691
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
MILLIY HISOBCHILIK VA MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR
Abdusattororov Sunnat
Termiz davlat universiteti talabasi.
Hojiqulova Feruza
Termiz davlat universiteti oqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15670234
Annotatsiya
. Ushbu maqolada biz miliy hisobchilik tushunchasini paydo bolishi,
mohiyati, shuningdek uni hisoblashda qollaniladigan makroiqtisodiy korsatkichlar bilan
tanishamiz
Kalit so’zlar
: milliy hisobchilik, yaim, yamd, shatd, sof ichki mahsulot, sof milliy
daromad.
Milliy hisоbchilik dеgаndа, mаmlаkаt miqyosidа bo‘lаyotgаn iqtisоdiy vа ijtimoiy
jаrаyonlаrni ifоdаlоvchi ko‘rsаtkichlаr tizimi, bu ko‘rsаtkichlаrni hisоblаsh mеtоdоlоgiyasi vа
usullаri tushunilаdi. Milliy hisоbchilik, dаstlаbki dаvrlаrdа (XVII-XIX аsr) аsоsаn mаmlаkаt
miqyosidа yarаtilgаn milliy dаrоmаdni hisоblаshgа qаrаtilgаn edi. Milliy hisoblar tizimi bоzоr
munоsаbаtlаrigа аsоslаngаn iqtisodiyotga ega rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdа vujudgа kеldi. Dаstlаb
bu mаmlаkаtlаrdа hisоbоt tizimigа zаrurаt unchаlik sеzilmаdi. Lеkin, ilg‘оr tехnоlоgiyalаrning
rivоjlаnishi, kаpitаlistlаrning yuqоri dаrаjаdа fоydа оlishgа intilishlаri tоvаrlаr ishlаb chiqаrish
vа istе’mоl o‘rtаsidа nоmutаnоsibliklаrni kеltirib chiqаrа bоshlаdi. Nаtijаdа, tаlаb vа tаklif
o‘rtаsidаgi muvоzаnаt buzilib, iqtisоdiy inqirozlаr sоdir bo‘lа bоshlаdi. Bundаy inqirozlаr XIX-
аsrning охiri vа XX аsrning bоshlаrigа kеlib bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga ega
mamlakatlarni qаmrаb оlа bоshlаdi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar sifatida milliy mahsulot,
milliy daromad, isteʼmol, jamgʻarma (kapital qoʻyilmalar) va hokazolar hisoblana boshlandi.
1951 yilda Parijda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiniig Milliy hisoblar tizimi standarti loyihasi
qabul qilindi. Milliy hisoblar tizimi BMT tomonidan e’lon qilingan “Milliy hisoblar va
yordamchi jadvallar tizimi” nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-
yildan boshlab qo‘llanila boshlandi. 1953-yilda BMTning statistika komissiyasi tomonidan
amaliyotga tadbiq etish uchun Milliy hisoblar tizimining standarti qabul qilindi. Ushbu
standartlar 1968, 1993 va 2008 yillarda yangilanib, takomillashtirildi. 1968-yil BMTning
statistika komissiyasi 15 yillik tajriba asosida Milliy hisoblar tizimining yangi xalqaro standartini
ishlab chiqdi va u 1993-yilning fevralga qadar qoʻllanildi. 1993-yil fevralda BMT statistika
komissiyasining navbatdagi sessiyasida Milliy hisoblar tizimining yangi xalqaro andozasi qabul
qilindi, undagi yangiliklardan biri sifatida makroiqtisodiy statistikaning koʻrsatkichlari qatoriga
toʻlov balanslari, davlat budjeti koʻrsatkichlari kiritildi. Yevropa Ittifoqi 1995-yilda BMTning
Milliy hisoblar tizimi andozasi asosida “Yevropa milliy hisoblar tizimi”ni qabul qildi. “MHT-
2008” xalqaro standarti 2009-yilda BMT Statistika komissiyasining 40-sessiyasida qabul qilinib,
ushbu qoʻllanmada bir qator muhim iqtisodiy jarayonlarning statistik koʻrsatkichlarda ifodalash
uslubiyati takomillashtirilgan Hоzirgi zаmоn milliy hisоbchiligi nаzаriy vа аmаliy jihаtdаn o‘tа
yuksаk dаrаjаdа rivоjlаngаn hisоbоt tizimi bo‘lib, mаmlаkаtdаgi vа uning tаrmоqlаri vа
sеktоrlаridаgi iqtisоdiy vа sоtsiаl jаrаyonlаrni to‘lа аks ettirishgа qаrаtilgаn. Bu tizimdа qаbul
qilingаn hisоblаsh usul vа uslublаri, tаsniflаr vа tushunchаlаr bоshqа hisоbоt (buхgаltеriya,
mоliya, bаnk hisоbоtlаri vа bоshqаlаr) vа stаtistikа tizimlаri (mоliya, bаnk, bоjхоnа, bаhо vа h.k.
stаtistikаsi) bilаn uyg‘unlаshtirib tuzilgаn. Hоzirgi vаqtdа аmаliyotdа ishlаtilаyotgаn milliy
hisоbchilik tizimi “Milliy hisоblаr tizimi” (MHT) dеb nоm оlgаn.
692
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Bu tizim hоzirgi vаqtdа хаlqаrо stаndаrt sifаtidа еr yuzining 160 dаn оrtiq mаmlаkаtlаr
аmаliyotidа ishlаtilyapti. Bu tizim, iqtisоdiyoti bоzоr iqtisоdigа аsоslаngаn mаmlаkаtlаrdа
bo‘lаyotgаn iqtisоdiy vа sоtsiаl jаrаyonlаrni to‘lаqоnli аks ettirishgа qаrаtilgаn. MHTdа
mаmlаkаtdа bo‘lаyotgаn ishlаb chiqаrish, istе’mоl, jаmg‘аrish, invеstitsiya jаrаyonlаri,
mаmlаkаtning mоliyaviy hоlаti vа chеt el bilаn bo‘lgаn iqtisоdiy hаmkоrligining nаtijаlаri bir-
biri bilаn uzviy bоg‘liq bo‘lgаn schyotlаrdа ifоdаlаnаdi. Milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy
faoliyat natijalarini ifodalovchi hisoblar va jadvallarning muayyan toʻplami shaklida tuzilgan,
oʻzaro bogʻliq statistik koʻrsatkichlarni oʻzida aks ettiradigan xalqaro uslubiyat boʻlib, mamlakat
ijtimoiy iqtisodiy hayotining barcha jabhalarini oʻrganishga xizmat qiladi.
Milliy hisoblar tizimi – mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida
qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimidir. Shuningdek, Milliy hisoblar tizimi
bozor munosabatlari sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy
daromadini hisoblash metodologiyasi hamdir. Milliy hisoblar tizimi - yaxlit jamlanma iqtisodiy
statistik ko‘rsatkichlar to‘plami bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, natijada
yalpi milliy daromadni yaratish, ularni taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol jarayonlarini
o‘zida mujassamlashtirgan hisobot va statistika tizimidir. Ushbu tizimda ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish, iste’mol, investitsiya, jamg‘arish jarayonlari ketma-ket “T” ko‘rinishidagi
“resurslar va ishlatilishi” jadvallarini tuzish orqali hisoblarda tasvirlanadi. MHT balans
statistikasining rivojlanishi, milliy daromad, milliy boylik, jamg‘arma kabi makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni aniqlash ishlari evolyutsiyasining natijasidir. Oʻzbekiston mustaqillikka
erishgach, hisob va statistikani xalqaro andozalarga oʻtkazishga kirishdi va shu maqsadda 1994-
yilda “Oʻzbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtish davlat
dasturi” ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston milliy
statistika amaliyotiga MHT xalqaro uslubiyatini joriy qilish ishlari Vazirlar Mahkamasining
1994-yildagi 433-sonli qaroriga asosan boshlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi
farmoni, 2019 yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash
hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika
tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari MHTni
statistika amaliyotiga keng joriy qilishni yanada jadallashtirishda huquqiy asos boʻlib xizmat
qildi. 2017-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
tomonidan milliy hisoblar koʻrsatkichlarini hisoblash uslubiyatlari “MHT 2008” xalqaro
standarti qoidalariga muvofiqlashtirildi hamda ular asosida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
MHT, davlat moliyasi statistikasi va to‘lov balansi ko‘rsatkichlari o‘zaro muvofiqlashtirildi.
Bunda YaIM hisob-kitoblarini davlat moliyasi statistikasi va toʻlov balansi maʼlumotlariga
muvofiq ravishda amalga oshirish va qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish yoʻlga
qoʻyildi. Ushbu hisob-kitoblar asosida YaIM va u bilan bogʻliq makroiqtisodiy
koʻrsatkichlarning 2010-yildan yillik va 2017-yildan choraklik dinamik qatorlari shakllantirildi
va eʼlon qilina boshlandi. 2019-yil 19-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida milliy hisoblarning zamonaviy tizimini joriy etish
to‘g‘risida”gi 691-sonli qarori qabul qilindi.
693
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Unga ko‘ra, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar qamrovining to‘liqligini ta’minlash va yalpi
ichki mahsulotni yakuniy iste’mol usulida hisoblash metodologiyasini takomillashtirishni
nazarda tutuvchi milliy hisoblar zamonaviy tizimini 2020-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma
bosqich joriy etila boshlandi.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar.
Bu
ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 1.Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM),
Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daromad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), shaxsiy
tasarrufidagi daromad (ShTD), iste’mol (C), jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi va o‘sish
sur’atlari; 2. iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; 3.mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi,
YaIMdagi ulushi va o‘sish suratlari; 4. davlat budjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol narxlari
indeksi, inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari; 5. ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan
bandlik darajasi; 6. aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning
jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. Davlat budjeti taqchilligi va inflyatsiya
sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM,
SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini
va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari
faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi
(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning
standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo
taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan,
mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan
boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. YaIM va YaMD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqni
quyidagi formula ko‘rinishida tasavvur etish mumkin: YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari
tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan
daromadlari. YaIM va YaMDning prinsipial farqi shundaki, ulardan birinchisi mamlakat
rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini o‘lchasa,
ikkinchisi ular olgan boshlang‘ich daromadlarni o‘lchaydi. Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof
milliy daromad (SMD) ko‘rsatkichlari YaIM va YaMD ko‘rsatkichlaridan amortizatsiya
(iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi. SIM = YaIM - A SMD =
YaMD - A Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek Milliy hisoblar tizimiga kirmagan Shaxsiy
daromad (ShD) ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi. ShD = SMD – [ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari)
+ T (bilvosita soliqlar) + (R1.1 - korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 - Korporatsiyalarning
taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar
ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad. Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari
bo‘yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi. Shaxsiy daromaddan aholi to‘laydigan daromad
solig‘i, mulk solig‘i va ayrim nosoliq to‘lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad
(ShTD) ko‘rsatkichi topiladi. ShTD uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S)
uchun ishlatiladi. SHTD =C + S Makroiqtisodiy tahlilda uy xo‘jaliklarining ShTD va Yalpi
milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi. YaMTD= YaMD +
Xorijdan olingan sof transfertlar Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan
olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar) Yalpi milliy tasarrufidagi
daromad yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armish uchun ishlatiladi. YaMTD = Yakuniy iste’mol
+Milliy jamg‘armalar Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari
hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
694
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida
ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni
bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi
nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga
bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin.
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo‘ladi. Ammo Xitoy Xalq
Respublikasi misolida ko‘rish mumkinki, milliy jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi
mumkin.
Qisqacha xulosalar;
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali
baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, C,S, INI,
YaIM deflyatori kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. YaIM – mamlakat rezidentlari tomonidan
ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng
umumiy yig‘indisidan iborat.
YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari mavjud
bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi. YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta
hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi.
Bu usul YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi. YaIMni xarajatlar ko‘rinishida
to‘rt guruhdagi xarajatlar – iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari
yig‘indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda
o‘zaro teng bo‘ladi. Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy
bazasi bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud. Makroiqtisodiy tahlilda
YaIM ko‘rsatkichi bilan birga YaMD ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD – mamlakat
rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish
va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab
chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi.
Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa
doimiy narxlarda baholaydi. Shunday qilib, real YaMM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi
o‘sishi bilan oshadi, nominal YaMM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi natijasida
ham oshishi mumkin. Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o‘zgarishini aniqlash
uchun baholar indekslaridan: YaIM deflyatori va INI ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov, A., Tursunov, B. (2020). Milliy hisoblar tizimi. Toshkent: Iqtisodiyot va
moliya nashriyoti.
2.
Qodirov, M. M., Tadjibayeva, Z. Sh. (2019). Makroiqtisodiyot nazariyasi. Toshkent:
“Fan va texnologiya” nashriyoti.
3.
Jahon banki. (2023). World Development Indicators. https://data.worldbank.org
4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi. (2024). Yillik statistik to‘plam.
https://stat.uz
5.
United Nations. (2008). System of National Accounts 2008 (SNA 2008). New York:
United Nations, European Commission, IMF, OECD, World Bank.
6.
Mankiw, N. G. (2020). Makroiqtisodiyot: Asosiy tushunchalar (Tarjima). Toshkent:
“Iqtisodiyot” nashriyoti.
695
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
7.
Mishkin, F. S. (2019). Iqtisodiyot nazariyasi: Puling va moliya siyosati aspektlari.
Boston: Pearson Education.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi materiallari (2023).
https://www.mf.uz
