Authors

  • F.A. Ibragimova
  • Sh.D. Babajanova
  • Z.X. Abduraxmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106458

Keywords:

bolalar va o'smirlardagi tuxumdonlar kistalari tuxumdonlarning yaxshi sifatli o'smalari etuk teratoma tuxumdon o’smalarini davolash prepubertal yosh o’smirlar.

Abstract

Tadqiqotda tuxumdonning o’smalari va o’smasimon shakllari bo'lgan 126 nafar prepubertal va o’smir yoshdagi qizlarni olib borish natijalari keltirilgan. Tuxumdon o’smalari va o’smasimon shakllari o’smir qizlarda ko'proq uchradi (84,1%); ayniqsa kech o'smirlik davrida (15-18 yosh) ko’proq aniqlangan; prepubertal va pubertal yoshdagi qizlarda tuxumdonning o’smasimon hosilalari va o’smalari orasida tuxumdon kistalari ko'proq aniqlandi; tuxumdonning yaxshi sifatli o'smalari orasida etuk teratoma ko'proq aniqlangan (74,5%); bemorlarning 67,4 foizida jarrohlik davolash amalga oshirildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

576

УДК: 618.11-006.2-0.55-0.89

O’SMIR QIZLARDA TUXUMDONNING O’SMASIMON SHAKLLARI VA YAXSHI

SIFATLI O’SMALARI

Ibragimova F.A.

Babajanova Sh.D.

Abduraxmonova Z.X.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Respublika perinatal markazi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15672844

Annotatsiya. Tadqiqotda tuxumdonning o’smalari va o’smasimon shakllari bo'lgan 126

nafar prepubertal va o’smir yoshdagi qizlarni olib borish natijalari keltirilgan. Tuxumdon
o’smalari va o’smasimon shakllari o’smir qizlarda ko'proq uchradi (84,1%); ayniqsa kech
o'smirlik davrida (15-18 yosh) ko’proq aniqlangan; prepubertal va pubertal yoshdagi qizlarda
tuxumdonning o’smasimon hosilalari va o’smalari orasida tuxumdon kistalari ko'proq
aniqlandi; tuxumdonning yaxshi sifatli o'smalari orasida etuk teratoma ko'proq aniqlangan
(74,5%); bemorlarning 67,4 foizida jarrohlik davolash amalga oshirildi.

Kalit so'zlar: bolalar va o'smirlardagi tuxumdonlar kistalari, tuxumdonlarning yaxshi

sifatli o'smalari, etuk teratoma, tuxumdon o’smalarini davolash, prepubertal yosh, o’smirlar.

ОПУХОЛЕВИДНЫЕ ОБРАЗОВАНИЯ И ДОБРОКАЧЕСТВЕННЫЕ ОПУХОЛИ

ЯИЧНИКОВ У ДЕВОЧЕК ПОДРОСТКОВ

Аннотация. В исследовании приведены результаты анализа ведения 106 девочек

подростков и 20 девочек препубертатного возраста с опухолевидными образованиями и
доброкачественными опухолями яичников. Образования яичников чаще встречались у
девочек подростков (84,1%); при этом чаще выявлено в позднем подростковом периоде
(15-18 лет); среди образований яичников у девочек препубертатного и пубертатного
возраста чаще выявлены опухолевидные образования - кисты яичников; среди
доброкачественных опухолей яичников чаще выявлена зрелая тератома (74,5%);
оперативное лечение проведено 67,4% пациентам.

Ключевые слова: опухолевидные образования яичников, доброкачественные

опухоли яичников, кисты яичника, зрелая тератома, пубертат, подростки.

OVARIAN MASS IN ADOLESCENTS

Abstract. The study presents the results of management of 126 prepubertal and pubertal

girls with ovarian masses. Ovarian masses were more common in pubertal girls (84,1%); more
often they were detected in late adolescence (15-18 years); among ovarian masses in
prepubertal and pubertal girls, ovarian cysts were detected more often; among benign ovarian
tumors, mature teratoma was detected more often (74,5%); surgical treatment was performed in
67,4% of patients.

Key words: ovarian masses, benign ovarian tumors in children and adolescents, ovarian

cysts, mature teratoma, treatment of ovarian masses, puberty, prepuberty.

Dolzarbligi.

Tuxumdon o’smalari o’smirlarda eng ko’p uchraydigan o’smalar

hisoblanadi

1,2,5,7

. Tuxumdon o’smalarinig klinikasi, turlari yoshi katta ayollar va o’snirlarda

farq o’zaro qiladi

1,2

. Osmirlar organizmi o’sish davrida bo’lganligi uchun, tuxumdon ham


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

577

osmirlik paytida aktiv rivojlanish davrida bo’ladi, bu esa mutatciyaga moyillikni kuchaytiradi.
Tuxumdon o’smalari bo'lgan o'smirlarni davolash taktikasi reproduktiv yoki menopauza
yoshdagi ayollardagi davolash principlaridan farq qiladi va, asosan, o’smirlarda tuxumdonlar
zaxirasini va kelajakda fertillikni saqlashga qaratilgan. Hozirgi zamonda JSSTning 2014 yildagi
klassifikatsiyasiga asosan, tuxumdonning o’smalari: tuxumdonning yaxshi sifatli o’smalari,
tuxumdonning yomon sifatli o’smalari va tuxumdonning o’smasimon shakllari (hosilalari)ni o’z
ichiga oladi. Bu klassifikatsiyaga ko’ra, tuxumdonning o’smasimon shakllari (hosilalari)ga
follikulyar kista, lyutein kista, lyuteinomalar va boshqalar kiradi. Tuxumdonning yaxshi sifatli
o’smalariga epitelial, mezenximal, mezotelial, epitelial-mezenximal, germinogen xujayrali,
jinsiy to’qima va stroma o’smalari kiradi

1,7

. O‘smirlarda tuxumdon o‘smalarining klinik

xususiyatlarini o‘rganish, tashxislash, davolash, bu patologiyada ginekologik yordam
ko‘rsatishni takomillashtirish va oldini olish usullarini ishlab chiqish jahondagi dolzarb
muammolardan biridir.

Tadqiqotning maqsadi:

o’smirlar tuxumdonlari o’smalarining klinikasi, tashxislash va

davolashdagi o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashdir.

Tadqiqot materiallari va usullari.

2015-2024-yillarda Respublika perinatal markazi va

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga yotqizilgan tuxumdon o’smalari va o’smasimon
shakllari bilan kasallangan 106 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tadqiqotga
kiritildi. Solishtirish guruhiga 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar qizlar kiritildi. Barcha
bemorlar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot muassasalarida ginekologik
kasalliklar diagnostikasi va davolash standartlari” (2018-yil)ga muvofiq klinik va laboratoriya
tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tuxumdon yomon sifatli o'smalariga xavfni aniqlash uchun CA -125,
AFP onkomarkyorlariga tekshirildi va yomon sifatli o’smalarga shubha qilingan bemorlar
onkologga yuboriladi va tadqiqotdan chetlashtirildi. Ultratovush tekshiruvi va tuxumdonlarning
dopplerografiyasi GE Voluson E8 apparati yordamida o'tkazildi. Laparoskopik tekshiruv va
davolash KarlStorzGmbH&Co., (Germaniya) apparati yordamida amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi.

Asosiy guruhga kirgan qizlarning o'rtacha yoshi

16,21 ± 3,42 yilni tashkil qildi. Solishtirish guruhida esa - 9,7

2,3 yilni tashkil qildi.

Tuxumdonlarning o'smalari o'smirlik davrida ko'proq uchragani aniqlandi, ayniqsa kech
o'smirlik yoshida (15-18 yosh) erta o'smirlik davriga (12-14 yosh) va prepubertal yoshga (7-12
yosh) nisbatan tuxumdon o’smalari 4 marta ko’proq uchrashi aniqlandi ( OR 5,62. 95% CI
14,91-67,12). Tuxumdon o’smalari bo’lgan o'smirlarda hayz davrini o'rganish shuni ko'rsatdiki,
asosiy guruhdagi 16 nafar qiz (15,1%) premenarxe, 90 qiz (84,9%) postmenarxeda bo'lgan,
bemorlarning yarmidan ko'pida (54) hayz ko'rish yoshi 13-14 yoshga to'g'ri kelgan, bu o’smir
yoshidagi qizlar umumiy sonining 60,0% ni tashkil etgan. Asosiy guruhda o’smirlarda 12
yoshgacha erta hayz ko'rish 19 (17,9%), kech hayz ko'rish (15-16 yoshda) esa 12 (11,3%)
bemorlarda aniqlangan, bu esa shuni ko'rsatadiki, erta hayz ko'rish tuxumdon o’smalari bo’lgan
o’smir yoshidagi bemorlarda kechroq hayz ko'rishga nisbatan 1,5 marta ko’proq uchrashi
aniqlandi

(p = 0,04).

Asosiy gurugdagi

o’smir yoshidagi qizlarda muntazam hayz ko'rishning

yo'qligi 56,1% da aniqlandi; 31 (29,2%) nafar qizlarda esa hayz polimenoreya,
gipermenoreya bilan asoratlangani topildi. Anamnezni o’rganish va somatik kasalliklarni

tahlil qilganimizda, biz asosiy va solishtirish guruhlarda somatik kasalliklarning katta ulushini


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

578

qayd etdik, masalan, temir tanqisligi anemiyasi 58,5% va 34,6%, surunkali tonzillit 41,6% va
28,4%, sinusit 17,3% va 13,6%, endokrin kasalliklar (semizlik, qalqonsimon bez kasalliklari)
33,2% va 11,4%, siydik chiqarish sistemasi kasalliklari (sistit, pielonefrit, glomerulonefrit)
bemorlarning 16,8 va 14,8% foizida, oshqozon-ichak kasalliklari (surunkali kolit, gastrit)
bemorlarning 35,2 va 28,3% foizida aniqlangan, bemorlarning uchdan biridan ko'prog'ida
kasalliklar kombinatsiyasi mavjudligi topildi. Shikoyatlar va klinik simptomlarni o'rganishda,
asosiy va solishtirish guruhlarida eng ko'p uchraydigan simptom og'riq ekanligini aniqladik, bu
qizlarning 72,7 va 51,5% foizida aniqlangan, bu holatlarning yarmidan ko'pida (50,8%), og'riq
qovuq ustida va chov sohasida, qorin bo'shlig'ida, qorin pastida sezilgan, shu bilan birga, kam
hollarda bel sohasida va orqa dumg’aza sohada aniqlangan. Og'riqning chastotasi, intensivligi va
davomiyligi har xil bo'lib, o’smalarning turiga, joylashishiga, o'lchamiga, qo'shimcha hosila,
organ va boylamlar ishtirokiga, bitishmalar mavjudligiga va tuxumdon o’smasi oyoqchasining
buralib qolishiga bogliq bulgan. Shu bilan birga hayz davrining buzilishi (62,1%), algomenoreya
(57,5%), qorinning kattalashishi (10,1%), ichaklarda gaz to’planishi (22,6%) kuzatildi. 19,4%
holatda asosiy guruhda va 20,7% da solishtirish guruhlarida ultratovush tekshiruvi paytida
tasodifiy topilma sifatida tuxumdon o’smalari aniqlangan. Shuni aytib o’tish lozimki, anamnez
yig’ilganida 2 guruh bemorlarning 72,5%-81,6%ida shikoyatlar va alomatlar bor bo’lganligi,
ammo ota-onalar qizlarining shikoyatlariga va holatlariga etarli e'tibor bermaganligi va 1 oydan
8 oygacha shifikorga murojaat qilmaganligi aniqlandi. Tuxumdon o’smalarini diagnostikasining
asosiy usuli klinik tekshiruv va ultratovush tekshiruv usullaridir [3]. 95,4% hollarda tuxumdon
o’smalari bir tomonlama va faqat 4,6% hollarda ikki tomonlama tuxumdon o’smalari bo’gani
aniqlandi. Tuxumdon o’smalari bo’lgan 85 nafar (67,4%) bemorda jarrohlik muolajasi amalga
oshirildi, 41 nafari (32,6%) konservativ davolandi. Jarrohlik davolash jarayonida 85 bemorning
34 tasida (40%) laparotomiya, boshqa hollarda operatsiya laparoskopik (60%) usulda amalga

oshirildi (p

0,05). Hozirgi zamonda tuxumdonlardagi o’smalarni operatsiyalar bilan davolashda

laparoskopik usuldan foydalangan holda minimal invaziv jarrohlik yordamida amalga oshirish
"oltin standart" hisoblanadi [1,2,3,5,7]. Operatsiya ko'lami 10 (11,9%) holatda radikal bo'lib,
qolgan 88,1% hollarda organlarni saqlash operatsiyalari amalga oshirdik, bu kelajakda ona
bo'ladigan qizlarning reproduktiv funktsiyasini saqlab qolish uchun juda muhimdir.
Operatsiyalarning asosiy qismi rejalashtirilgan tarzda amalga oshirilgan - 65 (76,9%) holat, o'tkir
qorin belgilari mavjudligi sababli 20 (23,1%) operatsiya shoshilinch ravishda amalga oshirilgan.
Barcha 20 holatda o'tkir qorin belgilari bo'lgan qizlar jarrohlik patologiyasini istisno qilish uchun
jarrohlar tomonidan tekshirildi. Ushbu holatlarning 8 tasida tuxumdon kistalari, o’smalarining
yorilishi aniqlangan, 12 holatda tuxumdon o’smalari oyoqchalari burilib, aylanib qolishi
operatsiya davomida aniqlangan, shundan 8 ta holatda biz tuxumdonni saqlash uchun
kistektomiya bilan tuxumdonning detorsiyasi amaliyotini amalga oshirdik. Asosiy va solishtirish
guruhlarida cistektomiya (48,7%), tuxumdonni rezektsiya qilish (39,4%), adneksektomiya
(2,6%), ooforektomiya (9,3%) jarrohlik amaliyotlari bajarildi. Bizning tadqiqotimizda organni
saqlaydigan jarrohlik aralashuvlarning ulushi 80,9%ni tashkil etdi, boshqa bir qator
mualliflarning natijalariga ko'ra, tuxumdon o’smalari bo’lgan o’smirlarda organ saqlovchi
amaliyotlar 72%dan ortiq holatlarda bajarilishi ko’rsatilgan [1,7]. Umuman olganda, 2ta
guruhdagi 126 nafar ishtirokchining 71 tasida (56,4%) o’smasimon hosilalar – tuxumdon


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

579

kistalari va 55 tasida (43,6%) yaxshi sifatli o'smalar aniqlangan. Jarrohlik davolash jarayonida
tuxumdon o’smalari ko'pchiligida 5-9 sm o'lchamda (89-70,6%), 15 nafarda (11,9%) 10 sm dan
ortiq bo'lganlgini, va o’smalar ko'pincha (95 ta holatda) o'ng tuxumdonda ekanligini aniqladik.
Gistologik tekshiruv natijasida operatsiya qilingan 85 nafar bemor orasida eng ko’p -
tuxumdonlar o’smasimon hosilalarni - 55 (67,4%) follikulyar kistalar, 32,6% - lutein va
paraovarian kistalar borligi aniqlandi. Yaxshi sifatli o’smalar (55 nafar qizda) orasida, etuk
teratoma 41 (74,5%) holatda, qolgan 8 holatda – seroz kistoma yoki cistadenoma, 2 holatda -
endometrioma, 1 holatda – fibroma aniqlandi.

Kanneganti A., Bhadiraju P., (2021)[4],

tadqiqotlariga

ko'ra

, etuk teratoma bolalar va o'smirlardagi tuxumdon o'smalarining 50% dan

ko'prog'ini tashkil etadi. Ba'zi mualliflar bolalar va o'spirinlarda etuk teratomaning asoratlarini
- buralish, yorilish, infektsiya va oz holatlarda - malignizatciya transformatsiyani qayd etadilar
[2,6,7]. Bizning tadqiqotimizda 3 ta holatda etuk teratoma bo’lgan o’smirlarda o’sma
oyoqchasining buralib qolish holatlari kuzatildi.

Xulosa.

Shunday qilib, o’smir qizlarda tuxumdonlarning o’smalari va o’smasimon

shakllari ko'proq uchraydi (84,1%); bu holatlar ko'pincha kech o'smirlik davrida (15-18 yosh)
aniqlanadi; tuxumdonlarning o’smasimon hosilalari tuxumdonning yaxshi sifatli o’smalariga
nisbatan ko’proq uchrashi aniqlandi; tuxumdonlarning yaxshi sifatli o'smalari orasida etuk
teratoma ko'proq ulushni (74,5%) tashkil qildi. Tuxumdon o’smalari va o’smasimon shakllari
bo’lgan o’smir qizlarning 67,4 foizida jarrohlik davolash amalga oshirildi, qolgan hollarda
konservativ davo o'tkazildi. O’smir qizlarda tuxumdonlardagi jarrohlik davolash jarayonida
tuxumdonlar to'qimalarini saqlab qolish amaliyoti kelajakda qizlarimiz reproduktiv salomatligini
saqlash uchun muhim omil hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Ciro E., Vincenzo C., Mariapina C., Fulvia D.C., Vincenzo B., Giorgia E., Roberto C.,

Lepore B., Castagnetti M., Califano G., et al. Review of a 25-Year Experience in the
Management of Ovarian Masses in Neonates, Children and Adolescents: From
Laparoscopy to Robotics and Indocyanine Green Fluorescence Technology. Children.
2022;9:1219. doi: 10.3390/children9081219.

2.

Gkrozou F., Tsonis O., Vatopoulou A., Galaziou G., Paschopoulos M. Ovarian

Teratomas in Children and Adolescents: Our Own Experience and Review of Literature.
Children. 2022;9:1571. doi: 10.3390/children9101571.

3.

Grigore M., Murarasu M., Himiniuc L.M., Toma B.F., Duma O., Popovici R. Large

Ovarian Tumors in Adolescents, a Systematic Review of Reported Cases, Diagnostic
Findings and Surgical Management. Taiwan. J. Obstet. Gynecol. 2021;60:602–608. doi:
10.1016/j.tjog.2021.05.005.

4.

Kanneganti A., Bhadiraju P., Tong P.S.Y. Extragonadal Teratomas in Women and

Adolescent Girls: A Systematic Review. Eur. J. Obstet. Gynecol. Reprod. Biol.
2021;262:134–141. doi: 10.1016/j.ejogrb.2021.05.005.

5.

Tarca E., Trandafir L.M., Cojocaru E., Costea C.F., Rosu S.T., Butnariu L.I., Iordache

A.C., Munteanu V., Luca A.C. Diagnosis Difficulties and Minimally Invasive Treatment


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

580

for Ovarian Masses in Adolescents. Int. J. Womens Health. 2022;14:1047–1057. doi:
10.2147/IJWH.S374444.

6.

User İR, Karakuş SC, Özokutan BH, Akçaer V, Burulday B, Ceylana H. Can

preoperative findings help to interpret neoplastic and non-neoplastic lesions of ovary and
affect surgical decisions in children and adolescents? //Arch Argent Pediatr. 2019 Oct
1;117(5):294-400.

7.

Zhang M, Jiang W, Li G, Xu C. Ovarian masses in children and adolescents - an analysis

of 521 clinical cases. J Pediatr Adolesc Gynecol. 2014 Jun;27(3):e73-7. doi:
10.1016/j.jpag.2013.07.007.

References

Ciro E., Vincenzo C., Mariapina C., Fulvia D.C., Vincenzo B., Giorgia E., Roberto C., Lepore B., Castagnetti M., Califano G., et al. Review of a 25-Year Experience in the Management of Ovarian Masses in Neonates, Children and Adolescents: From Laparoscopy to Robotics and Indocyanine Green Fluorescence Technology. Children. 2022;9:1219. doi: 10.3390/children9081219.

Gkrozou F., Tsonis O., Vatopoulou A., Galaziou G., Paschopoulos M. Ovarian Teratomas in Children and Adolescents: Our Own Experience and Review of Literature. Children. 2022;9:1571. doi: 10.3390/children9101571.

Grigore M., Murarasu M., Himiniuc L.M., Toma B.F., Duma O., Popovici R. Large Ovarian Tumors in Adolescents, a Systematic Review of Reported Cases, Diagnostic Findings and Surgical Management. Taiwan. J. Obstet. Gynecol. 2021;60:602–608. doi: 10.1016/j.tjog.2021.05.005.

Kanneganti A., Bhadiraju P., Tong P.S.Y. Extragonadal Teratomas in Women and Adolescent Girls: A Systematic Review. Eur. J. Obstet. Gynecol. Reprod. Biol. 2021;262:134–141. doi: 10.1016/j.ejogrb.2021.05.005.

Tarca E., Trandafir L.M., Cojocaru E., Costea C.F., Rosu S.T., Butnariu L.I., Iordache A.C., Munteanu V., Luca A.C. Diagnosis Difficulties and Minimally Invasive Treatment for Ovarian Masses in Adolescents. Int. J. Womens Health. 2022;14:1047–1057. doi: 10.2147/IJWH.S374444.

User İR, Karakuş SC, Özokutan BH, Akçaer V, Burulday B, Ceylana H. Can preoperative findings help to interpret neoplastic and non-neoplastic lesions of ovary and affect surgical decisions in children and adolescents? //Arch Argent Pediatr. 2019 Oct 1;117(5):294-400.

Zhang M, Jiang W, Li G, Xu C. Ovarian masses in children and adolescents - an analysis of 521 clinical cases. J Pediatr Adolesc Gynecol. 2014 Jun;27(3):e73-7. doi: 10.1016/j.jpag.2013.07.007.