ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
343
OILAVIY IJTIMOIYLASHUV VA UNING O‘ZIGA XOSLIGI
L.Bektursinova
QQDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi docent., PhD.
S. Kamolova
QQDU 4-kurs amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15639578
Annotaciya
. Mazkur maqolada oiladagi sog‘lom muhit va oilaviy munosabatlar tizimi,
oilaning funksional xususiyatlari, yosh oilalardagi
ijtimoiy va psixologik muammolari haqida
yoritib berilgan.
Kalit so`zlar:
oila, oilaviy munosabatlar, yosh oila, munosabat, oilaning funksional
xususiyatlari, muloqot.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs
katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va
fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog‘ va
salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy
muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda
faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo‘ysunishga
o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog tadqiqotchii A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik
sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo,
jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi.
1
Oila qanchalik inoq, uyushgan va
mustahkam bo‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik ijobiy samarali bo‘ladi. Bunday oilada
o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat
qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati shundaki,
farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda
o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni javobgariyat bilan
vijdonan bajaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday
farzandga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli
shaxs bo‘lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila
mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning
uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas
rishta sifatida e’zozlanadi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va
bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi qator ijtimoiy omillar mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga
oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi
ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator
jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan
resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy
ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin. Tadqiqotchilar o‘tkazilgan qator
tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to‘rt guruhini ajratganlar:
1
Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова.- М.: ИНФРА-М, 2005 – С. 220
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
344
ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni
mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;
ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi;
yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to‘laqonli o‘sishi, dars
tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi;
maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
mahalla xududida oila obro‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila
maqomiga egalik;
global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet
tarmog‘i orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, uydirma, mish-mish, oila
qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy
ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va
ijtimoiy tarbiyasidagi o‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini yana bir marotaba isbotlamoqda.
Oila Kodeksining 17-moddasida yosh kelin-kuyovlar nikohgacha ixtiyoriy tarzda tibbiy
ko‘rikdan o‘tishlari maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlangan.
2
Bu modda kiritilishining mohiyati
shundaki, imonli, insofli va yaxshi niyatli shaxs uchun oila qurish, uning mustahkam poydevorda
bo‘lishiga qayg‘urish qanchalik muhim va majburiy bo‘lsa, yoki ota-ona bo‘lish javobgariyati
kuchli bo‘lsa, o‘zidan sog‘lom zurriyot qoldirish, uni sog‘-salomat katta qilib voyaga yetkazish,
to‘g‘ri tarbiya berish shunchalik javobgariyatli va majburiy ishdir. Shuning uchun ham har bir
yigit va qiz, yoki ularning ota-onalari yangi oila qurish ishini savob va javobgariyatli deb
anglasalar, nikohga kiruvchilarning pushti va nasli nuqtai nazaridan sog‘-salomatligiga ishonch
hosil qilish shunchalik zururdir.
Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
1.
juda yosh oila – nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;
2.
yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha;
3.
o‘rta oilaviy hayot muddati – 10 yildan 19 yilgacha;
4.
katta oilaviy hayot muddati – 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi.
Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib
ketishi, turli maishiy muammolarni o‘zi mustaqil xal qilishi uchun zarur bo‘lgan muddat aslida
turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabatiga, oila va uning
atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uyg‘un qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida ko‘rgan-
kechirganlarini uchun o‘z oilasida qo‘llay bilish mahoratiga bevosita bog‘liqdir. Lekin baribir
har bir oila aynan yoshlik davrida muaysyan qiyinchiliklarni boshdan kechiradiki, bu
muammolar quyidagi holatlarga bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi:
1.
oilaviy hayotni bir maromda kechishini ta’minlash, ishlash, o‘qish yoki
2.
boshqa masalalarni xal qilish uchun vaqtning yetishmasligi;
3.
vaqtni yaxshi o‘tkazish, ko‘ngilxushliklarning cheklanganligi;
4.
yangi sharoitda erkakning ham ayolning jismonan toliqishi, asablarning charchashi;
2
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – T.: Adolat, 1998. – 302 b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
345
5.
iqtisodiy qiyinchiliklar.
Oxirgi holat bir tomondan, ayni paytda yoshlardagi orzu-havasning ko‘payib ketishi bilan
izohlansa, boshqa tomondan, ota-onalarning orzu-qavaslariyu, bordi-keldi bilan bog‘liq sarf-
xarajatlarning ortib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda kundan-kunga hayot va
yashash sharoitimiz yaxshilanib, oila farovonligi uchun yetarli shart-sharoitlarning bo‘lishiga
qaramay, tashqaridan barcha maishiy muammolari xal bo‘lgan yosh oilada ham nimalardir
yetishmayotganday tuyulaveradi.
Tadqiqotchilarning kuzatishlari va tadqiqotlar yurtdoshlarimizda, ayniqsa, yosh kelin-
kuyovlarda xastaliklarni oldini olish yoki bemor bo‘lib qolganda dori-darmonlarni iste’mol
qilishga munosabati keskin o‘zgarib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Yurtdoshlarimiz bunda eng
avvalo profilaktik tibbiyot, ya’ni xastalikni oldini olish uchun sog‘lom turmush tarzi qonun-
qoidalariga rioya etish, bunda sog‘lom fikr va ruhiy quvvatdan foydalanish, bo‘lgan-bo‘lmagan
dorilarni iste’mol qilavermaslik ko‘nikmalarini egallab borayotganligi tasdiqladi. Bu ham
ma’lum ma’noda mamlkatimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” ijtimoiy harakatining, samarali
targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijasidir. Qishloq xududlarida aholining toza ichimlik suvi, zarur
sanitariya-gigiena shart-sharoitlarini yaratish, xususan, ota-bobolarimizdan qolgan har bir
mahallada sharqona yuvinish maskanlari bo‘lmish hammomlar qurilishiga e’tiborning
ortayotganligi ham yurtdoshlarimiz psixologiyasining muhim o‘zgarishlaridandir. Oxirgi yillarda
ommaviy sportga, oilaviy hamda bolalar, ayollar sportiga e’tibor yanada kuchaydi. “Barkamol
avlod” sport o‘yinlari, “Universiada”, “Umid nihollari” musobaqalari, Respublika ayollar
spartakiadasi, badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro bellashuvlar va boshqalar o‘z ko‘lami va
xalqchilligi bilan xalq e’tirofini qozondi. Ushbu sa’yi harakatlar mamlakatimizning bu boradagi
strategik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq bilan hamjihat ekanligini isbotlamoqda.
Yurtimiz
a
yollari va bolalar sport bilan faqat o‘zining jismoniy quvvatini tiklash va bo‘sh vaqtini
maroqli o‘tkazish uchun emas, balki u orqali sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ibot qilish,
ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta’sirlar va zararli odatlardan halos bo‘lish,
kuchli xarakterni shakllantirish uchun shug‘ullanayotganliklari har qanday taxsinga loyiqdir.
Bularning barchasi strategik maqsadimiz – milliy genofondni yaxshilash, barkamol va sog‘lom
avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarni yanada takomillashtirish orqali yosh
oilalarning barqarorligiga erishishdan iboratdir.
REFERENCES
1.
Андреева Т.В. Семейная психология. – СПб.: 2004.-400 с
2.
Bo‘riev Ochil. O‘zbek oilasi tarixidan. – T.: O‘qituvchi, 1995. – 128 b.
3.
Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma. – T.: 2006 –215
4.
Добряков И.В. Перинатальные аспекты психологии и психотерапии семьи //
Семейный диагноз и семейная психотерапия. – СПб.: 2003.- 356 с
5.
Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTITUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI
VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 20. – №. 4. – С. 142-143.
6.
Бектурсынова Л. ФАСИЛИТАЦИЯ ВОСИТАСИДА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ
ТАШКИЛ ЭТИШ //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
346
УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2017. – Т. 35. – №. 4. – С. 50-53.
7.
Bektursinova L. X., Madaminova N. O. CHARACTERISTICS OF THE
DEVELOPMENT OF LITTLE CHILDREN'S MENTION //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.
8.
Bektursinova L. X., Ismailova G. ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE FAMILY IN
AGGRESSIVE SITUATIONS IN ADOLESCENTS. – 2024.
