2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
348
O’ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLARDA BOLALARNI RAQAMLI
XAVFLARDAN HIMOYA QILISH TAJRIBASI
Usmonova Bonuxon Qahramon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura boshqichi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15679853
Annotatsiya.
Ushbu tezisda kiberjinoyatlar, ayniqsa voyaga yetmaganlardagi kiberbulling
va boshqa maqsadli rejalashtirish-xatarlar tahlil qilingan. O'zbekiston qonunchiligi hamda
boshqa davlatlar (Germaniya, Belgiya, Belgiya, Angliya, Rossiya) solishtirib o'rganilgan. Bundan
tashqari, voyaga voyagalarni himoya qilish, ularga nisbatan xavfsizlik va profilaktika choralariga
e'tibor qaratish mumimligi ko’rsatilingan.
Kalit so‘zlar:
kiberjinoyatchilik, kiberbulling, raqamli xavfsizlik, jinoyat javobgarligi,
huquqiy maqom, bolalar huquqlari, O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro tajriba, sud-huquq tizimi,
axborot texnologiyalari, tarbiyaviy choralar, psixologik yordam, ijtimoiy moslashtirish,
reabilitatsiya choralari, internet xavflari.
Globallashuv jarayonida Internet axborot makoni nafaqat ijtimoiy aloqalarni kengaytirish
va bilim olish vositasi, balki huquqbuzarliklarning ham yangi shakllari yuzaga keladigan
platformaga aylangan. Xususan, voyaga yetmaganlar orasida kiberjinoyatlar yoki Internet orqali
sodir etiladigan boshqa huquqbuzarliklar sonining ortib borishi bugungi kunda jiddiy ijtimoiy
muammoga aylanmoqda. Bunday huquqbuzarliklar nafaqat jinoyat sodir etgan shaxsga, balki
jamiyatga, axloqiy qadriyatlarga, yoshlarning psixologik holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekiston singari aholisi tez sur’atlarda raqamli dunyoga integratsiyalashayotgan
davlatda bu muammoga jiddiy e’tibor qaratilishi zarur.
Bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan
huquqbuzarliklar turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda: bu kiberbulling (onlayn tahdid,
haqorat), pornografik materiallarga kirish yoki ularni tarqatish, noqonuniy kontentga jalb etilish,
boshqalarning shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy olish, onlayn firibgarlik va hatto ekstremistik
g‘oyalarga ta’sirlanish holatlarigacha boradi.
Yoshlar, xususan voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish nafaqat O‘zbekiston
Respublikasining ichki siyosatida, balki xalqaro miqyosda ham ustuvor va umumiy tan olingan
maqsadlardan
biri
hisoblanadi.
Tadqiqotchi
Sh.A. Sayfullayev o‘zining magistrlik dissertatsiyasida qayd etganidek, voyaga yetmaganlar
huquqlarini himoya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi, boshqa suveren davlatlar hamda
xalqaro tashkilotlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan
1
.
Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda bir qator huquqiy asoslar, institutsional mexanizmlar va
maxsus tizimlar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Jumladan, davlat siyosatida voyaga
yetmaganlarga oid jinoyat huquqi normalarini liberallashtirish, ya’ni jinoyat kodeksining tegishli
moddalari doirasida ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni
qo‘llash, ularni jazodan ozod etish va ijtimoiy reabilitatsiyani kuchaytirish kabi yondashuvlar
1
Sh. A. Sayfullayev. “Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish instituti: Qiyosiy-Huquqiy
Tahlil” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya Ishi. Toshkent – 2022.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
349
ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda,
jinoyat qonunchiligini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shuningdek, jinoyat qonunchiligida mavjud yondashuvlar voyaga yetmagan shaxslarni
jazo obyekti sifatida emas, balki ijtimoiy reabilitatsiyaning muhim subyekti sifatida ko‘rishga
yo‘naltirilgan. Tadqiqotchi Sh. Pulatovaning fikricha, voyaga yetmaganlarni ozodlikdan mahrum
qilish muassasalarida saqlash ularning ijtimoiy holatiga, ruhiy salomatligiga va tarbiyasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, og‘ir jinoyat sodir etgan yoki jinoyatga moyil tengdoshlar
bilan muloqotda bo‘lishi, ularning ruhiyatiga yanada salbiy ta’sir o‘tkazadi
2
.
Shu sababli, voyaga yetmaganlar uchun belgilangan jazo turi faqat jazolash maqsadiga
xizmat qilmasligi, balki tarbiyaviy va ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Yengilroq jazo turi
sifatida qo‘llanilayotgan ozodlikdan cheklash chorasi esa, ba’zan “jinoiy hayotga kirish eshigini
ochuvchi” omil sifatida emas, balki voyaga yetmagan shaxsni real hayotga tayyorlovchi va uni
ijtimoiy muhitga qayta moslashtiruvchi bir maktab vazifasini bajarishi zarur.
Bu boradagi xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab rivojlangan mamlakatlar jinoyat
qonunchiligida jazolash emas, balki reabilitatsiya va ijtimoiy integratsiyani asosiy maqsad sifatida
belgilagan. Shu munosabat bilan, xorijiy tajribani chuqur o‘rganish, tahlil qilish hamda
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga ijobiy jihatlarini moslashtirilgan holda tadbiq
etish dolzarb vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xususan, Germaniya Jinoyat kodeksida o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan shaxslar jinoiy
javobgarlikka tortilmaydigan subyektlar sifatida belgilangan
3
. “Voyaga yetmaganlar ishlari
bo‘yicha sudlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan
shaxslarning javobgarligi shaxsning rivojlanish darajasi va aqliy etukligiga qarab belgilanadi.
Agar jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan shaxs etuk deb topilsa, u jinoiy javobgarlikka
tortilishi mumkin. Biroq, ushbu yosh toifasi umumiy jinoyat qonunchiligi doirasida emas, balki
alohida qonun — voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha qonun asosida javobgarlikka tortiladi.
Mazkur qonunchilik asosida jinoiy javobgarlik uchta toifaga ajratiladi: tarbiyaviy chora-
tadbirlar, intizomiy ta’sir choralar va yoshlar uchun maxsus qamoq jazosi. Bu choralardan faqat
oxirgisi jinoiy sanktsiya sifatida baholanadi. Intizomiy choralar esa faqat tarbiyaviy choralar
samara bermagan hollarda qo‘llaniladi. Ular quyidagilarga bo‘linadi: ogohlantirish, shaxsiy
kechirim so‘rash, yetkazilgan zararlarni qoplash yoki ijtimoiy tashkilotlarga to‘lov qilish. Bundan
tashqari, uncha og‘ir bo‘lmagan huquqbuzarliklarda, voyaga yetmaganlar maxsus muassasalarda
qisqa muddatli yoki uzoq muddatli (bir haftadan to‘rt haftagacha) qamoqda saqlanishi mumkin.
Bu choralar sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi.
Belgiya qonunchiligiga ko‘ra, jinoyat kodeksida belgilangan jazolar voyaga yetmaganlarga
nisbatan qo‘llanilmaydi. Ular 1965-yil 8-apreldagi “Yoshlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun
asosida yoshlar sudlarida ko‘rib chiqiladi. Biroq, agar shaxs o‘n olti yoshdan oshgan bo‘lsa, ayrim
hollarda u umumiy sud yurisdiksiyasiga berilishi mumkin
4
.
2
Ш.Пулатова. Ўзбекистон Республикасида ювенал юстицияни ривожлантиришнинг айрим масалалари.
Ўзбекистон республикаси жиноят кодексини такомиллаштириш масалалари. Республика илмий-амалий
конференция материаллари тўплами. 2017. 96-bet.
3
Strafgesetzbuch (StGB) – German Criminal Code. URL:
https://www.gesetze-im-internet.de/stgb/
4
Loi du 8 avril 1965 relative à la protection de la jeunesse (Belgiya). URL:
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
350
Mazkur qonunda quyidagi ta’sir choralari nazarda tutilgan: ota-ona yoki vasiy shaxslar
orqali nazoratni kuchaytirish, ta’lim olish va ijtimoiy xizmatlarni bajarish majburiyati, psixologik
maslahat olish, homiylik oilasiga yoki maxsus muassasaga joylashtirish, ixtisoslashtirilgan
markazlarda saqlash.
Fransiya Jinoyat kodeksining 122-moddasi 8-qismida o‘n uch yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmaganlarning jinoiy javobgarligi istisno etiladi. O‘n uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha
bo‘lganlar esa, alohida qonunchilik asosida javobgarlikka tortiladi
5
. 1945-yil 2-fevraldagi
“Qonunbuzarlik to‘g‘risida”gi qonun asosida Bolalar sudyasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar
qo‘llanilishi mumkin: ogohlantirish, ota-ona yoki ishonchli shaxsga topshirish, sud himoyasiga
olish (besh yildan oshmagan muddatga), ta’lim-tarbiya yoki tibbiy muassasalarga joylashtirish,
sinov muddatini tayinlash (o‘n sakkiz yoshgacha)
6
.
Angliya va Uelsda esa 1998-yil 31-iyulda qabul qilingan “Jinoyat va tartibsizliklar
to‘g‘risida”gi qonun asosida jinoiy javobgarlik yoshi o‘n deb belgilangan. O‘n yoshdan o‘n yetti
yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan dastlabki huquqbuzarliklarda politsiya tomonidan
ogohlantirish beriladi. Agar jinoyat og‘ir bo‘lsa, sud quyidagi choralarni belgilashi mumkin: uch
yilgacha sinov muddati, jamoat ishlari (40 soatdan 240 soatgacha), shartli jazo, komendantlik
soatiga rioya qilish, yashash joyi bo‘yicha cheklovlar, dam olish kunlari tarbiyaviy kurslarda
qatnashish
7
.
Xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tahlil qilinar ekan, O‘zbekiston qonunchiligidan farqli
bir qator jihatlar aniqlanadi. Masalan, Qirg‘iziston Respublikasida voyaga yetmaganlarga nisbatan
ogohlantirish, ota-onaga topshirish kabi choralardan tashqari, majburiy chora amal qilish muddati
aniq (bir oydan uch oygacha) belgilangan.
Belgiya qonunchiligida ota-onalar yoki ixtisoslashtirilgan organlar zimmasiga nazorat
yuklatiladi, Germaniyada esa voyaga yetmaganlarning yashash joyi, aloqada bo‘lishi mumkin
bo‘lgan shaxslar va joylar cheklanadi. Psixologik yordam, homiylik oilasiga joylashtirish,
ixtisoslashgan markazlar, kasb-hunar o‘rgatish muassasalariga joylashtirish kabi chora-tadbirlar
mavjudligi kuzatiladi.
Bundan tashqari, Rossiya jinoiy qonunchiligida zamonaviy jinoiy qonunchilik voyaga
yetmagan shaxsga jazo tayinlashdan oldin tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning majburlash choralarini
qo’llash uchun asoslar mavjudligini hisobga olish kerakligidan kelib chiqadi hamda Rossiya
Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 14-bobi voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi va
jazosining xususiyatlariga bag‘ishangan. Ushbu bobning 90-moddasidan boshlab voyaga
yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning
majburlov choralariga bag‘ishlangan.
Rossiya jinoiy qonunchiligiga ko’ra, voyaga yetmaganga nisbatan quyidagi taʼlim-
tarbiyaviy majburlov choralari qo’llanilishi mumkin, xususan, ogohlantirish; ota-onalar yoki
ularning o’rnini bosuvchi shaxslar yoxud ixtisoslashtirilgan davlat organi nazorati ostida o’tkazish;
yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash; voyaga yetmaganning bo’sh vaqtini cheklash
va xulq-atvoriga alohida talablarni belgilash (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 90-
5
Code pénal français. Article 122-8. URL:
https://www.legifrance.gouv.fr
6
Ordonnance du 2 février 1945 relative à l’enfance délinquante (Fransiya).
7
Crime and Disorder Act 1998 (England and Wales). URL:
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
351
moddasi) hamda yopiq turdagi maxsus ta‘lim muassasasiga joylashtirish (Rossiya Federatsiyasi
Jinoyat kodeksining 90-moddasi). Mazkur majburlov choralarining mazmuni Jinoyat kodeksining
91- va 92-moddalarida yoritilgan.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo’llash sud tomonidan amalga
oshirilib, kichik yoki o’rtacha og‘irlikdagi jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar uni
axloq tuzatishga tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning majburlov choralarini qo’llash orqali erishish
mumkinligi e‘tirof etilgan bo’lsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin
8
.
Voyaga yetmagan shaxs tomonidan tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning majburlov chorasi
muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda, ushbu chora ixtisoslashtirilgan davlat organining
taqdimnomasiga binoan bekor qilinadi va voyaga yetmagan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish
uchun materiallar yuboriladi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 90-moddasi 4-qismi).
Bundan tashqari, jazoni o’tashdan shartli ravishda ozod qilish instituti ham voyaga
yetmaganlarning manfaatlarini himoya qiladi. Voyaga yetmaganda jinoyat sodir etgan, ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni o’tashdan shartli ravishda
muddatidan oldin ozod qilish amalda o’taganidan keyin qo’llanilishi mumkin (Rossiya
Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 93- moddasi).
Xulosa qilib aytganda, xorijiy tajriba voyaga yetmagan jinoyatchilarga nisbatan
jazolashdan ko‘ra, ularni tuzatish, tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirishga qaratilganligini
ko‘rsatadi. Bu yondashuvlar, yoshlarning kelgusida jinoyatchilik yo‘liga qaytmasligi uchun
muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, oilaviy muhitning salbiy ta’siri, nazoratning sustligi kabi
omillar ushbu jinoyatlar ildizida turganligi statistik jihatdan ham isbotlangan.
Shu sababli, xalqaro huquq normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish,
jazodan ozod qilish institutini yanada samarali qo‘llash va huquqiy ta’sir choralarini
insonparvarlik tamoyillari asosida belgilash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
8
