Authors

  • Bonuxon Usmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107832

Keywords:

voyaga yetmaganlar huquqbuzarlik kiber jinoyat internet xavfsizligi raqamli huquqbuzarlik ota-ona nazorati kiber huquq profilaktika ommaviy axborot vositalari.

Abstract

mazkur tezisda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, xususan, raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan kiber jinoyatchilik holatlari yoritib berilgan. Xususan, zamonaviy internet muhitining voyaga yetmaganlar ongiga ko‘rsatadigan ta’siri, ota-onalar va pedagoglarning nazorati, shuningdek, qonunchilikdagi bo‘shliqlar tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlarning voyaga yetmaganlar orasida kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tajribalari ko‘rib chiqilgan.

background image


Iyun, 2025-Yil

277

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILAYOTGAN

HUQUQBUZARLIKLARNING SABABLARI

Usmonova Bonuxon Qahramon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15677976

Annotatsiya.

mazkur tezisda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan

huquqbuzarliklarning sabablari, xususan, raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan kiber
jinoyatchilik holatlari yoritib berilgan. Xususan, zamonaviy internet muhitining voyaga yetmaganlar
ongiga ko‘rsatadigan ta’siri, ota-onalar va pedagoglarning nazorati, shuningdek, qonunchilikdagi
bo‘shliqlar tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlarning voyaga yetmaganlar orasida kiber
jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tajribalari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

voyaga yetmaganlar, huquqbuzarlik, kiber jinoyat, internet xavfsizligi, raqamli

huquqbuzarlik, ota-ona nazorati, kiber huquq, profilaktika, ommaviy axborot vositalari.

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha

jabhalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yosh avlod - voyaga yetmaganlar uchun internet,
ijtimoiy tarmoqlar va raqamli aloqa vositalari hayot tarziga aylangan. Shu bilan birga, bu imkoniyatlar
ayrim xavf-xatarlarni, xususan, huquqbuzarliklar, jinoyatga moyillik va axloqiy buzulishlar shaklida
namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar orasida

an’anaviy jinoyatlar bilan bir qatorda raqamli makon orqali sodir etiladigan kiber jinoyatlar - masalan,
kiber zo‘ravonlik, firibgarlik, soxta akkauntlar yaratish, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish
kabi holatlar ham uchramoqda. Bu esa huquqiy, psixologik va ijtimoiy jihatdan chuqur tahlilni talab
qiladi.

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi - bu 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan amaldagi

qonunlarga zid ravishda sodir etilgan ijtimoiy xavfli, huquqiy javobgarlikni yuzaga keltiradigan
harakatlardir. Bunday harakatlar jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik yoki axloqiy normalarga zid xatti-
harakatlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin.

Kriminolog olim S. V. Borodin “Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi - bu ijtimoiy nazorat

mexanizmlarining zaiflashuvi, tarbiya va ijtimoiylashtirish tizimlarining yetarli darajada ishlamasligi
natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-huquqiy hodisadir”.

1

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni quyidagi asosiy

guruhlarga ajratish mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa tegishli organlar

statistik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan
jinoyatlar sonida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Ayniqsa, raqamli jinoyatlar bo‘yicha yoshlar orasida
firibgarlik va kiber zo‘ravonlik holatlari ortib bormoqda. Bunday holatlarning 60% dan ortig‘i
ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelmoqda.

Voyaga yetmaganlar orasida uchraydigan kiber jinoyatlarni quyidagi asosiy guruhlarga

ajratish mumkin:

1

Bartollas, C., Schmalleger, F., & Turner, M. G. (1985). Juvenile delinquency. Wiley.


background image


Iyun, 2025-Yil

278

Axborot texnologiyalarining haddan tashqari ochiqligi - ko‘pchilik ota-onalar tomonidan

bolalarning internetdagi faolligini nazorat qilinmasligi;

Oila va maktabning yetarli tarbiyaviy yondashuvining yo‘qligi;
Internetda anonimlik - yoshlar o‘z shaxsini yashirib, har qanday harakatni amalga oshirish

mumkin deb hisoblashadi;

Yoshga mos bo‘lmagan kontentga erkin kirish - YouTube, TikTok, Telegram, Instagram kabi

platformalarda yoshga oid cheklovlar zaif nazorat qilinadi.

AQSHda Kiber jinoyatlarga qarshi maxsus qonunlar: Voyaga yetmaganlar uchun internetdagi

harakatlar, shu jumladan kiber zo‘ravonlik (cyberbullying) bo‘yicha alohida qonunlar mavjud
(masalan, “Children’s Online Privacy Protection Act” - COPPA). Maktablar darajasida raqamli
madaniyatni o‘rgatish: Har bir shtatda maktab o‘quvchilariga internetdagi xavf-xatarlar, axborot
xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha majburiy darslar joriy qilingan.
Onlayn nazorat vositalari: Ota-onalarga farzandlarining internetdagi faoliyatini kuzatish imkonini
beruvchi dasturlar ishlab chiqilgan (Net Nanny, Bark, Qustodio kabi).

2

Voyaga yetmaganlar sud

tizimi: Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar uchun alohida sud tizimi mavjud bo‘lib, ularda
jazolashdan ko‘ra, tuzatish va qayta ijtimoiylashtirishga urg‘u beriladi.

Germaniyada yoshlar jinoyatchiligiga qarshi quyidagilar amalga oshiriladi: Jinoyat-preventiv

markazlar: Har bir hududda bolalar va o‘smirlar bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar faoliyat yuritadi.
Raqamli tarbiya: “Medienkompetenz” dasturi orqali maktab o‘quvchilari raqamli savodxonlik va
mas’uliyatli internetdan foydalanishga o‘rgatiladi. Internetdagi noqonuniy kontentga qarshi kurash:
Ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qiluvchi qonun (NetzDG) asosida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi
zararli kontentlarni tarqatganlarga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llaniladi.

3

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar - jamiyatning dolzarb

muammolaridan biri bo‘lib, u nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, ma’naviy va tarbiyaviy masalalarni
ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu turdagi huquqbuzarliklarning asosiy
sabablari oila muhitining beqarorligi, ota-onalar nazoratining yetishmasligi, tarbiyadagi bo‘shliqlar,
ta’lim tizimidagi kamchiliklar, ijtimoiy adolatsizlik va do‘stlar ta’siriga haddan tashqari berilish bilan
bog‘liq. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar va internetdan noto‘g‘ri foydalanish, yoshlar orasida
kiberjinoyatlar, kiberzo‘ravonlik kabi holatlarning kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Yoshlar
o‘rtasidagi psixologik beqarorlik, e’tiborga muhtojlik, jazo muqarrarligiga bo‘lgan ishonchsizlik va
jamiyatdagi noxolis muomala ularda huquqiy me’yorlarga nisbatan befarqlikni shakllantiradi.
Huquqbuzarliklar ko‘pincha shaxsiy muammolardan, ijtim

2

Skowronski, DS (2022). Coppa va ta'lim texnologiyalari: talabalar uchun qo'shimcha onlayn maxfiylikni himoya

qilish zarurati. Jorjiya davlat universiteti huquq sharhi , 38 (4), 12.

3

Thiel, K. (2009). Arbeitsstelle Kinder-und Jugendkriminalitätsprävention (Hrsg.), Evaluation in der Kinder-und

Jugendkriminalitätsprävention und Arbeitsstelle Kinder und Jugendkriminalitätsprävention, Informationszentrum
Kindesmisshandlung, Kindesvernachlässigung (Hrsg.), Early Prevention–Frühe Prävention. Monatsschrift für
Kriminologie und Strafrechtsreform, 92(1), 93-96.