Authors

  • O’zbekxon Jo’rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108220

Keywords:

Yurist kasbi yuksak mas’uliyatni talab qiladi va bu kasbda insoniy fazilatlar bilan bir qatorda yuridik bilimlar ham muhim o‘rin tutadi.Har qanday yurist o‘z faoliyatida yuqori malaka va doimiy o‘sib boruvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.Zamonaviy yurist uchun soft skills (yumshoq ko’nikmalar) ya’ni muloqot tinglash va muammoni hal qilish qobiliyatlari judda muhim. Hard skills (qattiq ko’nikmalar) esa huquqiy hujjatlar tayyorlash qonunlarni tahlil qilish va sud jarayonlarida ishtirok etish kabi kasbiy bilim va amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.

Abstract

Ushbu maqolada muallif yurist uchun zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalar haqida fikrlar yuritgan. Yurist kasbi zamonaviy jamiyatda muhim o‘rin egallaydi, shu sababli bu sohada malakali mutaxassis bo‘lish judda muhimdir. Mijozlar bilan aloqa yuristning ishonchli, ochiq va tushunarli tarzda fikr bildira olish qobiliyatiga bevosita bog‘liq. Yuristning mijozlar bilan samarali muloqotda bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan soft skills (yumshoq ko’nikmalar) va hard skills (qattiq ko’nikmalar) haqida fikr yuritiladi.

background image

862

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

YURIST KASBIY FAOLIYATIDA MALAKA VA KO‘NIKMALARNING AHAMIYATI

Jo’rayev O’zbekxon Dilshodbek o’g’li

Farg’ona viloyat yuridik texnikumi o’quvchisi.

Telefon: +998908451200

E-mail:

jurayevxofiz@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15692585

Annotatsiya.

Ushbu maqolada muallif yurist uchun zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalar

haqida fikrlar yuritgan. Yurist kasbi zamonaviy jamiyatda muhim o‘rin egallaydi, shu sababli bu
sohada malakali mutaxassis bo‘lish judda muhimdir. Mijozlar bilan aloqa yuristning ishonchli,
ochiq va tushunarli tarzda fikr bildira olish qobiliyatiga bevosita bog‘liq. Yuristning mijozlar
bilan samarali muloqotda bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan soft skills (yumshoq ko’nikmalar) va
hard skills (qattiq ko’nikmalar) haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlari:

Yurist kasbi yuksak mas’uliyatni talab qiladi va bu kasbda insoniy

fazilatlar bilan bir qatorda yuridik bilimlar ham muhim o‘rin tutadi.Har qanday yurist o‘z
faoliyatida yuqori malaka va doimiy o‘sib boruvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.Zamonaviy
yurist uchun soft skills (yumshoq ko’nikmalar) ya’ni muloqot, tinglash va muammoni hal qilish
qobiliyatlari judda muhim. Hard skills (qattiq ko’nikmalar) esa huquqiy hujjatlar tayyorlash,
qonunlarni tahlil qilish va sud jarayonlarida ishtirok etish kabi kasbiy bilim va amaliyotlarni o‘z
ichiga oladi.

Anotasyon.

Bu makalede yazar, bir hukukçu için gerekli olan beceri ve yeterlilikler

hakkında görüşlerini dile getirmiştir. Hukuk mesleği modern toplumda önemli bir yer tutmakta
olup, bu alanda yetkin bir uzman olmak son derece önemlidir. Müvekkillerle iletişim,
hukukçunun güvenilir, açık ve anlaşılır bir şekilde fikir beyan edebilme yeteneğiyle doğrudan
ilgilidir. Makalede, hukukçunun müvekkillerle etkili iletişim kurabilmesi için gerekli olan soft
skills (yumuşak beceriler) ve hard skills (teknik beceriler) üzerine değerlendirmeler yapılmıştır.

Anahtar Kelimeler:

Hukukçu mesleği yüksek sorumluluk gerektirir ve bu meslekte insani

niteliklerle birlikte hukuki bilgi de önemli bir yer tutar. Her hukukçunun mesleki faaliyetlerinde
yüksek yeterliliğe ve sürekli gelişen becerilere sahip olması gerekir. Modern bir hukukçu için
soft skills yani iletişim kurma, dinleme, empati gösterme ve sorun çözme yetenekleri oldukça
önemlidir. Hard skills ise hukuki belgeler hazırlama, yasaları analiz etme ve mahkeme
süreçlerine katılma gibi mesleki bilgi ve uygulamaları kapsar.

Annotation.

In this article, the author discusses the skills and competencies necessary for

a lawyer. The legal profession holds an important place in modern society; therefore, being a
qualified specialist in this field is of great significance. Communication with clients is directly
related to a lawyer’s ability to express thoughts in a trustworthy, clear, and understandable
manner. The article explores the essential soft skills and hard skills required for effective
interaction between lawyers and their clients.

Keywords:

The legal profession requires a high level of responsibility, and in this field,

both human qualities and legal knowledge play an essential role. Every lawyer must possess a
high degree of professional competence and continuously developing skills throughout their
career. For a modern lawyer, soft skills — such as communication, active listening, empathy,
and problem-solving — are extremely important. Hard skills, on the other hand, include drafting
legal documents, analyzing laws, and participating in court proceedings, encompassing the
technical knowledge and practical experience required in legal practice.


background image

863

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Bugungi kunda huquqiy munosabatlarning murakkablashuvi, jamiyatda ijtimoiy ongning

oshib borishi va fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksalib borayotgan bir paytda, yurist
kasbiga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Huquqshunoslik sohasi nafaqat qonunlarni
chuqur o‘rganishni, balki insonlar bilan ishlashni, ularning ehtiyoj va muammolarini to‘g‘ri
anglay olishni ham talab etadi. Shu sababli zamonaviy yurist nafaqat nazariy bilimlarga, balki
amaliy tajriba va shaxsiy fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozim. Yurist kasbi o‘z tabiatiga ko‘ra
yuksak mas’uliyatni talab qiladi. Bu kasb egasi har bir qarorida nafaqat qonunlarga, balki
axloqiy me’yorlarga ham amal qilishi, odamlar bilan muomala jarayonida o‘zining ijobiy
sifatlarini namoyon eta olishi zarur. Shuning uchun bugungi huquqshunoslik amaliyotida
yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) va kasbiy ko‘nikmalar (hard skills) tushunchalari tobora
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Soft skills, ya’ni yumshoq ko‘nikmalar – bu yuristning
muloqotga kirisha olishi, mijozni tinglay bilishi, empatiya ko‘rsatishi, nizolarni tinch yo‘l bilan
hal qila olishi, jamoada ishlash qobiliyati kabi insoniy fazilatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
ko‘nikmalar mijozlar bilan ishonchli va barqaror munosabatlarni shakllantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Ayniqsa, sud jarayonlarida yoki nizoli holatlarda yuristning sabr-toqatli, mulohazali va
ehtiyotkor bo‘lishi muhim hisoblanadi.

Bundan tashqari, yurist o‘z faoliyatida yetarli darajadagi hard skills — ya’ni kasbiy bilim

va amaliy tajribaga ham ega bo‘lishi kerak. Bular qatoriga qonunlarni tahlil qilish, huquqiy
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, dalillarni tahlil qilish, sudda chiqish qilish va boshqa yuridik
jarayonlarni yuritish kiradi. Aynan ushbu kasbiy ko‘nikmalar yuristning professionalligini
belgilab beradi. Mazkur maqolada aynan ushbu ikki ko‘nikma — soft skills va hard skills —
ning huquqshunoslik sohasidagi o‘rni, ular

o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ularni rivojlantirish

yo‘llari atroflicha tahlil qilinadi.

Soft skills (yumshoq ko'nikmalar) mohiyati, uning huquqshunos mutaxassis

shakllanishdagi ro’li haqida tushunchaga ega bo’lishimiz kerak. Hech bir odam jamiyatdan ayri
holda yashay olmaydi. Jamiyat a'zolari turli shart-sharoitlar taqazosi bilan turfa munosabatlarga
kirishadi-lar. Mazkur munosabatlarning sal-moqli qismi esa ish, mehnat jarayoniga to'g'ri keladi.

Oliy o'quv yurtini tamomlagan mutaxassis mehnat bozoriga kirib borar ekan, uning

munosib ishga ega bo'lishi, ko'zlagan karyerasiga erishishi uchun ta'lim muassasasida olgan
bilimlari kifoya qiladimi? Albatta, yo'q!

Buning boisi shundaki, ta'lim muassasasida o'tilayotgan fanlardagi bilimlar muayyan

faktlar, ma'lumotlar bazasini o'zlashtirish va ularni tahlil etish natijasida olinadi. Biroq ularda
shaxslararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish masalalari to'liq qamrab olinmaydi. Holbuki,
bugungi globallashgan va bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda ish beruvchilar ishga
olayotgan insonlarning ular qay darajada shaxslararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'ya
olishlariga e'tibor qaratmoqdalar. Ular aynan shu xususiyat orqali kompaniyasi rivojlanishi,
mijozlar ishonchini oqlash va ular sonining ko'payishiga erishish mumkinligini yaxshi biladilar.
Shu o'rinda "shaxslararo" so'zi orqali aynan qaysi shaxslar o'rtasidagi munosabatlar nazarda
tutilayotganini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilar:

1. Ish beruvchilar va xodimlar o'rtasidagi munosabatlar. Ya'ni, ijtimoiy maqomi (statusi)

teng bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi aloqalar.

2. Xodimlarning o'zaro munosabatlari. Odatda, bunday munosabatlar xodimlar jamoaviy

ishlarga jalb etilganda namoyon bo'ladi.

3. Xodimlar va ular faoliyat olib boradigan korxona, kompaniya mijozlari o'rtasidagi

munosabatlar. Shaxslararo munosabatlar boshqa doiradagi shaxslar o'rtasida ham mavjuddir.


background image

864

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Masalan, ikki talaba o'rtasida yoki o'qituvchi va talabalar o'rtasida. Shaxslararo

munosabatlarda muvaffaqiyat qozonish ko'p omillarga bog'liq. Ulardan birortasiga rioya etmaslik
ushbu munosabatlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, bugungi insoniyat axborotlashgan
jamiyatda yashamoqda. Bu esa bajariladigan ko'plab ishlarni axborot texnologiyalarini qo'llagan
holda amalga oshirish imkonini beryapti. Shunday bo'lishiga qaramay, tashkilot xodimlari
kundalik stressga duch kelmoqdalar. Bu hol ishning odatdagi hajmdan ortib ketishi natijasida
yuzaga keladi. Ish hajmining ortishi xodimlarning kayfiyatiga va ularning o'zaro
munosabatlariga salbiy ta'sir etadi.

Shuningdek, bugungi kunda ko'plab insonlar vaqtni to'g'ri taqsimlashga qiynalishadi.
Vazifalarni belgilangan vaqt oralig'ida bajarishga ulgurish mushkul bo'lgan holatga

tushish natijasida tashkilot xodimlari va rahbarlari o'rtasida ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelishi
ham kundalik hol. Shunday holga tushmaslik uchun esa xodimlar vaqtni va stressni boshqarish
ko'nikmalariga ega bo'lishlari muhimdir. Zero, bu ko'nikmalar ham shaxslararo munosabatlarni
to'g'ri tashkil etishga kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Shuni ta'kidlash joizki, bugungi O'zbekistonning iqtisodiyoti bozor munosabatlariga

asoslangan bo'lishi faqatgina iqtisodiy-huquqiy islohotlargagina bog'liq emas. Bunda, eng
avvalo, inson faktori muhim rol o'ynaydi. Boshqacha aytganda, odamlarning dunyoqarashi
hamda jamiyatga, boshqa shaxslarga munosabati ham bozor iqtisodiyotiga mos bo'lishi darkor.

Aslida ayni shu jihatlar jamiyatga tom ma'nodagi bozor iqtisodiyoti ruhining kirib

kelishiga sababchi bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti jamiyatni raqobat muhitida hayot kechirishga
chorlaydi, hatto, majburlaydi. Raqobat esa faqatgina moddiy ishlab chiqarishda emas, balki
shaxslararo munosabatlarda zaruriy ko'nikmalarni shakllantirganlik va rivojlantirganlik
darajasida ham aks etadi. Ya'ni, odamlar shaxslararo munosabatlarda qanchalik muvaffaqiyatli
harakat qilsalar, o'zi ishlayotgan tashkilotlarning rivojlanishiga shunchalik hissa qo'sha oladilar.

Shu sababdan ham rivojlangan mamlakatlarda ish beruvchilar aynan mana shu

xususiyatga ega kadrlarni izlaydilar.Huquqiy ko'nikmalarga doir bilimlarni o'rganishdan bosh
maqsad ham aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxslararo munosabatlardagi zarur
ko'nikmalarni o'zlashtirish yoki ularni rivojlantirishdir.

Bugungi sharoitda ish beruvchilar maqsadni aniq qo'ya biladigan, vazifalarni belgilangan

muddatda bajara oladigan, stressga bardoshli, jamoada samarali ishlay olish va liderlik
qobiliyatiga ega bo'lgan, hamkasblari va mijozlarni, fuqarolarni faol tinglab tushuna oladigan
hamda ular bilan to'g'ri munosabatda bo'la oladigan shaxslarni ishga olishni istamoqdalar. Shu
bois, ish beruvchilar ishga olishda o'tkaziladigan intervyu-suhbatda bo'lajak xodimlar aynan
shunday ko'nikmalarga ega ekanliklarini sinash maqsadida maxsus savollar bermoqdalar.

Ayniqsa, rivojlangan davlatlarda bunga jiddiy e'tibor qaratiladi. Chunki oliy ta'lim

muassasasini tamomlagan mutaxassisni u o'qigan fanlar doirasida savollar berib ishga qabul
qilish uning tashkilotda, jamoada shaxslararo munosabatlarni to'g'ri tashkil etgan holda ishlab
ketishiga kafolat bo'lolmaydi. Shu sabab, oliy ta'lim muassasasi tomonidan fanlar yuzasidan
qo'yilgan baholarga ishonch bildirilgan holda, asosiy e'tibor ishga kirish istagidagi nomzodda
shaxslararo munosabatlarda zarur bo'ladigan ko'nikmalar qay darajada ekanini aniqlashga
qaratiladi. Shunday ekan, huquqiy ko'nikmalar modulidagi mavzularni puxta o'zlashtirish
jarayonida quyidagi natijalarga erishishish mumkin bo'ladi. Huquqiy ko'nikmalar; Karyerani
muvaffaqiyatli boshlash, Ishga kirishda suhbatdan muvaffaqiyatli o'tish Ish beruvchilarning
bo'lajak xodimlaridan kutadigan ijtimoly talablarini qondirish, Bozor iqtisodiyoti talablariga
shaxslararo munosabatlar nuqtayi nazaridan javob berish.


background image

865

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, shaxslararo bo'lajak xodim, balki

munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish nafaqat bo'l jamiyatning barcha a'zolari uchun manfaatlidir.

Buning boisi shundaki, ish beruvchi ham qaysi bir sharoitda mijozga aylanadi.
Ya'ni, u ham tovar sotib olish, xizmatni iste'mol qilish uchun boshqa ish beruvchilarning

xodimlari bilan munosabatlarga kirishadi. Va aksincha, bugungi oddiy xodim orttirgan tajribasi
tufayli muayyan mansabni egallashi yoxud o'z kompaniyasiga asos solishi natijasida ish
beruvchiga aylanishi mumkin. Demak, shaxslararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish uchun
zarur bo'lgan ko'nikma va malakalar tizimi "yumshoq" ko'nikmalar, ya'ni ingliz tilida "soft
skills" deb nomlanadi. Shaxsiyatida ayni ko'nikmalar ertaroq rivojlangan kishilarning karyerada
muvaffaqiyat qozonish ehtimoli juda yuqoridir. Soft skills (yumshoq ko'nikmalar) shaxslararo
munosabatlarni to'g'ri, maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va olib borishda zarur bo'ladigan
malaka hamda ko'nikmalar tizimidir.

Bunday malaka va ko'nikmalar "hayotiy ko'nikmalar" deb ham ataladi. Shaxs ushbu

malaka va ko'nikmalarni o'zida rivojlantirgani sayin uning shaxsiy rivojlanishi ham yuqorilab
boradi. Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya modulining predmetini shaxslararo
munosabatlarni to'g'ri, maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va olib borishda zarur bo'ladigan
malaka hamda ko'nikmalar tashkil etadi. Soft skills aynan qanday ko'nikma va malakalar
tizimidan iborat?

Soft skillslar juda keng. Tahlillar uning predmetini quyidagilar tashkil etishini

ko'rsatmoqda. Ularni ushbu sxema orqali tasvirlash mumkin. MAQSADNI BELGILASH,
O'ZIGA BO'LGAN ISHONCHNI SHAKILLANTIRISH TANQIDIY MUSHOHADA
YURITISH, O'ZGANI HOLATINI HIS ETISH, MULOQOT, MOSLASHUVCHILIK,
STRESSNI YENGISH, LIDERLIK, JAMOADA ISHLASH, JAVOBGARLIKNI HISH ETISH,
MUAMMOLARGA YECHIM BERISH, KREATIVLIK,VAQTNI TO'G'RI BOSHQARISH VA
H.K. Yuqoridagilar orasida maqsadni belgilash, o'ziga bo'lgan ishonchni shakllantirish, stressni
yengish, javobgarlikni his etish, to'g'ridan to'g'ri bo'lmasa-da, bilvosita shaxslararo
munosabatlarni to'g'ri tashkil etishga ta'sir ko'rsatadi. Shu sabab, ular "soft skills" tarkibida
sanalmoqda."Soft skills" kishining mutaxassis sifatida shakllanishda katta ahamiyatga ega. Shaxs
mehnat bozorida nafaqat professional malaka va ko'nikmalar orqali, balki yuqori saviyadagi va
samarali shaxslararo munosabatlarda zaruriy malaka va ko'nikmalarni namoyish etish orqali
kasbiy o'sishga erishishi, tajriba orttirib karyera qila olishi mumkin.Bundan tashqari, odamlar har
qanday mutaxassis bilan suhbatlashishda, eng avvalo, uning muomalasiga e'tibor qaratadilar. Bu
inson tabiatiga xos jihatdir. Biron inson haqidagi ijobiy taassurot ayni shaxslararo
munosabatlarni to'g'ri tashkil eta olishdan kelib chiqadi.Bo'lajak yurist talabalar buni anglab
yetishlari zarur.

Garvard να Stenford universitetlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, karyera

borasida erishiladigan muvaffaqiyatlarning atigi 15% "hard skills" va 85% "soft skills" hisobiga
to'g'ri keladi. Kimlardir tomonidan "soft skills"ga e'tibor kamroq qaratilishi mumkin, ammo
aynan u kayeraga erishish yoki uni barbod qilishda asos bo'lishini unutmang.Yuristlar uchun
"soft skills" qay darajada muhim?Yuristlar ham, boshqa aksariyat kasb egalari singari, mijozlar
bilan ishlaydilar. Ya'ni yuristlar mijozlar bilan shaxslararo munosabatga kirishadilar. Binobarin,
o'zlari yollanib ishlayotgan yuridik firma yoki biron muassasa va kompaniyada yuridik xizmatni
amalga oshirish jarayonida ular ushbu muassasa va kompaniyaning rahbarlari, jamosi bilan
shaxslararo munosabatga kirishadilar. Demak, yuristlar o'z faoliyati davrida ikki xil guruhdagi
shaxslar doirasi bilan shaxslararo munosabatga kirishadilar. Bular:


background image

866

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

1. Mijozlar.2. Muassasa va idora rahbarlari, jamoasi (hamkasblar).
Kasbiy yuksalib borishda yuristlardan mijozlar, shuningdek muassasa va kompaniya

rahbarlari hamda hamkasblar bilan shaxslararo munosabatlarga muvaffaqiyatli tarzda kirishish
talab etiladi. Shu o'rinda hayotiy savol tug'iladi: yuristlar buning uddasidan qay darajada
chiqmoqdalar? Rendel Kayser tomonidan taqdim etilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatganki,
so'rov olib borilgan mijozlarning 69 foizi fikricha, yuristlar mijozlarga xizmat qilishdan ko'ra
ko'proq pulga qiziqadilar. Mijozlarning 57 foizi aytishicha, yuristlar mijozlar manfaatidan ko'ra
o'z manfaatlarini ustun qo'yadilar. Mijozlarning 53 foizi yuristlar ishlarni hal etish va ko'rib
chiqish qanday ketayotgani haqida ma'lumot berib turishlaridan qoniqish hosil qiladilar. 56 foiz
mijozlar yuristlar ishni yetarlicha tez bajarishidan qoniqish hosil qilganlar. Ayni paytda
yuristlarning 80 foizi o'zlari tomonidan ko'rsatilayotgan ko'rsatilayotgan xizmatlarni yuqori
darajada deb hisoblaydilar, ammo faqatgina 40 foiz mijoz buni tasdiqlaydi.Shuningdek, 91 foiz
yuristlar mijozlarni diqqat bilan tinglayman, ularning umid hamda ehtiyojlarini hisobga olaman,
deb o'ylaydilar, ammo 66 foiz mijozgina buni tasdiqlaydi. Yuridik firmalarning 62 foizi o'zlari
ko'rsatayotgan xizmatlarni a'lo darajada deb hisoblaydilar, ammo buni mijozlarining 19 foizi
tasdiqlaydi, xolos.Yuqoridagi holatlar shundan dalolat beradiki, garchand yuristlar mijozlar bilan
shaxslararo munosabatlarda yuqori ko'rsatkichlarga ega ekanliklariga ishonsalar-da, bu holat
mijozlar e'tirofi bilan o'z tasdig'ini topmaydi. Bu holat yuristlarning yetarlicha "soft skills"ga ega
emasligidan, demakki, ularni rivojlantirishlari lozimligidan darak beradi.

Yurist kasbiy faoliyatida malaka va ko‘nikmalarning ahamiyati beqiyosdir. Huquqshunos

nafaqat qonunchilikni mukammal bilishi, balki bu bilimlarni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olishi,
turli vaziyatlarda professional va odobli tarzda muloqot yurita olishi bilan ajralib turadi. Bugungi
kunda soft skills va hard skills ko‘nikmalari yuristning professional darajasini belgilovchi asosiy
mezonlardan biri hisoblanadi. Soft skills — bu yuristning odamlar bilan ishlashdagi madaniyati,
mijozning ishonchini qozona olishi, murakkab holatlarda murosaga kelish va mohirona yechim
topish qobiliyatidir. Hard skills esa yuridik tahlil, hujjatlar tayyorlash, qonunlarga izoh berish va
sud muhokamalarida qatnashish kabi kasbiy faoliyatni tashkil etuvchi asosiy bilim va
ko‘nikmalardir. Shu bois, huquqshunoslik ta’limi jarayonida bu ko‘nikmalarni rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish,
shuningdek, kommunikativ va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha maxsus metodik
yondashuvlarni joriy etish zarur.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy yurist nafaqat bilimli, balki malakali, ko‘p qirrali va

insoniy fazilatlari bilan ajralib turadigan mutaxassis bo‘lishi lozim. Aynan ana shunday yuristlar
jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

REFERENCES

1.

Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya darslik Toshkent, TDYU, 2022

2.

“Yurist kasbiga kirish” Mualliflar: A.R. Xolmatov, M.Q. Jo‘rayev

3.

Nashr joyi: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2020

4.

“Shaxsiy rivojlanish va muloqot madaniyati” (o‘quv qo‘llanma)

5.

Mualliflar: TDYU o‘qituvchilari jamoasi

6.

Nashr joyi: Toshkent, TDYU, 2023

References

Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya darslik Toshkent, TDYU, 2022

“Yurist kasbiga kirish” Mualliflar: A.R. Xolmatov, M.Q. Jo‘rayev

Nashr joyi: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2020

“Shaxsiy rivojlanish va muloqot madaniyati” (o‘quv qo‘llanma)

Mualliflar: TDYU o‘qituvchilari jamoasi

Nashr joyi: Toshkent, TDYU, 2023