ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
558
“KALILA VA DIMNA” QO‘LYOZMALARI TURKIYCHA VARIANTLARINING
MAZMUNIY QURILISHI
Fazliyeva Mohigul Xayriddinovna
ToshDO‘TAU Matnshunoslik va adabiy
Manbashunoslik 2-kurs magistranti.
+99890-188-11-62
https://doi.org/10.5281/zenodo.15652646
Annotatsiya
. Ushbu maqolada hind xalqi og‘zaki va yozma adabiyoti javohirlaridan biri
bo‘lmish “Kalila va Dimna” turkiy qo‘lyozmalarining o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari va uning
mazmuniy qurilishi t
аdqiq etilgаn.
Kalit so‘zlar
:
“Kalila va Dimna”, Bertels, Anushervon, Barzuya hakim, Dobshalim,
Bedapoy, Humoyun Fol, Xo‘jasta Roy, Ibn al
-
Muqaffa, qo‘lyozma, Sharqshunoslik instituti.
Abstract.
This article explores the peculiarities of the Turkic manusc
ripts “Kalila and
Dimna”, one of the Javelins of oral and written literature of the Indian people, and its
substantive construction.
Key words:
“Kalila and Dimna”, Bertels, Anushervon, Barzuya hakim, Dobshalim,
Bedapoy, Humayun Fol, Khojasta Roy, Ibn al-Muqaffa, manuscript, Institute of Oriental Studies.
Аннотация.
В этой статье исследуются аспекты, присущие тюркским
рукописям “Калила и Димна”, одной из жемчужин устной и письменной литературы
индийского народа, и ее содержательное построение.
Ключевые слова:
“Калила и Димна”, Бертельс, Анушервон, Барзуя Хаким,
Добшалим, Бедапой, Хумаюн фол, Ходжаста Рой, Ибн аль
-
Мукаффа, рукопись,
Институт востоковедения.
III-IV asrlarda yaratilgan
“
Kalila va Dimna
”
asari o
‘
zining asosida yotgan ilg
‘
or fikrlari
bilan nafaqat o
‘
z davri uchun, balki hozirgi zamon sharoiti uchun ham katta ahamiyatga molik
asar bo
‘
lib qolmoqda. Asardagi hikoyalar hayvonlar tilidan olib borilsa-da, ijtimoiy hayot,
odamlar orasidagi munosabat ko
‘
zda tutiladi. Kitobning o
‘
zagini tashkil qiluvchi g
‘
oya shuki,
tabiatdagi mavjud barcha narsalar, hamma jonli mavjudotlar orasida inson eng komil va
ulug
‘
zotdir, shuning uchun har bir odam shu yuksak nomga munosib bo
‘
lishi kerak.
Asarda ijtimoiy voqelikdagi salbiy hodisalarga qarshi o
‘
t ochiladi; aql, adolat,
odamgarchilik tarannum etiladi. Unda o
‘
sha jamiyatdagi barcha nuqsonlar: xiyonat va jinoyat,
pastkashlik, ig
‘
vo, fisq-fasod, zulm-vahshat fosh qilinadi.
“
Kalila va Dimna
”
ning o
‘
zbekcha nusxalari uchun xarakterli bo
‘
lgan masalalardan biri
kitobning qurilishi va boblarning miqdori masalasidir.
Ko
‘
pchilik olimlar tomonidan e
’
tirof qilingan fikrga ko
‘
ra
, “
Kalila va Dimna
”
aslida 14
bobdan iborat bo
‘
lib, ular kitobning asosini tashkil qiluvchi masallardir. Lekin davrlarning
o
‘
tishi, kitobning xalqlar orasida ko
‘
chib yurishi, xilma-xil madaniy muhitlarda bo
‘
lishi va turli
tarixiy sharoitlarni boshidan kechirishi natijasida unga ilovalar qo
‘
shila boshlandi. Natijada
kitobning qurilishi o
‘
zgardi, qo
‘
shimcha boblar dunyo yuzini ko
‘
rdi. Rus professori Bertelsning
ko‘rsatishicha, “Kalila va Dimna” boblarining soni X asrdanoq o‘zgara boshlagan edi[1].
Bu o‘zgarishlar yana zamonlar osha kitob bilan bitta bo‘lib ketdi va uning ajralmas qismi
sifatida asar bilan birga o‘z sayohatini davom ettirdi. Masalan, mashhur sharqshunos akademik
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
559
I.Yu.Krachkovskiy tarjimasi va tahriri ostida 1957-
yilda Moskvada nashr qilingan “Kalila va
Dimna”ning ruscha varianti 19 bobdan iborat bo‘lib, bu nashr kitobning mukammal varianti
hisoblanadi. Krachkovskiy tomonidan kitobga berilgan izohga qaraganda, “Kalila va
Dimna”ning bu nashri uchun arab versiyalari asos qilib olingan bo‘lsa ham, unga boshqa
manbalarda uchraydigan va muhim variant sifatida diqqatga sazovor bo‘lgan ma’lumotlar ham
kiritilgan hisoblanadi[6, 189]. Shu tariqa kitobning aslini tashkil qiluvchi 14 bobga yana besh
bob qo‘shildi. Bu besh bobning oxirdagi ikki bobi (I
-
Kaptar, Tulki va Turna to‘g‘risida yoki
birovga reja tuzib berishga epchil, lekin o‘ziga rejim tuzib ololmaydigan kishilar to‘g‘risida, II
-
Sichqonlar podshosi va uning vazirlari to‘g‘risida) boshqa nusxalardan olingan shunday
qo‘shimchadir. Qolgan uch bob kitobning bosh qismida “Muqaddima” o‘rnida keladi va
kitobning tug‘ilishi, bosib o‘tgan yo‘liga oid ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtiradi.
Ulardan ikki bob Eron shohi Anushervon va tabib Barzuya voqealariga bag‘ishlangandir.
Bu boblarning birinchisi “Kalila va Dimna”ni izlab topish uchun podshoh Anushervon va
tabib Barzuyaning Hind mamlakatiga jo‘natilishi to‘g‘risida”, deb ataladi va Barzuyaning
Hindistonga borishi, boshidan kechirgan hodisalari, kitob nusxasini qo‘lga kiritishi va nihoyat,
o‘zi uni pahlaviy tiliga tarjima qilishi to‘g‘risida so‘zlaydi. Boblarning ikkinchisi Barzuya hakim
haqida bo‘lib, unda Barzuyaning hayoti va ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berishni maqsad qilib
qo‘yadi. Muqaddima boblarining uchinchisi “Kitobga Ibn al
-
Muqaffa yasagan kirish” deb ataladi
va hind masaliga arab tarjimonining bergan izohi sanaladi[6,190]. Bu muqaddimalardan tashqari,
yana bir masala bo‘lib, u “Ibn ash
- Shoh al-
Forisi nomi bilan mashhur bo‘lgan Bahnud ibn
Sahvon so‘zboshisi” deb atalgan so‘zboshidir. Bunda “Kalila va Dimna” kitobining kelib chiqish
tarixini o‘rganish nuqtayi nazaridan e’tiborni tortuvchi ma’lumotlar yig‘ilgan. Ushbu
ma’lumotlar quyidagicha bayon etilgan:
Iskandar Zulqarnayn g‘arb mamlakatlarini zabt etib bo‘lgandan so‘ng Sharqqa qarab
yurish qiladi. U Eron podshohi bilan jang qilib, uni yengadi, mamlakatni o‘ziga bo‘ysundirgach,
qo‘shinini olib, Hindistonga yo‘l oladi. O‘sha paytdagi Forug‘ otli hind shohi bilan jang qilib,
uni yengadi. Shundan so‘ng, Hindistonda o‘z odamini hokim qilib qoldirib, harb ishlarini davom
ettiradi.
Iskandar ketgach, hind xalqi qo‘zg‘olon qilib, u qoldirgan shohni olib tashlab, o‘rniga
Dobshalimni taxtga chiqarishadi. Oradan qancha vaqt o‘tgach, Dobshalim ham taxtga mahkam
o‘rnashib olgach, mag‘rurlanib, oddiy xalqni mensimay, davlat ishlariga qaramay qo‘yadi.
Buning natijasida zulm va adolatsizlik ko‘payadi.
O‘z zamonida saroyda hind brahmanlarining peshvosi, faylasuf Bedapoy nomli hakim
yashardi. U mamlakat va xalqning bu bechora holini ko‘rib achinadi hamda podshohni to‘g‘ri
yo‘lga chaqirish, xalqni zulmdan qutqarishga jazm qiladi. Bir necha shogirdlari bilan mashvarat
qilib, shu masalani o‘rtaga tashlaydi. Shundan so‘ng yaqin shogirdlaridan birining yordamida
qancha mashaqqatlar bilan kecha-yu kunduz bir yil mehnat qilib, kitob yozishadi. Bu kitobga
Bedapoygacha Hindistonda yashab o‘tgan hukamo va faylasuflarning eng qimmatli fikrlari
to‘plangan bo‘lib, ushbu pand
-
nasihatlar, qushlar, hayvonlar, jonivorlar hayotini tasvirlash yo‘li
orqali ular tilidan bayon qilingan edi.
Kitobni Bedapoy shoh Dobshalimga taqdim qiladi va bu podshohga ma’qul kelib,
Bedapoyni o‘ziga vazir qilib tayinlaydi. Kitob bilan tanishib chiqqan Dobshalim unga qattiq
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
560
mehr qo‘yadi, bundan tashqari mamlakatni boshqarishda ushbu kitobga amal qiladi va uni o‘z
xazinasida juda ehtiyotkorlik bilan asraydi. Brahman faylasuf olim Bedapoy tomonidan hind
podshosi Dobshalim uchun tuzilgan bu kitob “Kalila va Dimna” edi.
Bahnud ibn Sahvon o‘z hikoyasini Dobshalim avlodlari zamonidan bu kitob shuhrati
Anushervongacha yetib borgani, u tabib Barzuyani Hindistonga yashirincha jo‘natib oldirib
keltirgani, shunday qilib bu qadrli kitob, hindlardan forslar xazinasiga o‘tib qolganini aytish
bilan tugatadi.
Bahbud ibn Sahvonning “Kalila va Dimna” tarjimayi holiga oid o‘z so‘zboshisida
keltirgan bu hikoyasi kitobning birinchi bobida (Barzuyaning Eron shohi Anushervon buyrug‘iga
binoan “Kalila”ni qidirib Hindistonga borishi bobida) davom ettiriladi. Kitob pahlaviy tiliga
tarjima qilinib, forslar qo‘liga o‘tgandan keyingi uning yo‘li esa arab tarjimoni “Al
-Muqaffa
kirishi” deb atalgan bobda bayon qilinadi. Shunday qilib, “Kalila va Dimna”ning asosini tashkil
qiluvchi 14 bobdan tashqari, ruscha nashrida berilgan uchta “Muqaddima” boblari va ulardan
oldin keladigan “Bahnud ibn Sahvon so‘zboshi”si, “Al
-
Muqaffa kirishi” deb atalgan boblar
o‘quvchilarni kitob tarixi bilan to‘liq tanishtiradi[5, 16].
Arab nusxalaridan olinib, rus tilidagi variantiga kiritilgan ushbu qo‘shimcha muqaddima
boblar, shuningdek, kitob oxirida ilova tarzida qayd qilingan ikki bob o‘zbekcha tarjimalarning
hech birida uchramaydi. o‘zbekcha tarjimalarda uchraydigan bu muqaddima ruscha variantdagi
bir necha boblar vazifasini bajaradi. Kitobning hindlarda tug‘ilishi, Barzuya tabib harakatlari
orqali forschaga, undan so‘ng arabchaga (al
-Muqaffa)va boshqalarga tarjima qilinishi qisqa
tarzda shu “Muqaddima”ning bosh qismida bayon etiladi.
Agar arab va fors tilidagi qo‘lyozma va toshbosma variantlarida yuqorida keltirilgan
Iskandar Zulqarnayn, Forug‘ Dobshalim
-
Bedapoy hakim hikoyasi orqali yo‘ldan qaytgan
podshohni hushyorlikka chaqirish, to‘g‘ri yo‘lga solish maqsadida yozilgan, deb ko‘rsatilsa,
o‘zbekcha variantlarda kitobning tug‘ilishiga oid boshqacha hikoya to‘qiydi[6,194]. Bunda
o‘zbek xalqi hayotining o‘ziga xos sharoiti, uning madaniy va adabiy an’analaridan kelib chiqib
izohlaydi. Turkiy tildagi nusxalarda kitobning tug‘ilishi haqida quyidagi hikoya keltiriladi:
“Chin davlatining Hindistonga yaqin bo‘lgan bir shahrida Humoyun Fol ismli bir
podshoh hukmronlik qilar edi. Uning Xo‘jasta Roy ismli vaziri bo‘lib, u vaziriga e’tiqodi baland
edi va uning masalhatisiz ish qilmas, usiz bir yerga bormas edi.
Mazmuni:
Va bu jihatdinkim, aning tadbiri xo‘bluqidin mamlakat ishlari hamma
ravnaqliq erdi. Xujasta Roy der erdilar va Humoyun Fol hech ishig‘a aningdin kengashsiz shar’u
qilmas erdi va andin tadbir tilamayin kulli va juzvi mahmig‘a yuz kelturmas erdi, na aningdin
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
561
ijozatsiz razm maydonida jang kamarin bog‘lag‘ol va andin ishoratsiz bazm majlisida
o‘lturmoqni yarog‘lag‘ay[4, 11
-a].
Kunlaridan bir kun shoh ovga chiqadi. Kun nihoyatda issiqligidan bir dam nafas olish
uchun bir tog‘ etagidagi salqin joyga to‘xtashadi. Ushbu vaqtda shoh bilan vaziri mamlakatni
idora qilish xususida suhbat olib borishadi. Xo‘jasta Roy bu to‘g‘rida podshohga turli timsollar
bilan hikoyatlar keltirib, gapni hind podshosi Dobshalimga olib borib ulaydi va so‘zning oxirida:
“Davlatni tadbir bilan boshqarishda Dobshalimga barobar keladigan bo‘lmagandir, zeroki, u o‘z
podsholigini Bedapoy hakim so‘zlari bilan yuritar erdi”, deydi.
Mazmuni: Andog‘kim, Roy Azim Dobshalim hindi saltanati bunyoddin hakim Bedapoy
brahman so‘zlarining qoidalari uzra qo‘ydi va andin anchakim, podshohlarg‘a lozim bo‘lur, ani
tahqiq ayladi. Ul jihatidin muddati saltanati komronliq birla o‘tkardi va chun foniy manzilidin
boqiy mavosig‘a naql qildi ersa, hanuz aning yaxshi oti va xo‘b sifoti ro‘zgor safhasida
bitiklikdur[4, 20-a].
Bu so‘zlarni eshitgan Humoyun Fol vazirga qarab, Dobshalim va Bedapoy nomlarini
ko‘p eshitganligini, ammo ular tarixini bilmasligini aytib, so‘zlab berishini talab qiladi. So‘ng
Xo‘jasta Roy yuqoridagi Dobshalim haqidagi hikoyani bayon qilib beradi.
Hikoya tugagach, “Kalila va Dimna” kitobining asosiy 14 bobi boshlanadi. Bunda asar
asosiy qahramonlari ayyor va quv Kalila hamda uning do‘sti oqko‘ngil Dimnaning sarguzashtlari
turli hikoyat va masallar bilan tahlil qilinib ochib beriladi. Shundan so‘ng, barcha mumtoz
asarlarda bo‘lganidek, asar xotimasi boshlanadi: Roy Dobshalim va brahman hakim o‘rtasidagi
bu voqealarni vazir Xo‘jasta Roy tog‘ bag‘ridagi salqin joyda shoh Humoyun Folga so‘zlab
bergach, podshoh vaziriga ko‘p in’om
-ehsonlar berib, xursand qiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
562
Mazmuni:
“Humoyun Fol ham podshoh Dobshalimning dasturi birlan bu hikoyatlarning
latofiyin avroqi a’molg‘a sabt qildurdi (ya’ni, kitob vaqarlariga yozdirdi), toinki, ahli ro‘zg‘orga
yodgor qolg‘ay va aning mazmuni birla jahondorlar kor qilg‘aylar[4,336
-a].
Asar shunday so‘zlar va baytlar bilan nihoyasiga yetadi.
Xulosa qilsak, hind masali “Kalila va Dimna” dunyo tillarining juda ko‘piga tarjima
qilingan. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir xalq bu mashhur asarni o‘z sharoitiga, madaniy
an’ana va urf
-odatlariga, psixologiyasiga muvofiqlashtirib qabul qilgan. Shunday qilib, dunyo
adabiyotida, yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqil asar sifatida ushbu variantlar maydonga kelgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Бертельс Е.Э. Предисловие к книги. Калила и Димна, второе издание, Москва, 1956.
̶
345 стр.
2.
Fazliyeva M
. “
Kalila va Dimna
”
ning qo
‘
lyozma va toshbosma nusxalari tavsifi.
O‘zA
elektron jurnali 2024, 7-son(57)
3.
Fazliyeva M. “Kalila va Dimna”
qo‘lyozma nusxasining tavsifi. (O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti qoshidagi qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 5807 inventar raqami ostidagi
nusxa). Til va adabiyot.uz. 2024, 12-son
4.
Kalila va Dimna. Osoriya Imomiya. Mulla Temur tarjimasi. O‘zRFA Abu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Asosiy fond. Qo‘lyozma №AR
-5807.
5.
Kalila va Dimna. Hind xalq eposi. (S.G‘aniyeva tarjimasi). –
Toshkent: Yangi asr avlodi,
2019. 3-7-betlar
6.
K
аримов Ғ
.
Ҳинд масали “Калила ва Димна”нинг ўзбекча версиялари. В.И.Ленин
номидаги Тошкент Давлат университетининг илмий асарлари. Тошкент: Ўзбек
адабиети, 1960, 202 бет.
7.
Zohidov R. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik asoslari. O
‘
quv qo
‘
llanma.
–
T.:
Yashil yaproq nashr-matbaa uyi, 2023. 81-85-betlar.
8.
