Authors

  • Malik Rashidov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73041

Keywords:

O’zbekiston qishloq xo’jaligi ijtimoiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlar viloyatlar modernizatsiya mahsulot ishlab chiqarish texnologik yangilanish aholi bandligi eksport.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada O’zbekiston viloyatlaridagi qishloq xo’jaligi sektorida amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri tahlil qilinadi. Qishloq xo’jaligi sektorining modernizatsiyasi, texnologik yangilanishlar, aholi bandligini oshirish va iqtisodiy o’sishga ta’sirini o’rganish orqali viloyatlarda yuz berayotgan o’zgarishlar baholanadi. Biroq, texnologik rivojlanishning yetishmasligi va infratuzilma muammolari kabi qiyinchiliklar ham mavjudligi ko’rsatilgan. Ushbu maqola qishloq xo’jaligi sektoridagi kelajakdagi islohotlar va istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqishda asos bo’lishi mumkin.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

643

O’ZBEKISTON VILOYATLARIDAGI QISHLOQ XO’JALIGI SEKTORIDA IJTIMOIY

VA IQTISODIY O’ZGARISHLARNI BAHOLASH

Rashidov Malik Shavkat o’g’li

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration - MBA)

(General) mutaxassisligi sirtqi ta’lim shakli 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15072634

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada O’zbekiston viloyatlaridagi qishloq xo’jaligi

sektorida amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri tahlil qilinadi.

Qishloq xo’jaligi sektorining modernizatsiyasi, texnologik yangilanishlar, aholi bandligini

oshirish va iqtisodiy o’sishga ta’sirini o’rganish orqali viloyatlarda yuz berayotgan o’zgarishlar

baholanadi. Biroq, texnologik rivojlanishning yetishmasligi va infratuzilma muammolari kabi

qiyinchiliklar ham mavjudligi ko’rsatilgan. Ushbu maqola qishloq xo’jaligi sektoridagi

kelajakdagi islohotlar va istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqishda asos bo’lishi mumkin.

Kalit so’zlar: O’zbekiston, qishloq xo’jaligi, ijtimoiy o’zgarishlar, iqtisodiy o’zgarishlar,

viloyatlar, modernizatsiya, mahsulot ishlab chiqarish, texnologik yangilanish, aholi bandligi,

eksport.

ASSESSMENT OF SOCIAL AND ECONOMIC CHANGES IN THE AGRICULTURAL

SECTOR IN THE REGIONS OF UZBEKISTAN

Abstract. This scientific article analyzes the reforms implemented in the agricultural sector

in the regions of Uzbekistan and their social and economic impact. The changes taking place in

the regions are assessed by studying the modernization of the agricultural sector, technological

innovations, increasing employment and studying their impact on economic growth. However, it

is shown that there are also difficulties, such as insufficient technological development and

infrastructure problems. This article can serve as a basis for developing future reforms and

promising strategies in the agricultural sector.

Keywords: Uzbekistan, agriculture, social changes, economic changes, regions,

modernization, production, technological innovation, employment, export.

ОЦЕНКА СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ В АГРАРНОМ

СЕКТОРЕ РЕГИОНОВ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация. В данной научной статье анализируются реформы, проводимые в

аграрном секторе в регионах Узбекистана, и их социально-экономическое воздействие.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

644

Оцениваются изменения, происходящие в регионах, путем изучения модернизации

аграрного сектора, технологических инноваций, роста занятости и их влияния на

экономический рост. Однако было показано, что существуют и такие проблемы, как

отсутствие технологического развития и проблемы с инфраструктурой. Данная статья

может послужить основой для разработки будущих реформ и перспективных стратегий

в аграрном секторе.

Ключевые слова: Узбекистан, сельское хозяйство, социальные изменения,

экономические изменения, регионы, модернизация, производство, технологические

инновации, занятость, экспорт.

Kirish

O’zbekistonning qishloq xo’jaligi sektori mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim

o’rin tutadi. Bu sektor nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda, balki aholi bandligini

oshirishda va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonning

turli viloyatlarida qishloq xo’jaligi tarmoqlarida yuz berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy

o’zgarishlarni baholash, bu o’zgarishlarning ijtimoiy hayotga qanday ta’sir ko’rsatishini va

iqtisodiy rivojlanishga qanday ta’sir o’rnatganligini aniqlash zarurdir. Ushbu maqolada

O’zbekistonning viloyatlaridagi qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning

ijtimoiy-ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini tahlil qilishga harakat qilinadi.

Bilamizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish

ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni yanada takomillashtirishni, respublika va ma’muriy-

hududiy birliklar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini ixtisoslashtirish hamda majmuali

taraqqiyotni ta’minlashni, mehnat resurslaridan, shuningdek, tabiiy boyliklaridan oqilona

foydalanishni, hududiy rejalashtirish hamda xalq xo’jaligini boshqarish, tarmoq tamoyilining

oqilona uyg’unlashuvini talab etadi. Mazkur muammolarning ijobiy hal etilishi ishlab chiqarishni

hududiy oqilona tashkil etish va joylashuvini yaxshilashga, ijtimoiy, mehnat hamda tabiiy

resursladridan yanada to’laroq foydalanishga, qishloq xo’jalik ishlab chiqarish tarmoq tarkibini

takomillashtirishga, takror ishlab chiqarishni yuqori darajasini ta’minlashga imkon yaratadi.

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish va ixtisoslashtirish yer, mehnat

resurslari, asosiy hamda aylanma fondlardan samarali foydalanish imkoniyatini berish bilan bir

qatorda ijtimoiy mehnat samaradorligini, yalpi mahsulot hajmining ortishini va shuningdek

qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining o’sish sur’atlarini jadallashtirishni ta’minlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

645

Mustaqillik va bozor iqtisodiyoti sharoitida dehqonchilik hamda chorvachilik tarmoqlarini

oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvini takomillashtirish ilmiy asoslangan amaliy ko’rsatmalar

ishlab chiqarishni tarixiy zarurat sifatida ilgari surdi. Bu esa qishloq xo’jaligida istiqbolli

yo’nalishini aniqlashda, uning ishlab chiqaruvchanlik xususiyatini yanada belgilab beruvchi

almashlab ekish usullarini joriy etishda, maydon birligidan hosil qilinadigan ekologik jihatdan toza

mahsulot miqdorini oshirishda muhim o’rin tutadi.

Ma’lumki ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning umumiy qonuniyatlari

quyidagilardan iborat:

-iqtisodiy rayonlar tabiiy va mehnat resurslarini maksimal darajada ishlab chiqarishga jalb

etish;

-xom ashyoni ishlab chiqarishda, qayta ishlash hamda tayyor mahsulotni qayta ishlashda

mehnatni har tomonlama iqtisod qilish;

-iqtisodiy rayonlarning majmuali taraqqiyotini va ularning to’g’ri ixtisoslashuvini

ta’minlash;

-ayrim rayonlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish;

-mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash;

Ilmiy texnika inqilobigina qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini intensivlash jarayoniga hal

etuvchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining bironta tarmog’i ham

ilmiy

tadqiqotlardan

tashqarida

rivojlana

olmaydi,

qishloq

xo’jalik taraqqiyotiga

ko’maklashadigan bironta tadbir ham ilmiy tadqiqotlardan chetda qolmaydi. Bu gap texnika,

mexanika, iqtisod, seleksiya va qishloq xo’jaligi bilan an’anaviy aloqada bo’lgan boshqa

sohalargina emas, balki fandagi yangi yo’nalishlarga ham taalluqlidir. Xususan, xo’jalikka fan-

texnika yutuqlarini joriy etibgina qolmay, foydalaniladigan har gektar yerdan barqaror va doimo

ortib boradigan hosil olish, shuningdek, butun bir tadbirlar majmuasini amalga oshirsa bo’ladi.

Qishloq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish jarayonlarining barcha

elementlarini sifat jihatdan takomillashtirishni talab etadi. Dehqonchilikning barcha tarmoqlarini,

chorvachilikni kompleks mexanizatsiyalashtirish, dehqonchilik va chorvachilikka ilg’or

texnologiyani joriy etish, xo’jalik jihatdan qimmatli, foydali sifatlarga ega bo’lgan yangi nav

o’simliklar va mol zotlarini yaratish ham shu jumlaga kiradi.

Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari ichida eng qadimiysi qishloq xo’jaligidir. Uning

evolyutsion rivojlanishi hududiy tashkil qilish shakllarining murakkablashib borishi va

takomillashuvi bilan birga sodir bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

646

Qishloq xo’jalik tarmoqlari-dehqonchilik va chorvachilikning ma’lum hududda

joylashtirilishi yoki shtandorti dastlab nemis iqtisodchisi Iogann Genrix fon Tyunen tomonidan

1826-yilda ishlab chiqilgan.

Ta’kidlash joizki, aynan ana shu olim iqtisodiyot nazariyasida birinchi bo’lib ishlab

chiqarishning hududiy jihatiga e’tibor qaratdi, hududiy iqtisodiyot ta’limotiga qo’l urdi, iqtisodiy

makon tushunchasini fanga kiritdi. U iqtisodiyotni hududiy tashkil etish masalalariga majmuali,

tizimli yondashdi, qishloq xo’jaligi tarmoqlari joylashuvining qonuniyatlarini ochib berdi.

I.Tyunen o’zining ilmiy g’oyasini abstrakt holatda, alohida, boshqa mamlakatlar bilan

bog’liq bo’lmagan, ajralib turgan davlat misolida yaratdi. Uning faraz qilishicha, bu mamlakatda

atigi bitta shahar mavjud bo’lib, u qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi yagona bozor

yoki markaz vazifasini o’taydi. Mazkur shahar atrofida qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish

asosan transport xarajati, mahsulot vazni, uning sifatini buzilmasligi va keltirish masofasi

belgilaydi. Aynan ana shu transport omili, uning iqtisodiy jihatlari qishloq xo’jalik tarmoqlarini

shahardan uzoq yoki yaqin masofada joylashuv tizimini shakllantirdi. Agar mahsulot yetishtirish

va uni markazga keltirish qancha arzon bo’lsa, u shuncha yaqin masofada, aks holda uzoqroqda

joylashadi.

Yuqoridagi tartibda qishloq xo’jaligini joylashtirish shahar atrofida o’ziga xos aylanalarni

hosil qiladiki, ular ilmiy adabiyotlarda “Tyunen xalqalari” nomi bilan mashhur. Masalan, bu

xalqaning eng birinchisi yuqori darajada unumdor shahar atrofi xo’jaligidan iborat bo’lib, undan

keyingi xalqa o’rmon xo’jaligi, uchinchisi-meva va urug’chilikdan tashkil topadi. Jami Tyunen 6

xalqa belgilagan; ular, yuqoridagilardan tashqari, turli yo’nalishdagi chorvachilikni ham o’z ichiga

oladi.

Albatta, I.Tyunen g’oyasi ma’lum darajada abstrakdir. Chunki, hech qanday davlat,

ayniqsa iqtisodiyotning hozirgi globallashuv va boynalminallashuv jarayonida jahon xo’jaligi

tizimidan ajralgan holda, alohida rivojlana olmaydi. Qolaversa bu mamlakatda odatda bir emas,

bir necha shahar mavjud bo’ladi. Biroq shunga qaramasdan maullifning ushbu ta’limoti o’zining

nazariy ahamiyatini, xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida saqlab qolgan.

Chindan ham shahar atrofi qishloq xo’jaligi hozirgi kungacha xalqasimon tashkil etiladi:

eng yaqin joyda sabzavot, karam, kartoshka, undan uzoqroqda sut chorvachiligi, donchilik,

parrandachilik, bog’dorchilik va uzumchilik, go’sht-jun chorvachiligi ma’lum tartibda joylashadi.

Bunday hududiy agrotizimning vujudga kelishida transport, bozor omili, mahsulotning

arzonligi va xaridorgirligi, sifatining buzulmasligi katta ahamiyatga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

647

Shu bilan birga keyingi yillarda transport infrastrukturasining takomillashuvi, iste’molning

xususiylashuvi, “yashil inqilob” qishloq xo’jaligining mexanizatsiyalashuvi, sanoatning qishloq

joylarga kirib borishi kabi yangiliklar, agrobiznes, ya’ni qishloq xojaligini qayta ishlash sanoati

bilan uyg’unlashtirish, birlashtirish bu sohaning hududiy tashkil etishga ancha o’zgartirishlar

kiritdi. Bundan tashqari, yuqorida qishloq xo’jaligi tarmog’ining faqat bir funksiyasiga, ya’ni

uning aholini oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish tomoniga ko’proq e’tibor qaratildi, xolos.

Agar shu nuqtai nazardan yondoshadigan bo’lsak, rus olimi K.I.Ivanovning “geografik

konveyr” g’oyasi ham ma’lum mamalakatning yirik markazlarini yil davomida uning turli

hududlaridan qishloq xo’jaligi, ayniqsa “shaharbop” mahsulotlar pomidor, bodring, karam,

ko’katlar bilan ta’minlab turishdan iborat. Darhaqiqat, oxirgi yillarda Toshkent bozorlarida

yuqoridagi mahsulotlar yilning to’rt faslida ham mavjud.

Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotini oshirishda mehnat resurslari va mutaxassislarning ko’p-

ozligiga bog’liqdir. Masalan, o’rtacha 1sentnerdan qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirishda 1,2

ishchi kuchi sarflansa, kartoshka uchun 2,8, paxta uchun 3,5, qand lavlagi uchun 1,3, poliz ekini

uchun 7,1, sut boyligi uchun 9,0, ming dona tuxum uchun 21,0, sifatli jun uchun 260 ishchi kuchi

sarflanadi.

Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni o’z navbatida sifatli qilib iste’molchilarga

yetkazib berishda qulay transport tizimining hissasi beqiyos bo’lsa, tayyor mahsulotlarni aholiga,

korxonalarga tarqatishda savdo xodimlarining ham muhim va iqtisodiy ahamiyatga egadir.

Yuqoridagi omillar tufayli, qishloq xo’jaligi tarmoqlarini to’g’ri joylashtirish hamda

rivojida ta’sir etadigan omillarning ayrimlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Tabiiy sharoitning ta’siri

Iqtisodiy sharoitning ta’siri

1

Yerdan foydalanish madaniyati

Birlamchi va ikkilamchi boyliklardan unumli

foydalanishga qaratiladi.

2

Qishloq xo’jaligini sifatli suv bilan

ta’minlash madaniyati

Texnik yutuqlar ishtiroki ortib borishi uchun zarur

sharoitlar yaratiladi.

3

Mavjud iqlimiy boyliklardan

oqilona foydalanish

Yirik shahar atrofida ochiq va yopq usulda qishloq

xo’jaligi mahsulotlarining ko’plab yetishtirishda

doimiylikka erishish uchun sharoit yaratiladi.

4

Ekologik muammolarni oldini

olish, qishloq xo’jaligi xodimlari

Qishloq xo’jaligi suv, tuproq, o’simlik, hamda

birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarda


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

648

oldida turgan dolzarb muammo

hisoblanadi

ximiyalashtirish o’rnida biotexnologiyani joriy

qilish choralari izlab topilishining muammolari:

1.

Yirik omborlarda mahsulotni saqlash

2.

savdo, sotiqda, qishloq xo’jaligi boyligini

chiqindisiz ishlashni ta’minlash.

3.

Xulosada qo’shimcha ishchi o’rinlarini

kengaytirishga yo’l ochiladi.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligining ikkinchi muhim funksiyasi qayta ishlash sanoatini xom-

ashyo bilan ta’minlashdir. Bu sanoat tarmog’ining tarixan vujudga kelishi aholi sonining ko’payib

borishi va uning ehtiyojlarini oziq-ovqat, kiyim-kechak faqat tabiiy mahsulotlar bilan ta’minlay

olmaslikka bog’liq. O’z navbatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini ko’p va sifatli ishlab

chiqarish imkoniyatiga ega.

Demak, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni ilmiy asoslangan holda oqilona tashkil etish

ixtisoslashuvini takomillashtirish qator muhim sotsial–iqtisodiy vazifalarni hal etish

imkoniyatlarini beradi.

Bu birinchidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tabiiy, iqtisodiy, mehnat

resurslaridan va xo’jalik bo’g’inlarining ichki imkoniyatlaridan to’la foydalanish imkoniyatni

yuzaga keltiradi. Ikkinchidan esa, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining hududiy tashkil etilishini

va ixtisoslashuvini takomillashtirish oziq-ovqat muammosini hal etishga, umumiy salohiyatning

o’sishiga olib keladi.

Xulosa

O’zbekistonda qishloq xo’jaligi sektoridagi islohotlar va iqtisodiy o’zgarishlar ijtimoiy va

iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Viloyatlarda yuz berayotgan

o’zgarishlar, ish o’rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va eksport

imkoniyatlarini kengaytirish kabi ijobiy natijalarni ko’rsatmoqda.

Biroq, ba’zi hududlarda texnologik rivojlanishning yetarli darajada bo’lmasligi,

infratuzilma va malakali ishchi kuchi etishmasligi kabi muammolar mavjud. Bu muammolarni hal

etish uchun yanada keng qamrovli islohotlar va strategiyalar zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

649

REFERENCES

1.

I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O’zbekiston” 1999 y

2.

I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari

va taraqqiyot kafolatlari” –T., “O’zbekiston” 1997 y.

3.

G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov “O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy

jo’g’rofiyasi” T 1994 y.

4.

E.Nabiyev., A.Qayumov “O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati” T 2000 y.

5.

A.S.Soliyev., L.Qarshiboyeva “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari” –T

1999 y.

6.

A.S.Soliyev va boshqalar “Mintaqaviy iqtisodiyot” T., 2003 y.

7.

N.To’qliyev “O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti” –T 1998 y.

8.

M.R.Plоtкin. «Osnovi promishlennogo proizvodstva». M. Izd. «Visshaya shkola»-1977.

9.

SH.Isrаilоv. «Sаnоаtning eng muhim tаrmоqlаri tехnоlоgiyasi аsоslаri». T. «O’qituvchi»-

1978.

10.

V.P.Mакsакоvsкiy. «Gеоgrаfiya mirа». M. Izd. «Prоsvеshеniе»-1990.

11.

B.Mirtursunоv. «Sаnоаt, qishlоq хo’jаligi vа trаnspоrt аsоslаri» T.-2001, T.-200I (Mа’ruzа

mаtni), T. -2002.

12.

S.Gоnchаrоv, S.Niкоlаеv. «Sоvrеmеnnаya bumаgа» J. «Yuniy tехniк» M.-I978.

13.

I.V.Mаtоshко. «Jiznеnniyе rеsursi zеmli». Minsк. Izd. «Urоjаy»-1990.

14.

N.V.Аlisеv. «Хimiya i gеоgrаfiya». M. Izd. «Znаniе»-1970....S

15.

V.V.Кuliкоv. «Jаdаllаshtirish strаtеgiyasi» T. 1990.

16.

Х.Vахоbоv. «Iqtisоdiy gеоgrаfiya аsоslаri». T. «O’qituvchi»-2001.

References

I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O’zbekiston” 1999 y

I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” –T., “O’zbekiston” 1997 y.

G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov “O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi” T 1994 y.

E.Nabiyev., A.Qayumov “O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati” T 2000 y.

A.S.Soliyev., L.Qarshiboyeva “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari” –T 1999 y.

A.S.Soliyev va boshqalar “Mintaqaviy iqtisodiyot” T., 2003 y.

N.To’qliyev “O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti” –T 1998 y.

M.R.Plоtкin. «Osnovi promishlennogo proizvodstva». M. Izd. «Visshaya shkola»-1977.

SH.Isrаilоv. «Sаnоаtning eng muhim tаrmоqlаri tехnоlоgiyasi аsоslаri». T. «O’qituvchi»-1978.

V.P.Mакsакоvsкiy. «Gеоgrаfiya mirа». M. Izd. «Prоsvеshеniе»-1990.

B.Mirtursunоv. «Sаnоаt, qishlоq хo’jаligi vа trаnspоrt аsоslаri» T.-2001, T.-200I (Mа’ruzа mаtni), T. -2002.

S.Gоnchаrоv, S.Niкоlаеv. «Sоvrеmеnnаya bumаgа» J. «Yuniy tехniк» M.-I978.

I.V.Mаtоshко. «Jiznеnniyе rеsursi zеmli». Minsк. Izd. «Urоjаy»-1990.

N.V.Аlisеv. «Хimiya i gеоgrаfiya». M. Izd. «Znаniе»-1970....S

V.V.Кuliкоv. «Jаdаllаshtirish strаtеgiyasi» T. 1990.

Х.Vахоbоv. «Iqtisоdiy gеоgrаfiya аsоslаri». T. «O’qituvchi»-2001.