ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
317
BOLALAR PSIXIKASINING RIVOJLANISHIDA ERTAK TERAPIYADAN
FOYDALANISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
L.Bektursinova
QQDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi docent., PhD.
U.Genjemuratova
QQDU 4-kurs amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15628535
Annatatsiya.
Yosh avlodni bilimli, dono va axloqli qilib tarbiyalashda ertaklarning
o‘rni juda muhim. Ertak bola uchun axloqiy ta’limot va nasihatlardan ko‘ra
afzalroqdir.Ushbu maqolada ertaklar orqali bola psixologiyasiga qanday ta’sir o‘tkazish
haqida so‘z boradi.
Kalit so’zlar:
ertak terapiyasi, bola rivojlanishi, psixologik xavfsizlik, ma’naviyat, ertak,
metafora, terapiya, maktab yoshidagi bolalar.
Ertak terapiyasi atrof-muhitni ijodiy bilishga asoslangan art-terapiya sohalaridan biridir.
U o‘zida pedagogika, falsafa, psixologiya va tibbiyotni o‘zida mujassam etgan. Ertak terapiyasi -
bu hikoya qilish yoki ertak o‘qish orqali terapiya. U uyg'unlik holatini tiklashga qaratilgan va
o'smirning psixofizik muvozanatini yaxshilashga yordam berishi aytilgan (Czernianin, 2019). U
bilan ishlashning tashkiliy shakli ertak terapevtik vaziyatda tuzatuvchi harakatlarni o'z ichiga
oladi, shuning uchun bu jihatdan u musiqa terapiyasi, drama terapiyasi va boshqalardan farq
qilmaydi. Boshqa xolatlarda ham, masalan, maxsus ta'lim, logopediya, lingvistikada qo'llanilishi
mumkin. Ertak terapiyasi isbotlangan, tizimli va qasddan qilingan shaklli faoliyatdir. Ertak
terapiyasini maktablardagi tuzatuvchi va kompensatsion mashg'ulotlar bilan taqqoslash mumkin.
Ularning umumiy xususiyati bolaning terapevt bilan, talaba - o'qituvchi yoki bolaning ota-ona
bilan o'zaro munosabatida namoyon bo’ladi
Hozirda ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib
bormoqda va ko‘ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakillantirishga birlamchi vazifa
sifatida yondashish ustuvor bo‘lib bormoqda. Binobarin, yosh avlodni yoshligidan ma’naviyatli
qilib tarbiyalashga e’tibor berib borilsa, u o‘zining katta samarasini beradi.Bolalarimizda kitobga
mehr, ishtiyoq uyg‘otish uchun, avvalo, o‘zimiz unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz lozim.
Adabiyotga mehr qo‘yishning o‘zida bir hikmat bor.[1. 145]
Ertaklar aqlga ham, yurakka ham faol ta’sir ko‘rsatadi: aqlni to‘ldiradi, yurakni
hissiyotchan qiladi. Barchamiz bolalarimizning jasur va intiluvchan, diyonatli, e’tiqodli, aqlli
bo‘lib voyaga yetishini istaymiz. Buning uchun esa, uning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladigan,
aqliy salohiyatini o‘stiradigan ertaklardan foydalansak bo‘ladi.Ertakterapiya atrof-muhit bilan
o‘zaro munosabatni mukammallashtirish hamda emotsional buzilishlarni to‘g‘rilashda
foylaniladigan usuldir. Ertaklar bolaga umid beradi. Bola qanchalik Yangi yil kechasi sovg‘a
olib keladigan Qorboboga ishonsa, u shunchalik hayotga optimist ko‘z bilan qaraydi. Ertaklar
orqali biz bolani tarbilaymiz, uning ichki dunyosini boyitamiz, qalbini davolaymiz, hayot haqida
bilim beramiz, xayolini o‘stiramiz.[2. 174]
Haqiqiy ertakning asosiy belgisi bu - uning yaxshilik bilan tugashidir. Bu bolaga
psixologik himoyalanganlik tuyg‘usini beradi. Ertaklarda nimaiki sodir bo‘lmasin,yaxshilik bilan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
318
yakun topadi, ertak qahramonlarining boshiga tushgan barcha sinovlar ularni yanada kuchli va
aqlli qiladi. Boshqa tomondan, bola yomon xatti-harakatlarni amalga oshirgan qahramonlarning,
albatta, qilmishlariga yarasha jazo olishlarini ko‘radi. Barcha sinovlardan mufaqqiyatli o‘tgan,
o‘zining barcha ijobiy hislatlarini namoyon qilgan qahramonlarning esa albatta mukofotlanishiga
amin bo‘ladi. Ana shunda hayotning asosiy qonuni yaqqol ko‘rinadi: Sen hayotga qanday
munosabatda bo‘lsang, u ham senga shunday javob qaytaradi.
Ertaklarga o‘z ijodida jahon psixologlaridan E.Fromm, E.Bern, E.Gordner, I.V.Vajkov,
M.Osorina, E.Lisina kabi psixologlar murojaat qilganlar. Ertaklardan bolalar adolat va
adolatsizlik haqida o‘zlarining ilk tasavvuriga ega bo‘ladilar. Ertak bolaning murakkab hayotiy
muammolarini hal qilish usullarini ongida saqlab qolishga va qayg‘urishga majbur qiladi. Bunda
hayotga qarama-qarshi kuchlarning to‘qnash kelishi va ularni hal qilish borasidagi tajriba ortib
boradi hamda ijodiy tasavvur rivojlanadi. Aynan xotira bilan uyg‘unlashgan tasavvur bolaga
hayotda shu kabi muammolarga duch kelganda qisqa vaqt ichida to‘g‘ri va samarali yechimni
topishga
imkon
beradi.
Ertak
esa
qahramonlarning
xatti-harakatlarini
misli
ko‘rilmagan holatlarda aks ettiruvchi, ammo bolaning xotirasi va ongiga eng asosiy, ba’zan esa
ilojsizdek tuyulgan, qiyin holatlarning ham baribir yechimi bor, degan tushunchani singdiruvchi
hayotning o‘zidir. Hayotda boshi berk ko‘chalar bo‘lmaydi. Ko‘pincha inson shunchaki, ulardan
chiqib ketishga tayyor bo‘lmaydi. Ertakterapiya bolaga nima beradi?[4. 129]
1. Ertakterapiya yordamida xayol, ijodiy tasavvur rivojlanadi, ko‘ngil xotirjamligiga
erishiladi.
2. Bola o‘zgalar xatti-harakatlarini tahlil qilishni va bu bilimlarini o‘z xatti-harakatlarida
qo‘llashni o‘rganadi.
3. Guruhdagi muloqot orqali ishtirokchilar o‘rtasida kommunikativ aloqa o‘rnatiladi.
4. Ertakterapiya kattalarga ham o‘z fobiya, qo‘rquvlarini yengishga yordam beradi,
ulardagi agressivlik va xavotirlikni kamaytiradi. Ertaklar orqali biz bola qalbidagi muammolarni
ochishimiz va yechishimiz mumkin. Bunday ertaklar terapevtik ertaklar deb nomlanadi.
Ko‘pincha ertaklar kechqurun uyquga yotishdan oldin aytiladi, sababi bola bu paytda
tinch bo‘lib, bu aynan unga ta’sir o‘tkazish uchun qulay paytdir. Shuning uchun kechqurun
yaxshilik bilan tugaydigan pozitiv mazmunli ertaklar aytib berish kerak. Shuningdek, oila
davrasida, kattalarning muhokamasi bilan tinglangan ertaklar muammoni hal qilishga,
korreksiyalashga zamin yaratadi. Ertaklar bolani ulg‘aytiradi. Birinchi navbatda ertakni bolaga
bajonidil aytib bermoq lozim, shunda xalq ijodidan bola ko‘proq narsa oladi. Ertak aytish
jarayonida bola ruhan xotirjam, muhit tinch bo‘lsa, samarasi yaxshi bo‘ladi. Bolaga ertak aytib
berayotib unga quyidagi savollarni berishingiz mumkin:
Afsuski, oxirgi yillardada nafaqat maktab yoshidagi bolalar orasida kasallanish, balki
ularning o’lim darajasi ham oshdi. Bu o’quv jarayonida o’quvchilarning sog’lig’ini saqlash va
mustahkamlash uchun yanada samarali o’qitish usullarini joriy etish zarurligini belgilaydi.
Maktab yoshidagi bolalarning psixologik xavfsizligini shakllantirish usullaridan biri bu ertak
terapiyasi bo’lib, uning asosiy yo’nalishi ma’naviy rivojlangan, mustaqil shaxsni shakllantirish,
uning ahamiyatini anglash va sog’liqni saqlashning aqliy, ma’naviy va ijtimoiy tarkibiy
qismlarini saqlab qolishdir, bu bolaning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan
jarayondir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
319
Vrach-terapevt A.V.Gnezdilov ertak terapiyasini bolalarning psixologik xavfsizligini
shakllantirish usuli sifatida ko’rib chiqadi va «ertak terapiyasi-bu «eslash» va bolaga uyg’un
dunyoqarashni qaytarish jarayoni deb hisoblaydi. I.Vachkovning so’zlariga ko’ra, ertak maktab
yoshidagi bolalarning psixologik xavfsizligini shakllantirish usuli sifatida ikkita muhim vazifani
hal qilishga imkon beradi:[6. 153]
1. «Oyna» ning vazifasi. Ertak bolaga o’zini ko’rishga, o’zi bilan uchrashishga yordam
beradi, shuning uchun o’z-o’zini anglashni rivojlantiradi va shaxsiy makonini uyg’unlashtirish
imkoniyatini beradi. Masalan Zumrad va qimmat obrazlari.
2. «Kristal» ning vazifasi. Ertak terapiyasi tufayli bola atrofdagi dunyoni va uning
atrofidagi odamlarni yangicha ko’ra oladi, shuning uchun odamlar va umuman dunyo bilan
yangi, konstruktiv munosabatlar o’rnatadi.
I.Vachkovning so’zlariga ko’ra, ertak terapiyasining usul sifatida asosiy afzalligi
shundaki, har qanday ertakning yadrosi metafora hisoblanadi. Metafora - ertak terapiyasining
psixologik ta’sir vositasi bo’lib xizmat qiladi. Metaforaning aniqligi va mukammalligi tuzatish
usullarining samaradorligini belgilaydi. Ushbu psixokorrektsiya usuli xayoliy hikoyaning
murakkab muammolarni hal qilishning yashirin ma’nosini anglatishiga asoslanadi. Ertakning
psixikani oddiy, ammo chuqur arxetipik vaziyatlarni takrorlash va ijro etish orqali «davolash»
qobiliyati ertak syujetining ko’p so’zliligiga asoslangan bo’lib, unda ongli va ongsiz ravishda
tashkil topgan inson psixikasining psixoanalitik tekshiruviga mos keladigan bir necha darajadagi
tahlillarni ajratish mumkin.[7. 156]
Ertaklar bolaning sezgirligini, mehr-muhabbatni rivojlantirishga yordam beradi, bolaning
hissiy va ixtiyoriy rivojlanishini boshqariladigan va maqsadga muvofiq qiladi, deb ta’kidlaydi.
Maktab o’quvchilarining psixologik xavfsizligini shakllantirishda ertak terapiyasi usulining
xususiyatlarini ko’rib chiqing:
1. Ertakning informatsion tarkibi-bola yaratadigan ertakni tahlil qilish orqali o’qituvchi
uning hayoti, hozirgi holati, qiyinchiliklarni engish usullari, dunyoqarash pozitsiyalari haqida
ma’lumot oladi;
2. Ertakning ekologik xavfsizligi-bu kundalik hayotda emas, balki dramatik
haqiqatdaligida; bola ham, o’qituvchi ham hissiy jihatdan himoyalangan. Shunday qilib,
«yonish» xavfi kamayadi va bolaning terapevtik ta’sirga bo’lgan ishonchi oshadi;
3. Ertakning cheksizligi-ertakni to’ldirish, almashtirish, boyitish, bola (kattalar) o’z-o’zini
cheklashni engib, o’z hayotini to’ldiradi, o’zgartiradi, boyitadi;
4. Ertakning hissiyligi-bola o’zining ijtimoiy immunitetini mustahkamlab, ijobiy hissiy
zaryadni to’playdi; 5. Ertakning donoligi-ertak orqali o’qituvchi bolaga muammoli vaziyatdan
chiqishning yangi usullari va algoritmini etkazishi mumkin;
6. Yosh cheklovlarining yo’qligi-ertak bolaning individual tarixidagi bo’shliqlarni
bajaradi va uni umuminsoniy ma’lumotlar bilan to’ldiradi.
Ota-onalar
farzandiga ertakni o‘qib emas,balki aytib bersalar maqsadga
muofiqdir.Chunki bu ota-onaga dilbandining ertakga qanday munosabat bildirganligini kuzatish
imkonini beradi. Qolaversa, ota-ona farzandi bilan birgalikda ertaklar olamiga sayr qiladi, bu esa
bolaning unga yolg‘iz sayohatidan ko‘ra afzaldir. Bolalar o‘zgalar tomonidan tasvirlangan
obrazlarni yaxshiroq qabul qilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun farzandingizga ertak aytib
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
320
berish chog‘ida unda yozilgan barcha manzaralarni tasvirlab berishga harakat qiling. Bolangizga
ertakni o‘zi tanlash imkonini bering. Agar u o‘n martalab ,,Qizil qalpoqcha’’ haqida eshitishni
xohlasa, demak bu bekorga emas. Bu ertak uning ongi shakllanishiga nimadir bermoqda, unda
qandaydir jarayon sodir bo‘lmoqda. Muhim bo‘lgan yana bir qoida – bolaga ertakning chuqur
ma’nosini tushuntirib bermaslik karak. Aks holda ertak o‘ladi – o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va
undan hech qanday naf bo‘lmaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bola xatti-harakatidagi emotsional buzilishlarni,
albatta o‘yinlar, o‘yinchoqlar, bolaning tasviriy faoliyati, musiqa, teatr va umuman aytganda
san’at yordamida ham to‘g‘rilasa bo‘ladi. Lekin, bolalar uchun eng tushunarli va sevimli usul bu
– ertakdir. To‘g‘ri tanlangan ertak yordamida boladagi ko‘plab muammolar – qo‘rquv,injiqlik
kabilarni yo‘qotish, bolada qat’iyat va irodani shakllantiradi. Ertaklarni faqatgina psixologik
terapiyadagina qo‘llamay, balki oila davrasida muntazam qo‘llash bolalik davridagi eng iliq
hislarni bola xotirasida muhrlashga imkon beradi. Ertaklar bolaning muammolaridan kelib
chiqqan holda tuzilishi, ertak terapiyasini o‘tkazish mobaynida bolaning har bir xatti-harakatiga
ahamiyat berib borilishi lozim.Bolaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ertakni
qabul qilish darajasini muntazam kuzatib borish lozim.
REFERENCES
1.
Ahmedova Z.“Ertak terapiya” Toshkent- 2019
2.
Nishanova Z.T., Alimova G.F.L., Turg‘unboyeva A.G‘., Asranboyeva M.X. “Bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent – 2017
3.
Бурчик О.В. Групповая сказкотерапия в личностно - ориентированном воспитании
детей / О.В. Бурчик // Вестник Житомирского государственного университета
имени И. Франка. – 2005 – № 25 – С. 203–205. 2. Вачков И. Сочиняем сказки
(cказкотерапевтический тренинг) // Школьный психо- лог: приложение к газете
«Первое сентября» / И. Вачков. 2003.- № 19.- С. 16
4.
Гнездилов А.В. Авторская сказкотерапия. Дым старинного камина (сказки доктора
Балу) / А. В. Гнездилов. - Санкт-Петербург: Речь, 2003. - 290 с.
5.
Зинкевич-Евстигеева Т. Практикум по сказкотерапии / Т. Зинкевич-Евстигеева, Т.
Грабенко. – СПб.: Питер, 2001 – 315 с.
6.
Киселева М.В. Арт-терапия в работе с детьми: Руководство для детских психоло-
гов, педагогов, врачей и специалистов, работающих с детьми. — СПб.: Речь, 2006
— 160 с.
7.
Нартова-Бочавер С.К. Народная сказка как средство стихийной психотерапии //
ХРЕСТОМАТИЯ. Сказки народов мира / Под ред. К.М. Нартова. М., Ин-т
практической психологии, 1996.
