Iyun, 2025-Yil
302
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA LINGVOMADANIY KODLAR
Maxamatova Maxliyo
O‘zMU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
+998971401617
https://doi.org/10.5281/zenodo.15678153
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maqollardagi lingvomadaniy kodlar haqida ma’lumotlar
keltiriladi. Lingvomadaniy kodlar haqida tushunchalar. Lingvomadaniy kodlarning o‘rganilishi.
Tilshunosligimizda lingvomadaniy kodlarning ifodalanishi haqida umumiy ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar:
Kod, lingvomadaniy kod, antroposentrizm, lisoniy ong, lisoniy yondashuv.
Maʼlumki, yangi ilmiy g‘oyalar har qanday fan taraqqiyotini taʼminlovchi kuch hisoblanadi.
Til ilmida ilgari surilgan har qanday yangi nazariya, avvalo, o‘z milliy zaminiga tayanishi bilan
ayricha hodisa hisoblanadi. Har qanday nazariyotchi o‘z g‘oyasini birinchi navbatda o‘z ona tilidan
kelib chiqib asoslaydi. Shu sababli bir tilshunoslikdagi g‘oyani yangilik sifatida boshqa
tilshunoslikka tatbiq etish har doim ham samarali bo‘lavermaydi. Ammo, dunyo tilshunosligida
shunday nazariyalar ham mavjudki, ulardan boshqa tillarni tadqiq etishda ham o‘rinli foydalanish
mumkin. Zero, bu kabi nazariyalar til universaliyalariga daxldor bo‘ladi. Tilshunoslikdagi
lingvomadaniy kodlar nazariyasi ana shunday qarashlardan biri hisoblanadi. Mazkur nazariyadan
olamning o‘zbekcha lisoniy manzarasini tadqiq etishda, xalqimizning milliy tafakkuriga xos
qonuniyatlar tadrijini aniqlashda foydalanish mumkin.
1
Lingvistik taʼlimotda eʼtirof etilganidek, tilning eng asosiy vazifasi muayyan axborotni
belgilar vositasida shakllantirish va uni uzatish hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda tilning mazkur,
kommunikativ vazifasidan tashqari yana ko‘plab vazifalari qayd etilganki, ularning har biri o‘z
ilmiy asosiga ega. Ushbu vazifalariga ko‘ra til nafaqat axborot uzatish va uni qabul qilish vositasi,
balki muayyan millat, etnosning madaniy kodi ham hisoblanadi.
Amerikalik psixolog K.Rapayning taʼkidlashicha, “Kodlar ongimizdagi biror-bir
tushunchaga bog‘liq bo‘lgan obrazlarni belgilab beradi”, “maʼlum bir madaniyatda o‘rinlashgan
obrazning
mazmunini
tushunish
uchun
uning
kodini
anglash
zarur
bo‘ladi.”
Madaniyatshunoslarning xulosasiga ko‘ra, madaniy kodlar madaniyatni tushunish kalitidir, u biror-
bir shaklda kodlangan madaniy axborotni aniqlash imkonini beradi.
2
Madaniyat kodlari xususidagi izlanishlarga e’tibor qaratish chog’ida turli fikrlarga duch
kelamiz,jumladan, ushbu termin muayyan madaniy mazmunni shartli, ramziy va kodlangan tarzda
ifodalovchi moddiy yoki ideal belgilar tizimini bildiradi. Madaniyat kodlari inson tomonidan olamni
kategoriyalashtirish jarayoninig mahsulidir va bunda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, inson tili
madaniy mazmunning eng muhim ifodachilaridan biridir. Madaniyat kodlari tilda, asosan, xalqning
obrazli tafakkurini namoyon etuvchi maqol, ibora, turg’un o‘xshatish, metafora, qarg’ish, duo va
olqishlar kabi lingvomadniy birliklarda inikos etadi. Madaniyat kodlarida insonlarning moddiy va
1
Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талқини//Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 12.
2
Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талқини//Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 15.
Iyun, 2025-Yil
303
ma’naviy olam haqidagi tasavvurlari, milliy tafakkur, aksiologik qarashlari yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
3
Madaniy kod shakl jihatdan kichik kodlarga bo‘linadi. Ushbu shakl ko‘p darjaga ega.
Madaniy kodlarning umumiyligi ularning gorizantal va vertikal munosabatlari bilan madaniyatning
obrazli tizimini tashkil etadi.
Madaniy kodlarning belgilari ifoda rejasining o‘zgaruvchan mazmuniga ega. Tasvir turli xil
ko‘rinishlarni namoyon etadi. Tasvirning tuzilishi og’zaki timsolni qabul qilib, tilning tuzilishiga
moslashadi, u bilan aralashadi yuzaga keladi va uni o‘ziga singdiradi. Lingvokulturologlar
lingvomadaniy kodlarni tartibga solish tizimi deb ham e’tirof etadilar, chunki u yoki bu shaxsning
xatti- harakatlariga ta’sir qiladi. Bunday kod sozlash, to‘g’irlash, ma’lum turdagi harakatga ishora
qilishga qodir.
Masalan, rus tilshunosligida bahor go‘zallik timsoli bo‘lsa, ingliz tili madaniyati
uchun bahorning ayol timsoli va antropomorfik majoziy timsol sifatida namoyon bo‘ladi. Aytib
o‘tish joizki, lingvomadaniy kodlar haqidagi tilshunos olimlarning qarashlarida turfa rangdagi
talqinlar mavjudligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Jumldan, madaniyat kodlari xususida tadqiqot olib
borgan mutaxasislar aksariyat hollarda rus tadqiqotchisi V.V. Krasnixning “Madaniyat kodlari
etalonlari” (suhbatga taklif) nomli maqolasida keltirilgan obrazli ta’rifini iqtibos qilib keltiradilar.
Olimning ta’kidiga ko‘ra, madaniyat kodlarini borliqqa tashlangan to‘r sifatida tasavvur qilish
mumkin. Tafakkurimizga xos “to‘r” bizni o‘rab turgan olamni qismlarga ajratadi, tartiblashtiradi,
shaklga soladi hamda baholaydi.
4
Yana bir rus tilshunos olimi V.N.Telya o‘zining olib brogan izlanishlari natijasida shunday
fikrni bildirib o‘tadiki, madaniyat kodlari – muayyan madaniy mazmunni kodlashtirish maqsadida
qo‘llanuvchi turli moddiy va formal vositalardan iborat ikkilamchi belgilar tizimidir.
5
D.N.Gudkov,
M.L.Kovshovalarning madaniyat kodlari xususidagi ta’rifi ham yuqoridagi ta’rifga yaqin:
“Madaniyat kodlari – insonnig moddiy va ma’naviy olamiga oid bo‘lgan madaniy mazmunni
ifodalovchi belgilar tizimi. Ular verbal shaklda ham, noverbal shaklda ham bo‘lishi mumkin”.
Tilshunoslikda o‘rganilmagan va o‘rganila boshlangan yo‘nalishlar mavjud. Shulardan
lingvokulturologiyada lingomadaniy kodlar nazariyasi to‘laqonlicha o‘rganilmagan yo‘nalish
hisoblanadi. O‘zbek tili tizimini lingvomadaniy kodlar nuqtai nazaridan tadqiq etish
tilshunosligimizning muhim masalalaridan biridir. Bunda maqollar etnomadaniy xususiyatlarni
namoyon etuvchi birlik sifatida o‘zbek lingvomadaniyatshunosligining muhim tadqiq obyekti bo‘la
oladi.
Muayyan tildagi frazeologizmlar ham lingvomadaniy kodlarning turli-tumanligi bilan
alohida yondoshuvni talab qiladi. Mazkur til birliklarida somatik va makoniy kodlar alohida o‘rin
tutadi. Inson a’zolarini anglatuvchi so‘zlar frazeologizmlarda, jumladan, maqolarda aksariyat
hollarda ramziy xarakterga ega bo‘lib, voqelikning bir qirrasini aks ettirishga xizmat qiladi.
3
Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талқини//Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 35.
4
Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талқини//Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 45.
5
Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талқини//Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 30.
Iyun, 2025-Yil
304
Barqaror birikmalarda mavjud bo‘lgan lingvomadaniy kodlar tizimini aniqlash, ularning tasnifini
amalga oshirish lingvomadaniyatshunosligimizning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Токарев Г.В. Лингвокультурология. – Тула: Издательство ТГПУ им. Л. Н. Толстого,
2009. – С. 40.
2.
Рапай К. Культурный код. Как мы живем, что покупаем и почему. –М.: Юнайтед
Пресс, 2010. – 168 с.
3.
Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва
талқини//Ўзбек тили ва адабиёти – Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 16.
4.
Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. –
Тошкент: Турон замин зиё, 2015. – Б. 29.
5.
Алефиренко Н. Лингвокультурология: ценностно-смысловое пространство языка:
учеб. пособие – М.: Флинта, Наука. 2010. – С. 136.
6.
Аванесова, Г. А., Купцова, И. А. Коды культуры: понимание сущности,
функциональная роль в культурной практике // В мире науки и искусства: вопросы
филологии, искусствоведения и культурологии: сб. ст. по материалам XLVII
Междунар. науч.-практ. конф. №4 (47). Новосибирск: СибАК. 2015. – С. 29.
7.
Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдлик. 1-жилд. – Тошкент: Академнашр, 2012.
– Б. 57.
8.
Ковшова М.Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии. Коды культуры.
Изд. 2-е. – М.: Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2013. – С. 169.
