Authors

  • O’zbekxon Jo’rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106824

Keywords:

Davlat vujudga kelishi haqida tarix qanday fakt keltiradi Davlatning belgilari va uning maxsus aparati qanday ishlaydi va huquqning davlatga zarurligi haqida soʻz yuritar ekanmiz. Davlatning asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iboratligi davlat qanday ishlarni olib boradi.

Abstract

Ushbu maqolada muallif davlat va huquq haqida fikrlar yuritgan. Davlat vujudga kelishi bilan huquq ham vujudga keladimi yoki davlat o’zi vujudga kelishi kifoyami degan savollarga faktlar bilan fikrlar yuritadi. Davlat va huquq nimalarni ifoda etishi haqida fikrlar bayon etgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

782

HUQUQSIZ DAVLAT BO’LMAYDI

Jo’rayev O’zbekxon Dilshodbek o’g’li

Farg’ona viloyat yuridik texnikumi o’quvchisi

Telefon: +99890-845-12-00. E-mail

jurayevxofiz@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15678327

Annotatsiya.

Ushbu maqolada muallif davlat va huquq haqida fikrlar yuritgan. Davlat

vujudga kelishi bilan huquq ham vujudga keladimi yoki davlat o’zi vujudga kelishi kifoyami

degan savollarga faktlar bilan fikrlar yuritadi. Davlat va huquq nimalarni ifoda etishi haqida
fikrlar bayon etgan.

Kalit so’zlar:

Davlat vujudga kelishi haqida tarix qanday fakt keltiradi Davlatning

belgilari va uning maxsus aparati qanday ishlaydi va huquqning davlatga zarurligi haqida soʻz

yuritar ekanmiz. Davlatning asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iboratligi, davlat qanday
ishlarni olib boradi.

Abstract.

In this article, the author discusses ideas about the state and law. The author

presents arguments and facts to address questions such as whether the law comes into existence
with the emergence of the state or whether the existence of the state alone is sufficient. The
article also expresses thoughts on what the state and law represent.

Keywords:

This article explores the historical facts surrounding the emergence of the

state, discusses the characteristics of a state, and examines how its special apparatus functions.

It also considers the necessity of law for the existence of the state. The author reflects on

the main goals and functions of the state, as well as the types of activities a state undertakes.

Anotasyon:

Bu makalede yazar, devlet ve hukuk hakkında düşüncelerini dile getirmiştir.

Devletin ortaya çıkışıyla birlikte hukukun da ortaya çıkıp çıkmadığı veya sadece devletin
varlığıyla yetinilip yetinilemeyeceği gibi sorulara dair fikir ve gerçeklerle açıklamalar
yapılmıştır. Devlet ve hukukun neyi ifade ettiği konusunda görüşler sunulmuştur.

Anahtar Kelimeler:

Devletin ortaya çıkışı, tarihi gerçekler, devletin özellikleri, özel

aygıtın işleyişi, hukukun devlete gerekliliği, devletin temel amaçları ve görevleri, devletin
faaliyet alanları.


Davlatdan oldin jamiyat shakllanishi davomida uni boshqarish ehtiyoji ham vujudga

kelgan. Jamiyatning har bir a'zosi o'z manfaatlari-

ga ega boʻladiki, ularni kelishtirmasdan,

muvofiqlashtirmas-dan turib, jamiyat mavjud bo'la olmagan, bunda aynan man-faatlar muhim
regulyator sifatida namoyon bo'lgan. Ijtimoiy aloqalarning tadrijiy rivojlanishini hamda
jamiyatda barqaror hayot tarzini ta'minlash uchun ushbu manfaatlarni umumiy farovonlik yo'lida
uyg'unlashtirish talab etiladi. Bunday uyg'unlashtirishga esa ijtimoiy munosabatlarni tartibga so-
lishga qaratilgan normalarni shakllantirish hamda ushbu qoi-dalarning bajarilishini ta'minlovchi
ijtimoiy hokimiyatni joriy etish orqaligina erishiladi.

Ibtidoiy jamoa tuzumida shakllangan ijtimoiy normalar-ning xususiyati shundaki, ular

oila, urug' va qabilaning ijti-moiy-iqtisodiy birligini ifodalash va ta'minlash bilan birga,
kishilarning kundalik hayot tarziga ham chuqur singib ketgan. Tabiatdagi jonzotlar biologik,
tabiat qonunlari asosida hayot kechiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

783

Jamiyat a'zolari esa tabiiy va biologik qo-nunlar bilan bir qatorda ongli faoliyatlari

natijasida muayyan qoidalarni yaratganliklari bois shaxs sifatida shakllanganlar. Jamiyat
shakllanishining dastlabki bosqichida diniy marosim-lar va udumlar kabi ijtimoiy normalar ham
muhim ahamiyat kasb etgan. Ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy qoidalar odamlarga atrof tabiiy

muhitdan xavotirlanish va qo'rqishdan xoli boʻlishga va uni ishlab chiqarish faoliyatiga

yo'naltirishga imkon bergan, bu esa jamiyatda barqaror munosabatlarni o'rnatishda muhim omil

boʻlgan. Ijtimoiy normalar o'zlashtiruvchi xoʻjalikning mavjud bo'lishi va urug'ni davom etishini

ta'minlagan, ozuqani topish-ning muayvan usullarini tartibga solgan va oila-nikoh
munosabatlarini mustahkamlagan.

Adabiyotlarda ushbu normalar mononormalar deb ataladi. Ular jamiyatdagi insonlarning

asosiy manfaati yashash uchun kurashishini ifoda etgan. Ushbu manfaat tabiat kuchlariga, turli
xavf-xatarga qarshi tu rish uchun jamiyatdagi kuchlarni birlashtirgan.

Jamiyat shakllanishining dastlabki davrida amal-da bo'lgan ijtimoiy normalar quyidagilar

bilan tavsiflanadi:

1) mazmunan sodda va murakkab bo'lmagan ijtimoiy mu-nosabatlarni tartibga solgan.
Masalan, urug'doshlar ichida kimga olovni uzatish vazifasining yuklatilishi masalasi yoki

ov natijasida qo'lga kiritilgan o'ljani qanday taqsimlash ijtimoiy normalar asosida hal qilingan;

2) ijtimoiy normalar asosan odatlar ko'rinishida bo'lgan (yalni uzoq vaqt davomida ko'p

marotaba qo'llash natijasida odatga aylangan tarixiy shakllangan xulq-atvor qoidalari):

3) hali yozuv shakllanmaganligi bois yurish-turish qoida lari kishilar xulq-atvorida va

ongida mavjud bo'lgan;

4) jamiyat a'zolari tomonidan amal qilinishi ishontirish va majburlash (urug'dan quvish)

choralari bilan ta'minlangan:

5) qoidalar man etish tavsifi (tabu tizimi)ga ega bo'lgan. normalarning mazmunida huquq

va majburiyatlar qat'iy belgi lanmagan va boshqalar.

Ijtimoiy normalar bilan jamiyat hayotini tartibga solish in-soniyat hayotida eng muhim

yutuqlardan biri hisoblanadi. Ularning barcha uchun qat'iy qilib o'rnatilganligi va unga amal
qilishning ta'minlanishi jamiyatni tartibga keltiradi. Qoidalar qanchalik hayotiy, adolatli bo'lsa va
ularni amalga oshirilishi ta'minlansa, bunday jamiyatda ijtimoiy tartib yuksak darajada bo'ladi.

Aksincha, qoidalarga rioya etilmasa, normalar buzilsa. jamiyat hayotida tartibsizlik yuz

beradi. Tartibsizlik jamiyatni oxir-oqibatda halokatga olib kelishi mumkin. Ibtidoiy jamiyatda
mavjud bo'lgan ijtimoiy hokimiyat oila viy munosabatlarga asoslangan, chunki jamiyat tashkil
to-pishining negizini urug' (urug' jamoasi), ya'ni haqiqiy yoki taxminiy qon-qarindoshlikka,
shuningdek umumiy mulk va mehnatga asoslangan kishilarning jamoasi tashkil etgan. Har bir
urug' alohida xo'jalik yuritishi, ishlab chiqarish vositalari-ning egasi bo'lishi, umumiy mehnat
jarayonining tashkilot-chisi sifatida namoyon bo'lgan. Urug'lar yanada yirik bo'lgan tuzilmalar
fratriya, qabila, qabilalar ittifoqini tashkil qilgan. Hokimiyat butun jamoa (urug' yig'inlari),
shuningdek ibtidoiy jamiyat hayotining muhim masalalarini hal qiluvchi urug' vakillari
(oqsoqollar, oqsoqollar yig'ini, harbiy boshliqlar. Kohinlar) tomonidan ham amalga oshirilgan.

Ijtimoiy hokimiyat va boshqaruv jihatidan ibtidoiy jamiyatning quyidagi xususiyatlarini

ko'rsatib o'tish mumkin: ibtidoiy jamoa tuzumida kishilarning urug' yoki qabila-ga mansubligi
ularning qon-qarindoshligiga qarab aniqlangan: ijtimoiy hokimiyat to'laligicha jamiyatning


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

784

o'ziga te-gishli bo'lgan, bunda urug' uchun eng muhim bo'lgan masala-lar yuzasidan boshqaruv
qarorlari urug' a'zolarining umumiy yig'inida qabul qilingan. Boshqaruv ishlarida urug'ning
barcha katta yoshli a'zolari - erkaklar ham, ayollar ham teng ishtirok etganlar; ibtidoiy jamoa
tuzumida davlatga xos bo'lgan xususi-yatlar (hokimiyat tuzilmalari, armiya, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar va boshqa muassasalar) mavjud bo'lmagan. Ijtimoiy boshqaruv urug
oqsoqollari, sarkardalar, umumiy yig'in doirasida amalga oshirilgan;

ijtimoiy faoliyat ustidan joriy rahbarlikni jamoa tomo-nidan saylangan urug oqsoqoli

amalga oshirgan. Favqulodda muhim ishlarni hal qilish uchun oqsoqollar kengashi chaqiril-gan.

Oqsoqollar hokimiyati urug'ning keksa a'zolarining mut-laq obro'si, chuqur hurmat-

e'tibori, tajribasi va aql-zakovatiga asoslangan:

urf-odatlar ibtidoiy jamoa hayotiy faoliyatining qat'iy tartibga bo'ysunishini ta'minlagan.
Urf-odatlar avloddan-av-lodga o'tib borgan. Urf-odatlarga taqiq (tabu), axloq, afsona.

marosimlar kirgan: ijtimoiy normalarga amal qilish asosan ko'nikmalar va ixtiyoriylik asosida
bo'lib, uni buzgan shaxslarga jamoatchilik ta'siri va boshqa turdagi jazolar qo'llanilgan (masalan,
urug qabiladan haydash).

Urug'chilik tuzumida o'z-o'zini boshqarishning quyidagi tuzilmalari mavjud bo'lgan:
Birinchidan: Oqsoqollar kengashi. U boshqaruvning asosiy imasalalarini va muayyan

ziddiyatli holatlarni hal etgan.

Ikkinchidan: Harbiy boshliqlar. Ular urugining yosha a'zolari o'rtasida harbiy

tayyorgarlikni tashqil qilgan hamda urush vaqtlarida ular ustidan qo'mondonlikni amalga
oshirgan.

Uchinchidan: Umumiy (urug') yig'in. Unda urug'ning voyaga yetgan barcha ayol va erkal

erkak a'zolari teng ravishda ishtirok etgan. Urug' yig'inida dohiylar va harbiy boshliqlar
saylangan hamda urug hayotining eng muhim masalalari hal etilgan. Urug' yig'inida, shuningdek
urush va sulh masalalari, om-maviy ko'chish va ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan qarorlar
qabul qilingan.

To’rtinchi kohinlar. Ular turli xil diniy rasm

-rusumlar va maro-simlarni o'tkazish

tartiblarini hamda diniy tusdagi qoidalarni shakllantirgan. Shuningdek, diniy sudlovni amalga
oshirganlar.

Davlat jamiyat mavjud bo'lishining muhim shakli sifatida davlat shakllanishi jarayoni

qancha muddat bo'lishidan qat'i nazar, barcha hollarda bu obyektiv jarayon bo'lib. eng avvalo, u
jamiyatning ichki rivojlanishi, uning turli ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy, madaniy-tarixiy,
etnik, ruhiy, axloqiy--diniy, ekologik-geografik va boshqa shart-sharoitlar bilan bel-gilanadi.

Ushbu jarayonning muayyan sabablarga ko'ra qayd etilgan omillar doirasi o'zgargan,

biroq doimo bu sharoitlar-ning muayyan jamlanishi va omillardan birining yetakchi rol o'ynashi
bilan kechgan. Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida undan ajralib chiqqan. O'z

navbatida, «jamiyat va «davlat» tushun

-chalari avnan bir tushunchalar emas va ularni, albatta,

farqlash lozim. Jamivat tushunchasi davlat tushunchasidan kengroq.

Negaki jamivatda davlatdan boshqa tashkilotlar, ya'ni siyosiy partiyalar, siyosiy

harakatlar va boshqa jamoat birlashmalari mavjud bo'ladi. Davlat jamiyatning faqat siyosiy
qismi, uning bir elementidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

785

Jamiyat bilan davlatning tarixiy davrlari ham farqlanadi. Jamiyat davlatga nisbatan ancha

oldin shakllangan va o'z rivo-11 jining boy tarixiga ega. Davlat vujudga kelishi bilan uning
jamiyat bilan o'zaro ta'sirining murakkab va ziddiyatli tarixi boshlanadi.

Jamiyatni tashkil etish shakli va boshqaruvchi tizim sifati-da davlat ko'pchilik fuqarolar

manfaati yo'lida muayyan funk-siyalarni bajarish, ular o'rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlarni
hal qilish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, inqirozli vaziyatlarni hal qilish xususiyatiga ega.

Davlatning jamiyat mavjud bo'lishining bir shakli sifatidagi o'rnini belgilashda quyidagi

jihatlarga e'ti-bor qaratish lozim: davlat jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan emas.

Davlat ijtimoiy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga kelgan;
davlat tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida shakllangan: davlatning yuzaga

kelishiga bir qator ornillar, xususan.

Geografik, diniy, ruhiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar sabab bo'lgan.
Davlat va huquqning vujudga kelishi to'g'risidagi nazariyalar Adabiyotlarda davlatning

kelib chiqish sabablari to'g'risida turli nazariyalar ilgari suriladi. Bu boradagi fikrlarning xilma-
xilligi quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan, davlatning kelib chiqish jarayoniga ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy, tabiiy-

iqlimiy, axloqiy-diniy, milliy-tarixiy, ma'naviy-madaniy, ruhiy, ekologik va boshqa omillar ta'sir
etgan; ikkinchidan, mazkur masala yuzasidan tadqiqotlar olib bor-gan olimlar turli tarixiy
davrlarda yashagan va tabiiyki, insoniyat tomonidan to'plangan turli hajmdagi bilimlardan
foydalangan:

uchinchidan, davlatning vujudga kelish jarayonini tushuntirishda olimlar o'z

qarashlarining isboti sifatida ko'pincha dunyoning o'zlariga ma'lum bo'lgan hududlarinigi. na
misel tariqasida keltirgan. Masalan, german qabilalarida davlatning kelib chiqishida harbiy omil
muhim bo'lsa. Sharq xalqlarida esa davlat suv inshootlarini barpo etish jarayonida shakllangan.

to'rtinchidan, boshqa fanlar yutuqlaridan ruhlangan mu-tafakkirlar ko'pincha bu

natijalarni ijtimoiy fanlarga qo'llashga uringan, xususan, u yoki bu fan yutuqlariga asoslanib,
davlat-ning vujudga kelish jarayoniga boshqacha qaray boshlagan va shu bilan jamiyat
rivojlanishiga boshqa omillarning ta'sir ko'rsatishini e'tibordan chetda qoldirgan;

beshinchidan, nazariyalar mualliflarining qarashlari-ga ularning falsafiy va g'oyaviy

yondashuvlari ham muayyan darajada ta'sir qilganligini aytib o'tish joiz.

Demak, muayyan nazariya orqali barcha xalqlarda davlat-ning yuzaga kelishini izohlash

mumkin emas.

O'z navbatida, davlat kelib chiqishining osiyocha va yevropacha yo'llari mavjudligini

ko'rsatib o'tish mumkin.

Osiyocha yo'l. Osiyoda dastlabki davlatlar bundan besh ming yillar oldin Nil. Tigr. Hind,

Ganga. Yanszi. Yevírat kabi yirik daryolarning havzalarida yuzaga kelgan.

Ushbu hududlarda davlat vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilar e'tirof

etiladi: sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi natijasida yirik irrigatsion tarmoqlarni tashkil
etish yuzasidan ommaviy ish-larni yo'lga qo'yishning zarurati;mazkur ishlarga aholini keng
miqyosda jalb etilishi:

- irrigatsion ishlarga jalb etilgan kishilar ustidan yagona va markazlashgan rahbarlikni

amalga oshirishning zarurati va boshqalar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

786

Shuni aytib oʻtish lozimki huquq –

har qanday davlatning tamal toshi bo‘lib, u orqali

davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Huquqsiz davlat bo‘lishi mumkin
emas, chunki huquq qonuniylikni, adolatni va fuqarolarning erkinligini ta’minlaydi. Davlatning
kuchi va barqarorligi, avvalo, uning huquqiy asosga tayanishida namoyon bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerak, fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongining

yuqori darajada bo‘lishi davlat barqarorligining muhim kafolatlaridan biridir. Huquq insonlar va
davlat o‘rtasida ishonch ko‘prigini yaratadi. Huquq ustuvor bo‘lgan jamiyatda adolat hukm
suradi, erkinlik qadrlanadi va taraqqiyotga yo‘l ochiladi. Demak, har qanday rivojlangan jamiyat

va kuchli davlat poydevorida aynan huquqiy tizim yotadi.

REFERENCES

1.

Davlat va huquq nazariyasi: darslik. 2021. 248 bet. Toshkent: TDYU, Sh.A.
SAYDULLAYEV

2.

Davlat va huquq nazariyasi, 2018 Odilqoriyev X.T.

3.

Davlat va huquq nazariyasi, 2009 / 2022 Odilqoriyev X.T.

4.

Davlat va huquq nazariyasi, 2000 Boboyev P.

References

Davlat va huquq nazariyasi: darslik. 2021. 248 bet. Toshkent: TDYU, Sh.A. SAYDULLAYEV

Davlat va huquq nazariyasi, 2018 Odilqoriyev X.T.

Davlat va huquq nazariyasi, 2009 / 2022 Odilqoriyev X.T.

Davlat va huquq nazariyasi, 2000 Boboyev P.