Authors

  • O’zbekxon Jo’rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.97567

Keywords:

Konstitutsiya asosiy qonuni qanday maqsadda yaratilganligi asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligi shu haqida soʻz yuritar ekanmiz. Asosiy yoʻnalish sifatida eʼtirof qilib xalqimizning manfaatlarini taʼminlash himoyalash va huquqiy tenglik tamoyilini kafolati sifatida davlat konstitutsiya bilan ish yuritadi.

Abstract

Ushbu maqolada muallif konstitutsiya haqida fikrlar yuritgan Oʻzbekiston bu borada qanday yoʻl tutdi. Yangi Oʻzbekiston mustaqillik yillarida xalqimizning manfaatlarini koʻzlab siyosiy konstitutsiya qabul qilgani haqida fikrlar bayon etgan.

background image

1488

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

KONSTITUTSIYA DAVLATNING BOSH QONUNIDIR

Jo’rayev O’zbekxon Dilshodbek o’g’li

Farg’ona viloyat yuridik texnikumi o’quvchisi

Telefon: +998908451200

E-mail

jurayevxofiz@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15522461

Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif konstitutsiya haqida fikrlar yuritgan Oʻzbekiston

bu borada qanday yoʻl tutdi. Yangi Oʻzbekiston mustaqillik yillarida xalqimizning manfaatlarini
koʻzlab siyosiy konstitutsiya qabul qilgani haqida fikrlar bayon etgan.

Kalit so’zlari: Konstitutsiya asosiy qonuni qanday maqsadda yaratilganligi asosiy

maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligi shu haqida soʻz yuritar ekanmiz. Asosiy
yoʻnalish sifatida eʼtirof qilib xalqimizning manfaatlarini taʼminlash himoyalash va huquqiy
tenglik tamoyilini kafolati sifatida davlat konstitutsiya bilan ish yuritadi.

Abstract. In this article, the author reflects on the constitution, and how Uzbekistan has

acted in this regard. He expressed his opinion that during the years of independence, New
Uzbekistan adopted a political constitution for the interests of our people.

Key concepts: We are talking about the main purpose and tasks of the constitutional law.

Recognizing as the main direction the protection of the interests of our people and the guarantee
of the principle of legal equality, the state works with the constitution.

Аннотация. В этой статье автор размышляет о конституции и о том, как

Узбекистан действовал в этом отношении. Он выразил мнение, что в годы
независимости Новый Узбекистан принял политическую конституцию, отвечающую
интересам нашего народа.

Ключевые понятия: Речь идет об основной цели и задачах конституционного

права. Признавая главным направлением защиту интересов нашего народа и обеспечение
принципа юридического равенства, государство работает с конституцией.

Konstitutsiya asosiy qonuni qanday taʼriflanadi bu davlatning asosiy bosh qonuni. U

davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda
shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud
tizimini, advokatura, prokuratura sohalaridagi bilimlarni belgilab beradi. Konstitutsiya barcha
joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya haqida soʻz yuritilganda birinchi oʻrinda
muqaddimaga qarashimiz shart. Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasida muqaddimasida
shunday deyilgan.

Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib,
demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni
namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat
hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida
hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda, degan jumlasi katta
ahamiyatga egadir. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bu soʻzlar oltinga tengdir.
Milliy urf-odatlari anʼanalari mavjudligi unga amal qilish shartligi, insoniylik qadriyatlarga
tayanib ish yuritish eng katta masʼuliyatli ishdir. Yangi Oʻzbekiston shiori ostida yangi
konstitutsiya yangilanishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Eng kerakligi xalq referendum orqali
oʻtkazilgan asosiysi xalq rozi boʻlganligi uchun tasdiqlandi.

Mazkur yangi tahrirdagi


background image

1489

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston
Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. Oʻzbekiston
Respublikasi konstitutsiyasida 1- moddasiga asosan davlat shakli shakllanishi belgilab qoʻyildi.

O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik,

huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston”
degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

2-moddasiga asosan Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.

Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Shu oʻrinda
hozirgi Prezidentimizning soʻzlarini eslashimiz toʻgʻri deb bildik, Xalq davlat organlariga emas,
davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan vaqt keldi” — Shavkat Mirziyoyev Prezident
amaldorlarga fuqarolarning har qanday muammolarini hal etish davlatning asosiy
majburiyatlaridan biri ekanini eslatib o‘tdi. Bu qanchalik adolatlidir.

3-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-

hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini
amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
Davlatning shakllantirish uchun uning xalqi va hududi daxlsizligi boʻlishi shartdir Yangi
Oʻzbekiston ham shu borada konstitutsiyada qatʼiy belgilab qoʻyildi.

4-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston

Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va
an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Barcha
xalqlarning tili dini millat shaʼni qadr-qimmati erkinligi himoyalangan jamiyatda fuqarolar
kelajakka ishonch bilan qarashiga asos boʻladi shu oʻrinda qonunchilik borasida belgilanishi
aytilgan

5- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat

ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir. Albatta
bizning davlatimiz yangi Oʻzbekiston ham bu borada xalqimizning qadimiy milliy qadriyatlar
uygʻunligi bilan bir-biridan ajoyib shakllangan xalqimiz bemalol davlatimiz bayrogʻini uylariga
osib qoʻyishlari bemalol etib qoʻyildi. Ammo davlat bayrogʻini ulugʻlab ardoqlab, avaylash
sharti bilandir.

O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyani yaratish haqidagi ilk g'oya

Respublikamizning 1990-yil mart oyida bo'lib o'tgan XII chaqiriq Oliy Kengashning birinchi
sessiyasidayoq aytilgan edi. O'zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda e'lon qilingan
"Mustaqillik deklaratsiyasi" mamlakatimiz yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqishga asos bo'ldi.
O'sha kuniyoq Oliy Kengash O'zbekiston Prezidenti boshchiligida 64 kishidan iborat
konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga deputatlar davlat hamda jamoat
tashkilotlari, korxonalar xo'jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar mutaxassislar
kirdi. Va Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan konstitutsiyaning konsepsiyasi ustida ish
boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi: O'zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv
institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi
guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos sifatida qabul qilindi. Konstitutsiya loyihasining
dastlabki varianti 1991-yil 3-choragida tayyorlab bolindi. U muqaddima, olti bo'lim, 158
moddadan iborat bo'ldi.

Bu orada 1991-yil 31-avgustda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishdi. Buning

asosi sifatida Ozbekiston Respublikasining "Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonuni


background image

1490

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

qabul qilindi. Mazkur hujjatga 1991-yil 30-sentabrda Konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi.[1]
Qonunda xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat
bo'linishi, mamlakatning hududiy yaxlitligi kabi prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu demokratik
prinsiplar Konstitutsiya mazmunidan joy oldi. Shu kuni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining sessiyasida "Davlat Mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti» ham
e'lon qilindi. Shunga qaramasdan dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi.
1992-yil bahorda Konstitutsiya loyihasining 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab
chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi
bolib otdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risida axborot tinglandi.
Shu tariqa ishchi guruh tomonidan Konstitutsiya loyihasining uchinchi varianti tayyorlandi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ishlovlardan so'ng Konstitutsiyaviy
komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon
qilindi. Umumxalq muhokamasi qariyb uch oy davom etdi. Unda mamlakatda yashovchi turli
millat vakillari ishtirok etdi. Matbuotda, radio va televideniye orqali, korxona, muassasa hamda
tashkilotlardagi yig'ilishlarda, auditoriyalarda qizg'in muhokamalar bo'lib o'tdi. Konstitutsiyaviy
komissiya dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida muhokama qilingan loyiha
fuqarolar taklif va mulohazalari asosida qayta tuzilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom
ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qilindi.

Ayni vaqtda umumxalq muhokamasi davomida loyihani yaxshilashga doir ko'plab taklif

va mulohazala bildirildi. Konstitutsiya komissiyasining o'zigagina 6 mingdan ortiq taklif va
mulohaza tushdi. Tushgan taklif va mulohazalarning hammasi atroflicha puxta o'rganildi hamda
loyiha ustidagi ishlarni davom ettirish chog'ida ulardan foydalanildi. Konstitutsiyaviy
komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushdi. Respublika
matbuotining o'zida Konstitutsiya loyihasiga bag'ishlangan yuzdan ortiq materiallar e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida muhokama qilish uchun

kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o'zgartishlar, qo'shimchalar taklif etildi va
aniqliklar kiritildi. Ularning ayrimlari muhim ahamiyatga ega edi. Parlament sessiyasining ishi
davomida deputatlar ham bir unga qator o'zgartishlar kiritdilar. Ularning ayrimlari muhim
ahamiyatga ega edi. Parlament sessiyasining ishi davomida deputatlar ham bir unga qator
o'zgartishlar kiritdilar.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi dunyoga kelishiga asosan ikkita omil sabab

bo'ldi. Shulardan biri jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo'li, yangi taraqqiyotdagi
umumiy qonuniyatlar va yonalishlarga muvofiq ravishda O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga
kirib

borishi

bo'ldi.

O'zbekistonning

davlat

mustaqilligi

O'zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilinishini taqozo etgan ikkinchi omil boldi. O'zbkiston
Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishning tarixiy zaruratiga qoyidagilar kiradi: - sobiq
Ittifoqda paydo bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tanglik; - O'zbekiston Respublikasini o'z
mustaqilligini qo'lga kiritishi hamda dunyo xaritasida yangi suveren O'zbekiston Respublikasini
tashkil topishi; "Mustaqillik deklaratsiyasi"ni va "Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi
konstitutsiyaviy qonunni qabul qilinishi Konstitutsiyani qabul qilishga huquqiy asos boldi:-
O'zbekiston xalqi o'z oldiga huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurishni maqsad
qilib qo'ydi; Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi Asosiy Qonun sifatida davlatni
davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi muqarrar.

Sobiq Rus davlati tarkibiga oʻzbek davlati kirgan paytlar xalqimizning qora kunlari

albatta tariximizdan oʻchmasdir. Inson huquqlari buzilishining eng oliy maqsadlari edi sobiq


background image

1491

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

sovet Ittifoqi judda ham zolim hukmdorlar tomonidan boshqarilgan. Bu ezilib ketgan xalq
xozirda mustaqil oʻzining shaʼni qadr-qimmati erkinligi himoyalangan jamiyatda yashayabdi.
Yangi Oʻzbekiston mustaqillik yillarida xalqimizning manfaatlarini taʼminlash himoyalash
usullari ancha mustahkamlab qoʻyildi bu albbat bosh qonun konstitutsiyadir bu xalqimizning
oʻzbekona milliy qadriyatlar uygʻunligi ruhida oʻz xalq ovozi bilan tasdiqlangan
konstitutsiyamiz bordir. Oʻzbekiston Respublikasi Yangi tahrirlangan konsultatsiyasida shaxsiy
huquqlar va erkinliklar boʻlimida shunday belgilangan. 25- moddasiga asosan:

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi.

Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi. Bu borada inson oʻz joniga qast

ham qilolmaydi va davlatda qonunan oʻlim jazosi yoʻqdir deb belgilanishi shu darajada
konstitutsiya xalq manfaatlarini koʻzlagan qonunligidir.

26- moddasiga asosan:

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni

kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson

qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
Konstitutsiya asosiy qonuni eng zaril kerakli qonunligi yaqqol isbotidir. Chunki barcha

qonunlar konstitutsiya asosida tuziladi va undan chetga chiqish va zid kelmasligi qonunan
belgilab qoʻyildi. Bunday holatlarda Konstitutsiyaviy sudi koʻrib oʻrganib chiqadi. Davlatni
adolatli boshqarish ham tabiyki konstitutsiyaga tayanib undan chetga chiqmasdan, boshqarilishi
shartligi, insoniylik qadriyatlarga tayanib ish koʻrishligi shartdir.

REFERENCES

1.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni
o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul
qilingan.

2.

O.T. HUSANOV KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ Darslik

3.

Husanov O.T., 2020-y., 2021-y., 2022-y. © «Yuridik adabiyotlar publish», 2020-y.,
2021-y., 2022-y

Mundarija

Ewfr3r23rr32r24u664u

References

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

O.T. HUSANOV KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ Darslik

Husanov O.T., 2020-y., 2021-y., 2022-y. © «Yuridik adabiyotlar publish», 2020-y., 2021-y., 2022-y