Authors

  • Malik Rashidov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107192

Keywords:

O’zbekiston viloyatlar qishloq xo’jaligi iqtisodiy o’zgarishlar ijtimoiy o’zgarishlar modernizatsiya mahsulot ishlab chiqarish eksport investitsiyalar qishloq infratuzilmasi texnologik yangilanish.O’zbekiston texnologik yangilanish.

Abstract

Ushbu tezisda O’zbekiston viloyatlaridagi qishloq xo’jaligi sektoridagi ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar tahlil qilinadi. Viloyatlar misolida, mahsulot ishlab chiqarish va eksportdagi o’zgarishlar, iqtisodiy o’sish va investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil etiladi. Biroq, ayrim hududlarda texnologik rivojlanishning pastligi, infratuzilma muammolari va malakali ishchi kuchi yetishmasligi kabi muammolar mavjud. Ushbu maqola, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun kelajakdagi islohotlar va strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi.

background image


Iyun, 2025-Yil

367

O’ZBEKISTON VILOYATLARIDAGI QISHLOQ XO’JALIGI SEKTORIDA IJTIMOIY

VA IQTISODIY O’ZGARISHLAR

Rashidov Malik Shavkat o’g’li

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration - MBA)

(General) mutaxassisligi sirtqi ta’lim shakli 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15679825

Annotatsiya. Ushbu tezisda O’zbekiston viloyatlaridagi qishloq xo’jaligi sektoridagi

ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar tahlil qilinadi. Viloyatlar misolida, mahsulot ishlab chiqarish va

eksportdagi o’zgarishlar, iqtisodiy o’sish va investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha amalga oshirilgan

chora-tadbirlar tahlil etiladi. Biroq, ayrim hududlarda texnologik rivojlanishning pastligi,

infratuzilma muammolari va malakali ishchi kuchi yetishmasligi kabi muammolar mavjud. Ushbu

maqola, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun kelajakdagi

islohotlar va strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Kalit so’zlar: O’zbekiston, viloyatlar, qishloq xo’jaligi, iqtisodiy o’zgarishlar, ijtimoiy

o’zgarishlar, modernizatsiya, mahsulot ishlab chiqarish, eksport, investitsiyalar, qishloq

infratuzilmasi, texnologik yangilanish.

Kirish

O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lmish qishloq xo’jaligi sohasining

viloyatlar darajasida rivojlanishi, mamlakatning umumiy iqtisodiy barqarorligi va aholi

farovonligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi sektori nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini

ta’minlash, balki ish o’rinlarini yaratish va mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishda ham

muhim rol o’ynaydi. O’zbekistonda qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va rivojlantirish

borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, viloyatlar o’rtasida qishloq

xo’jaligini rivojlantirishda turlicha ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud.

Ushbu maqolada O’zbekistonning turli viloyatlaridagi qishloq xo’jaligi sektoridagi ijtimoiy

va iqtisodiy o’zgarishlar baholanadi va bu o’zgarishlarning mamlakat rivojiga ta’siri tahlil qilinadi.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko’p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish majmuidan iborat bo’lib,

uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg’i, mashinasozlik, rangli va qora

metallurgiya, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar

turlariga kiradi.


background image


Iyun, 2025-Yil

368

O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo’lgan

imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy-geografik sharoitning qulayligi,

zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum

yerlarimiz borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning tarmoqlarini rivoj

topishiga olib keldi.

Respublikamiz iqtisodiyoti o’zining ma’lum tarixiga ega. Sobiq SSSR mavjudligida

hayotning barcha jabhalari, shu jumladan iqtisodiy hayot markaz tomonidan “tartibga” solinib

turilar edi. Respublika uchun dolzarb bo’lgan muammo-masalalarni o’z erki bilan hal etish

huquqidan mahrum edi. Qator asosiy boyliklarimiz, jumladan oltin, paxta kabilarning taqdiri

markaz ixtiyorida bo’lgan. O’sha davrda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida

nomutanosiblik vujudga keldi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan kamchilik-nuqsonlarni

tugatish borasida muhim chora-tadbirlar amalgam oshirildi. Hayotimizning barcha jabhalarida, shu

jumladan iqtisodiyotda katta ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi.

Ma’lumki, bozor iqtisodsiyotiga o’tish jarayoni turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar

negizida ro’y beradi va asta-sekin rivojlanib boradi. Shu bilan birga bunday mamlakatlarning har

biri bu borada o’ziga xos ayrim xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo’jalik tarkibi va yo’nalishi,

mamlakatning geografik o’rni, tabiiy-iqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklari, milliy-urf odatlar,

aholi an’analari bilan belgilanadi. Aytib o’tilgan ana shu omillar e’tiborga olinib Respublikamizda

bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos modeli shakllantirilgan. Ushbu modelning eng asosiy

tomonlari mamlakatimiz Prezidenti asarlari va farmonlarida, davlat tomonidan qabul qilingan

qonunlar, hukumat qarorlarida o’z aksini topgan.

Bozor iqtisodiyoti talablari asosida Respublikada o’rta va kichik biznes faoliyati,

tadbirkorlik, ishbilarmonlik keng tus olmoqda, mulkchilikning turli shakllari vujudga kelmoqda,

ishlab chiqarishda davlat tasarrufidagi faoliyatlar doirasi toraya borib nodavlat sohasi keng

rivojlanmoqda. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi ustivor masalalarni hal etish,

ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish

hamda aholi farovonligini ko’tarish borasida zarur sharoitlar yaratish imkonini bermoqda.

Har qanday mamlakat iqtisodiyotining salohiyati, avvalo, uning tarkibidagi sanoat ishlab

chiqarishining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Sanoat shaharlarning vujudga kelishi va

rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, transport hamda hududiy ishlab chiqarish majmualarining

shakllanishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.


background image


Iyun, 2025-Yil

369

Mamlakatimiz sanoati milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan bo’lgan paxtachilik,

ipakchilik kabilarning talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil topdi va rivojlandi.

Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o’ta boorish tufayli

Respublika sanoat tarmoqlari asta-sekin takomillashib, o’zaro bog’langan majmua shaklini

olmoqda. O’zbekiston sanoati respublikada mavjud bo’lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan, tez

o’sib borayotgan mehnat resurslaridan oqilona foydalanish asosida rivojlanmoqda. Respublikada

yer bag’ridan topilgan va ishga tushirilgan tabiiy gaz, oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, ko’mir

va boshqa boyliklar bu borada ayniqsa katta ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy sanoat

mahsulotlarining umumiy hajmida sanoatning ulushi kamaya borib, qayta ishlovchi sanoat hissasi

ortib bormoqda.

O’zbekiston sanoatida yetakchi o’rinni og’ir sanoat egallab kelmoqda. Ma’lumki, sanoat

tarkibiga yoqilg’i-energetika majmuasi, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik majmuasi,

qurilish materiallari sanoati kabilar kiradi.

1-jadval

O’zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi

Sanoat tarmoqlari

Jamiga nisbatan foiz

Elektr energetika

10,2

Yoqilg’i sanoati

13,3

Rangli metallurgiya

8,9

Qora metallurgiya

1,0

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash

11,7

Kimyo- va neft-kimyo sanoati

5,4

Yog’ochsozlik va selyuloza qog’oz sanoati

1,2

Qurilish materiallari sanoati

5,5

Oyna, chinni, fayans buyumlari sanoati

0,3

Yengil sanoat

17,3

Oziq-ovqat sanoati

13,6

Un tortish, yorma-omuxta sanoati

9,0

Boshqa sanoat tarmoqlari

2,6

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda ko’rinib turibdiki, butun sanoatning qariyb uchdan ikki

qismini og’ir sanoat tashkil etadi. Og’ir sanoat milliy iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yangi

texnika va texnologiya bilan ta’minlaydi, transport vositalari va qishloq xo’jaligini tarmoqlarini

qayta qurish negizi bo’lib hisoblanadi. Ammo og’ir sanoat mohiyati va uning tutgan o’rni bu bilan

chegaralanmaydi. U aholining turli-tuman mahsulotlarga bo’lgan talab-ehtiyojini qondirishda,

uning moddiy farovonligini oshirishda ham ahamiyatga ega. Milliy iqtisodiyotning eng muhim


background image


Iyun, 2025-Yil

370

tarmog’i bo’lgan og’ir sanoat yengil, oziq- ovqat sanoatlari va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini

fundamenti hisoblanadi.

Og’ir sanoat tarmoqlari orasida

elektr energetika sanoati

yetakchi o’rinlardan birini

egallaydi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining bosh omili va asosi aynan elektr energiya sanoatidir.

Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning biron sohasini yoki umuman kundalik hayotimizni bu

tarmoqsiz tasavvur qilish qiyin. Elektr quvvatining asosiy qismi Respublikada qad ko’targan qator

yirik issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Bunday stansiyalar jumlasiga Sirdaryo,

Toshkent, Navoiy, Angren, Taxiatosh IES lari kiradi. O’zbekiston energetika sistemasi umumiy

o’rnatilgan quvvati 11,3 mln. kVt. bo’lgan 37 issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarida yiliga 55

mlrd. kVt. soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab ciqaradi. 1923 yildan Toshkent shahri yaqinida

Bo’zsuv kanalida GES qurilishi boshlandi va u 1926 yil 1 mayda ishga tushdi.

Yoqilg’i sanoati.

Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o’rin tutayotgan

sanoat tarmoqlari qatorida yoqilg’i sanoati alohida mavqega ega. Ushbu tarmoq asosan tabiiy gaz,

neft, ko’mir chiqarishni o’z ichiga oladi. O’zbekiston tabiiy gazning katta zahiralariga ega.

Respublikada gaz qazib olish yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, 1991 yili

O’zbekistonda ishlab chiqarilgan gaz miqdori 41,8 mlrd. m

3

ni tashkil qilgan bo’lsa, 2000 yili bu

ko’rsatkich 56,4 mlrd.m

3

ga yetdi.

Respublikada 159 ta neft- gaz koni ochilgan. Ularning 115 tasi Buxoro-Xiva geologik

provinsiyasida, 27 tasi Farg’ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan.

Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida yoqilg’i-energetika majmui mahsulot hajmi 18,3

% ni tashkil etadi. Sanoatda band bo’lgan ishchi xizmatchilarning 6 % i yoqilg’i sanoati tarmoqlari

hissasiga to’g’ri keladi. Yoqilg’i tarkibi ichida neftning hissasi 8,3 % ni, gazning hissasi 87,3% ni,

ko’mirning hissasi 4,4 % ni tashkil etgan.

Gaz sanoati

. Jarqoq, Setalontepa, Gazli konlari, Ustyurtda Shoxpaxta konlari mavjud

bo’lib, 1972 yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Qashqadaryoda qad

ko’targan Sho’rtangaz kimyo-majmuasi O’rta Osiyodagi eng yirik korxonalardan hisoblanadi. Bu

ulkan korxona to’laligicha mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi va yiliga 3 mln. tonna gazni qayta

ishlab 125 ming tonna polietilen, 140 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz hamda gazni qayta

ishlashdan hosil bo’ladigan boshqa mahsulotlar ham oladi. Respublikamiz mustaqillikni qo’lga

kiritishi tufayli aholini qulay

yoqilg’i-gaz

bilan ta’minlashda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Buning

dalili sifatida aholi zich joylashgan Andijon viloyatining Xo’jaobod shahrida yirik yer osti gaz

ombori qurilganligini aytib o’tish mumkin.


background image


Iyun, 2025-Yil

371

Neft sanoati

. Yoqilg’i sanoatining rivojlanishida neftning tutgan o’rni yil sayin ortib

bormoqda. Yirik neft konlari Chimyon koni, Surxondaryoda Uchqizil, Xovdog’, Farg’onada

Janubiy va Shimoliy Olamushuk, Polvontosh, Andijon konlari kiradi. 1985 yilda Ko’kdumaloq koni

ochildi. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida surkov moylari, yonilg’i ishlab chiqariladi.

Ko’kdumaloq koni ochilgandan so’ng Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda

1993 yildan Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi qurila boshlandi va u 1995 yilning 19

mayidan mahsulotni bera boshladi. Bu zavodlarda dizel yoqilg’isi, koks, parafin, motor va surkov

moylari, kerosin, bitum, mazut ishlab chiqaradi.

Ko’mir sanoati

. Mamlakat yoqilg’i sanoatida ko’mir ishlab chiqarish ham muhim o’rin

egallaydi. Bu borada Angren qo’ng’ir ko’mir koni va Surxondaryodagi Sharg’un, Boysun ko’mir

konlarining ulushi katta. Angren qo’ng’ir ko’mir koni respublikada chiqarilayotgan jami ko’mirning

97 % ini beradi.

Respublika sanoat tarmoqlari orasida yetakchi o’rinlardan birini

rangli metallurgiya

egallaydi. Sanoatning bu tarmog’i asosan Toshkent viloyatining Angren-Olmaliq tog-kon sanoat

hududida joylashgan. Bu tarmoq asosan 1930 yillardan rivojlandi. Qoramozor mis-qo’rg’oshin-rux

koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qo’ytosh, Langar- rangli metallar, Chodak,

Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Kokpatas, Qizilolmalisoy-oltin konlari, Qo’rg’oshinkon,

Oltintopgan qo’rg’oshin-rux, Qalmoqqir-mis konlari mavjud. Mis-qo’rg’oshin-rux ni qayta

ishlovchi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, volfram va molibdenni qayta ishlovchi O’zbekiston

qattiq qotishmalar va o’tga chidamli metallar kombinati Chirchiq shahrida ishlab turibdi. Kombinat

Ingichka konidan qazib olinayotgan- volfram va Qo’ytosh volfram-molibden konlari asosida

ishlaydi. Respublika oltin zahiralari bo’yicha dunyoda 4 chi, qazib olish bo’yicha 7 chi o’rinda

turadi. 1992 yili AQSH ning “Nyumont-mayning” kompaniyasi bilan Muruntov oltin konida qazib

olinayotgan rudalarni qayta ishlash va ulardagi oltinni chiqarib olish maqsadida qo’shma korxona

qurish to’g’risida kelishib olindi. 1995 yili may oyida “Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasi

bitkazilib ishga tushirildi.

Mamlakatimiz o’zining

qora metallurgiya sanoati

ga ham ega, ammo uning respublika

iqtisodiyotidagi o’rni unchalik katta emas. Bekobod shahrida qurilgan qora metallurgiya kombinati

asosan temir-tersaklarni qayta ishlash orqali mahsulot chiqaradi va mahalliy ehtiyojni to’la

qondirmaydi. Mazkur korxona asosan po’lat, prokat, turli xil trubalar ishlab chiqaradi. Bu korxona

1944 yil 5 martda ishga tushgan.

O’zbekiston sanoatida

mashinasozlik

sanoati o’ziga xos o’rinni egallaydi. Bu sanoat

tarmog’iga mansub bo’lgan korxonalarda xilma-xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar


background image


Iyun, 2025-Yil

372

tayyorlanadi. Ular qatorida paxta teruvchi mashinalar, yerga urug’ qadaydigan, to’quv- yigiruv,

sug’orish mashinalari, turli xil stanoklar, televizor va magnitofon kabi raqobatbardosh mahsulotlar

ishlab chiqariladi. Aholisi zich bo’lgan Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan

hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan yirik korxona bunyod etildi.

Bu korxona 1996 yildan boshlab birin-ketin “Damas”, “Tiko”, “Neksiya”, “Matiz” rusumli

qulay avtomobillarni chiqara boshladi. Shunday qilib, O’zbekiston jahon miqyosida avtomobillar

chiqarayotgan davlatlarning 28 chisi bo’ldi.

Sanoatning mashinasozlik tarmog’iga Toshkentdagi traktor zavodi, O’zbekiston qishloq

xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi, Toshkent agregat zavodi

kabi yirik korxonalar kiradi. Respublikaning boshqa ko’pgina shaharlarida ham mashinasozlik

tarkibiga kiruvchi qator korxonalar ishlab turibdi. Radioelektronika, elektrotexnika korxonalari-

Toshkentda “O’zkabel”, Toshkent radiolampa zavodi (Foton), Chirchiq transformator zavodi,

Mikond-radiodetallar, shisha izolyatorlar ishlab chiqaruvchi zavod. 1982 yildan “Algoritm” EHM

ishlab chiqaradi. “Zenit” zavodi Janubiy Koreyaning “Goldstar” firmasi bilan hamkorlikda

videomagnitofonlar, videopleyrlar, Xitoy bilan hamkorlikda rangli televizorlar ishlab chiqarmoqda.

O’zbekiston poytaxti Toshkentda jahon aviatsiya sanoati andozalari bo’yicha yirik

korxonalardan biri bo’lib hisoblangan V.Chkalov nomli aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi

joylashgan.Bu korxonada ishlab chiqarilayotgan qulay samolyotlar jahonning qator davlatlarida

xizmat qilmoqda.

Kimyo sanoati

ham respublika sanoat tarmoqlari orasida o’ziga munosib o’rin egallaydi.

Neft, tabiiy gaz, ko’mir, oltingugurt, osh tuzi, paxta va kanop chiqindilari busanoatning

xomashyosi bo’lib hisoblanadi. Kimyo sanoatida 750 dan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi.

Birinchi korxona- 1932 yilda Sho’rsuvda Farg’ona oltingugurt koni ishga tushdi. Eng yirik

korxona Chirchiq elektro kimyo kombinati 1940 yilda ishga tushgan.

Mineral o’g’itlardan

-

ammofos, ammiak, selitra, karbamid, superfosfat, azotli va fosforli o’g’itlar ishlab chiqaradi.

Asosiy korxonalar- Chirchiq elektro kimyo kombinati, Farg’ona azotli o’g’itlar, Navoiy

azot, Qo’qon superfosfat, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq ammofos birlashmalaridir. Sulfat

kislotasi Olmaliq, Samarqand, Navoiy, Muborak gazni qayta ishlash kompleksida barpo etilgan.

O’simliklarni himoya qilishning

kimyoviy vositalari

(defolyant, gerbisid, fungisidlar)

“Farg’onazot”, “Navoiy elektro kimyo” korxonasida nitron, kotoran, fozalan, va hokazolar ishlab

chiqariladi.

Kimyoviy tolalar va iplar

- Chirchiq elektro kimyo korxonasida kaprolaktam, Farg’ona

kimyoviy tolalar zavodida asetat iplar, Navoiy azotda nitron-akril tolalari, Farg’onazotda selyuloza

asetati ishlab chiqariladi.


background image


Iyun, 2025-Yil

373

Gidroliz korxonalari

- Farg’ona furan birikmalari zavodi, Yangiyo’l biokimyo va Andijon

gidroliz zavodlarida texnik etil spirti, furfurol, furil spirti, katalizatorlar ishlab chiqariladi.

Rezina

mahsulotlari

Angren “O’zbekrezina texnika”, “Toshkent rezina texnika”, zavodlarida shina va

kalishlar ishlab chiqariladi.

Plastmassa va propilen mahsulotlari

- Ohangaronda “Santexlit”, Jizzax plastmassa

quvurlari zavodi,

lak- bo’yoq mahsulotlari

- Toshkent “Rangli lak” firmasi,

ro’zg’or kimyosi

tovarlari

- Olmaliq ro’zg’or kimyosi, Namangan kimyo zavodlarida ishlab chiqariladi.

Keyingi qisqa davr ichida Qizilqum fosforit zavodi, “Kimyotola” ishlab chiqarish

birlashmasi, qator hududlarda –Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan va boshqa viloyatlarda

zamonaviy to’qimachilik va tikuvchilik kombinatlari qurib ishga tushirildi. Andijon, Qo’qon,

Yangiyo’l shaharlaridagi biokimyo zavodlari rekonstruksiya qilindi.

Qurlish materiallari sanoati.

Sement, asbest, devorbop materiallar, noruda qurilish

materiallari, ohak, gips va shunga o’xshash 100 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1913 yilda

Bekobod sement zavodi qurildi. Yiliga 5 mln tonna sement respublikaning 5 ta yirik korxonasida

ishlab chiqariladi. (Bekobod, Navoiy, Angren, Ohangaron, Quvasoy) respublikada 30 dan ortiq

marmar korxonalari bor. Yirik korxonalari- G’azalkent toshga ishlov berish kombinati, Toshkent

toshga ishlov berish kombinati, Nukus granit-marmar zavodi, Nurota marmar zavodlaridir.

Quvasoyda shisha, G’azalkent shisha-oyna zavodlari faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikada 11 ta

uysozlik kombinatlari va zavodlari, 300 ga yaqin yig’ma-temir beton zavodlari ishlab turibdi.

Yengil sanoat

. Yengil sanoat O’zbekiston sanoatining rivojlanish darajasi va istiqbollariga

ko’ra eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston yengil sanoatini ikki guruhga bo’lish

mumkin. Birinchi guruhga qishloq xo’jalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigan paxta

tozalash, pillakashlik, qorako’l terisiga, kanop tolasiga ishlov berish jun yuvish kabi tarmoqlar

kiradi. Ikkinchi guruhga aholi va xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun keng iste’mol mollari-

to’qimachilik, ip-gazlama, trikotaj, shoyi gazlama, tikuvchilik, poyabzal, mo’yna, gilam,

shuningdek attorlik mollari, chinni idishlar kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan tarmoqlar kiradi.

O’zbekiston

paxta tozalash

sanoati korxonalari-Asaka, G’ijduvon, Buxoro, Qo’qon,

Yangiyo’l, Qarshi, Zirabuloq, Namangan va Jumadagi paxta tozalash zavodlari eng yirik

zavodlardir.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil sanoat tarmoqlaridan biri-

pillakashlik

sanoatidir. Bu sanoat tarmog’i O’zbekistonda yaxshi rivojlangan. O’zbekistonda

birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yilda Farg’ona shahrida qurildi. Bunday fabrikalar keyinchalik

Samarqand, Marg’ilon, Buxoro, Toshkent, Urganch va Shahrisabzda qurib ishga tushirildi.


background image


Iyun, 2025-Yil

374

O’zbekiston hududida ip va shoyi gazlamalar ishlab chiqarish qadimdan mavjud bo’lgan.

Eng yirik ip-gazlama korxonasi- Toshkent to’qimachilik kombinatidir. Bundan tashqari

Fag’ona va Buxoro to’qimachilik kombinatlari, Andijon, Nukus ip- gazlama kombinatlari, Jizzax

paxta yigiruv fabrikasi va boshqa qator shaharlarda yirik to’qimachilik korxonalari mavjud.

Shoyi

gazlamalar

to’qiydigan korxonalar- Samarqand shoyi to’qish fabrikasi, Marg’ilon pillakashlik

fabrikasi, Qo’qon, Namangan shoyi to’qish fabrikalaridir.

Ko’n poyabzal sanoati

-Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Buxoro, Yangiyo’l, Chirchiq,

Andijon, Namangan, Farg’ona fabrikalarida ishlab chiqariladi. Chinni buyumlar ishlab chiqaradigan

yirik korxonalar- Toshkent chinni zavodi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy chinni zavodidir.

Oziq-ovqat sanoati

respublika sanoat mahsulotining 13,6 %ini yetkazib bermoqda.

Respublika oziq-ovqat sanoatida o’simlik moyi, konserva va sharob ishlab chiqarish tarmoqlari eng

yaxshi rivojlangan. Bu tarmoqlar respublikaning o’zida mustahkam xom ashyo bazasi bilan

ta’minlangan va bundan buyon ham mahsulotlarini boshqa davlatlar, iqtisodiy mintaqalarga ko’plab

chiqarish maqsadida yuqori sur’atlarda rivojlantirilmoqda. Hozir O’zbekistondagi deyarli hamma

moy zavodlari ekstraksiya usuliga o’tkazilgan. Guliston, Namangan, Urganch, Farg’ona, Andijon,

Qo’qon, Kattaqo’rg’on, Yangiyo’l va Toshkent moy kombinatlari tarmoqning eng yirik

korxonalaridir.

Oziq-ovqat sanoatining

go’sht va go’sht mahsulotlar

i ishlab chiqarish tarmog’i aholining

kundalik ehtiyoji uchun go’sht, kolbasa, qazi, dudlangan cho’chqa go’shti, kotlet, ragu, mol va qo’y

yog’lari, ilik yog’i va hokazolar tayyorlab beradi.

Yurtimizning

sut sanoati

korxonalarida saryog’, qizitilgan saryog’, pasterlangan sut,

qaymoq, suzma, muzqaymoq, brinza, pishloq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Qandolat sanoati

zamonaviy qandolat fabrikalari yoki oziq-ovqat sanoatining boshqa

korxonalaridagi maxsus qandolat sexlarini o’z ichiga oladi. O’zbekistonda qandolat sanoatiga

aloqador 60 dan ortiq korxona bor.

2-jadval

O’zbekistonda asosiy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish

Mahsulotlar

O’lchov

birligi

1994

1997

1999

Elektr quvvati

Mlrd. kVt.s

47,8

46,1

45,4

Neft

Mln.t

5,5

7,9

8,1

Benzin

Ming t

1398

1360

1638

Tabiiy gaz

Mln.m

3

47,2

51,2

55,6

Ko’mir

Mln.t

3,8

2,9

3,0


background image


Iyun, 2025-Yil

375

Po’lat

Ming t

364

379

355,6

Traktorlar

Dona

1684

2852

1707

Paxta terish mashinalari

Dona

651

1049

278

Yengil avtomobillar

Ming dona

-

64,9

58,8

Videomagnitofonlar

Ming dona

23,9

140,6

6,7

Televizorlar

Ming dona

50,7

268,4

50,3

Kimyo tolasi

T

12490

7299

11472

Mineral o’g’itlar

Ming t

811

954,4

876,2

Sement

Mln.t

4,8

3,4

3,3

Paxta tolasi

Ming t

1384,8

1125

1018,0

Ip-gazlama

Mln.m

3

480

424,9

303,5

Poyafzal

Mln.juft

27823

5540

3870

Un

Ming t

2941,7

1727,1

1848,1

Guruch

Ming t

240,1

128,8

138,6

O’simlik yog’i

Ming t

359,7

276,4

227,6

Zaminning biror-bir burchagida qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan mamlakat

bo’lmasa kerak. Respublikamiz uchun qishloq xo’jaligi milliy iqtisodiyotning ustivor

yo’nalishlaridan biridir. U mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning deyarli uchdan bir

qismini beradi. Qishloq xo’jaligi aholini turli-tuman noz-ne’matlar, sanoat tarmoqlarini esa

xomashyo bilan ta’minlab turadi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli qishloq xo’jaligida

foydalanib kelinayotgan yer va mulklar qayta taqsimlandi, ijtimoiy va tarkibiy o’zgarishlar ro’y

berdi. Qishloqlarda shirkatlardan tashqari xo’jalik yuritishning yangi shakllari-ijara xo’jaliklari,

fermerlar, har xil turdagi hissadorlik jamiyatlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Shu bilan birga xo’jaliklararo korxonalar, tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

tasarrufidagi yordamchi xo’jaliklar ham mavjud. Qishloq joylarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy

islohotlar, bu sohada tadbiq qilinayotgan agrotexnologiya va texnika, seleksiya va urug’chilik

sohasida jahon miqyosida qo’lga kiritilgan tajriba, dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish

asosida arzigulik yutuqlarga erishilmoqda.

O’zbekistonda ish bilan band aholining 36 foizidan ortiqrog’i qishloq xo’jaligi sohasiga

to’g’ri keladi. Tabiiy sharoiti, iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan O’zbekiston sharoitida

qishloq xo’jalik tarmoqlari va eng avvalo, uning yetakchi tarmog’I paxtachilik sun’iy sug’orishga

asoslangan. Respublika qishloq xo’jaligida paxtachilik bilan birga sholikorlik, bog’dorchilik,

uzumchilik kabi tarmoqlar ham rivoj topgan. Texnika ekinlaridan kanop va jut ham yetishtiriladi.


background image


Iyun, 2025-Yil

376

Bu ekinlar Toshkent viloyatida ekiladi. Samarqand viloyatidagi urgut tumani yuqori sifatli

tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Tamaki qishloq xo’jaligining yuqori daromadli mahsuloti

bo’lib hisoblanadi.

Mamlakatning deyarli barcha hududlarida g’alla ekinlari asosan, bug’doy yetishtiriladi.

Yaqin yillargacha respublika g’alla mahsulotlari bilan o’zini to’la ta’minlay ololmas edi.

Endilikda samarali agrar siyosatni amalga oshirish tufayli, O’zbekistonda g’alla

mustaqilligiga erishildi. Respublika g’allachiligida sholikorlik ham muhim o’rin tutadi. Sholikorlik

asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida rivojlangan.

O’zbekistonda chorvachilik, ayniqsa uning asosiy tarmog’i bo’lgan qo’ychilik muhim o’rin

tutadi. Qo’ychlikda esa qorako’lchilik o’ziga xos mavqega ega. Buxoro, Qashqadaryo,

Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikasi bu borada asosiy

hududlar hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining qadimiy va istiqbolli tarmoqlaridan biri bo’lgan

pillachilik ham mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o’rin tutadi. O’zbekiston jon boshiga pilla

yertkazish bo’yicha jahonda birinchi, umumiy hajmi bo’yicha beshinchi o’rinda turadi.

Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tish sharoitida respublikada vujudga kelayotgan

fermer xo’jaliklar safini kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarni kuchaytirish borasida

ish olib borilmoqda. Hozir mamlakatda bunday xo’jaliklar soni 215 mingdan ortib ketdi. 2007 yilda

yetishtirilgan paxtaning 99 foizi, g’allaning 87 foizini fermer xo’jaliklari yetishtirib berdi.

Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning 94 foizi fermer xo’jaliklari hissasiga

to’g’ri kelmoqda. Shuningdek, Respublika qishloq xo’jaligida 200 dan ziyod agrofirma faoliyat

ko’rsatmoqdi. Qishloq xo’jaligida jami 2007 yilda 3650 ming tonna paxta, 6250 ming tonna g’alla

yetishtirildi.

Qishloq xo’jaligi to’g’risida yuqorida keltirilgan fikrlar bu sohaning keng termoqli

ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga qishloq xo’jaligi oldida qator muammolar ham mavjud.

Ularni hal etish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Ushbu muammolar

jumlasiga sug’oriladigan yerlar unumdorligini oshirish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish,

o’simliklarda uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish kabilar

kiradi. Ayni vaqtda qishloq joylarda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qishloq sanoati va

Respublika agrar siyosati doirasida dolzarb masaladir.

REFERENCES

1.

G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov “O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi”

T 1994 y.


background image


Iyun, 2025-Yil

377

2.

E.Nabiyev., A.Qayumov “O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati” T 2000 y.

3.

A.S.Soliyev., L.Qarshiboyeva “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari” –T

1999 y.

4.

A.S.Soliyev va boshqalar “Mintaqaviy iqtisodiyot” T., 2003 y.

5.

N.To’qliyev “O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti” –T 1998 y.

6.

M.R.Plоtкin. «Osnovi promishlennogo proizvodstva». M. Izd. «Visshaya shkola»-1977.

7.

SH.Isrаilоv. «Sаnоаtning eng muhim tаrmоqlаri tехnоlоgiyasi аsоslаri». T. «O’qituvchi»-

1978.

8.

V.P.Mакsакоvsкiy. «Gеоgrаfiya mirа». M. Izd. «Prоsvеshеniе»-1990.

9.

B.Mirtursunоv. «Sаnоаt, qishlоq хo’jаligi vа trаnspоrt аsоslаri» T.-2001, T.-200I (Mа’ruzа

mаtni), T. -2002.

10.

S.Gоnchаrоv, S.Niкоlаеv. «Sоvrеmеnnаya bumаgа» J. «Yuniy tехniк» M.-I978.

11.

I.V.Mаtоshко. «Jiznеnniyе rеsursi zеmli». Minsк. Izd. «Urоjаy»-1990.

References

G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov “O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi” T 1994 y.

E.Nabiyev., A.Qayumov “O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati” T 2000 y.

A.S.Soliyev., L.Qarshiboyeva “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari” –T 1999 y.

A.S.Soliyev va boshqalar “Mintaqaviy iqtisodiyot” T., 2003 y.

N.To’qliyev “O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti” –T 1998 y.

M.R.Plоtкin. «Osnovi promishlennogo proizvodstva». M. Izd. «Visshaya shkola»-1977.

SH.Isrаilоv. «Sаnоаtning eng muhim tаrmоqlаri tехnоlоgiyasi аsоslаri». T. «O’qituvchi»-1978.

V.P.Mакsакоvsкiy. «Gеоgrаfiya mirа». M. Izd. «Prоsvеshеniе»-1990.

B.Mirtursunоv. «Sаnоаt, qishlоq хo’jаligi vа trаnspоrt аsоslаri» T.-2001, T.-200I (Mа’ruzа mаtni), T. -2002.

S.Gоnchаrоv, S.Niкоlаеv. «Sоvrеmеnnаya bumаgа» J. «Yuniy tехniк» M.-I978.

I.V.Mаtоshко. «Jiznеnniyе rеsursi zеmli». Minsк. Izd. «Urоjаy»-1990.