Iyun, 2025-Yil
305
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSCHEGARAVIY SUV OBYEKTLARINING
HUQUQIY REJIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Sa’diyev Nodirjon G‘olibjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura bosqichi talabasi
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15678176
Annotatsiya.
Maqolada
Transchegaraviy suvlar dunyo miqyosida, xususan, Markaziy Osiyo
mintaqasida muhim strategik ahamiyatga ega. Ushbu suv resurslari nafaqat ekologik muvozanatni
saqlash, balki mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish uchun ham hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Biroq, transchegaraviy suvlar taqsimoti va ulardan foydalanish masalalari ko'plab davlatlar
o'rtasida ziddiyatlarga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham, ushbu mavzu nafaqat ilmiy,
balki amaliy nuqtai nazardan ham dolzarb hisoblanadi. Mazkur maqola transchegaraviy suvlardan
foydalanishni milliy-huquqiy tartibga solish masalalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston
Respublikasining ushbu sohadagi milliy qonunchiligi, xalqaro huquq normalari va mintaqaviy
hamkorlik mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va
adolatli foydalanishni ta'minlash bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
transchegaraviy suvlar, suv resurslari, mintaqaviy hamkorlik, ekologik
barqarorlik, iqlim o‘zgarishi, suv havzalari, suv taqsimoti, suv bilan bog‘liq nizolar va suvdan
oqilona foydalanish.
ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРАВОВОГО РЕЖИМА
ТРАНСГРАНИЧНЫХ ВОДНЫХ ОБЪЕКТОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Аннотация.
В
статье
рассматривается
стратегическая
важность
трансграничных вод в мировом масштабе, особенно в регионе Центральной Азии. Данные
водные ресурсы играют решающую роль не только в поддержании экологического баланса,
но и в обеспечении региональной стабильности и экономического развития. Однако вопросы
распределения и использования трансграничных вод могут вызывать конфликты между
многими государствами. В связи с этим данная тема является актуальной как с научной,
так и с практической точек зрения.
Настоящая статья посвящена вопросам национально-правового регулирования
использования трансграничных вод. В ней анализируются национальное законодательство
Республики Узбекистан в данной сфере, нормы международного права и механизмы
регионального сотрудничества. Также разработаны предложения и рекомендации по
обеспечению рационального и справедливого использования трансграничных водных
ресурсов.
Ключевые слова
: трансграничные воды, водные ресурсы, региональное
сотрудничество, экологическая устойчивость, изменение климата, водные бассейны,
распределение воды, водные споры и рациональное использование воды.
ISSUES OF IMPROVING THE LEGAL REGIME OF TRANSBOUNDARY WATER
OBJECTS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abstract.
This article addresses the strategically significant role of transboundary waters on
a global scale, particularly within the Central Asian region. These water resources are pivotal not
only for maintaining ecological balance but also for ensuring regional stability and economic
Iyun, 2025-Yil
306
development. However, the distribution and utilization of transboundary waters can lead to disputes
among numerous states. Consequently, this topic is of significant relevance from both a scientific
and practical perspective.
This article is dedicated to the issues of national legal regulation of transboundary water use.
It analyzes the national legislation of the Republic of Uzbekistan in this area, norms of international
law, and mechanisms of regional cooperation. Furthermore, proposals and recommendations are
developed to ensure the rational and equitable use of transboundary water resources.
Keywords
: transboundary waters, water resources, regional cooperation, ecological
sustainability, climate change, water basins, water distribution, water-related disputes, and rational
water use.
Kirish
Bugungi kunda dunyoda sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi tubdan o’zgarib ketdi. Bu kabi o’zgarishlar natijasida insoniyatning oldida bir-
qancha ekologik muammolar yuzaga keldi. Ekologik muammolarni global deyilishiga sabab, bu
ekologik muammolar sayyoramizda sodir bo‘layotgan barcha iqtisodiy, ijtimoiy va tirik
organizmlarning yashash sharoitiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishidir.
Bu ekologik muammolar mintaqaviy bosqichdan boshlanib ularning globallashuvini keltirib
chiqaradi, chunki ular sayyoramizning barcha jarayonlarga tirik mavjudotlarning yashash sharoitiga
ham ta’sir qiladi.
Global ekologik muammolardan biri bu mintaqalardagi transchegaraviy suv muammolari
bo‘lib ular bugungi kunda global suv muammolarni keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyoda
bugungi kunda suv bilan bog‘liq muammolar mintaqada kelajakda katta geosiyosiy va harbiy
mojarolarni vujudga keltirish xavfi mavjud. Markaziy Osiyoda bugungi kunda yirik sanoatlashtirish
jarayoni jadal sur’atlarda kechmoqda va aholining katta qismi qishloq hududlaridan shaharlarga
ko‘chib borishmoqda shu sababdan aholi hamda yirik sanoat komplekslarini suv bilan ta‘minlashni
qiyinlashtirmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarida tabiiy resurslardan foydalanish o‘tgan asrning
50-60 yillarida izdan chiqib hozirda ushbu resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
qiyinlashtirmoqda. Mintaqa mamlakatlari bugungi kunda o‘zining strategiyasini ijtimoiy-iqtisodiy
yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratgan, shu sababdan bunda asosiy rejalar aholini hamda
infratuzilmalarni tabiiy resurslar bilan ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Material va metodlar
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari 2050-yilga qadar suv bilan bog‘liq katta
muammolarni boshdan kechirishi aytilmoqda, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan, sobiq SSSR
davrida tartibsiz foydalanib kelingan va yerlar tezkorlik bilan o‘zlashtirilib mavjud barcha
hududlarda paxta plantatsiyalari qilinib yerusti va yerosti suvlaridan jadal foydalanilgan. Paxta
plantatsiyalaridan ko‘proq hosil olish maqsadida sun’iy mineral o‘g‘itlardan foydalanilgan, paxta
maydonlarini yoppasiga o‘g‘itlash jarayonida aholida mavjud ichimlik suvini ifloslantirishga
hamda suvning sanitariya-epidemiologik holatni yomonlashtirib aholining sog‘lig‘iga ham o‘z
ta’sirini o‘tkazgan, mavjud suv resurslaridan tartibsiz foydalanish mintaqada mavjud daryo va
ko‘llarning sho‘rlanish darajasini oshirgan va suv zaxiralarini keskin qisqarishga olib kelgan.
Iyun, 2025-Yil
307
O‘zbekiston hamda mintaqa mamlakatlarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash
ustuvor vazifa hisoblanadi. Mintaqaning mavjud suv zaxiralarining katta qismi O‘zbekiston,
Tojikiston hamda Qirg‘iziston Respublikalarining tog‘li qismlarida bo‘lib, Turkmaniston,
O‘zbekiston va Qozog‘istonning cho‘l zonalarida sho‘rlanish va cho‘llanish darajalari haligacha
yuqoriligicha qolmoqda, bu holat ayniqsa Orolbo‘yi mintaqasida yaqqol sezilib turibti.
Suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish va boshqarish tizimini aholi uchun suv
bilan kafolatli ta’minlashni, iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvorligi, suvni samaradorligini oshirish,
atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni ta’minlash talablarini hisobga olgan holda
takomillashtirish zarur. Suv resurslarini boshqarishda atrof muhitni, tabiiy suv havzalari va
ekotizimlarning suvga bo‘lgan talabini inobatga olish, shu jumladan, Orolbo‘yi hududida suv bilan
bog‘liq vaziyatini barqarorlashtirish hamda Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf
etishga ko‘maklashish ham talab etiladi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ushbu resurslardan foydalanishda aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish suv bilan bog‘liq muammolarni yechishda aholining
tashabbuskorligini oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
-
XXI asr axborot davrini inobatga olib, suvdan oqilona foydalanish va aholining
tejamkorligini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot va tashviqot ishlarini
yuqori sur’atlarda amalga oshirish;
-
Ta’lim muassasalarida suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik qanday oqibatlarga
olib kelishi hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha dasturlar yaratish;
-
Tabiiy resurslarning nazorati hamda ularning holatiga mas’ul bo‘lgan ma’muriy
organlarning faoliyatini ochiq va shaffof amalga oshirish, suv bilan bog‘liq masalalarda aholining
fikrini inobatga olish va ushbu masalalar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish kabi ishlar
amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot natijalari
Ekologik masalalar bo‘yicha jamoatchilik nazorati yangi tahrirdagi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilishi ekologik falokatlarni oldini olishda katta qadamdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning o‘ttiz ikki
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ekologiya masalasiga ham to‘xtaldi.
«Bugun bizning oldimizda turgan yana bir muhim masala – ekologik muammolar va suv
tanqisligidir. Tarozining bir pallasida o‘sib borayotgan qurilishlar, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi
turgan bo‘lsa, ikkinchi pallasida har birimiz uchun eng zarur bo‘lgan suvni tejash, atrof-muhit
ifloslanishining oldini olish va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalasi turibdi. Bizning
vazifamiz – har ikki yo‘nalishda ham muvozanatni saqlashdan iborat. Hech qachon unutmasligimiz
lozimki, tabiiy resurslar – bu kelajak avlodlarimizga ham tegishli bo‘lgan boylikdir. Shu bois,
ulardan nafaqat bugungi, balki ertangi kunimizni ham o‘ylab, oqilona foydalanishimiz zarur. Bu
borada suvni, energiya va boshqa tabiiy resurslarni tejaydigan iqtisodiyotga tezroq o‘tish muhim
ahamiyatga ega. Biz uchun «yashil» va raqamli texnologiyalar, innovatsion ishlab chiqarish
korxonalarini barpo etish vazifasi ham dolzarb bo‘lib turibdi» dedi davlat rahbari.
1
Suv hayot manbasining asosiy sharti bo‘lib, insoniyat o‘z taraqqiyotining barcha
bosqichlarida suv bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan, aholining katta qismi ham tabiiy suv
1
https://rb.gy/r9k2eb
Iyun, 2025-Yil
308
havzalari daryolar va ko‘llar bo‘yida istiqomat qilgan, dunyo mamlakatlari suv zaxiralarini to‘plash
maqsadida milliy manfaatlarini ustun qo‘yib daryo va ko‘llab bo‘yida suv zaxiralarini to‘plash
uchun suv omborlari qurishmoqda, transchegaraviy daryolar bo‘yida qurilayotgan bunday suv
omborlari mintaqada ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda, suv zaxiralarining asosiy qismi yomg‘ir
suvlari, daryolar va yerosti suvlaridan iboratdir.
Suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik gidrosfera hamda litosferaning tabiiy faoliyatiga
ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi, daryo hamda suvlarning tez sur’atlarda qurishi va
parlanishi gidrosferaning tabiiy faoliyatini buzib uning bir me’yorda ishlashini qiyinlashtirmoqda
hamda mintaqa mamlakatlarida fasllarning o‘zgarishi va yoz faslida harorat eng yuqori darajaga
chiqmoqda. Yerosti suvlaridan haddan ortiq ko‘p foydalanish yer ostida bo‘shliqlarni vujudga
keltirib litosfera plitalarining holatiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda va kelajakda yerning cho‘kish
holatlarini keltirib chiqarmoqda.
Mintaqadagi anomal ob-havo sharoitlari, tez-tez yuz berayotgan qurg‘oqchilik va chang
bo‘ronlari, yerlarning shiddat bilan degradatsiyaga uchrashi va cho‘llanishi, bioxilma-xillikning
yo‘qolishi ko‘rinishida namoyon bo‘layotgan murakkab ekologik vaziyat mavjud bo‘lib, Markaziy
Osiyo jahondagi iqlim o‘zgarishi oqibatlaridan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan mintaqalardan biri bo‘lib
qolmoqda.
Mintaqa mamlakatlari hamjihatlikda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida
uchrashuvlar tashkil etishib, ekologik muammolarning dolzarbligini yana bir namoyon qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” uchrashuvi
doirasida ekologik masalani yana bir bor e’tiborga olish kerakligini ta’kidlab o‘tdi jumladan,
“Yashil” taraqqiyot va ekologiya sohasi uchun malakali kadrlar tanqisligi ortib borayotganini
hisobga olib, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti negizida
yetakchi xorijiy oliygohlar va ta’lim markazlari bilan hamkorlikda “Yashil” taraqqiyot va ekologiya
sohasida mutaxassislar tayyorlash va akademik almashuvni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dastur
ishlab chiqishni va tabiiy resurslar va atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘lish masalasiga ham alohida to‘xtaldi.
2
Bundan tashqari davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida taniqli jamoat
arboblari, fan, biznes va madaniyat namoyandalari ishtirokida etno-ekologik festivallar, forumlar,
taqdimotlar va boshqa tadbirlar o‘tkazishni nazarda tutuvchi “yashil” madaniyatni rivojlantirish
bo‘yicha Global dasturni ishga tushirishni taklif qildi.
3
Xulosa
Mamlakatimiz ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholining tabiiy muhitga ega boʻlishi
uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik
muammolarni hal qilish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga katta eʼtibor
qoʻyadi. Muhofazada bir nechta qonun va hujjatlar orqali atrof-muhitni saqlash, tabiiy resurslardan
samarali foydalanish va ekologik xavfsizlikka oid qonunlar amalga oshirilmoqda. Konsepsiyalarga
koʻra, mamlakatimiz atrof-muhitni saqlash boʻyicha oʻzining strategiyasini oʻrganmoqda va
“yashil” iqtisodiyotga oʻtishning strategiyasini amalga oshirishga intilmoqda. Shuningdek, huquqiy
jarayonlarda atrof-muhitga zarar yetkazish uchun javobgarlik choralari ham belgilangan.
2
https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/18/green-economy/
3
https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/18/green-economy/
Iyun, 2025-Yil
309
Davlatimiz rahbari global iqlim oʻzgarishlarining ommaviy muammolardan biri sifatida tanilib, bu
jarayonning salbiy taʼsirini his etayotganligini taʼkidlaydi.
Mazkur bogʻlanishlar asosida, suv resurslaridan samarali foydalanishga oid huquqiy va
maʼmuriy jihatlar, birinchi navbatda, eʼtibor qaratilishi lozim boʻldi. Suv siyosatining esa maqsadi,
mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish va ulardan maksimal darajada foydalanishdir.
Muvaffaqiyatli suv siyosati barcha darajalarda - milliy, havzaviy, mintaqaviy yoki mahalliy
loyihalarda koʻrib chiqilishi kerak. Bu, har bir mintaqaning suv hozirgi hol va kelajakdagi
ehtiyojlarini aholining oʻsishi bilan birga hisobga olgan holda boshqarilishi va jiddiy yechimlarni
qamrab olishi talab etiladi. Shuningdek, texnik va moliyaviy imkoniyatlar ham eʼtibor qilinishi
kerak. Har bir darajadagi mavjud suv va moliyaviy resurslar toʻgʻrisidagi rejalashtirish va
boshqarishni taʼminlash kerak. Milliy siyosat bilan bir qatorda, suv siyosati ham milliy rivojlanish
rejasi nuqtai nazaridan koʻrib chiqilishi kerak va milliy rivojlanish jarayonining bir qismi sifatida
harakat qilishi mumkin. Suv qonunchiligining toʻgʻri tushunilishi, suv siyosati qarorlarining amalga
oshirilishi, vositalarini yaratilishi va suv resurslaridan samarali foydalanishni osonlashtirishni
taʼminlash lozimdir. Suv toʻgʻrisidagi qonunchilikning yetarli emasligi esa ulardan foydalanishga
toʻsqinlik keltirishi mumkin. Koʻp jarayonlarda, suvga oid talablarni boshqarish va bajarish, suv
taʼminoti boʻyicha amaldagi qonunchilikni rivojlantirish lozimdir.
REFERENCES
1.
United Nations. Convention on the Law of the Non-navigational Uses of International
Watercourses 21 May 1997 – New York United Nations, 1997. – 14 p.
2.
UNECE. Convention on the Protection and Use of Transboundary Watercourses and
International Lakes. Helsinki, 1992. – Geneva: UNECE, 1992. – 18 p.
3.
Helsinki Rules on the Uses of the Waters of International Rivers. International Law
Association, 1966. – London, 1966. – 16 p.
4.
Berlin Rules on Water Resources. International Law Association, 2004. – London, 2004. –
28 p.
5.
Salman M.A. Salman & Kishor Uprety. Conflict and Cooperation on South Asia's
International Rivers: A Legal Perspective, World Bank Publications, 2002.
6.
Xodjayev N. Xalqaro suv huquqi asoslari, – T.: TDYU nashriyoti, 2018.
7.
Allayarov B. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish huquqining dolzarb masalalari, –
T.: Fan, 2015.
8.
Tursunov B. Xalqaro ekologik huquqning dolzarb muammolari, – T.: TDYU, 2020.
