaro tushunish imkoniyatlarini
kamaytiradi va transchegaraviy suv resurslari bilan bog‘liq masalalarni hal qilinmasligiga olib
keladi. Aslida esa bu sohada hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjud. Boshqa tomondan,
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi aniq va majburiy
qonunchilikning
yo‘qligi o‘zaro manfaatli yechimlarga erishish yo‘lini
yanada
murakkablashtiradi. Transchegaraviy daryolarning suv resurslarini taqsimlashni tartibga solishga
mo‘ljallangan hukumatlararo bitimlar ko‘pincha milliy manfaatlarning ustuvorligi sababli to‘liq
amalga oshmaydi va transchegaraviy suv resurslarini adolatli taqsimlash bilan bog‘liq
muammolarni bartaraf etishda yetarlicha samara bermaydi. Shu bois, suvdan foydalanishda barcha
Markaziy Osiyo respublikalarining manfaatlarini inobatga oluvchi mexanizmlarni ishlab chiqish
ushbu davlatlar uchun dolzarb ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Tojikiston va
Qirg‘iziston suv resurslariga boy bo‘lib, Sirdaryo va Amudaryoning yuqori oqimida joylashgan.
Ular suvdan asosan qish oylarida gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalanadilar.
Pastki oqimdagi davlatlar – Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston esa suvdan asosan yoz
oylarida sug‘oriladigan dehqonchilik uchun foydalanadilar. Bu esa mintaqada suv taqsimoti
masalasini potensial tanglik va kelishmovchilik manbaiga aylantiradi. Sobiq Sovet Ittifoqi
parchalangach, Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishganida, transchegaraviy suv
resurslarini taqsimlash muammosi yanada keskinlashdi. Transchegaraviy suvlarni taqsimlashdagi
kelishmovchiliklarning asosiy sababi Markaziy Osiyo davlatlarining har xil maqsad va milliy
manfaatlariga borib taqaladi. Ba’zi davlatlar suvdan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanishga muhtoj bo‘lsa, boshqalar uchun gidroenergetika ishlab chiqarish ustuvor yo‘nalish
hisoblanadi.
Tadqiqot natijalar
Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish jarayoni turli sohalar, tashkilotlar va
manfaatdor tomonlarni o‘z ichiga oladi, ular vaqt davomida ketma-ketlikda va miqyos jihatidan,
transchegaraviy havza darajasidagi tashkilotlar, milliy darajadagi tegishli vazirliklar va organlar
hamda mahalliy boshqaruv organlari, jumladan, viloyatlar, shaharlar va jamoalar kabi faoliyat
yuritadi. Shundan kelib chiqib, transchegaraviy hamkorlik transchegaraviy suv havzalarini
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
357
boshqarish bilan bog‘liq murakkablik va qiyinchiliklarni samarali hal etishda muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi. Transchegaraviy suv resurslarini muvafaqqiyatli boshqarishni ta’minlash
maqsadida sohalararo va manfaatdor tomonlar o‘rtasida ichki va tashqi muvofiqlashtirish, izchil
siyosiy yondashuvlar hamda integratsiyalashgan rejalashtirish zarur. Har bir davlatda tegishli
sektorlar vakillari va transchegaraviy suv resurslarining havza hududlarida yashovchilar
tomonidan samarali muvofiqlashtirilgan holda faoliyat yuritishi, shuningdek, barcha muhim
manfaatdor tomonlar jalb etilishi lozim. Manfaatdor tomonlar va ularning faoliyat qatlamlari to‘liq
xaritalashtirilishi zarur bo‘lib, bu ularning aniq vakolatlari, vazifalari va majburiyatlarini aniqlash
hamda umumiy suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma reja va choralarni ishlab chiqish
hamda amalga oshirishdagi rollarini belgilashga xizmat qiladi. To‘liq manfaatdor tomonlarning
jalb etilishi va ishtiroki transchegaraviy hamkorlikning samarali amalga oshirilishida asosiy omil
hisoblanadi. Har bir manfaatdor tomon xavf baholash jarayonining barcha bosqichlarida, xavfni
aniqlashdan tortib rejalashtirish va ustuvor xavfni kamaytirish choralarini tanlashgacha - qaror
qabul qilish jarayoniga bevosita jalb qilinishi zarur. Bundan tashqari, jamoalar darajasidagi xavfni
kamaytirish choralari faqat jamoalar ushbu choralarni ishlab chiqish (shu jumladan xavf baholash)
va amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etsa, samarali bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga,
transchegaraviy hamda barcha darajadagi sohalararo hamkorlik xavfni kamaytirish choralarini
amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishi mumkin bo‘lsa-da, hamkorlikdan kelib chiqadigan
sinergiyalarni rivojlantirish orqali rejalar va dasturlarning samaradorligi hamda natijadorligini
oshirish imkoniyatlarini yaratadi va yanada mustahkam xavfni kamaytirish faoliyatini ta’minlaydi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, transchegaraviy suv hamkorligi energiya va oziq-ovqat ishlab
chiqarishni oshirishga, ofatlarga nisbatan chidamlilikni kuchaytirishga va mintaqaviy iqtisodiy
integratsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.
Transchegaraviy suv resurslarini to‘g‘ri va samarali boshqarish bevosita transchegaraviy
suv resurslarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy aktlarga bog‘liqdir. Mazkur aktlar
transchegaraviy suvlarni boshqarish bo‘yicha huquqiy tamoyillar va mexanizmlarni belgilab, har
bir davlat uchun ma’lum bir majburiyatlarni vujudga keltiradi. Markaziy Osiyo davlatlarining har
biri qo‘shni davlatlar bilan umumiy transchegaraviy suv havzalarini boshqarishda aniq huquqiy va
institutsional majburiyatlarga ega bo‘lgan bir qator xalqaro normalarni bajarib kelmoqda. Bir
tomondan, ushbu xalqaro aktlar Markaziy Osiyoda mavjud transchegaraviy suv resurslarini
boshqarishga katta ta’sir ko‘rsatsa, boshqa tomondan esa mazkur aktlar transchegaraviy suv
resurslarini boshqarish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali boshqaruvni amalga oshira
olmayapti.
Xulosa
Mamlakatimiz ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholining sog‘lom va xavfsiz tabiiy
muhitda yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali
foydalanish, mavjud ekologik muammolarni hal etish hamda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf
etish masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida qator
qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular orqali ekologik xavfsizlikni
taʼminlash, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va iqlim o‘zgarishlariga moslashuv
imkoniyatlari yaratilyapti. Yurtimizda qabul qilingan konsepsiyalar asosida ekologik barqarorlikni
mustahkamlash, yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish, uglerod chiqindilarini kamaytirish
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
358
va barqaror rivojlanishga erishish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga,
ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari ham kuchaytirilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan global iqlim o‘zgarishlarini bugungi kundagi eng dolzarb
global muammolardan biri sifatida e’tirof etib, bu jarayonning salbiy ta’siri tobora yaqqol
sezilayotganini ta’kidlamoqda. Ana shu omillarni hisobga olgan holda, suv resurslaridan
foydalanishga oid huquqiy va ma’muriy mexanizmlarni takomillashtirish zarurati dolzarb
masalaga aylangan.
Suv siyosatining asosiy maqsadi - mavjud suv resurslaridan oqilona va maksimal darajada
samarali foydalanishni ta’minlashdir. Buning uchun suv siyosati barcha darajalarda, milliy,
havzaviy, mintaqaviy va mahalliy miqyosda ko‘rib chiqilishi, har bir hududning hozirgi va
kelajakdagi suv ehtiyojlari, demografik o‘sish sur’atlari bilan uyg‘un holda boshqarilishi lozim.
Shu bilan birga, texnik va moliyaviy imkoniyatlar, resurslar va ularni boshqarish tizimi ham
e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Har bir darajada mavjud suv va moliyaviy resurslardan
foydalanish bo‘yicha kompleks rejalashtirish va samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
Milliy siyosat bilan bir qatorda, suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, transchegaraviy suv
havzalaridan foydalanishda qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ishlash, xalqaro konvensiyalar va
kelishuvlar asosida suv resurslarini adolatli va barqaror taqsimlashga erishish dolzarb vazifa
hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dasturlar, texnik va
moliyaviy ko‘maklar, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish orqali suv siyosatini yanada takomillashtirish
mumkin.
Suv to‘g‘risidagi qonunchilikning to‘liq va aniq tushunilishi, suv siyosatini amalga
oshirishda zarur vositalarning yaratilishi, hamda qonunchilik asosida suv resurslaridan oqilona
foydalanish uchun qulay sharoitlarning yaratilishi muhim hisoblanadi. Aks holda, suv
resurslaridan samarali foydalanishga oid qonunchilikdagi bo‘shliqlar va ziddiyatlar bu jarayonga
to‘sqinlik qilishi mumkin.
Shu sababli, suvga oid mavjud talablarni to‘g‘ri boshqarish, suv ta’minoti va undan
foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarga
muvofiqlashtirish va barcha manfaatdor tomonlarning ishtirokini ta’minlash bugungi kunning eng
muhim vazifalaridan biridir.
Adabiyotlar:
1.
Patricia Wouters, Huiping Chen, James E. Nickum: Transboundary Water Cooperation:
Principles, Practice and Prospects for China and Its Neighbours // Routledge, 2018 – 396
p.
2.
Convention: Protection and Use of Transboundary Watercourses and International Lakes//
United Nations, Helsinki.
3.
Internation Law Association: Berlin Rules on Water Resources // Berlin, 2004 – 28 p.
