Authors

  • L. Bektursinova
  • R. O’rinboeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107231

Keywords:

o‘smir intellektual salohiyatini qobiliyat iste’dod maxsus qobiliyat tabiiy hususiyat.

Abstract

Mazkur maqolada o‘smirlarning intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi. Rivojlanish jarayonining har bir o‘tish davri, qobiliyat faqat harakatda, rivojlanishda mavjudligi yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

347

O‘SMIRLARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANISHIDA

QOBILIYAT VA ISTEDODNING O‘RNI

L.Bektursinova

QQDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi docent., PhD.

R. O’rinboeva

QQDU 4-kurs amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15639675

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘smirlarning intellektual salohiyatini rivojlanishida

ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi. Rivojlanish
jarayonining har bir o‘tish davri, qobiliyat faqat harakatda, rivojlanishda mavjudligi yoritilgan.

Kalitso‘zlar:

o‘smir, intellektual salohiyatini, qobiliyat, iste’dod, maxsus qobiliyat, tabiiy

hususiyat.

O‘smirlarning intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va

iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz
kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va tez
o‘zlashtirib hayotga tadbiq eta oladilar. Lekin bu qobiliyat va iste’dod, barcha yoshlarimizga
tug‘ma talant nasib etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning
iste’dodini oshirib borish birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga
ya’ni oila, mahalla, o‘quv muassasalari va korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari
zimmasiga tushadi. Iste’dod tushunchasining asosiy mazmuni “qobiliyat» degan tushunchani
ham anglatadi. Bizningcha, amaliyotda qo‘llaniladigan «qobiliyat» tushunchasi uchta asosiy
qismga ega.

Birinchidan, qobiliyat psixologik o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, bir

odamni boshqasidan farqlaydigan qobiliyat tushuniladi, barcha odamlar xos bo‘lgan qobiliyat
haqida gap ketganda hech kim bu iborani ishlatmaydi. “Qobiliyat” so‘zi marksizm-leninizm
asoschilari bashora qilganidek bu - «Har kim qobiliyatiga yarasha» degan shiorda qo‘llanilgan,
xolos.

Ikkinchidan, qobiliyat iborasi umuman olganda odamdagi o‘ziga xos har qanday turli

xususiyatlarni anglatmay, balki faqat turli faoliyatlarni bajarishda erishgan muvaffaqiyatiga
bog‘liq bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Ba’zi odamlar shubhasiz o‘ziga xos fazilatlarga
ega: jizzakilik, lanjlik, yalqovlik kabi hususiyatlarni odatda qobiliyat deb bo‘lmaydi, chunki har
qanday faoliyatda ham har doim muvaffaqiyatga erishish mumkin emas.

Uchinchidan, «qobiliyat» tushunchasi ayrim shaxslarda, ya’ni uning bilimi yoki

bilarmonligiga qarab belgilanmaydi. Ko‘pincha, pedagog o‘quvchining faoliyatidan uncha
qoniqmasada, lekin shunga qaramay yaxshi o‘zlashtirolmayotgan bola boshqa o‘rtoqlaridan
ortda qolmay fanlarni yaxshi o‘zlashtirishga harakat qilishi bilan o‘qituvchini xursand qiladi.
Pedagog o‘zining noroziligini o‘quvchi bilan yetarlicha shug‘ullanamasligini asoslab:
o‘quvchining «qobiliyatiga e’tibor berib», o‘quvchi bilan ko‘proq shug‘ullansa bilimni yaxshi
o‘zlashtira olish qobiliyati bor degan xulosa keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

Har qanday o‘smirni faoliyati va bilimdonligi asosida tashkiliy ishga nomzodlikka

ko‘rsatib va bu ko‘rsatishni «yaxshi tashkiliy qobiliyat» bilan asoslashadi, albatta, «tashkiliy
qobiliyat»ga ega bo‘lish bu – «tashkiliy mahorat va bilarmonlik»ka ega degani emas ekanligi
haqida o‘ylashmaydi. Balki aksincha bo‘lib chiqishi ham mumkin: hali tajribaga ega bo‘lmagan
yosh xodimni «tashkiliy qobiliyati»ni asoslab nomzodlikka ko‘rsatishganda balki u hali shu
davrda yetarli mahorat va tajribaga ega bo‘lmasligi mumkin-u, lekin o‘zining bilimdonlik
qobiliyati tufayli tez orada mahorat va tajriba orttirib, muvaffaqiyatga erishishi ham mumkin.
Yuqoridagi misollardan kelib chiqib, hayotda qobiliyat tushunchasi ostida odatda mavjud
bo‘lgan bilim, mahorat va mahoratdan iborat bo‘lgan, lekin, bu bilim va mahoratlarga tez va
oson erishishni anglatadigan o‘ziga xos hususiyatlar ko‘zda tutiladi. Biz qobiliyatni shaxsni
tabiiy imkoniyatlari deb tushunishimiz mumkin emas, chunki, qobiliyatni biz « har bir shaxsning
o‘ziga xos psixologik hususiyatlari» deb aniqladik, shuning uchun bu har qanday shaxsda
mavjud bo‘lgan tabiiy xususiyat deb xulosa chiqarish aslo mumkin emas. Tabiiy bo‘lib faqat
anatomo-fiziologik hususiyatlar, ya’ni qobiliyatning rivoji asosida yotgan iste’dod bo‘lishi
mumkin, qobiliyatning o‘zi ham doimiy rivojlanish natijasida paydo bo‘ladi.

Qobiliyat - odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo‘lib, bu

xususiyatlarni haddan tashqari keng to‘ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning
nisbiy zaifligi hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko‘ra bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq faoliyatning muvaffaqiyatli bajarish imkoni aslo yo‘q emas. Bir shaxsda qobiliyatning
yetishmasligi keng rivojlangan boshqa bir shaxs bilan o‘rtalarida juda katta chegara qoplangan
bo‘lishi mumkin.

Aynan chegaraning qoplashning imkoniyati har xil: muammon, musiqiy iste’dod va

musiqaga yoki biror bir shunga o‘xshash sohaga bo‘lgan qobiliyat bilan bog‘langan faoliyat
iste’dod bo‘lmasa har qanday urunishlar oqibatda omadsizlikka olib kelishi muqarrar.

Qobiliyatlilikning u yoki bu boshqa maxsus ko‘rinishlardagi tushunchalarning mazmuni

xam ahamiyatli tarzda o‘zgarishga yuz tutadi, bu albatta tegishli faoliyatning ushbu davrda va
ushbu jamiyat formatsiyasining "muvoffaqiyatli" bajarilish kriteriyalarining qanaqaligiga
bog‘liq, albatta. «Musiqiy iste’dod» tushunchasi albatta, biz uchun jiddiy ravishda boshqa
mazmunga ega, bir ovozli musiqadan boshqa musiqani bilmaydigan xalqlar ham bo‘lishi
mumkin. Musiqaning tarixiy rivojlanishi musiqiy iste’dodning o‘zgarishiga ham olib keladi.
Shunday qilib, «iste’dod» tushunchasi aniq, tarixiy rivojlanayotgan ijtimoiy mehnat amaliyoti
uslubi bilan o‘zaro bog‘lanmasa xech qanday ahamiyatga ega emas.Yana bir muhim tomonini
belgilab qo‘yamiz. Iste’doddan faoliyat muvaffaqiyatli bajarilishi emas, balki, faqat bu
muvaffaqiyatga erishish imkoniga bog‘liq. Savolning psixologik tomondan chegaralangan
taqdirda ham, biz aytishimiz kerakki, har qanday faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishi uchun
nafaqat iste’dod, ya’ni qobiliyatning muvofiq birligi, balki zarur mahorat va bilarmonlik ham
talab qilinadi.

Quyidagi ikkita holat o‘rtasida katta farq mavjud "O‘smir o‘zining qobiliyatligi bilan

bunday faoliyat turlarini muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatiga ega" va " O‘smir o‘zining
qobiliyatligi bilan bunday faoliyat turlariga moslashgan"ligidir. Qobiliyatlik faoliyat tanlovini
aniqlab beruvchi yagona faktor hisoblanmaydi, shuningdek u faoliyatning bajarilish
muvoffakiyatini aniqlab beruvchi yagona faktor bo‘lib ham hisoblanmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

349

Maxsus qobiliyat (lotinchadan specialis - o‘zgacha) – shaxsning ma’lum turdagi

faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilgan imkonlari bo‘lgan psixologik holatning o‘ziga xosligi
(musiqiy, sahnaga oid, adabiy) va shu kabilar. Ularning rivoji iste’dodga munosib bo‘lib,
muammon, musiqiy xotira - qobiliyatga tayanadi.

Voyaga yetish ya’ni yoshga oid shakllanish davri davomida maxsus qobiliyatning

rivojishining eng qulay davri hisoblanadi. Katta ahamiyatga ega bo‘lgan iste’dod anatomik -
fiziologik asosda yetarli darajada farqlanishi mumkin bo‘lgan maxsus qobiliyatning tuzilishi
hisoblanadi. Shunday qilib, maxsus qobiliyat ma’lum darajasi (matematik, badiiy va h.k.) har
qanday sog‘lom bolada shakllangan bo‘ladi. Shu bilan, maxsus tashkil qilingan o‘qitish
sharoitida bolaning qobiliyatini yo‘naltirish rivojishida aniq xulosalar mavjud.

Biologik rivojlanishning ma’lum darajadagi bosqichda ro‘yobga chiqqan psixikani o‘zi

ularning mavjudlik sharoitlariga organizmlarning qiyinchilik bilan moslashishini ta’minlab uning
omillaridan biri sifatida bo‘lib turadi. Psixika odamga o‘tib yangi sifatli ijtimoiy-tarixiy
qonuniylikga bog‘langan tuzilmaga ega bo‘ladi. Faoliyat darajasida muntazamlikni saqlashda
yetakchilik qilib, psixika faolligini namoyon bo‘lishining oliy asosi bo‘lib hizmat qiladigan
shaxs tuziladi. Qobiliyat deb biz o‘ziga xos psixologik hususiyatni ataymiz, tug‘ma hususiyatlar
esa faqat anatomo-fizeologik bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ilmiy tahlilda tug‘ma qobiliyat
haqida so‘zlash mumkin emas. Tabiiy bo‘lib faqat iste’dod, ya’ni anatomo-fiziologik rivojlanish
asosida yotgan o‘ziga xos hususiyatida, qobiliyatlarning o‘zi esa har doim rivojlanish natijasi
o‘quv va tarbiya jarayonida birinchi navbatda amalga oshadi.

Muammo shundaki, shaxs asliga muvofiq bo‘lgan ma’no jihatidan u «tabiatdan berilgan»

qobiliyatga ega bo‘la olmaydi, balki faqat ushbu qobiliyatning tabiiy rivojlanish yo‘nalishlariga
ega bo‘lishi mumkin. “Tabiiy qobiliyat” haqida gapirib, biz har doim qobiliyatlarning o‘z
tabiiyligini emas, balki ularning nishonalarini rivojlanish asosida bo‘lganini nazarda tutishimiz
kerak.

Qobiliyat faqat harakatda, rivojlanishda mavjud. Bu rivojlanish faqat u yoki boshqa aniq

faoliyat jarayonida amalga oshadi. Bu shaxsning aniq faoliyatisiz qobiliyat mavjud emasligini
ko‘rsatadi.

Har qanday qobiliyatni zaruriyat bilan talab qiladigan, usiz amalga oshmaydigan faoliyat

jarayonida rivojlanib paydo bo‘ladi. Bolaning oldiga uning yordamisiz yechiladigan muammolar
qo‘yib qandaydir ma’lum qobiliyatni hech qachon tarbiyalab bo‘lmaydi. Muammo shundaki,
o‘smirlar o‘z qobiliyatlarini mavjud shart-sharoitlarga qarab rivojlantirishlari yoki aksincha,
ularni rivojlantira olmasliklari ham mumkin. Yaxshi qobiliyatlarning ko‘rsatkichlardan biri deb
erta namoyon bo‘lgan qobiliyatni tan olinadi, biroq, lekin erta namoyon bo‘lgan qobiliyatning
yo‘qligi qaysidir me’yorda zaiflik ko‘rsatkichi yoki ayniqsa munosib qobiliyatni yo‘q deb
hisoblash mumkin emas.

Birinchidan, erta namoyon bo‘lgan qobiliyatlar imkoni nafaqat o‘smirning iste’dodiga

bog‘liq, balki uning hayotidagi birinchi yillari o‘tgan tarbiyaviy sharoitga ham bog‘liqdir. Juda
erta namoyon bo‘lgan har qanday qobiliyatlar kuzatilayotgan hamma holatlarda ham, bu
qobiliyatning rivojlanishida ota-ona yoki boshqa kimsalarning o‘rni yoki to‘g‘ri (tartibli
bo‘lmasa xam) tashvishlari, yoki, hech bo‘lmaganda, bolani mana shu qobiliyat rivojlanishi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

350

mumkin bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘naltiradigan sharoitning yaratib berishga ham
bog‘liq. mavjud. Bu sharoitlarning yo‘qligida qobiliyat namoyon bo‘la olmaydi.

Ikkinchidan, ko‘p bolalarda qobiliyat ilk bor faqat doimiy shug‘ullanish natijasida

rivojlana boshlaydi va bu aslo qobiliyatning zaifligini ko‘rsatmaydi, aksincha, ba’zi bolalarda
mazkur soha bo‘yicha mislsiz iste’dodga ega ekanligi keyinroq namoyon bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘smir qobiliyatini har qanday holatda tarbiyalab

o‘stirishda, avval pedagogik-psixologik xulosa chiqarmasdan turib, salbiy xulosaga kelish
mumkin emas.

Har bir o‘smirga, uning shaxs xususiyatidan kelib chiqib, uning tarbiyaviy jarayoniga

biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo‘llash murakkab jarayondir. Lekin bu davr talabidir.

Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qidirib, uni mantiqiy-nazariy

jihatdan to‘liq anglab olish va amaliyotga qo‘llashgacha bo‘lgan murakkab jarayonga qaraganda
– jarayonning o‘zini loyihalashtirish eng qulay va samarador uslubdir. Shu o‘rinda ta’kidlash
lozimki, tarbiyaning hech bir uslubiyotini – tarbiyalanuvchilarga hech qachon bir xilda qo‘llab
bo‘lmaydi. Ya’ni har bir o‘smirga individual yondoshish kerak.

O‘smirlarga yo‘naltirilgan tarbiya tizimi o‘qituvchidan tarbiya uslubiyotlariga alohida

munosabat bilan yondoshishni, uslubiyotni hamda mavjud holatni to‘liq o‘rganishni, jarayonga
ijodiy muhitni olib kirishni taqozo etadi. Bunga asosiy sabab:

- tarbiya jarayonida to‘liq muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlik tahdidining

mavjudligi;

- o‘smir to‘qnashadigan va ba’zan ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli yoki

muvaffaqiyatsiz kurashadigan hayotiy holatlardan biri – bu fikrining o‘ylaganidek ro‘yobga
chiqmasligini anglashi;

- o‘smirlar ko‘pincha o‘zining dunyoqarashi, tasavvurining qanday darajada kengligidan

kelib chiqib, fikrlaydi hamda bu fikrlashni mavjudlikning ijobiy, yoki salbiy holatlari bilan
bog‘lab tahlil qila olmasligidir.
Agar o‘smirlar ijodiy qobiliyatlariniri rivojlantirishdagi yetakchi faoliyatini aniqlab, unga
ijtimoiy psixologik ta’sirlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib quyidagilarni asoslashimiz
mumkin.

O‘smirlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o‘z xatti-harakatlarini

yo‘lga solishiga intiladilar. Bu esa, avvalo o‘smirning o‘zini anglashining o‘sishida
namoyon bo‘ladi. O‘zini anglash murakkab psixologik struktura bo‘lib, quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
Birinchidan bolada tashqi olamdagi predmet tasiridan paydo bo‘lgan sezgilari o‘z tanasi
bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi.
Ikkinchidan o‘zining shaxsiy "Men"ligini faol faoliyati asosida anglashi. Uchinchidan
o‘zining psixik xususiyati va xislatlarini anglashi.
To‘rtinchidan ijtimoiy, axloqiy o‘z-o‘ziga baho berishning ma’lum sistemasini anglashi.

Har tomonlama yetuk shakllangan, komil shaxs g‘oyasi shaxsiyatning azaliy orzusi bo‘lib

hisoblanadi va ushbu darajaga erishish borliqni, jamiyatni bilishning muhim manbai sanaladi.
Milliy model nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, har tomonlama kamol topgan shaxs, o‘z
sohasi bo‘yicha mahoratli mutaxassis darajasiga erishadi. Buning natijasida yetuk shaxs hayot va


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

351

faoliyatida ijtimoiy – tarixiy psixologik namuna bosqichiga o‘sib o‘tadi, o‘zining salohiyati bilan
sohani taraqqiy ettirish manbaiga aylanadi. Individuallik namunasi milliy va shaxsiy ahamiyat
kasb etadi, rivojlanishni harakatlantiruvchi mexanizmi vazifasini bajaradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qobiliyat tushunchasini shaxsning tabiiy xususiyati

deb qabul qilmay, biroq biz ko‘p hollarda qobiliyat rivoji asosida ba’zi shaxslarda tabiiy
hususiyat, ya’ni iste’dod ham mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.


REFERENCES

1.

Адизова Т.М. Психокоррекция Т.: 2005. Б-58

2.

Бойярд Р.Г., Боярд Д. Ваш беспокойный подросток: Прак. Руководство для
отчаяшихся родителей: пер.с анг. – М.1991 – 229 с.

3.

Давлетшин. М.Г."Замонавий мактаб укитувчисининг психологияси". Т. 1999 йил.

4.

Еникеев М.И. Обшая и социальная психология: учебник для ВУЗов. –М.:
НОРМА, 2002. – 624 с.

5.

23.Каримова В.М. Психология.Тошкент: А.Қодирий номидаги нашриёт, 2002.205
б.

6.

Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTITUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI
VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 20. – №. 4. – С. 142-143.

7.

Бектурсынова Л. ФАСИЛИТАЦИЯ ВОСИТАСИДА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ
ТАШКИЛ ЭТИШ //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО
УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2017. – Т. 35. – №. 4. – С. 50-53.

8.

Bektursinova L. X., Madaminova N. O. CHARACTERISTICS OF THE
DEVELOPMENT OF LITTLE CHILDREN'S MENTION //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

9.

Bektursinova L. X., Ismailova G. ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE FAMILY IN
AGGRESSIVE SITUATIONS IN ADOLESCENTS. – 2024.



References

Адизова Т.М. Психокоррекция Т.: 2005. Б-58

Бойярд Р.Г., Боярд Д. Ваш беспокойный подросток: Прак. Руководство для отчаяшихся родителей: пер.с анг. – М.1991 – 229 с.

Давлетшин. М.Г."Замонавий мактаб укитувчисининг психологияси". Т. 1999 йил.

Еникеев М.И. Обшая и социальная психология: учебник для ВУЗов. –М.: НОРМА, 2002. – 624 с.

23.Каримова В.М. Психология.Тошкент: А.Қодирий номидаги нашриёт, 2002.205 б.

Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTITUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 20. – №. 4. – С. 142-143.

Бектурсынова Л. ФАСИЛИТАЦИЯ ВОСИТАСИДА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2017. – Т. 35. – №. 4. – С. 50-53.

Bektursinova L. X., Madaminova N. O. CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF LITTLE CHILDREN'S MENTION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

Bektursinova L. X., Ismailova G. ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE FAMILY IN AGGRESSIVE SITUATIONS IN ADOLESCENTS. – 2024.